Fiziologik jarayon. Saqlashda nafas olish mevalarni chidamliligi va imunitetligi muhimdir. Mevalar nafas olganda tashqi muhitdan kislorodni yutib korbanat angidridini chiqaradi. Natijada qand, kislota, yog‘ oshlovchi moddalar oksidlanadi.
Mevalar yetila borgani sari nafas olish quvvati ortib boradi va iste’mol qilish uchun yaramaydigan darajaga yetilganda yuqori bo‘ladi.
Saqlashda (namlik) harorat qancha past bo‘lsa, nafas olish shuncha sust bo‘ladi. Biroq 35‐400 S dan bo‘lsa nafas olish pasayadi, so‘ngra xarorat ko‘tarilishi va fermentlarning parchalanishi natijasida nafas olish jarayoni butunlay to‘xtaydi.
Agar meva muzlagan, keyin tarkibidagi suv yaxlagan bo‘lsa nafas olish davom etadi.
Mexanik shkastlanagn hamda kasallangan mahsulot tez nafas oladi. Nafas olish mevaning tabiiy xususiyatiga bog‘liq, uzoq saqlanganda dastlab tez, sungra esa sust, yaxshi saqlanayotgan hosil esa bir meyorda nafas oladi. Nafas olish vaqtida ajralib chiqgan issiqlik muhim ahamiyatga yega. U omborda malum xarorat tartibinin xosil kiladi. Shuning uchun omborlar ko‘pincha isitilmaydi, harorat kotarilsa bino shomollatiladi, meva kancha tez nafas olsa shuncha ko‘p organik moddalar sarflanadi. Bunday sharoitda mevalar tez yetiladi va pishib o‘tib ketadi.
Nafas olish va suvni bug‘lantirish natijasida og‘irlik kamayadi.
Bu maxsulotni tabiiy kamayishi xisoblanadi. Agar olma 00s da havoda nisbiiy namlik 9095 foiz bo‘lgansharoitda saklansa bamayin pasayadi.
Saklash sharoitiga muvofik mevalarning tabiiy kamayishi darajasini pasaytirish mumkin [R. Oripov va boshqalar, 1991].
Saqlashga chidamlilik. Mevalarni sifatini pasaytirmasdan va og‘irligini yo‘qotmay asrash hususiyatidar.
Immunitetlik mikroorganizmlar bilan zararlanishga qarshilik ko‘rsatishdir. Mevalarning bu ikkala xususiyati bir‐biriga uzviy bog‘liqdir. Yaxshi saqlanmaydiganlarning immuniteti past bo‘ladi.
Mevalarning yirik‐maydaligi, shakli, po‘stining qalinligi, zichligi, rangi, og‘irligi, ushbu nav uchun mos bo‘lsa, ular yaxshi saqlanadi.
Mevalarni saqlashda haroratning o‘rni bor eng qulay holat ularning muzlash holatiga yaqin turadi. Terilgach qulay sharoit tez yaratilsa, shuncha yaxshi saqlanadi. O‘zgarib turuvchi va noqulay haroratda maxsulot kasallanadi va tez buziladi.
Olma tarkibidagi efir moylar, glikozidlar, oshlovchi moddalar va rangli
moddalar mavjudligi ularni kasallikka chidamliligini oshiradi va saqlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mevalarning mexanik shkastlanishi, ularning qiymatini pasaytiradi. Xaridorgir mevalar tabiiy past mevalarga qaraganda yaxshi saqlanadi.
Mevalarni yetilish sharoiti ularning saqlanishiga ta’sir etadi. Masalan tuproqlari og‘ir soz, sizot suvlari yaqin bo‘lgan yerlardan olingan hosil bir muncha yengil, qumaloq tuproqli yerlarda yetishtirilgan mevalarga nisbatan yomon saqlanadi.
Azot ko‘p solingan, sernam va soya joyda yetishtirilgan, yosh daraxtlarni mevalari odatda yaxshi saqlanadigan mevalar xisoblanadi. Fosfor va kaliy yetishmasligi mevalar saqlash vaqtida tez buziladi.
Tog‘li tumanlarda yetishtirilgan mevalar vodiylardagiga qaraganda yaxshi saqlanadi. Pakana daraxtlarga payvand qilib olingan hosil, soqlash vaqtida tez buziladi, yomon saqlanadi [X. Bo‘riyev, R. Rizayev, 1996].
Mevalarni joylash usulini to‘g‘ri tanlash ham muhim o‘rin tutadi. To‘kma xolda saqlanagn mevalar qatorxob terib joylanganlariga qaraganda yomon saqlanadi.
Somonga joylangan mevalar tez buziladi, chunki umikraskopik bo‘lganligidan tez namiqib qoladi. Chirigandan keyin esa xidi mevalarga o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |