III. Tog‘ jinslarining qazish va yuklash ishlari.
Qazish yuklash ishlari kon massasini zaboydan qazib olish va ularni trasnsport vositalariga yuklash yoki ag‘darishga tashish ishlarini o‘z ichiga oladi.Karьerlarda qazish-yuklash uskunalari sifatida davriy va uzluksiz harakatlanuvchi mashinalardan foydalaniladi.
Qazish tog‘ jinslari burg‘ilash - portlatish ishlari yordamida qazib olishga tayyorlanganda qazish – yuklash ishlarini bajarish uchun bir cho‘michli ekskavatorlardan foydalaniladi.
Qazib olish uchastkalarida kov va qazib - yuklash o‘zaro joylashishi bo‘yicha yuqoriga, pastga va aralash xolda qazish – yuklash ishlari farqlanadi. Kon massasini kovlab olish, uni ag‘darish joyiga olib borish, transport vositalariga to‘kish va navbatdagi davrni bajarish uchun qazish joyiga burilish 1 cho‘kichli ekskavatorlar yordamida ketma – ket amalga oshiriladi. Ushbu operatsiyalar birgalikda ekskavatorning ish davrini tashkil qiladi. Ko‘p cho‘kichli ekskavator bilan bu operatsiyalar bir vaqtning o‘zida bajariladi. SHuning uchun bir cho‘michli ekskavatorlar davriy xarakatlanuvchi, ko‘p cho‘michli ekskavatorlar esa uzluksiz xarakatlanuvchi mashinalar xisoblanadi. Bir cho‘michli va ko‘p cho‘michli ekskavatorlar quyidagi qismlardan tuzilgan bo‘ladi: Ichki qism, mexanik qism, xarakatlanuvchi qism, kuch uzatuvchi uskunalar, rama, kuzov va boshqarish mexanizmlari. CHo‘mich (kovsh)ning strela bilan bog‘lanish konstruksiyasi bo‘yicha qattiq bog‘langan bir cho‘michli ekskavatorlar ( to‘g‘ri mexanik belkurakli ekskavator, teskari mexanik belkurakli ekskavator) va yumshoq bog‘langan ( draglayn, greyfer) bir cho‘michli ekskavatorlar farqlanadi. YUrish uskunalari turi bo‘yicha bir cho‘michli ekskavatorlarning gusenitsali, havog‘ildirakli, o‘rmalovchi suzuvchi turlari farqlanadi.
Bir cho‘michli va ko‘p cho‘michli ekskavatorlar energiya isteьmoli bo‘yicha elektrik, dizel elektrik va dizel gidravlik turlariga bo‘linadi.Karьerlarda asosan belkurakli ekskavatorlar qo‘llaniladi.
Mexanik belkurakli ekskavatorlar ishchi ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi. Qamrash radiusi va balandligi, yuklash razva balandligi, strelaning qiyalik burchagi va ekskavatorning o‘lchamlari kiradi. Ekskavatorning ishchi ko‘rsatkichlari uning xarakatlanish doirasini chegaralaydi va kov o‘lchamlarini aniqlaydi.
III.1.Ekskavatorlar ish unumdorligini hisoblash.
Ekskavatorning ish unumdorligini hisoblash uchun eng avval ekskavator turini tanlab olish kerak bo‘ladi. Men Xitachi ekskavator turini tanladim.
3 – jadval
№
|
Ko‘rsatkichlar
|
Qiymatlar
|
1
|
CHo‘michning sig‘imi, m3 ;
|
1
|
2
|
Turgan joyida qamrash radiusi, m;
|
15.6
|
3
|
Maksimal yuklash radiusi,m;
|
11,100
|
4
|
Maksimal qamrash balandligi, m;
|
16.4
|
5
|
Maksimal yuklash balandligi, m;
|
10,210
|
6
|
Maksimal qamrash radiusi, m;
|
22.6
|
7
|
Ekskavatorning og‘irligi,T;
|
33,6
|
8
|
YUritgichning o‘rnatilgan quvvati, kVt;
|
184
|
9
|
Bitta davr davomiyligi (burilish 900 burchak ostida bo‘lganda ),sek;
|
11
|
Hisoblashni bajarish ketma-ketligi:
1. Ekskavatorning texnik ish unumdorligi ( , m3/s) aniqlanadi:
bu erda: – ekskavator kovshi sig‘imi, m3;
-ssikl davomiyligi,sek;
-tog‘ jinsining ekskavatsiyalash koeffitsienti,
bu erda: – kovshning to‘lish koeffitsienti;
– ekskavator kovshidagi tog‘ jinsining maydalanganlik koefffitsienti.
Sikl davomiyligi ( , sek) aniqlanadi:
bu erda: – cho‘michlash davomiyligi, sek.
bu erda: – “o‘rtacha” bo‘lak o‘lchami, m;
bu erda: - burilishlar davomiyligi, sek.
bu erda: – ekskavatorning o‘rtacha burilish burchagi, grad
- yuklash davomiyligi, sek
E=13 m3 bo‘lganda =1,52,5 sek.
E=38 m3 bo‘lganda =2,52,7 sek.
E=1220 m3 bo‘lganda =2,93,5 sek.
2. Ekskavatorning smenalik ish unumdorligi ( , m3 /smena) aniqlanadi:
bu erda: - smena davomiyligi, s .
- smenadavomida ekskvatordan foydalanish koeffitsenti.
3. Ekskvatorning sutkalik ish unumdorligi ( , m3/sutka) hisoblanadi:
bu erda: - sutkadagi ishchi smenalar soni.
4. Ekskvatorning yillik ish unumdorligi ( , m3/yil) aniqlanadi:
bu erda: - ekskvatorning yillik ish kunlari soni.
Do'stlaringiz bilan baham: |