3. Tishlarning tuzilishi va ularning modellarini yasash asoslari.
Tishlar ovkatni tishlab uzib olish va chaynash uchun xizmat kiladi. Kurak (kesuvchi) va kozik tishlar tishlab oluvchi tishlar gruppasini tashkil etadi. Koronkasida kesuvchi yuza bulgan tishlar kurak tishlar deb ataladi, kozik tishlar bu tishlardan shu bilan fark kiladi, ular koronkasa konussimon kirra bilan tugaydi. Tishlab uzub oluvchi tishlar 12 ta bulib, 6 tadan joylashadi. Ya’ni 6 ta yukorida, va 6 ta pastki jagda buladi. Chaynov tishlar kup dumbokchali chaynov yuzasiga ega: yukori jag molyarlarida turttadan dumbokcha, fakat pastki jag 1- molyarida 5 ta dumbok mavjud buladi, premolyarlarda ikkita dumbokcha bor. Tishda 3 kism: koronka, buyin, ildiz tafovut kilinadi. Koronka milk chekkasidan chikib turadi. U juda kattik, murakkab tuzilgan tukima – emal bilan koplangan. Karonkaning asosiy kismi dentindan iborat. Ildiz jaglar alveolasida joylashgan. U dentindan iborat bulib, ustki yuzasi sement bilan koplangan. Bajaradigan vazifasiga kura, ildiz tishning tayanch kismi xisoblanadi. Ildizlar soniga karab:bir ildizli, ikki ildizli, va uch ildizli tishlar fark kilinadi. Tish karonkasi bilan ildiz urtasida joylashgan kism buyin deb ataladi, u koronka bilan ildiz urtasidagi toraygan kism sifatida belgilanadi. Tish buynida emal kobigi tugaydi, u asta-sekin milkning ichki epiteley kavati bilan kushilib ketadi. Tish emali bilan milk epiteliysi shu yerda tuknashadi, bu bilan tish ustki tukimalarining bir butunligi yuzaga keladi.Bundan tashkari tishlarning bir kancha yuzalari bor: 1) chaynov yoki okklyuzion yuza karama-karshi jaglarning tishlariga tegadigan yuza; kurak tishlarda u kesuvchi kirra, kozik tishlarda dumbok deb ataladi; 2) yon yoki aproksimal yuzalar, tishlar ular bilan kushni tishlarga tegib turadi; oldinda turgan tishga karagan yuza medial, orkada turgan tishga karagan yuza esa distal yuza deb ataladi; 3) vestibulyar yuza – tishning lab yoki lunj tomoniga karagan; 4) oral yuza – ogiz bushligiga karagan. Tishning barcha yuzalarida eng kavarik kismni aniklash mumkin, tishning barcha yuzalarida uning eng kavarik kismlarini birlashtiradigan chizik ekvator deb ataladi. Ekvator tishni okklyuzion va milk kismlariga buladi. Xar bir tish ma’lum ulchovga ega. Tish karonkasining balandligi, eni va kalinligini farklash kabul kilingan. Tishning kesuvchi kirrasidan yoki chaynov yuzasi dumbogidan tish buyigacha bulgan oralik tish karonkasining balandligidir. Aproksimal yuzalar orasidagi masofa tish enidir. Tishlarning kesuv chaynov yuzasi ularning buyin oldi kismlaridan keng. Tishlarning vestibulyar oral razmeri – kalinligidir. Tishlar balandligi frontal gruppalaridan chaynov tishlar tomon pasayib boradi, kozik tishlar bundan mustasno. Yukori jag tishlari. Yukori jagning markaziy kurak tishlari. Bular barcha kesuvchi tishlar ichida eng kattalaridir.Tish karonkasi kuraksimon bulib, yon yuzalari tish buyniga tomon bir – biriga yakinlashib boradi. Vestibulyar yuza kavarik va kupincha tugri burchak shakliga ega. Yoshlarda bu yuza tulkinsimon buladi, tulkinlar uzunasiga ketgan va kesish satxida uchta kayrilish xosil kilib, vestibulyar yuzani guyo uch kismga bulib turganga uxshaydi. Yosh utishi bilan koronkaning vestibulyar yuzasidagi va kirralaridagi bu tulkinlar yuk bulib (yoyilib), tekis bulib koladi. Koronka kesuvchi kirra oldida keng va tish buyni oldida tor kesuvchi kirraning medial burchagi tugri, distal burchagi yumalokrok buladi. Kurak tish medial tomonidan yumalok, distal tomondan bir oz botik bu xol koronkani chiroyli kilib kursatadi. Aproksimal yuza uchi kirraga karagan uchburchak shaklga ega. Tish karonkasiga yon uchi kesuvchi karalsa, tish buyni chizigi (emal sementli chegarasi) aniklanadi. Lab yuzasi yukori kismining yarmida kavarik bulib, uning kesuvchi kirraga boruvchi yarmi yupkalashgan. Oral yuzaning kesuvchi kirradan tish buyni tomon ketgan uchdan ikki kismi botik, yukoridagi uchdan bir kismi kavarik bulib, tish dumbogini tashkil kiladi. Tish buyni karonkaning ekvatoridan ancha tor. Karonkaga yukoridan karalsa, lab yuzasining distal kismi juda yupkalashganini va yumaloklashganini kurish mumkin. Yukori jagning yon kurak tishi. Yon kurak tishlar markaziy kurak tishlardan kichik bulib, shakllari xar xil. Tish karonkasi kuraksimon shaklda. Uning yon yuzalari deyarli paralel joylashgan. Yon kurak tishning koronkasi markaziy kurak tishning karonkasidan barcha ulchovlar buyicha kichik; yon kurak tish markaziy kurak tishdan kalta va taxminan 1mm ensiz. Yon kurak tishning medial burchagi markaziy kurak tishnikiga nisbatan birmuncha yumalokrok. Yon kurak tishning vestibulyar yuzasi kavarik, bunda tish karonkasi kanchalik ensiz bulsa, kavarik shunchalik yaxshi bilinadi. Karonka kanchalik keng bulsa, uning shakli markaziy kurak tishnikiga shunchalik uxshash, ya’ni karonkaning pastki kismi yupkalashgan buladi. Karonkaning vestibulyar yuzasi uchi tish ildiziga karagan uchburchak shaklda. Tish katorida yon kurak tishning buyni kesuvchi kirrasiga nisbatan birmuncha distal joylashadi. Bu medial aproksimal tomoni botik koronkaning tashki kurinishiga boglikdir. Yukori jagning kozik tishi. Yukori jagda ikkita kozik tish bulib, bulardan bittasi chap, ikkinchisi esa ung tomonda joylashgan. Ularning xar biri yon tomondagi kurak tishlardan keyin tish yoyida joylashadi, tish yoyi burchagini xosil kilib, kurak tishlardan chaynov tishlarga utadi. Kozik tish koronkasi katta. Karonkaning vestibulyar razmeri karonka asosida, medial distal razmeri esa karonka urtasida katta buladi. Karonka kesuvchi kirralarga karab torayib boradi va bitta utkir dumbokcha xolida tugaydi. Kozik tish karonkasi tish katoridan vestibulyar tomon sal og‘gan va shunga kura tish katori yoyidan bir oz chikib turadi. Karonka shakli konussimon bulib, uning oldingi orka ulchovi koronka asosida, kundalang razmeri esa koronka urtasida katta buladi. Koronka uzunligining eniga nisbati 1.33:1, kalinligi eniga nisbati 1:1. Vestibulyar yuza kavarik bulib, kurinmaydigan uzun bolishga (valikka) uxshaydi. Bu kavarik joy kesuvchi kirralarda yaxshi kurinadi, bolish lab yuzasini teng bulmagan ikkita: kichik - medial va katta – distal kismlarga bulib turadi. Karonkanig kesuchi kirralari dumbokcha shaklida tugaydi va uning ikkita utmas: medial va distal burchagi buladi. Medial burchak distal burchakka nisbatan dumbokka yakinrok joylashgan, shu sababli kesuvchi kirralarni tashkil etadigan ikkita chizikning bittasi, ya’ni distali medialiga karaganda uzunrok. Kesuvchi kirraning distal kismi kupincha botik buladi. Medial burchak odatda distal burchakdan pastrok joylashadi. Oral yuza lab yuzasiga karaganda ancha ensiz, bir oz kavarik va xuddi lab yuzasiga uxshab tish buynidan kesuvchi dumbokcha tomon boradigan uzun bolishga ega. Bolish tishning yukori uchdan bir kismida yaxshi rivojlangan tish dumbokchasiga aylanib ketadi. Kozik tish karonkasining aproksimal yuzasi kurak tishlarnikiga nisbatan birmuncha burtib chikkan. Kozik tish karonkasiga yukori tomondan karalsa, karonkalarning medial distal kiyshikligi kuzga yakkol kurinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Зубные врачи // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона: В 86 томах (82 т. и 4 доп.). — СПб., 2017.
Терапевтическая стоматология, Е. В. Боровский и соов., Москва., 2018;
Стоматология, Н. Н. Бажанов, «Медицина», Москва, 2010
Do'stlaringiz bilan baham: |