1.4. Yadrolar uchun kvark parton modeli.
Kvark partonli modellarga ko’ra adronlar ichki strukturaga ega bo’lib, ular nuqtaviy ob’yektlar partonlardan tashkil topgan. Partonlar nuqtaviy ob’yektlar bo’lib, spini ½ gat eng, ya’ni fermionlardir. Hozirgi paytda ko’pchilik jarayonlarni tushintirish uchun turli kvarkli modellardan foydaniladi. Maslan: kvarkli turli modellar rangi trubka modeli, murakkab kvarklar modeli va boshqalar.
Kvark partonlar rangli zaryadga ega bo’lgan ob’yektlardir. Shuning uchun ular o’zaro va adronlar kvarklardan tashkil topganligi sababli rangli ta’sirga ya’ni kuchli ta’sirga qatnashadi. Torli modellariga asosan kvarklar bir biridan uzoqlashganda ular orasidan tor tortiladi, kvarklar yana uzoqlashgan sari adron o’lchamidan katta masofada o’zoqlashganda tor o’zilib, o’zilgan joyida kvark anti kvarklar jufti hosil bo’ladi, ya’ni bitta zarra o’rniga ikkita va undan ko’proq zarra paydo bo’ladi. Ana shunday yo’llar bilan modelga asosan ko’pchilik jarayonlar tushintiriladi.
Rangli trubka modeliga asosan adron glyuyonli vakuumda joylashgan pufakdek tasavvur etiladi. Zarrachalar o’zaro kuchli ta’sir qilganda pufaklar bo’linib ikkilamchi zarrachalarni ko’plik bilan tug’ilishi vujudga keladi.
Murakkab kvarklar modeliga asosan adron murakkab kvarklardan tashkil topgan bo’ladi. Birinchi yaqinlashuvda murakkab kvarklar bir biriga bog’lanmagan deb olish mumkin. Ana shunday modelga adetiv kvarkli model (AKT) deyiladi.
Bu modelga asosan zarrachalarning uzora ta’siri turli birlamchi zarrachalardan murakkab kvarklarni uzora ta’siridan tasavvuretiladi. Ana shu kvarklar bulinib adronizatsiya bulib ikkilamchi zarrachalar kupligini hosil qiladi.
Ta’sirga qatnashmagan kvarklar esa spektator, ya’ni kuzatuvchi rolini o’ynaydi.
1.5. Yadrolar uchun ichki kaskad modeli.
Ichki yadro kaskad modeli (1), adron yadro o’zara ta’sirining barcha mavjud bo’lgan modellaridan ancha takomillashgandir. Modelning asosida quyidagi farazlar yotadi:
Ikki adron yadro ketma-ket to’qnashuvi orasidagi vaqt, adron nuklon o’zaro ta’sir vaqtidan ancha katta.
Yadroga tushuvchi zarraning De-Broyl to’lqin uzunligi, yadrodan nuklonlar orasidagi masofadan ancha kichik.
Bu tasavvurlarga asosan adron yadro o’zaro ta’sir ichki yadro nuklonlari bilan birlamchi va ikkilamchi zarralarning ketma-ket va bog’liq bo’lmagan to’qnashishlarining yig’indisi hisoblanadi.
Bu model energiyasi E Gev oblastida natija izohlashda qiyinchilikka uchradi, shuning uchun kaskad jarayonini takomillashtirishga to’g’ri keldi. (2)
Shuning uchun quyidagi effektlar e’tiborga olingan.
Pauli prinsipi va kichik energiyali ionlarning yadroda so’nishi.
Rezonanslarning paydo bo’lishi.
Kaskadning rivojlanish protsessida yadro ichki nuklonlar zinchligini o’zgarishi.
Peshqadam zarralar effekti.
Ko’p zarrali o’zaro ta’sir (yadro nuklonlari bilan bir qancha zarrachalarning birdaniga ta’siri ).
Yadro ichida netronlar va protonlar har xil taqsimlanishi. Hisoblashlar ko’rsatadiki yuqorida keltirilgan effiktlarni e’tiborga olganda ham ichki yadro kaskad modeli tajriba natijalarini tushuntira olmaydi.
Hozirgi paytda qo’llaniladigan bu modelning asosiy farazlari quyidagilar.
Adron hamda o’zaro ta’sir, ichki yadro nuklonlari bilan birlamchi va ikkilamchi zarralarning ketma-ket to’qnashishi umumiy sifatda qaraladi. Shunday qilib, elementar adron nuklon o’zaro ta’sir kupchilik va ikkilamchi zarralar inklyuzis spektri haqidagi ma’lumotlar tajriba natijalaridan olinadi.
Bu qilinayotgan ishda nuklonga to’g’ri keluvchi 4,2 Gev /c impulsda tantal va uglerod yadrolari bilan deytronlarning elastik bo’lmagan o’zara ta’siri hosil bo’lish natijalarini o’rganishga bag’ishlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |