REJA:
KIRISH. MAVZUNING DOLZARBLIGI
ASOSIY QISM.
II.1. Ijtimoiy pedagog ta’lim tizimida.
II.2. Ijtimoiy pedagog kasbiy faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari.
II.3. Ijtimoiy pedagog va uning kasbiy sifatlari tuzilishi va xususiyatlari
II.4. Ijtimoiy pedagogning kasbiy majburiyatlari hamda unga qo’yiladigan talablar.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
ILOVA
KIRISH
"Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan"(1)
Sh. M.Mirziyoyev
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda qonunlar ustivorligiga amal qilinadigan demokratik jamiyatni barpo etishga kirishilgan bugungi kunda jamiyatimizning barcha a’zolarini, birinchi navbatda o‘sib kelayotgan yosh avlodni ijtimoiy ruxda tarbiyalash g‘oyat dolzarb masalalardan hisoblanadi. Zero, har bir shaxs birinchidan, jamiyatimizning a’zosi sifatida ijtimoiy hayotimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlarning yaratuvchisi, jamiyat sub’ekti bo‘lsa; ikkinchidan esa, u mazkur jarayonning qatnashchisidir. Bu jihatdan olganda inson jamiyatning ob’ektidir. Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzuidagi anjumanda so‘zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. "Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin.
____________________________________________________________________ 1.Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzuidagi anjumanda so‘zlagan nutqi.
Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta’kidladi Prezidentimiz. Ma’lumki, jamiyat taraqqiyoti ijtimoiy jarayonlardan iborat. Albatta, bunday jarayon kishilarga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Bilim saviyasi yetarliy bo‘lgan, e’tiqod - iymoni but bilgan kishilar har qanday murakkabliklar, boshqacha qilib aytganda, barcha qiyinchiliklarni bardosh bilan bartaraf etishga harakat qilsa, ba’zilar bunday xolatdan esankirab qoladilar. Natijada ijtimoiy hayotga loqaydlarcha munosabatda bo‘ladi, ba’zi birlar esa hayotning yengil tomonini tanlaydilar. Bunday kishilar o‘zlarining xuzur halovatlarini o‘ylaydilar. Buni bozor iqtisodiyoti sharoitidagi qiyinchiliklar yoki turli mafkuraviy g‘oyalar oqimi harakatidagi jarayonidan yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari hozirgi vaqtda ijtimoiy hayotimizga, turmush tarzimizga yot bo‘lgan giyoxvandlik, foxishabozlik, qonunbuzarlik, turli aqidaparastlik kabi illatlarning ham suqulib kirib kelishi ayrim kishilar, ayniqsa yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shunday ekan, salbiy og‘ishlar girdobiga kirgan shaxslar bilan tarbiyaviy ishlar ko‘lamini kuchaytirish, ta’sir ko’rsatishning darajasini oshirishni taqoza etadi. Bu xususda birinchi prezidentimiz I.A.Karimov o‘zining barcha nutq va asarlarida, ayniqsa, «Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch» kitobida alohida ta’kidlab o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalash davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining markazini tashkil etishini uqtiradi. Buning uchun esa keng omma shu jumladan salbiy og‘ishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan shug‘ullanishning faol yo‘l, usul, vositalarini aniqlash, ularga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning uslubiyotini ishlab chikish zarur. Bunday ma’suliyatli ish esa “ Ijtimoiy pedagog” ning zimmasidadir. Chunki, tarbiyaviy ish nafakat ta’lim muassasalarida, balki, ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalarida amalga oshiriladi. Ijtimoiy pеdagogik faoliyati – ta’lim va tarbiya orqali ijtimoiy madaniy tajribani bеrishga yo’naltirilgan kasbiy faoliyat turidir. Bu faoliyat ta’lim standartlari, o’quv rеjalari, dasturlari bilan bеlgilanadi. Ijtimoiy pеdagog bolaga ijtimoiylashuvi jarayonida (bolaning jamiyatga “kirishi”) yordam ko’rsatadi. Bola bilan bo’lishi mumkin turli xil ta’lim muassasalari, tashkilotlari, birlashmalari ijtimoiy pеdagoglar bilan amalga oshiriladi. Ijtimoiy pеdagog har doim manzilli, ya’ni aniq bir bolaga va ijtimoiylashuv, jamiyatga intеgratsiya jarayonida yuzaga kеladigan muammolarini hal etishga yordam beradi. Pedagogik faoliyatda Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyatida uning kasbiy sifatlari namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |