5.O’zbek tilida inversiya hodisasi
Gap bo’laklari tartibining o’zgarishi inversiya deyiladi. Inversiya his-hayajon bilan aytilgan gaplarda, shuningdek she’riy asarlarda ko’proq uchrashi mumkim.
Ba’zan gap bo‘laklari odatdagi o‘rinlarini almashtiradilar. Bu hodisa inversiya deyiladi. Inversiya turli uslubiy talablarga ko‘ra sodir bo‘ladi:14
Meni kutgil va men qaytarman,
Faqat kutgil juda intizor.
Kutgil yomg’ir zeriktirganda,
Meni kutgil yoqqanida qor. (K.Simonov)
So‘z tartibining o‘zgarishi grammatik holatni o‘zgartirishi ham mumkin. Bunda quyidagi holat ko‘zga tashlanadi:
Ega va kesimning o‘rni o‘zaro almashsa, ega kesimga, kesim esa egaga aylanadi: Masalan: Yetti kun (ega) – bir hafta (kesim). – Bir hafta (ega) – yetti kun (kesim).
Sifatlovchi va sifatlanmishning o‘rni o‘zaro almashsa, sifatlanmish egaga, sifatlovchi kesimga, ya’ni so‘z birikmasi gapga aylanadi:
Baland tog’. – Tog’ baland.
Qaratqich-qaralmishda belgisiz qaratqichning o‘rni qaralmish bilan o‘zaro almashsa, qaratqich egaga, qaralmish kesimga aylanadi:
Dala chekkasi. – Chekkasi – dala.
Intonatsiya sintaktik aloqaning turini, so‘z birikmasining xususiyatini ko‘rsatadi:
Bu kitob... Bu – kitob; Ko‘p qavatli/bino. Ko‘p/ qavatli bino.
Ayrim o‘rinlarda so‘zlarni bog’lash vazifasini intonatsiyaning o‘zigina bajaradi. Bog’lanish boshqa yo‘l bilan, masalan, affikslar bilan bo‘lganda, intonatsiya yordamchi rolni bajaradi.
Qiyoslang: U keldi, men ketdim (sanash: U keldi va men ketdim) – U keldi – men ketdim (sabab: U kelgani uchun men ketdim) – U keldi – men ketdim (Bir vaqtda bajarilgan harakat: U kelishi bilanoq men ketdim).
Punktuatsiya tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, u tinish belgilarining ishlatilish xususiyatlarini o‘rganadi. Tinish belgilarining ahamiyati yuqorida keltirilgan misollardan ham aniqlandi:
Bu – mashinachi Karimning otasi; Bu mashincha – Karimning otasi va h.k.
Sintaksisda gap, gap tarkibidagi so‘z birikmalarining grammatik xususiyatlari o‘rganiladi.Gap tarkibidagi so‘zlar o‘zaro bir-biri bilan grammatik jihatdan bog‘langan bo‘ladi va shu taxlitda ular ma’lum sintaktik vazifalarni bajarib keladi.15
So‘zlar gap tarkibida o‘zaro ikki yo‘l bilan bog‘lanadi. 1. Teng bog‘lanish. 2. Tobe bog‘lanish. So‘zlar o‘zaro tengbog‘langanda, ular bir xil so‘roqlarga javob bo‘ladi hamda bir xil sintaktik vazifa bajaradi: O‘rik va shaftoli gulladi. Gapdagi o‘rik va shaftoli so‘zlari va bog‘lovchisi yordamida teng aloqaga kirishgan.
So‘zlar o‘zaro tobe bog‘langanda so‘z birikmasi hosil bo‘ladi. Bunday birikuvda avval tobe so‘z, undan keyin hokim so‘z keladi: qiziq kitob, oshxonaga kirdi, kutubxona tomon ketdi, singlimning dugonasi kabi.
Xulosa
Darhaqiqat, mamlakatimizda xalqimiz ma’naviy rivoji uchun barcha shart-sharoitlar yaratilayotgan bir paytda, tilshunoslik fani ham shu maqsad uchun xizmat qilmog‘i darkor. Mustaqil rivojlanish yo‘lini tanlagan milliy tilshunosligimiz hozirgi paytda, jahon tilshunosligiga xos bo‘lgan ilg‘or g‘oyalarni o‘zlashtirgan holda tilning inson ijtimoiy faoliyatida tutgan o‘rnini aniqlash, uning kommunikativ mohiyatini hamda antropotsentrik xususiyatlarini tadqiq qilish yo‘lidan bormoqda.
Shu jumladan, zamonaviy tilshunoslikning muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan lingvistik qarashlar til birliklaridan nutqiy faoliyat vositasi sifatida foydalanish qonuniyatlari va tamoyillarini aniqlash hamda lisoniy hodisalarning real muloqot sharoitlarida voqealanishi bilan bog‘liq xususiyatlarini belgilash maqsadini ko‘zlaydi. Ushbu tadqiqotning dolzarbligi, bir tomondan, til tizimi va uning asosiy birligi bo‘lgan so‘zning semantik–struktur xususiyatlari tahliliga alohida e’tibor qaratiladi.
”Til- dil kaliti” kabi hikmatli so’zlarni xalqimiz bejiz aytmagan. Qanchalik ko’p til bilsak, shunchalik fikrlashimiz, dunyoqarashimiz ortib boradi. Chunki har bitta til o’rganishda bitta millatni, xalqni o’rganamiz va shuni o’rganishda, albatta, talaffuz muhim ahamiyatga ega. Agar talaffuz yaxshi bo’lsa gapni tushunish, tushuntirib berish ham yaxshi bo’ladi.
Ushbu kurs ishining kirish qismida mamlakatimizning prezidenti chet tilini o’rganish qanday quyaylik hamda shart va sharoitlar yaratib berganliklari bayon qilinadi/
Ingliz tili fanida gap bo’laklarini, inversiyani o‘rganishga juda katta e’tibor berish kerak. Chunki chet tilini o’rganishda ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjima qilishda so’z tartibinining ahamiyati va muammolarini tushuntirish, tarjima qilish, uning qanday turlari mavjud, lingvistik muammolari nimada ekanligini ko’rsatib berish va tarjimada grammatik muammolari bo’yicha qanday hulosaga kelish, bu muammolarni qanday hal eta olish nazariyalar va tasnif metodlari ingliz tilini o’rganishda asosiy manba hisoblanadi. Shuningdek, inversiya Sintaksis ya’ni, grammatikaning bir qismi bo‘lib, u gapdagi soz tartibi o’ziga xos tartibda o’zgarsagina namoyon bo’ladi. Sintaksis tilshunoslikning boshqa bo‘limlari bilan uzviy bog’liqdir. Masalan, morfologiyada so‘zlarning strukturasi o‘rganilsa, sintaksisda ularning aloqasi, bog’lanishi, birikish yo‘llari va vositalari tekshiriladi. So‘z leksik birlik sifatida leksikada ham o‘rganiladi, biroq uning haqiqiy ma’nosi gapda aniqlashadi. Shu bilan birga, gapni shakllantirishda ohang muhim ahamiyatga egaligi, bunda sintaksisning fonetik tizimga bog’liqligi namoyon bo‘lishi ko’rsatilgan. Demak, ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjima qilishda inversiyaning tutgan muhim o’rnini anglatish va grammatik ko’nikmalarni shakllantirish, ularning bir tildan ikkinchi bir tilga grammatik bilim va ko’nikmalarga asoslanib, mustaqil tarjima qila olish va ishlash malakalarini rivojlantirish va shakllantirish, har bir talabaning o’z mutahassisligiga oid bo’lgan mavzudagi matnni lug’at yordamida yoki lug’atsiz tarjima qila olishni, davlat tashkilotlari va korxonalarda ish jarayonida mavjud bo’ladigan tarjima ishlarini asliyatdan o’zbek tiliga o’girganda, qo’pol va tushunarsiz muammolarga yo’l qo’masligini ta’minlashdan iborat. Ingliz tili grammatikasini boshqa bilimlar bilan puxta o‘zlashtirib olsa, kelajakda chet el davlatlari bilan hamkorlik qilishda, tarjimon bo‘lishda aynan mana shu ingliz tili grammatikasi juda ham yaxshi tayanch bo‘la oladi
Do'stlaringiz bilan baham: |