Kirish. Stomatologiya



Download 35,25 Kb.
bet2/3
Sana04.02.2022
Hajmi35,25 Kb.
#429408
1   2   3
Bog'liq
1. mutaxassislikka kirish

2. Tish protezlash tarixi.
Tish protezlash eramizdan avval xam ma’lum edi. Kadimgi yodgorlik (makbaralar, kurgonlar va xokazo)larni kazish vaktida topilgan kazilmalar bundan guvoxlik beradi. Kadimgi Sidom shaxrini (eramizdan avvalgi 3-4 asrlar) kazish paytida ayol kabridan sun’iy tishlar xam topilgan bulib, ularni xozirgi kupriksimon protezlarning prototipi deb atash mumkin. Sun’iy tishlarni oltin simlar bilan biriktirishni xam boshka materiallardan tayrlangan iplar yordamida biriktirishni xam protezlarning maxkamlashning eng kadimgi usullarga kiritish mumkin. Oltin simlar, fakat protezlarni ilib kuyish uchun xam ishlatilgan. Etrusklar makbaralaridan ancha takomillashgan oltin protezlar topilgan bulib, ular biri-biri bilan oltin xalkalar yordamida maxkamlangan. Rim imperiyasida tish protezlash keng rasm bulgan edi. Buning uchun oltin, fil yoki xukiz suyagi, yogoch, kishilarning tishlarini tayyorlash maksadida ishlatilgan. Protezlarni xunarmandlar, zargarlar, temirchilar, metall uymakor ustalari, sartaroshlar, xammomchilar, massajchilar yasaganlar. Ularning maxorati usha davrdagi kolok tish vrachlikning davolash usullariga nisbatan ancha takomillashgan edi. Tish vrachlik tarixiga tuxtalib utar ekanmiz, 11 asrning arab vrachi Abulkosim nomini tilga olmasdan ilojimiz yuk. Abulkosim xakli ravishda tish protezlashni tibbiyot fanining bir bulimi deb xisobladi va kelajakda jarrox bulsa xam tish vrachligiga, xususan, tish protezlashga e’tibor berdi. Kimirlab kolgan tishlarni oltin yoki kumush ligaturalar yordamida shinalash usullarini batafsil ta’riflab berish uning kalamiga mansubdir. Ungacha vrachlar tishlarni davolash bilan shugullanib, tish protezlashning meditsinaga alokasi yuk degan uyda undan butunlay voz kechgan edilar. Urta asrlardagi siyosiy vaziyat biologiya fanlari, shu jumladan, meditsina fanlari tarakkiyotiga yul kuymas edi. Birok usha davrda xam kator kizikarli takliflar yuzaga keldi. Masalan, vrach Jiovani Arkole (15 asr boshlari) kariyes kovaklarni yupka oltin bilan tuldirishni tavsiya etgan edi. 15 asrda boshlangan Uygonish davri 16 asrda Parijda yashagan yirik jarroxlardan biri Ambruaz Pare (1517-1590)ning amaliy tish vrachligi soxasida kilgan katta xizmatlari bilan mashxurdir. U xam tushib ketgan tishlarni urniga uz utmishdoshlari kabi fil yoki xukiz suyagidan tayyorlanib, oltin simlar yordamida biriktirilgan sun’iy tishlarni kuyar edi. U birinchi bulib bir bulak suyakdan bir nechta blok kurinishda yaxlit tish yasagan. Kattik tanglay yoriklarini obturator bilan tuldirishga birinchi marta xarakat kilib kurgan. 1728 yilda Per Fosharning “Tish xirurgiyasi yoki tishlar xakida risola” nomli tish vrachligiga oid kullanmasi nashr etildi. Kup tadkikotchilar ilmiy tish vrachligi fakat Foshordan boshlanadi, deb bekorga aytishmadi. U tish protezlashning kupgina usullarini ishlab chikkan, masalan olib kuyiladigan tulik protezlarni prujinalar yordamida maxkamlash usullari shular jumlasidandir. Shuningdek shtifli tishlar yaratish fikri xam Foshorga mansubdir. Bunday tishlarni tayrlash va ularni kullash texnikasi xam ishlab chikkin. Foshorga fil va xukiz suyagi, oltin, maymun va inson tishlari protezlari uchun material bulib xizmat kiladi. U protezning oltindan iborat yuzasiga chinni koplashni tavsiya etdi. Extimol, bu – tishlarni protezlashda chinnidan foydalanishga birinchi marta urinishdir. Chinni tishlarni kullash tavsiya etilgandan keyin protezlashda chinakam keskin burulish yuz berdi. Protezlar tayyorlashda chinnidan foydalanish fikri fransuz dorixonachisi Dyushatoga (1774) mansubdir. U 1788 yilda jarrox Dyuba – Sheman bilan birgalikda Parij fanlar akademiyasining patentini oladi. Chinni tishlarning shakllari, ularni tayyorlash usullari ratsionalizatsiya kilingandan keyin keng tarkaldi. Italiyalik Fonsi chinni tishlarni metall shtiftlar (1822-1879) chinni tishlarni fabrikada ishlab chikarishni yulga kuydi. Birok chinni bazis material sifatida keng kullanilmadi, chunki pishirish vaktida chinni xajmi kup kiskarar edi. Bu soxadagi keyingi kadam 1843 yilda Nelsen Gudiyerning kauchukni vulkanizatsiya kilish usulini yaratilishi bilan boglik. Vulkanizatsiya kilingan kauchuk tishlarni protezlash birinchi marta 1854 yilda kullanildi, birinchi vulkanizator esa 1855 yilda paydo buldi. Uning ixtirochisi Petmen edi. Kauchuk akril plastmassa yaratilgunga kadar deyarli 100 yil davomida olib kuyiladigan protezlar bazisini tayyorlashda kullaniladi. Sun’iy tishlar uzok vakt davomida uzbilarmonlik bilan tayyorlanib kelindi, bu kup xatoliklarga olib keldi. Purman (1648-1721) va Pfaff (1756) ning mum yoki surgich bilan jaglarning alveolyar usimtalardan ottisk olishni tavsiya kilishlari bilan protezlash oldinga siljidi. Ottisklar buyicha gips modellar kuyish tugrisidagi taklifni xam Pfaffga mansub deb xisoblaydilar. Ottisk koshiklar keyinchalik Delebar (1820) tomonidan taklif kilingan edi. Mum dastlabki ottisk materiali edi. Gips shu maksadlarda kullaniladi. Boshlanishi taxminan 1840 yilga tugri keladi. Gips tish protezlash amaliyotiga kiritilishi katta vokea buladi. Gips arzon va xamma bob ottisk materiali edi. Guttapercha 1848 yilda birinchi marta kullanildi. 1856 yilda uzining ulchov materialini taklif kilgan Charlz Stensdan keyin stens deb nomlangan shunga uxshash bir kator ottisk massalari paydo buldi. Keyinchalik bular termoplast kolip oluvchi xom ashyo nomi bilan ataldi. 1925 yilda Alfons Poler ulchov olishda agar-agar massasidan foydalanishni taklif kildi. Keyinchalik shunga uxshash ulchov materiallari gidrokolloid massalar deb ataladigan buldi, oxirgi yigirma yil ichida rux oksidevgenol, alginat, silikon va boshka ulchov (ottisk) massalari taklif etildi. Funksional ulchov xakidagi goya Shrottgga (1864) mansub. Xozirgi vaktda u ishlab chikkin funksional ulchov usuli kullanilmaydi, chunki oddiy va mukammal usullar topilgan, lekin bu goyaning tishsiz jagli kasallarni protezlashda kilgan ta’siri juda yukori baxolandi. Artikulyatsiya konunlarining birinchi tadkikotchisi tish vrachi Bonvil xisoblanadi. U uzining “Artikulyatsiya va artikulator” (1865) degan ishida birinchi marta “artikulyatsiya” terminini kullab, bunda pastki jagning turli xolatlarida tishlar munosabatini tushundi. Gipsli oddiy artikulyator birinchi marta 1805 yilda parijlik tish vrachi Gario tomonidan tuzildi. 1840 yilda Evans pastki jagning yon tomonlariga va oldinga buladigan xarakatlarini uzida kayd kiladigan artikulyatorga patent oldi. Shunga uxshash mukammalrok apparat Bonvil tomonidan taklif etildi (1865). Protezlarni maxkamlash uchun klammer kullashni Muton nomi bilan boglaydilar (1764). Karonkalarni xam Muton ixtiro kilgan deyishadi. London ma’lumoticha, kariyes chukurchalarni oltin kotishmalri bilan tuldirish birinchi marta Marfi 1879 yilda kullagan. Oradan besh yil utgach fransuz de Sarran birinchi marta tish karonkalarini vkladka yodamida tiklashga erishdi. 1906 yilda Karmixael oltindan koronkalar tayyorlashni taklif etdi. 1909 yilda Olenford vkladkalar tayyorlashda kuyish usulini kulladi. Birok tish protezlarini kuyishning eng yaxshi usuli 1907 yilda Taggart tomonidan ishlab chikilgan deb taxmin kilinadi. Rossiyada tish vrachligiga doir birinchi kitob “Dentistika yoki bolalar gigiyenasini kullab tish kasalliklarini davolash xakida tish san’ati” 1829 yilda chikdi. Bu kitobni Peterburg meditsina xirurgiya akademiyasining shtab vrachi Aleksuy Sobolev yozgan. Bu kitob tish vrachligi soxasidagi ilmiy ravishda asoslangan birinchi asar buldi. 19 asrning butun davomida tish protezlash Rossiyada tibbiyotning mustakil bulimiga asoslanmagan praktik kismi bulib sanalib keldi. Protezlarni asosan kulda tayyorlash xarakterli xol edi. Protezlarni tayrlashda ularning ogiz bushligini tukima organlari bilan uzaro ta’siriga boglik bulgan murakkab ichki protsesslarni urganishni chetlab utar edi. Shunday ishlardan V.O.Popovning “tashki muxitdagi nokulay mexanik sharoitlar ta’siriga suyaklar shaklining uzgarishi” xakidagi ishi (1880), bunda avtor xayvonlarda ekspriment utkazib tishlar olingandan sung jaglarda deformatsiya kelib chikishi mumkinligini kursatdi, A.I. Dementevning “tish yoyi va uning odamda uzgarishi” (1886), A.Anichkinning “odam va xayvonlarda jag bugini” (1896) xakidagi ishlarni eslatib utish lozim. Bu urinda N.N. Nesmeyanovning “Tishlarning alveolyar pioreyasini urganish uchun materiallar” (1905) xakidagi ilmiy asarni xam eslatib utish kerak. Bunda u boshka Yevropa avtorlaridan avval tish atrofidagi tukimalarning funksional va genetik jixatdan uzaro boglikligiga e’tibor berdi va ularni amfodont deb atadi. N.N. Nesmeyanovning (1891) begona jismlarning olingan tishlar chukurchasiga urnashib borishi tugrisidagi kuzatuvlari va T.Osokining (1910) “Chukur tanglay va yutkin murtaklari gipertofiyasi va boshka sabablari bilan boglik ogizdan nafas olish masalasiga doir” ishlari kizikarlidir. Birinchi jaxon urushida Kiyev gospitali tish vrachi S.S.Tigershtedt tomonidan ishlab chikilgan singan jaglarni davolash usullarini eslab utmay ilojimiz yuk. Avtor tomonidan taklif etilib, xozirgi kunlargacha uz moxiyatini saklab kelgan alyumin simlar yordamida shinalash usullari uning “Dala xarbiy sharoitida uk otadigan kurollardan yaralangan jaglarni davolash va protezlash sistemasi” (1916) degan monografiyasida yozilgan edi. Rossiyada Ulug oktabr sotsialistik revolyutsiyasigacha tish protezlashning tarakkiyotiga tish – vrachlik yordamining xususiylik xarakteri va davlat sistemasida tish-vrachlik mutaxasislarini tayyorlashning yukligi salbiy ta’sir kursatib keldi. Ulug oktabr sotsialistik revalyutsiyasi galabasidan sung 1918 yilnig oktyabrida tish-vrachlik ta’limini kayta tashkil etish xakida karor chikarildi. Shunday kilib, tish- vrachlik kadrlarini tayyorlashda davlat sistemasi urnatildi. Shu bilan birga vatanimizda davlat tish protezlash bulimlari va laboratoriyalari tashkil etildi. Yukorida kursatilgan reformalarni utkazishda P.G. Daugenning xizmati katta buldi. U soglikni saklash xalk komissariyatida kollegiya a’zosi va tish-vrachlik seksiyasining raxbari edi. Vatan ortopedik stomatologiyasining nazariy asoslari, asosan, 20-30 yillardan tarkib topadi. 1940 yilda ortopedik stomatologiya buyicha birinchi darslik (N.A.Astaxov, Ye.M.Gofung, A.Ya.Kats) nashr etilishi bilan ortopediyaning shakllanishi tugallandi va u boshka meditsina fanlari orasida uzining munosib urnini egalladi. Birinchi darslik chikkandan sung ortopedik stomatologiyaning nazariy xazinasi doimo boyib boradi, chunki butun soxa buyicha ogishmay nazariy va amaliy tekshirishlar olib bormokda. Ortopedik stomatologiyaning birinchi nazariy prinsip shuki, bunga binoan ortopedik stomatologiya yordamida yukori malakali vrach tomonidan kursatilishi kerak. Mana shu prinsip 1935 yilda stomatologiya institutlari tashkil kilinib, ularda ortopedik stomatologiya kafedralari bunyod etilishida yuzaga chikdi. Mubolagasiz aytish mumkinki, sovet xukumati va kommunistik partiyaning bu faoliyati fanda tarixiy vokea buldi va uning sunggi tarakkiyotlarini xam belgilab berdi. Ikkinchi nazariy prinsip axoliga ortopedik stomatologiya yordamini kursatishning tashkiliy formalarni belgilab berdi. Ulug oktabr sotsialistik revalyutsiyasidan sung axoliga ortopedik stomatologiya yordami kursatish asoslari tantana kilindi. Lekin tish protezlash yordami umumiy poliklenikalarning katta bulmagan stomatologiya xonalarida kupincha aralash xolda olib borilar edi. Ulug vatan urushidan sung tish protezlash va ortodontiya yordami stomatologiya institutlarining ortopedik klinikalarida kursatilganda yaxshi natijalar berilishi oydinlashdi. Bu davolash stomatologiya muassasalarining kichik tish protezlash kabinetlariga karama-karshi ularok, yaxshi jixozlangan, yukori malakali kadrlarga, katta kollektivlarga ega bulgani uchun tajribalarni boyitishda, ilmiy konferensiyalar utkazishda kulayliklar eratdi. Binobarin, ularda yosh ortopedstomatologlarni klnik jixatdan tarbiyalab yetishtirishda kulay sharoitlar mavjud. Rus olimlarining klassik asarlari fakt umumiy meditsinagagina emas, balki ortopedik stomatologiyaga xam ijobiy ta’sir kursatdi. Bular ogiz bushligi patologiyasiga ilgari tish protezlashga xukm surgan maxalliy (lokalistik) karashlardan kutulishga yordam berdi. Xozirgi davrda ortoped – stomatologlar organizmni bir butun va butun organizmga va shu kabi ogiz bushligida buladigan protsesslarni ichki va tashki omillar ta’sirida sodir buladi deb karaydilar. Bu ortopedik stomatologiyaning uchinchi nazariy prinsipidir. Tish jag sistemasi organlari rivojlanishiga organizmdagi umumiy kasalliklarning ta’sir kursatishi oydinlashdi. Bu soxada N.I.Agapovning “Tish sistemasi anomaliyalarining simptomik axamiyati” (1929) deb nomlanuvchi klassik asari fanimizning birinchi yorkin saxifasini ochib berdi. Ikkinchi tomondan, ogiz bushligi organlari refleksogen joy deb karalib (I.P.pavlov, A.I.Yevdokimov, D.A.Entin), buning ta’sirlanishi ba’zi organlarda reaksiya keltirib chikarishi mumkin. Ulug oktabr sotsialistik revalyutsiyasiga kadar tish protezlash fakat texnik manipulyatsiya deb karalar edi. Shu fan xakidagi kullanmalarda protezlash xakidagi tushuncha xar xil patologiya turlarini e’tiborga olmasdan, balki protezlarning konstruktiv (tuzilish) xususiyatlariga karab (olib kuyiladigan protezlar, olinmaydigan protezlar) berilar edi. Buning asosiy kamchiligi shu ediki, protez tuzilishiga karab kasal va kasallikning muxim, ba’zida, juda murakkab uziga xos xamma klinik kurinishlari yukolib ketar edi. Xozirgi zamon ortopedik stomatologiyasida shunday prinsip mavjud, bunga binoan protezlash ortopedik davolash, protez esa davolash vositasi deb karaladi. Bu asosning kelgusi tarakkiyotlari ma’lum kasalliklarda protezlash metodlarini ishlab chikishga olib keldi. Ilgari, yukorida kayd kilinganidek, tish protezlash shakllanib bulgan nuksonlarnigiga bartaraf etish bilan shugullangan. Jag-yuz sistemasidagi deformatsiya va nuksonlarning paydo bulish jarayoni vrachlar e’tiboridan tushib kolar edi. Vakt utishi bilan patologiyaning bir tomonlama urganish profilaktika yunalishi bilan almashadi, bu esa xozirgi davrdagi ortopedik stomatologiyada xos xususiyatidir. Ortopedik stomatologiya profilaktika nuktai nazarida kelib chikib, tish jag sistemasi organlari vazifasining buzilishi, nuksonlari, deformatsiyalarning kelib chikish sabablarini urganish bilan ogishmay shugullanmokda. Xozirgi davrda tish protezlashning uzi fakat chaynash vazifasini va estetik normalarini tiklashda yunaltirilgan bulmay, keyinchalik tish katorlarinig buzilmasligini, okklyuzion munosabatlarning uzgarmasligini, chakka pastki jag bugimida va muskullarda funksional va morfologik uzgarishlar kelib chikishining oldini olishni uziga vazifa kilib kuygan. Uzbekistonda ortopedik stomatologiyaning rivojlanishiga uz xissasini kushgan olimlardan Zufarov.K, Bekmetov, Izobakarov, Miryokubov, Irisaliyevlarni misol kilishimiz mumkin. Buxoro viloyatida birinchi bulib nafakat ortopedik stomatologiya balki stomatologiyani kirib kelishiga asos solgan inson Margolis xisoblanadi. Bundan tashkari uz xissasini kushgan vrach-professor uktuvchilardan Mirzayev.M, Nurov.N.B, Idiyev.G.E, Fattaxov.T.Sh, Ostonov.M.O larni aytib utishimiz mumkin.

Download 35,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish