Olma kompoti tayyorlash.
Yangi uzilgan, quritilgan, konservalangan va yangi muzlatilgan meva hamda rezavor mevalardan shakar qo‘shib termosterillizatsiya yordamida olingan tabiiy meva konservalari kampot deb yuritiladi.
Kompotlar parhez ichimliklar hisoblanadi. Ularning sifati va oziqlik qiymati xom ashyoning turiga, sifatiga, tayyorlash texnologiyasi va boshqa bir qatoromillarga chambarchas bog‘liq.
Shu bilan birga meva va rezavor mevalarning navi ham muhim o‘rinni egallaydi. Konserva tayyorlashda ularning konservabop navlaridan foydalanish lozim.
Kompotlar deyarli hamma meva va rezavor mevalardan alohida yoki qo‘shib, aralashtirib tayyorlanadi. Kampot iste’mol qilish uchun tayyor konservalar jumlasiga kiradi. Kompot sof og‘irligining 55‐60 foizini mevalar, qolganini qiyom tashkil etadi. Kompotlar 20‐25 foiz shakar, qimmatli organik kislotalar va mineral moddalar, shuningdek vitaminlardan iborat bo‘ladi.
Kompot tayyorlash uchun mevalar yangi uzilgan bo‘lishi, har xil qora dog‘lar, mexanik zararlanishlar va kasallik belgilar bo‘lmasligi lozim. Mevalar kampot qilinishigacha ma’lum muddat saqlanishi mumkin. Olma 24 soat saqlash mumkin. Mevalar saralanib o‘lchami va rangiga qarab sortlarga ajratiladi. Keyin esa yaxshilab yuviladi. Olma tozalanib, bo‘laklarga bo‘linib, uzoq vaqt blanshirlanadi (yumshoq bo‘lgunga qadar).
Tayyorlangan mevalar bankalarga zich joylashtiriladi, bunda ularning ezilishiga va mexanik zararlanishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Bankalar ustidan tuxum oqsili yoki taninning epilotin bilan aralashmasi tiniqlashtirilib filtirlangan shakar sharbati (siropi) quyiladi. Shakar sharbati sterilizatsiya vaqtida issiqlik almashinuvini, shu bilan birga kampotning tamini va oziqlik qiymatini ancha yaxshilaydi.
Kompotni tayyorlangandan so‘ng 10‐15 kundan keyin iste’mol qilish mumkin. Bu davrda shakar sirop tarkibida shakar mevalarga o‘tib, kampotga o‘ziga xos ta’m beradi. Sanoatda bir qator mevalardan bolalar uchun kompot ishlab chiqariladi.
Konserva zavodlarida quruq mevalardan ham kampot tayyorlanadi. Bunda har xil mevalar aralashmasidan yoki bir xil mevalardan kampot tayyorlash mumkin. Quruq mevalardan kampot tayyorlashda ular yaxshilab yuviladi, 15‐ 20 minut sust olovdaqaynatiladi va shakar, vanil’ yoki limon sedrasi solib yana 5‐6 minut qaynatiladi. Bunda olma va olma qoqisi jami 20‐25 minut va boshqa mevalar esa 10‐15 minut qaynatiladi.
Kompotlar odatda havoning nisbiy namligi 75 foiz bo‘lgani mahsus
omborlarda saqlanadi [Oripov R., Sulaymonov U., Umurzoqov E., 1991].
Do'stlaringiz bilan baham: |