Ma’ruza № 5 mAVHUM QAYNOVCHI QATLAMLI PECHLAR. aYLANUVCHI BARABANLI PECHLAR. Aylanuvchi pech. Aylanuvchi pech 7- rasmda ko‘rsatilgan bo‘lib,ssement klinkerini pishirish uchun xizmat qiladi. U po‘latssilindr ko‘rinishda bo‘lib ichki tomoni o‘tga chidamli material bilan qoplangan va 4% nishablikda joylashgan. Mahsulot pechning tepa tomonidan tushib tutun gaziga qarama-qarshi xarakatlanadi. Pechning pastki tomoniga Yoqish qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lib, unga pishganssementni sovitish hisobiga qizigan havo beriladi. Material xarakatlanishida boshqa quritish zonasidan o‘tadi, unda gazning harorati 9000 S gacha soviydi, materialda bilinarli kimyoviy reaksiya kuzatilmaydi. Yuqori haroratli zonada gaz 1500 S dan 12000S ga soviydi, material esa 10000 S ga qiziydi. Pishirish zonasida gaz 17000 dan 15000S ga soviydi va material sovitgichda sovitiladi.ssement korxonasining asosiy agregati aylanuvchi pech Yuqori sifatli mahsulot va agregatningkuvvatini oshirishga xizmat qiladi.
Aylanuvchi pechlar oxak, gips, keramzitlarni pishirish va boshqa mahsulotlar olish uchun xam ishlatiladi.
7- rasm. Aylanuvchi pech.
1-pech; 2-sovitkich; 3- Yoqish qurilmasi; 4-elektr xarakatlantirgich; 5- issiqlik almashish qurilmasi; 6- zanjir; 7- tayanch g‘ildiragi; 8- pechni suv bilan sovituvchi quvuri; 9- havo haydagich; 10- shartli tegirmon; 11- separator; 12-siklon; 13- havo haydagich; 14- issiq havo oluvchi quvur; 15 -chang tutish kamerasi; 16- tutun quvuri; 17-po‘lat jilt; 18- qoplama.
Ma’ruza № 6 REJALI VA KAMERALI QIZDIRISH VA ERITISH PECHLARI.
Kamerali qizdirish pechi. Kamerali pech sanoatda ko‘p tarkalgan bo‘lib, bu pechda bir turdagi jismni to‘xtovsiz oqimda xarakterlanib bo‘lmaydi yoki tashkil qilish mumkin.
3- rasm. Pechning pastki qismining markaziga Yoqish qurilmasi joylashtirilgan rekuperativ hovuzning sxemasi.
1 - ishchi bo‘shlig‘i; 2 - pechning qopqog‘i; 3 - qopqog‘i xarakatlantiruvchi kran; 4 - gaz Yoqish qurilmasi; 5 - tutun chikish quvuri; 6 - keramik rekuperator.
Material yoki bir turdagi jismlarni to‘xtovsiz oqimda xarakatlanishini tashkil qilish yoki umuman xarakatlantirib bo‘lmaydigan qizdirish kamerali pechda xajmi bo‘yicha harorat teng tarkaladi, shuning uchun bu pech yirik po‘lat kuymalarni qizdirish hamda eritishda ishlatiladi. Kamerali pechning tuzilishi rekuperativ hoviz bo‘lib, uning pastki qismining o‘rtasiga Yoqish qurilmasiga o‘rnatilgan (3- rasm).
Bu hovuzlar bir gruppa birlashadi va jismning ko‘rinishini o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Quyma kran yordamida pechning ishchi bo‘shlig‘iga joylashtiriladi va qizdiriladi. Gaz Yoqish qurilmaiga sovuk holatda beriladi, lekin havo rekuperatorda 600-8000S qizdirilib uzatiladi. Pechning ishchi bo‘shlig‘ida Yoqish qurilmasidan chiqayotgan tutun gazi hamma teng bo‘linadi, bu esa kuymani tekis qizishini ta’minlaydi.