Kirish Ma’suliyati chkelangan jamiyat nima? 2


-modda. Jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish



Download 48,43 Kb.
bet11/20
Sana02.12.2022
Hajmi48,43 Kb.
#877100
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
Reja

19-modda. Jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishga haqli, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, jamiyat o‘z ishtirokchilarining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish va (yoki) jamiyatga tegishli ulushlarning haqini to‘lash orqali o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishi shart.
Jamiyatning barcha ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish yo‘li bilan jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish jamiyatning barcha ishtirokchilari ulushlari miqdorlari saqlab qolingan holda amalga oshirilishi kerak.
Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yil ichida uning ustav fondi (ustav kapitali) to‘liq to‘lanmagan taqdirda, jamiyat o‘zining ustav fondini (ustav kapitalini) amalda to‘langan miqdorgacha kamaytirishini e’lon qilishi va uning kamaytirilganligini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi yoki jamiyatni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak.
Agar ikkinchi va har bir keyingi moliya yili tugaganidan keyin jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan (ustav kapitalidan) kam bo‘lib qolsa, jamiyat o‘z ustav fondi (ustav kapitali) o‘zining sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan miqdorgacha kamaytirilishini e’lon qilishi va bunday kamaytirishni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi shart.
(19-moddaning birinchi — oltinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuniga asosan birinchi — to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat sof aktivlarining qiymati qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
(19-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jamiyat o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) kamaytirilgani va uning yangi miqdori haqida jamiyatning o‘ziga ma’lum bo‘lgan barcha kreditorlarini yozma ravishda xabardor qilishi, shuningdek qabul qilingan qaror to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida xabar e’lon qilishi shart. Bunda jamiyat kreditorlari o‘zlariga xabarnoma yo‘llangan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida yoki qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida jamiyat tegishli majburiyatlarini muddatidan ilgari tugatishini yoki ijro etishini hamda o‘zlari ko‘rgan zararning o‘rnini qoplashini yozma ravishda talab qilishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish bilan bog‘liq ta’sis hujjatlaridagi o‘zgartishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kreditorlar ushbu moddada belgilangan tartibda xabardor qilinganligi dalillari taqdim etilgan taqdirdagina qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(19-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda jamiyat o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish yoki o‘zining tugatilishi to‘g‘risida uch oylik muddatda qaror qabul qilmasa, kreditorlar jamiyat majburiyatlarini muddatidan ilgari tugatishini yoki ijro etishini va o‘zlari ko‘rgan zararning o‘rnini qoplashini talab qilishga haqlidir. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ bunday hollarda jamiyatni tugatish to‘g‘risida sudga talabnoma taqdim etishga haqlidir.
20-modda. Jamiyat ishtirokchisining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushining (ulushi bir qismining) jamiyatning boshqa ishtirokchilariga va uchinchi shaxslarga o‘tishi
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat ishtirokchisi jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘z ulushini yoki uning bir qismini jamiyatning bir yoxud bir necha ishtirokchisiga sotishga yoki boshqacha tarzda ularning foydasiga voz kechishga haqli. Bunday bitimni tuzish uchun, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, jamiyatning yoki jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligi talab qilinmaydi.
Jamiyat ishtirokchisi, agar jamiyatning ustavida taqiqlangan bo‘lmasa, o‘z ulushini (ulushining bir qismini) uchinchi shaxslarga sotishi yoki boshqacha tarzda ularning foydasiga voz kechishi mumkin.
Jamiyat ishtirokchisining ulushi to‘liq to‘languniga qadar bo‘lgan davrda u faqat to‘langan qismi bo‘yicha boshqa shaxsga o‘tkazilishi mumkin.
Jamiyat ishtirokchilaridan birortasi tomonidan sotilayotgan ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda jamiyat ishtirokchilari uchinchi shaxslar oldida imtiyozli huquqdan foydalanadi. Bunday huquqdan jamiyatning har bir ishtirokchisi foydalanishi mumkin. Agar jamiyatning ustavida yoki jamiyat ishtirokchilarining kelishuvida imtiyozli huquqni amalga oshirish uchun ulushni sotib olishning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan bo‘lsa, jamiyat ishtirokchilari tomonidan ulushni (ulushning bir qismini) sotib olish ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘z ulushlari miqdorlariga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
Agar jamiyatning boshqa ishtirokchilari jamiyatning ishtirokchisi tomonidan sotilayotgan ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda o‘zining imtiyozli huquqidan foydalanmagan bo‘lsa, jamiyat mazkur ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ladi.
O‘z ulushini (ulushining bir qismini) uchinchi shaxsga sotish niyatida bo‘lgan jamiyat ishtirokchisi ulushning (ulushning bir qismining) sotilish bahosini va boshqa shartlarni ko‘rsatgan holda, bu haqda jamiyatning qolgan ishtirokchilarini va jamiyatning o‘zini yozma shaklda xabardor qilishi shart. Jamiyatning ustavida xabarnoma jamiyat ishtirokchilariga jamiyat orqali yuborilishi nazarda tutilishi mumkin. Ulushni (ulushning bir qismini) imtiyozli sotib olish huquqini amalga oshirish istagida bo‘lgan jamiyat ishtirokchisi o‘z ulushini (ulushning bir qismini) sotishni taklif etayotgan jamiyat ishtirokchisini yetti kunlik muddatda bu haqda xabardor qilishi, bunda sotishga taklif etilayotgan ulushni to‘liq yoki uning muayyan qismini sotib olmoqchi ekanligini ko‘rsatishi kerak. Agar kelib tushgan takliflarning umumiy miqdori sotilayotgan ulushning miqdoridan oshmasa, ishtirokchilardan har biri ulushning o‘z xabarnomasida ko‘rsatgan qismini sotib oladi. Agar ulushning qolgan qismi uchinchi shaxs ixtiyoriga o‘tkazilguniga qadar jamiyat ishtirokchilaridan qo‘shimcha takliflar kelib tushmasa, bunday qism uchinchi shaxsga o‘tkazilishi mumkin. Agar kelib tushgan takliflarning umumiy miqdori sotilayotgan ulush (ulushning bir qismi) miqdoridan oshsa, ishtirokchilar, agar jamiyatning ustavida yoki jamiyat ishtirokchilarining kelishuvida boshqacha taqsimlash nazarda tutilmagan bo‘lsa, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘z ulushlari miqdorlariga mutanosib ravishda sotib oladi.
Jamiyat ishtirokchilari va (yoki) jamiyat sotish uchun taklif qilinayotgan butun ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda imtiyozli huquqdan shunday xabar berilgan kundan e’tiboran bir oy ichida foydalanmagan taqdirda, agar jamiyat ustavida yoki jamiyat ishtirokchilarining kelishuvida boshqa muddat nazarda tutilmagan bo‘lsa, ulush (ulushning bir qismi) jamiyatga va uning ishtirokchilariga ma’lum bo‘lgan bahoda va shartlarda uchinchi shaxsga sotilishi mumkin.
Ulushni (ulushning bir qismini) jamiyat ishtirokchilari ulushlarining miqdorlariga nomutanosib ravishda sotib olishning imtiyozli huquqini amalga oshirish tartibini belgilovchi qoidalar jamiyat ustavida uni ta’sis etish chog‘ida nazarda tutilishi, jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan umumiy yig‘ilish qaroriga binoan jamiyatning ustaviga kiritilishi, o‘zgartirilishi va jamiyatning ustavidan chiqarib tashlanishi mumkin.
Ulush (ulushning bir qismi) sotib olishning imtiyozli huquqi buzilgan holda sotilgan taqdirda, jamiyatning istalgan ishtirokchisi va (yoki) jamiyat, agar jamiyatning ustavida ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda jamiyat imtiyozli huquqqa ega ekanligi nazarda tutilgan bo‘lsa, bunday buzilishni bilgan yoxud uni bilishi lozim bo‘lgan paytdan e’tiboran uch oy ichida sotuvchining huquqlari va majburiyatlarini o‘ziga o‘tkazishni sud tartibida talab qilishga haqli. Mazkur imtiyozli huquqdan boshqaning foydasiga voz kechishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Jamiyatning ustavida jamiyat ishtirokchisining ulushini (ulushining bir qismini) sotishdan boshqacha tarzda uchinchi shaxslar foydasiga voz kechish uchun jamiyatning yoki jamiyat ishtirokchilarining roziligini olish zarurligi nazarda tutilishi mumkin.
Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) boshqa shaxsning foydasiga voz kechish, agar uni notarial shaklda amalga oshirish to‘g‘risidagi talab jamiyatning ustavida nazarda tutilmagan bo‘lsa, oddiy yozma shaklda amalga oshirilishi kerak. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) o‘zganing foydasiga voz kechishga doir bitimning ushbu moddada yoki jamiyatning ustavida belgilangan shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy emas deb topilishiga olib keladi.
Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) boshqa shaxsning foydasiga voz kechilganligi haqida jamiyat bunday voz kechishning dalillari taqdim etilgan holda yozma ravishda xabardor qilinishi kerak. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) oluvchi mazkur voz kechish to‘g‘risida jamiyat yozma ravishda xabardor qilingan paytdan e’tiboran jamiyat ishtirokchisining huquqlarini amalga oshiradi va uning majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi.
Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) oluvchiga jamiyat ishtirokchisining mazkur ulushdan (ulushning bir qismidan) boshqa shaxsning foydasiga voz kechguniga qadar yuzaga kelgan barcha huquqlari va majburiyatlari o‘tadi.
Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlar jismoniy shaxslarning merosxo‘rlariga va jamiyatning ishtirokchilari bo‘lgan yuridik shaxslarning huquqiy vorislariga o‘tadi.

Download 48,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish