Erimaydigan elektrodlar
Payvandlash ektrodi — payvandlash, eritish yoki kesib tushirish vaqtida detalga elektr toki beradigan element (plastinka, rolik yoki sterjen). Metall, kamdankam hollarda koʻmir sirtiga legirlovchi,, oksidlovchi va barqarorlovchi kimyoviy modda qoplab tayyorlanadi. E.ning eriydigan, erimaydigan (volfram va uglerodli poʻlat sterjenlar) va kontakt payvand uchun moʻljallangan turlari bor. Metall E. 0,3—12 mm diametrli qilib yasaladi; 2) p ye ch elektrodi — yoy pechi konstruksiyasining elementi; undan elektr toki pechning ish boʻshligʻiga uzatiladi. Koʻmir, grafit, metalldan tayyorlanadi; 3) galvanik E. — ionli oʻtkazgichga botirilgan element; elektron oʻtkazgich hisoblanadi. Elektroliz vaqtida galvanik tok manbalari va boshqalarda ishlatiladi; 4) elektron asbob E. i — plastinka, toʻr, silindr va boshqalar shaklda yasaladi. Turli maqsadlarda ishlatiladi. Mas, katod, fotokatod kabi E.lar elektronlar manbai hisoblanadi; toʻrlar (boshqaruvchi, ekranlovchi, antidinatron) va elektron toʻplar asbob ichida ish muhitida elektrodlar va ionlarning harakatini boshqarib turuvchi elektr maydonlar hosil qilish uchun qoʻllaniladi. Anod elektronlar kollektori hisoblanadi. Elektroliz - eritmalar yoki elektrolit eritmasi orqali elektr toki o‘tganda elektrodlarda sodir bo‘ladigan fizik-kimyoviy jarayonlar shu nom ostida birlashadi. Musbat va manfiy elektrodlarda bo‘ladigan jarayonlar mexanizmi turlichadir. Anodda ionlar atom yoki molekulalar elektronlarini bergani uchun unda elektrokimyoviy oksidlanish reaksiyasi sodir bo‘ladi. Aksincha, katoddagi turli zarralarga elektronlar kelib qo‘shiladi va bu yerda sodir bo‘ladigan reaksiyalar, elektrokimyoviy tiklanish reaksiyalari bo‘ladi.
Elektroliz 1833-1834 yillarda ingliz olimi M.Faradey ochgan qonunlarga bo‘ysunadi.
Faradeyning birinchi qonuni shunday ta'riflanadi: elektrodda ajralib chiqadigan modda miqdori M elektrolitdan o‘tgan elektr zaryadi miqdoiri q ga to‘g‘ri proporsional: M=kq.
Proporsional koeffitsienti k son jihatdan elektrolitdan elektr zaryadi birligi o‘tganda ajralib chiqadigan modda massasiga teng va unga moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti deyiladi. Elektrolitdan t vaqt oralig‘ida I o‘zgarmas tok o‘tganda q=I·t va M=k·I·t bo‘ladi.
Faradeyning ikkinchi qonuniga asosan, elementlarning elektrokimyoviy ekvivalentlari ularning kimyoviy ekvivalentlariga to‘g‘ri proporsionaldir:
k=c· (A/Z),
bu yerda elementning atom og‘irligi A ning uning valentligi Z ga nisbati kimyoviy ekvivalent deyiladi. Modda massasining grammlarda ifodalangan miqdori uning kimyoviy ekvivalentiga teng va gramm-ekvivalent deyiladi. F=1/c kattalik Faradey soni deyiladi. Faradey soni elektrodda 1 gramm-ekvivalent modda ajralishi uchun elektrolitdan o‘tishi kerak bo‘lgan elektr zaryadiga teng:
F=96494 k/g-ekv ~ 9.65· 104 k/g-ekv.
F ning kattaligi elektron zaryadining Avogadro soniga ko‘paytmasiga teng.
Elektroliz - fizik va kimyoviy hodisalar o‘rtasida mustahkam bog‘lanishni aks ettiruvchi fizik-kimyoviy jarayon. U amalda keng miqyosda qo‘llaniladi. Uning yordamida boshqa yo‘llar bilan olish qiyin bo‘lgan ko‘pgina kimyoviy birikmalar - kukunlar ko‘rinishidagi toza metallar va boshqa moddalar olinadi. Elektroliz jarayonidan turli metallarni korroziyadan himoya qilishda foydalaniladi.
Amalda elektroliz maxsus apparatlarda - elektrolizyorlarda o‘tkaziladi. Ular po‘lat, keramik materiallar, shuningdek shisha va plastik massalardan tayyorlanadi. Elektrodlar turli metallar va qotishmalardan tayyorlanadi. Ba'zan, elektroliz davomida anod va katodda shunday moddalar vujudga keladiki, iloji boricha ularning o‘zaro ta'siridan qochish kerak bo‘ladi. Bu maqsadda elektrolizyorga serkovak to‘siq - diafragma qo‘yiladi. elektronlar oqimi maxsus elektrodlar (toʻrlar) yordamida boshqariladigan elektr vakuum asboblar; ikki, uch va koʻp elektrodli xillari bor. Ikki elektrodli oddiy Elektron lampalar — diod bir tomonlama oʻtkazuvchanlikka ega; undan detektor va kenotron sifatida foydalaniladi. Uch elektrodli Elektron lampalar — triodt boshqaruvchi toʻrning potensiali bir oz oʻzgarsa, anod tok kuchi anchagina oʻzgaradi. Koʻp elektrodli Elektron lampalar (mas, pentod) yordamida chastotasi bir necha oʻn MGs gacha boʻlgan elektr tebranishlar generatsiyalanadi (hosil qilinadi) hamda ularning kuchlanish va quvvati kuchaytiriladi. Elektron lampalar signallarni qabul qiluvchikuchaytiruvchi yoki tebranishlarni generatsiyalovchi (generatorli Elektron lampalar) turlarga boʻlinadi. Elektron lampalar radiotexnika, elektrotexnika, elektronikala, fan va texnikaning boshqa koʻp sohalarida qoʻllanadi. Elektr isitgich - bu kvartirada yoki uyda issiq tutishning ajoyib usuli, isitish mavsumi boshlangunga qadar kuting. Xolisona tanlov qilish uchun birinchi navbatda, bunday turdagi maishiy texnika turlarining turli modellari afzalliklari va kamchiliklari haqida bilishingiz kerak. Agar bunday qurilmani devor yoki shiftga o'rnatish qiyinchilik tug'dirsa, u klassik versiyani tanlashga arziydi. Eng ommabop turi - xonaning quyi qismidagi havoni samarali isitadigan qavat elektr isitgich. Yog 'bilan birga, u uch turdagi mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |