4. Nazorat savollari:
1. Sanoat pechlarining prinsipial sxemasini tushuntirib bering.
Ma’ruza № 4
TUNELLI VA CHAXTALI PECHLAR.
Qurilish materiallarini pishirishning texnologik jarayonlari.
Sement, ohak materiallar, hom g‘ishtlar, o‘tga chidamili shamot, magnezit, farfor va boshqa hom ashyolar - Yuqori haroratda qizdiriladi, kachonki pishish jarayoni bo‘lganidan keyin esa havo bilan sovitiladi. Qizdirish va sovitish hom ashyoning turiga qarab ma’lum rejimda amalga oshiriladi.
Tunelli pech to‘xtovsiz xarakatlanuvchi agregat bo‘lib, regenerativ yoki rekuperativ ko‘rinishdagi qurilma emas. Tunelli pechning sxemasi 2- rasmda ko‘rsatilgan. Pech uzun (80-120m) tuneldan tashkil topgan bo‘lib ishlov beruvchi xom ashyolar joylashgan vagonli poezdlar harakat qiladi. Metaldan iborat vagonetkalar o‘tga chidamliva izolyasiyali g‘ishtlar bilan qoplangan. Vagonetkalar vaqti-vaqti bilan itargichlar bilan harakatga keltriladi. Pech uzunligi bo‘yicha qizdirish zonasiga, Yuqori haroratli zonaga va sovitish zonasiga bo‘linadi.
YOnilg‘i o‘txonada yoqiladi, unga kerakli havo sovitish zonasidan keltiriladi, bu erda havo hom ashyoni sovitish hisobiga qizdiriladi.
YOnish mahsuloti o‘txonadan tunelning ishchi bo‘shlig‘iga o‘tadi, xom ashyo bilan birgalikda asta sekin o‘zini issiqligini berib xarakatlanadi. Tutun issiqligining ishlatilish darajasi, qizdirish zonasining uzunligiga va gazning hom ashyoga issiqlik berish intensivligiga bog‘liq.
Tunelli pechning prinsipial sxemasi ko‘p talabalarni koniktiradi va shu prinsipda ishlovchi kamerali pechga nisbatan 1,5-2 barobar kam miqdorda Yoqilg‘i sarflaydi.
SHaxtali pechning ishchi bo‘shlig‘i;
SHaxtali pechning ishchi bo‘shlig‘i to‘g‘ri burchakli, aylana va sferik shaklda bo‘lib shixta bilan to‘ldiriladi.
SHaxtali pechlarga temir rudalaridan cho‘yan eritmasini oluvchi domna pechlari, rudalardan nikel yoki mis yarim fabrikatli eritma oluvchi vaterjaketlar, oxak pishirish pechlari, Har xil o‘tga chidamli materiallarni pishirish pechlari (va boshqa pechlar) kiradi.
8- rasmda dolomitli g‘isht olish korxonasida dolomitni pishirish shaxta pechi ko‘rsatilgan.
Bunda koks bilan antratsit aralashmasi Yoqilg‘i sifatida ishlatiladi. SHaxta kalin temirdan tayyorlangan jiltdan (kojuk) iborat bo‘lib, tashki tomoni shamot bilan, ichki tomoni esa magnezitli g‘isht bilan qoplangan. Material bilan Yoqilg‘i pechining ishchi bo‘shlig‘iga yuboriladi. Gaz shaxtadan havoga chiqarib yuboriladi. Material va Yoqilg‘i teng qatlamda to‘ldiriladi, ya’ni uch hajmli mahsulotga bir hajm Yoqilg‘i sariflanadi. Dolomitni pishirish harorati 1600-17000S, chikib ketuvchi gazning harorati 250-3000S. Yoqilg‘i Yoqish uchun kerakli havo materialni sovitish hisobiga 350-4000S ga isitib ventilyator yordamida aylanuvchan kolosnik teshikchalari orqali beriladi. Tutun gazi tepadan pastga o‘zining fizik issiqligini berib harakatlanayotgan materialga qarama-qarshi yo‘nalishda harakat qiladi. Pechning kamchiligi Yoqilg‘ining gazifikatsiya bo‘lishidan ajralib chiqqan gazning yonmasdan chiqib ketishidir.
8- rasm. Dolomit pishirish shaxta pechi.
1-ishchi bo‘shlig‘i; 2- to‘ldirish qurilmasi; 3- bo‘shatish qurilmasi; 4-qurilmalarni harakatga keltiruvchi elektr qurilmasi; 5-pishgan materialni harakatlantiruvchi trasportyor; 6- havo haydagich; 7- gazni havoga chiqarish quvuri.
Do'stlaringiz bilan baham: |