Ma’ruza №1
KIRISH. SANOAT PECHLARI HAQIDA TUSHUNCHALAR VA ULARNING TASNIFI.
Reja:
1. Kirish;
2. Sanoat pechlari haqida umumiy tushuncha.
3. Pechning umumiy sxemasi.
4. Nazorat savollari.
1. Kirish.
Yuqori haroratli jarayonlar: metall, mashina qismlari, kimyo mahsulotlari, qurilish va boshqa materiallar korxonasining asosi hisoblanadi. Bu jarayonlar sanoat pechlarida oxirigi mahsulot olish yoki kerakligicha ishlov berish amalga oshiriladi.
Bu jarayon yuqori haroratlarda: masalan, marten pechida po‘latni eritish uchun 1800-20000S, temirchilik pechlarida po‘latni qizdirish uchun1300-15000S; o‘tga chidamli materiallarni pishirish uchun 1500-18000S va yanada yuqori harorat hosil qilish uchun elektrik pechlar ishlatiladi.
Ma’lum texnologik jarayonni bajarish uchun, pechlar murakkab issiqlik energetika agregatlaridan tashkil topib ko‘p miqdorda yoqilg‘i iste’mol kilinadi.
Yoqilg‘i iste’mol qilinishi umumiy yoqilg‘ining 60% tashkil qiladi, shuning uchun pechlarda yoqilg‘idan to‘g‘ri foydalanish xalq ho‘jaligi uchun asosiy masala hisoblanadi.
Sovet Davlati vaqtida ko‘p zavodlarga zamonaviy pechlar o‘rnatilgan bo‘lib, bu pechlarning ko‘piligini foydali ish koeffitsenti past. Bir necha zavodlar eritish jarayonini intensivlash, korxonani yaxshi tashkil etish va issiqlik yo‘qolishidan foydalanish hisobiga foydali ish koeffitsentini 40-50% oshiradi. Sanoat pechlaridan chiqayotgan gazlardan yuqori haroratli issiq havo olish, kombinatsiyalashgan energotexnologiyani ko‘llash, yoqilg‘idan to‘g‘ri foydalanish hisobiga nisbiy yoqilg‘ini sarfini pasaytirish, yuqori foydali ish koeffitsenti beradigan pechlar kurish imkoniyatiga ega.
2. Sanoat pechlari haqida umumiy tushuncha.
Yuqori haroratli texnologik jarayonlar asosida metallarni va jismlarni issiqlik bilan ishlov berish yotadi. Metallarni qizdirish va eritish, qurilish va o‘tga chidamli g‘ishtlarni pishirish, farfor va keramik jismlarni pishirish, farfor va keramik jismlarni pishirish, oyna olish, yoqilg‘ini termik ishlov berish va boshklar. Bu jarayonlar sanoat pechlarida amalga oshiriladi. Masalan, qizdirish pechlarida metall yumshok holat keltiirilib toblanadi. CHo‘yan eritish pechlarida cho‘yan qattiq holatdan suyuq holatga aylanadi, cho‘yannning kimyoviy tarkibi uning erishida o‘zgarishi mumkin.
Termik pechlarda po‘lat jismlar qizdiriladi va aniq rejim ostida sovitiladi, bu jismning ichki strukturasini o‘zgartiradi ya’ni kimyoviy tarkibi o‘zgarmaydi. Metallarga issiqlik bilan ishlov berish pechlarida bir necha murakkab jarayonlar sodir bo‘ladi - yoqilg‘i yonishi va gazlanishi, ishchi bo‘shlig‘ida tutun gazlarining harakati, tutun gazlarining qizdirilayotgan metallga issiqlik uzatishi, jism yuzasidan markaziga issiqlikning o‘tishi, ekzotermik va jarayonlar va boshqalar. Bu murakkab jarayonlar bir-biri bilan bog‘liq va buning asosida issiqlik o‘tkazuvchanlik jarayoni yotadi.
Yoqilg‘i (alangali) pechlarning issiqlik maba’si yoqilg‘i hisoblanadi: gaz, mazut, ko‘mir changi, koks, toshko‘mir va boshqalar. Yoqilg‘ini kimyoviy energiyasi, uning yonishi natijasida issiqlik energiyasiga aylanadi, yonish mahsulotlari uning tashuvchilari bo‘ladi.
Elektrik pechlarda issiqlik energiya undagi elektr energiyaning o‘zgarishi hisobiga olinadi. Bunda issiqlik manbai elektr yoyi, elektr qizdirgichlar, yuqori chastotali elektr oqimi bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |