Kirish Magistrlik disseretatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


AHOLI MANZILGOHLARI VA ULARNING TUZILISHI



Download 1,89 Mb.
bet5/13
Sana17.07.2022
Hajmi1,89 Mb.
#813107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Охирги Магистр дисс 2022 Рашидов

1.2. AHOLI MANZILGOHLARI VA ULARNING TUZILISHI

Bu davrda Mirzacho’lda ekologik muhit aholi uchun mutlaq qulay emas edi. Mirzacho’lning tabiati va unda aholi joylashuvi shart-sharoitlari haqida N.N.Leonova, N.I.Leonovlar: «Mirzacho’l vohasi Turkiston tizmasining shimoliy yonbag’riga kelib adirliklar bilan aralashib ketadi. Bir zamonlar har bir adirlik oralig’idagi soylardan suvlar oqib, cho’l hududini ham sug’organ. Asta–sekin suv oqimi adirlik soylarida kamayib, aholi tog’ atroflariga va daryo qirg’oqlariga borib o’rnashgan. Mirzacho’l hududida yaqin 90-yillar avval hech qanday qishloq bo’lmagan. Faqatgina Toshkent–Jizzax–Samarqand–Buxoro savdo tarmog’i va karvonsaroylar mavjud edi, xolos» degan fikrlarini bildirishgan1.


Mirzacho’lni o’zlashtirish tarixi bilan shug’ullangan R.S.Egamberdiev va A.Razzoqovlar Mirzacho’l yirik karvon yo’llarining kesishgan joyida joylashgan bo’lsa ham, yozma manbalarda bu yerdagi biror yirik qishloq yoki shahar to’g’risida ma’lumot berilmaganligini ta’kidlaydilar2.
Arab sayyohi Ibn Xavqal (969-yil) o’z sayohatnomasida arablar bosqinidan avval Sirdaryoning chap sohili bo’ylarida, ya’ni Mirzacho’ldagi bir qator qishloqlar haqida ma’lumot bergan, bu qishloqlar orasida Vinkerd deb atalgan xristian qishlog’i ham mavjud bo’lgan3. Bu qishloqning o’rni taxminan XIX asrning ikkinchi yarmida Mirzacho’lda tashkil topgan rus qishlog’i Nijniy Volinskiyning shimoliy qismiga to’g’ri keladi. Ammo, bu qishloqning keyingi asrlardagi tarixi haqida ma’lumotlar saqlanmagan.
Boshqa manbalarda Sirdaryo qirg’oqlaridagina ba’zi bir turar-joylar bo’lganligi, aholi chorvachilik, dehqonchilik bilan shug’ullanganligi qayd qilingan. Mavjud qishloq va shaharlar bosqinchilik urushlari davrida vayron etilgan, hozirgacha ularning xarobalari saqlanib qolgan. Mirzacho’lda turar joylar nihoyatda kam edi, chunki sug’orish uchun suv etmagan va Sirdaryo suvini cho’lga chiqarish juda qiyin bo’lgan. Shu sababli mavjud qishloq va shaharchalar asosan Sirdaryo bo’yida hamda tog’dan oqib tushuvchi soy va buloqlar yonida paydo bo’lgan1.
Mirzacho’l, tarixiy ma’lumotlarga ko’ra, qadimgi va o’rta asrlardanoq aholi yashashi mumkin bo’lgan o’lka hisoblangan. Mirzacho’l vohasining janubiy qismi tog’ oldi yon bag’irlarida miloddan avvalgi I ming yilliklardanoq aholi o’troqlashgan. Mirzacho’l vohasida aholi Xo’jamushkentsoy, Sho’rbuloqsoy, Mug’olsoy, Tog’obsoy, Sarmichsoy, Sirdaryo bo’ylarida istiqomat qilgan2. Sug’orish tarmoqlari yaroqsiz holga kelishi bilan o’troq aholi hududni tashlab ketgan.
Qozoq va qoraqalpoqlar bilan bir vaqtda XVI – XVIII asrlarda Sirdaryo sohillarida va unga tutash cho’llarda qipchoqlar ham yashagan, qalmoqlardan qochgan qipchoqlarning bir guruhi Zarafshon vohasiga, ikkinchi bir guruhi esa Toshkent vohasi va Mirzacho’lga kelib joylashgan3. Qipchoqlar va qoraqalpoqlar kelmasidan ilgari Mirzacho’l vohasida boshqa etnik guruhlar (qurama, do’rmon, qirq, yuz, ming va boshqa) yashagan.
XIX asr o’rtalarida Sirdaryoning chap sohili va Mirzacho’l hududida yashagan aholining ijtimoiy tuzumi va iqtisodiy manbalari haqida ma’lumot manbalarda to’liq va aniq berilmagan. Rus harbiy tarixchisi P.P.Shubinskiyning yozishicha, qadimda Mirzacho’l o’zlashtirilib, sug’orish ishlari olib borilgan4. U o’lkaning butunlay bo’shab qolishiga Qo’qon xonligining paydo bo’lishi davridagi Buxoro va Qo’qon o’rtasidagi tortishuvlar sabab bo’lgan, deb ko’rsatadi. Cho’l atrofidagi adirlarda qadimda yashagan aholi makonlarining izlari saqlangan. Aholi boshiga kelgan notinchlik tufayli o’troq aholi tog’ oralariga va tinch vohalarga ko’chib ketishga majbur bo’lgan1.
Turkiston hududiga ruslarning kelishi arafasida Sirdaryo sohillarida o’zbek, qirg’iz va qozoqlarning qishki ovullari mavjud bo’lgan. Bu ko’chmanchi chorvador aholi bahor va yoz oylarida tog’ atrofidagi yaylovlarga ko’chib ketishgan2.
Mirzacho’l ruslar kirib kelishi arafasida doimiy yashaydigan aholiga ega bo’lmagan. Aholi asosan Sirdaryo sohillarida yashagan. Mirzacho’lning ichki qismlarida va ko’l atroflarida ko’chmanchi qozoqlar o’tovlari mavjud bo’lgan. Daryo sohillarida yozgi va qishgi mavsumda ham yashash imkoni bo’lgan. Aholi qirg’iz, o’zbek, qozoq qabilalariga oid bo’lib, yozda chaylalarda, qishda esa yer to’lalarda istiqomat qilishgan. Ular chorvachilik va qisman lalmi dehqonchilik bilan shug’ullanishgan.
XIX asrning o’rtalariga oid manbalarda Sirdaryo sohillarida yashagan qirg’iz, qozoq ko’chmanchi aholisining aniq soni va joylashgan ovullari haqida batafsil ma’lumot yo’q.
Rossiya imperiyasi bosqiniga qadar Turkistonning cho’l hududlarida sun’iy sug’orish ishlari olib borilgan. Cho’lning chegara va tog’–adirlarning pastki qismlarida joylashgan aholi soy va buloqlar suvlaridan foydalanib, dehqonchilik qilishgan. Bug’doy va boshqa tur don mahsulotlari lalmi yerlarga ekilgan. Aholi o’troq holda istiqomat qiladigan ariq va soy sohillarida Bekobod va Segiz–Sari qishloqlari joylashgan bo’lib, ular Oqsuv soyidan, Qo’sh tegirmon qishlog’i yaqinidagi buloq suvidan foydalanishgan3. Qoraqalpoqlar va qozoqlar doimiy holatda ko’chib yurishgani uchun, ularning yashash joylari faqat chaylalardan iborat bo’lgan. Asosiy istiqomat markazi ovullar hisoblangan.
Turkiston hududidagi mahalliy aholi ruslar bosqinidan keyin «tuzemets» lar nomi bilan yuritilgan. Mahalliy aholi o’troq, ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi aholiga bo’lingan. O’troq aholi tarkibi tojiklar va o’zbek, yarim o’troq aholi tarkibi qurama va o’zbeklar, ko’chmanchi aholi tarkibi qirg’iz, qozoq, va qoraqalpoqlardan iborat bo’lgan1.
A.Kushakevich bergan ma’lumotiga ko’ra mahalliy aholi istiqomat qilayotgan qishloqlarning ayrimlari nomlari etnotoponimik xarakterga ega. Masalan, Tuyoqli, Eronli, Saroylik, Toshkentlik, Oqqo’rg’onlik, Rovot, Turkman, Jaloir kabi qishloqlar shular jumlasidandir2.
Yuz urug’iga oid o’zbeklar Zomin, Sangzor, Jizzax va Xo’jand uyezdiga qarashli Sirdaryoning o’ng sohillarida o’troqlashgan holda yashaganlar. Dalvarzinda 20 ta uy, Tashgan qishlog’ida 30, Samgar qishlog’ida 40 ta uy, jami 130 ta uy o’zbeklarning o’troqlashgan yuz urug’iga tegishli bo’lgan. Ko’chmanchi yuz urug’lari esa Sirdaryo chap sohillaridagi qishloq atroflarida vaqtinchalik qarorgoh chayla va o’tovlar qurishgan. Ular tarqoq holda yashaganliklari sababli, ularning soni statistik ma’lumotlarda berilmagan3.
Sirdaryo sohili bo’ylab pastga tomon to’qayzor va qamishzorlar oralab Qaropchi–Parchayuz ovullari joylashgan.
Mirzacho’lda istiqomat qilgan mahalliy aholining joylashgan o’rni, ovul va qishloqlar nomi, ulardagi o’tovlar soni haqida Turkiston statistikasiga oid 1872-yilda to’plangan materiallarda qimmatli ma’lumotlar berilgan. Bu manba Mirzacho’lga rus aholisining kirib kelishidan ilgari mahalliy aholining etnik tarkibi, joylashgan o’rni haqida batafsil ma’lumot berilganligi bilan ham, ayniqsa katta ilmiy ahamiyatgaegadir. Manbada qaropchi va parchayuzlar o’zbeklarning yarim ko’chmanchi turmush tarzini kechiruvchi urug’idir, deb ko’rsatilgan.
Bunda ko’rsatilishicha o’zbeklarning qaropchi urug’iga mansub aholi Mirzacho’lning Erjar, Xalqako’l, Mayda jing’il, Qolgansir manzilgohlari (soylik-urochishe) va Begavot, Langar, Chaqir, Namingan, Iskandar, Sarmich, Uvoq, Tarnov, Topqoq qishloqlarida yashaganlar. Erjar manzilgohi Sirdaryo bo’ylab 12 verst masofaga cho’zilgan bo’lib, kengligi 4 verstni tashkil etgan. O’tovlar soni 19 ta bo’lib, ular ikki guruhga bo’lingan holda joylashgan, bir guruh 9 ta, ikkinchisi esa 10 ta o’tovdan iborat. Xalqako’l manzilgohi Sirdaryoga yaqin joyda joylashgan bo’lib, uzunligi 4, eni esa 2 verstni tashkil etib, 7 ta o’tov joylashgan. Qolgansirda 5 ta o’tov bo’lib, bu xuddud Mayda jing’ilga yaqin joyda joylashgan. Mayda jing’ilda eng ko’p, ya’ni 35 ta o’tov joylashgan bo’lib, u Sirdaryo bo’ylab 4 verst uzunlikda, eni 1 verstni tashkil etgan. Ko’rinib turibdiki, sanab o’tilgan manzilgohlardan bu manzilgohning hududi kichik bo’lsa–da, aholi nisbatan zich joylashgan. Demak, Mayda jing’ilda aholi yashashi uchun qulay sharoit mavjud bo’lgan.
Parchayuz urug’iga mansub aholi qaropchilar bilan birga Xalqako’l, Mayda jing’il, Erjar manzilgohlarida va Xovos qishlog’i yaqinidagi dashtda Parcha, Oqquvoq, Qizilchang’il, Mulla bobo qudug’i nomli manzilgohlarda va. Xalqako’lda ularning 21 ta o’tovi 4, 5 va 12 o’tovdan iborat uch guruhga bo’linib joylashgan. Mayda jing’ilda parchayuzlar 7 ta o’tovda istiqomat qilishgan, qishlovni shu erda qaropchilar bilan birga o’tkazganlar. Parchayuzlarning uyas urug’iga tegishli aholi Erjarda jami 27 o’tovdan iborat 4 guruhga bo’linib joylashgan. Parchada 12 ta, Oqquvoqda 15 ta, Qizilchang’ilda 17 ta, Mulla bobo qudug’ida 6 ta, jami Xovos qishlog’i atrofida 50 ta o’tovda Parchayuz ovuli aholisi yashagan1. Faqat Sovot qishlog’ida parchayuzlar doimiy ravishda istiqomat qilganlar2.
Sovot va Namingon qishloqlarida o’zbeklar istiqomat qilib, Sovotda 8 ta ustaxona va do’kon, 5 ta tegirmon mavjud bo’lgan bo’lsa, Namingon qishlog’ida 4 ta do’kon va ustaxona, 2 ta tegirmon ishlab turgan3. Demak, aholi sonida uncha katta farq bo’lmagan holda, sovotliklarning iqtisodiy ahvoli namingonliklardan nisbatan yuqori bo’lgan.
Xovos oqsoqolligiga mansub Xo’jaqishloq, Qo’shkent, Itbuloq, Changovul, Uchturg’on, Qipchoq, Xovos, Login qishloqlaridan faqat Itbuloqda o’zbeklar istiqomat qilganlar. Qo’shkentda kam sonli o’zbeklar tojiklar bilan birga yashaganlar. Oqsoqollikning qolgan barcha qishloqlarida faqat tojiklar istiqomat qilishgan. Eng yirik qishloq Xovos bo’lib, 120 ta xo’jalikdan iborat bo’lgan.
Xo’jaqishloq va Itbuloq qishloqlarida tegirmon, do’kon va ustaxonalar bo’lmagan. Bu holat aholi soniga bog’liq bo’lgan, birinchi qishloqda 15 ta xo’jalik, ikkinchisida 12 ta xo’jalik istiqomat qilgan. Demak, bu qishloqlar aholisi qo’shni qishloqlar tegirmoni, do’koni, ustaxonasidan foydalangan bo’lsalar kerak. Qipchoq qishlog’ida tegirmon bo’lmagan. Qolgan barcha qishloqlarda do’konlar, tegirmonlar, hunarmandchilik ustaxonalari mavjud bo’lgan.
Yuqorida sanab o’tilgan qishloqlarda ta’lim muassasalaridan faqat qishloq maktablari faoliyat yuritgan. Xovosda ikkita, Qo’shkent, Changovul, Uchturg’on, Qipchoq, Xovos, Lokin qishloqlarida bittadan maktab bo’lgan, faqat Xo’jaqishloq, Itbuloq qishloqlarida maktab bo’lmagan. Maktablarda o’quvchilar soni 5 nafardan 25 nafargacha bo’lgan.
Xovos oqsoqolligida 10 ta machit bo’lib, har bir machitda bir nafar imom diniy marosimlarni o’tkazilishini nazorat qilib turgan. Faqat Xo’jaqishloqda machit ham, imom ham bo’lmagan1.
XIX asrning ikkinchi yarmiga oid arxiv hujjatlarida bu hududda yashagan ko’chmanchi aholining soni, jinsiy tarkibi, tabaqalar haqida statistik ma’lumot berilgan. Unga ko’ra aholining soni (Mayda – Jing’il, Oq - tepa, Ko’k – chag’alak, O’tru ovullarida)2 erkaklar 1766 kishi, ayollar 1744 kishi, jami 3510 kishidan iborat bo’lgan. Etnik tarkibiga ko’ra ularning barchasi qozoq urug’larining vakillari bo’lganlar. Qishlovni o’z ovullarida o’tkazganlar, yoz faslida esa Burli, Zuney, Suro’zak va Uch – tepaga ketganlar.
Mirzacho’lning Sovot va Erjar volostlarida XIX asrning ikkinchi yarmida istiqomat qilgan aholining etnik tuzilishi haqida hujjatlarda quyidagilar o’z aksini topgan. Sovot volostida o’zbek – qaropchilar (yuzlar) yashagan bo’lib, ular 7 uruqqa bo’lingan: turkman, qo’shtamg’ali, uyas, parchayuz, achamayli, boyovut, ettiurug’.
Sovot volostining oqsoqoli Mulla Nazarqul Kinjiboev o’zbek-qaropchilarning bu erda bir necha avlodlari yashab o’tganligi to’g’risida ma’lumot bergan. Qaropchi qabilasining 7 urug’i o’z navbatida bir necha bo’g’inlarga bo’linib ovullarda yashaganlar. Ovullar bir necha o’n xo’jalikdan iborat bo’lgan. Ovul qanchalik katta bo’lsa, xo’jaliklar soni shunchalik ko’p bo’lgan. Gohida ovulga kelib chiqishi ularga yot bo’lgan o’tovlar ham kelib qo’shilgan, ammo ular vaqtincha birga istiqomat qilganlar.
Mirzacho’lning jami o’zbek aholisi yarim ko’chmanchi holatda yashagan va ayni XIX - asrninng ikkinchi yarmida ular o’troq turmush tarziga o’ta boshlaganlar. Tog’li hududlarga faqat qo’y otarlari va yirik shoxli mollarning katta qismi haydab ketilgan. Qolgan chorva mollari butun yoz mobaynida dashtda egalari bilan qolgan.
Har yili bahor faslida Mirzacho’lga qo’shni hududlardan, hattoki Buxorodan ham ko’plab chorvadorlar o’z chorva mollari bilan ko’chib kelganlar. Ular bu erga qisqa muddatga (1–2 oy) kelib ketishgan. Ko’chmanchilarning Mirzacho’lga joylashuvi hech qanday ahamiyatga ega bo’lmagan, chunki ular mahalliy aholi bilan doimiy jiddiy iqtisodiy va boshqa aloqalarda bo’lmaganlar. Shu sababli rus hukumati ma’murlari tomonidan bu ko’chmanchilar haqida hech qanday ma’lumot to’planmagan.
Mirzacho’lda istiqomat qilgan o’zbeklar joylarida qolib, faqat chorva mollarini katta qisminigina yaylovlarga yuborishgan.
Qozoqlar esa yozning o’rtalarida Sirdaryo bo’yidagi to’qaylarga kelib joylashganlar. Panjikent va Oqtog’ga yirik otarlar haydab ketilgan. Ammo Mirzacho’l aholisi uchun bu ko’chishlar zaruriyat emas edi, chunki sirdaryo qirg’oqlari va to’qaylari deyarli hamma vaqt yam-yashil bo’lgan. Mahalliy aholiga tegishli uncha ko’p bo’lmagan chorva mollari uchun bu yaylov va o’tloqlar yetarli bo’lgan.
Chorvachilik bilan bir qatorda ular dehqonchilik bilan ham shug’ullanganlar. Bu ish bilan Nikolay I kanali qurilgandan keyin jiddiy shug’ullana boshlaganlar. Mahalliy aholining qanday ekin turlari bilan shug’ullanganligi ilk bor rasmiy jihatdan aniq holatda 1908 yilda Turkiston o’lkasi Davlat mulklari va dehqonchilik ishlari boshqarmasi kichik topografi Yu.I.Gopper tomonidan ro’yxatga olingan2. Ular baliqchilik, hunarmandchilik bilan ham shug’ullanganlar. Baliqchilik bilan faqat o’z ehtiyojlarini qondirish uchun shug’ullanganlar. Bog’lari bo’lmagan, faqat bekobodliklar dehqonchilik va bog’dorchilikni yaxshi bilganlar. Kigiz, arqonlar, gilam, xurjun, chakmonlarni chorva mollari yungidan o’zlari uchun tayyorlaganlar, kamdan – kam hollarda bu mahsulotlarni sotib olganlar. Ko’rinib turibdiki, bu mashg’ulotlar alohida iqtisodiy ahamiyat kasb etmagan. O’zbeklar ham, qozoqlar ham yaylovlarni ijaraga bermagan, o’z navbatida ular ko’chib yurgan yaylovlar uchun hech kimga hech qanday haq to’lamaganlar.
Ammo Sirdaryo to’qaylari yaylovlaridan foydalanishda umuman boshqacha holat hukmron bo’lgan. Bu to’qaylarning katta qismi rus aholisi tomonidan egallab olingach, rus dehqonlari o’tloqlarni mahalliy aholiga 300-800 rublgacha haq evaziga ijaraga bergan1.
Erjar volostida yashagan qozoqlar ikki uruqqa bo’lingan, bular qo’ng’irot (qorako’z) va romadon urug’lari bo’lib, qo’ng’irot urug’i 3 bo’g’inga bo’lingan: bultay, xalpe, jetim2.
Bo’g’inlar oturinsk va kokchegan, oqqum jamoalari tarkibiga kirgan. romadon qirg’izlari aktyubinsk jamoasi tarkibida bo’lgan. Jamoa oqtepa, xo’jas va altay ovullaridan iborat bo’lib, ular qishni sirdaryo bo’yidagi to’qaylarda o’tkazganlar. Yozda yirik otarlarni Oqtaxtay va Qizilnura tog’lariga haydab ketganlar. Bahorning ikkinchi yarmida pichan o’rim boshlangan, o’zlarining pichan o’rimi uchun joylari bo’lmaganligi uchun bunday joylarni ular ruslardan ijaraga olgan.
Yuqorida sanab o’tilgan jamoalarda yashovchi qozoqlarning oz qismigina imkonlari bo’lsada, dehqonchilik bilan shug’ullanmagan. Turmush tarzlari o’zbeklarnikidan kam farq qilgan. Asosiy oziq–ovqat mahsulotlari bug’doy noni bo’lgan, keyingi o’rinlarda tariq, sut va barcha turdagi go’shtlar turgan. qish kunlari go’shtni ko’p iste’mol qilganlar, asosan bo’yra to’qiganlar.
Mahalliy aholini o’troq holatga o’tkazish majburiy tarzda ham amalga oshirilgan. Masalan, 1913-yilda Turkiston o’lkasini boshqarish Qoidalarining 279 moddasiga ko’ra o’zbek urug’lari vakillaridan iborat bo’lgan boyovut, achamayli, parchayuz, uyas, pastki qo’shtamg’ali va turkman ovullari aholisini o’troq holatga o’tkazish tartiblari belgilab berilgan1.
Vohaga rus aholisi ko’chib kelgach, rus-tuzem maktablarini tashkil etish to’g’risida takliflar bo’lgan. 1896-yilda Jizzax uyezdi boshlig’i Samarqand viloyati harbiy gubernatoridan Mirzacho’lda ikkita maktab ochish haqida iltimos qilgan. Natijada 1897-yil 1-yanvardan ko’chmanchilar o’tovida maktablar ochilgan, ammo ayrim sabablarga ko’ra bu maktablar 1898-yilda yopilgan2.
Mahalliy aholining demografik dinamikasini o’rganish ancha mushkul. Sababi, Mirzacho’l hududida XIX asrning o’rtalarigacha aholini ro’yxatga olish o’tkazilmagan.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Mirzacho’l hududida asosan Yuz, Parchayuz, Qirq, Qang’li, Saroy, Qarapchi, Xitoy, Qipchoq, Muytan, Kenagez, Mang’it, Qo’ng’irot, Suzak va Qoraqalpoq kabi qabila hamda urug’lar yashagan. Mirzacho’l va uning atrofidagi hududlarga XVI asrda ko’plab qabila va urug’larning kelishi kuchayadi. Jumladan, Sangzor daryosi bo’ylariga aholining kelib o’rnashishi Buxoro xoni Abdullaxon davriga borib taqaladi. 1571-yilda u O’ratepa bekligiga qarshi samarali urush olib boradi va Jizzax shahri ustidan o’z hukmronligini mustahkamlaydi. Natijada bu hududda o’z xukmronligini saqlab qolish maqsadida Abdullaxon Sangzor daryosi bo’yida qo’rg’on qurdiradi. Keyinchalik ushbu qo’rg’onga bir qancha aholi ko’chirib kelinadi. Jumladan, bunda o’zbek urug’laridan - Yuz, Saroy, Qang’li va Qirq urug’lari joylashtiriladi. Boshqa manbalarda, bu hududga shimoldan bostirib kirayotgan ko’chmanchilardan himoyalanish maqsadida Buxoro atrofidagi bir qancha aholi ko’chirib keltirilgani to’g’risida ma’lumotlar mavjud. Aynan mana shu davrda, ya’ni XVI-XVII asrlarda Sirdaryo bo’ylariga Qo’ng’irotlar kelib joylashishni boshlaydi. Umuman olganda, Qo’ng’irot urug’i Xo’jand uezdining Irjar volosti, Jizzax uyezdining Otaqo’rg’on, Ko’ktepa, Qo’rg’ontepa, Pistalitog’ va Chordor volostlarida yashagan. Bundan tashqari, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Qo’ng’irotlar Toshkent, Chimkent va Perovsk uezdlarida ham yashagan1. Xo’jand uyezdining Irjar volostida yashagan Qo’ng’irot urug’i uchta bo’g’inga bo’lingan bo’lib, ular Bultay, Xalpa va Etim deb nomlangan2.
Shuningdek, Mirzacho’lning aksariyat qismida o’zbeklarning Qarapchi urug’i yashagan. Mazkur urug’ 7 ta bo’g’inga bo’lingan. Arxiv manbalariga ko’ra, Xo’jand uyezdining Savat volostida yashagan Qarapchi urug’ining Turkman, Qo’shtamg’ali, Uyas, Parchayuz, Achamayli, Boyavut, Ettirux kabi bo’g’inlari mavjud bo’lgan va ular ushbu volostda istiqomat qilgan3. Savat volosti boshlig’i bo’lgan Mulla Nazar Qulkenja o’g’lining ma’lumotlariga ko’ra, qarapchi urug’ining bir necha avlodlari mazkur hududda yashab kelgan.
Bundan tashqari, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Mirzacho’l vohasidagi Qo’rg’ontepa volostida qoraqalpoqlar ham istiqomat qilgan. Boshqa manbalar ham bu ma’lumotni tasdiqlab, 1911-1912 - yilgi aholini ro’yxatga olish ishida Qo’rg’ontepa, Chordor, Qizilqum va Pistalitog’ volostlarida qozoq va qoraqolpoqlar yashaganligi ta’kidlanadi. M.S.Andreev ham Nurota tog’i atrofida Qoraqolpoqlar yashaganligini ma’lum qiladi. Lekin muallif 1920-yilgi aholini ro’yxatga olish ishida Jizzax uezdi bo’yicha 36 ta ovuldan faqatgina 17 tasida ro’yxatga olinganligini hisobga olib yuqoridagi ma’lumotlarni inkor qilmaydi4.
Shu o’rinda ushbu aholining XIX asr oxiri – XX asr boshlarida qanday xo’jalik turmush tarzi bilan shug’ullanganligini taxlil qilish maqsadga muvofiqdir. 1897-yilda Mirzacho’lning Jizzax uezdi hududida 222 683 nafar kishi yashagan, shundan 120 228 nafari erkak, qolgani 102 455 nafari ayollar hisoblangan. Shundan 208 412 nafar kishining turmush tarzi qishloq xo’jaligiga bog’liq bo’lgan. Boshqacha aytganda, 37 775 nafar erkak va 658 nafar ayol alohida tarzda qishloq xo’jaligi bilan shug’ullangan, qolgan oila a’zolari, ya’ni 74 056 nafar erkak hamda 95 923 nafar xotin-qizlar ushbu shaxslar qaramog’ida bo’lgan. Bundan tashqari, 630 nafar erkak va 3 nafar ayol chorvachilik bilan shug’ullangan. Shuningdek, 120 nafar kishi savdogarchilik qilgan, 47 nafar kishi esa go’sht savdosi bilan mashg’ul bo’lgan. Aholining qolgan qismi un va yog’ ishlab chiqargan hamda boshqa kasblarni egallagan.
Erjar volostida qozoqlar Mayda jing’ilda 190 ta o’tov, shu jumladan erkaklar 430 kishi, ayollar 456 kishi; Oqtepa ovulida 215 o’tov, shu jumladan erkaklar 448 kishi, ayollar 467 kishi; Ko’k chivaloq ovulida 259 tta o’tov, shu jumladan erkaklar 498 kishi, ayollar 470 kishi; O’tirliq (O’trau) ovulida 170 ta o’tov, shu jumladan 390 nafar erkak, 401 nafar ayol yashagan. Qozoqlarda aholi va ovullar soni o’zgaruvchi hisoblangan. Sababi, ularning bironta ham doimiy yashash qarorgohi mavjud bo’lmagan2.
Xulosa tarzida ta’kidlash joizki, ustki qismi soz tuproq va shag’al qatlamlari bilan qoplangan, doimiy suv oqimi va vaqti-vaqti bilan oqadigan suvlarning ta’siri natijasida paydo bo’lgan Mirzacho’l lyoss tekisligi vohaning asosiyaydonini egallagan bo’lib, Sirdaryoning yangi o’zanlari ham ana shu qatlamlardan vujudga kelgan. Mirzacho’lning bu qismi iqtisodiy jihatdan asosiy joy hisoblanib, bu yerda asosiy irrigatsiya inshootlari va sug’oriladigan yerlar joylashgan. Vohani janub va janubi-g’arbdan o’rab turgan tog’lar bu erning tuprog’iga ma’lum darajada ta’sir etgan, tog’lardan oqib tushadigan suvlar asrlar davomida Mirzacho’l hududida unumdor tuproq qatlamlarini vujudga keltirgan. Mirzacho’lning g’arbiy-shimoliy burchagidan Sirdaryo bo’ylab o’tgan maydonlardagi to’qayzorlardan mol boqiladigan yaylov sifatida foydalanilgan. Tabiiy geografik jihatdan olganda Mirzacho’l vohasi aholi istiqomat qilishi va sug’orma dehqonchilik uchun qulay hudud bo’lgan. XIX asr o’rtalarida Mirzacho’l aholisi etnik tuzilishiga ko’ra xilma-xil bo’lib, o’zbek urug’lari, tojiklar, quramalar, qozoqlar, qoraqalpoqlar, qirg’izlardan iborat bo’lgan. Vohadagi manzilgohlarda aksariyat hollarda ular birga istiqomat qilganlar. Xovos oqsoqolligiga mansub Xo’jaqishloq, Qo’shkent, Itbuloq, Changovul, Uchturg’on, Qipchoq, Xovos, Login qishloqlaridan faqat Itbuloqda o’zbeklar istiqomat qilgan bo’lsa, Qo’shkentda kam sonli o’zbeklar tojiklar bilan birga yashaganlar. Sirdaryo sohillari bo’ylab qozoq ko’chmanchilari ovullari joylashgan. Ular vohada o’troq, yarim ko’chmanchi, ko’chmanchi holatda turmush kechirgan. Chorvachilik, lalmi dehqonchilik, qisman sug’orma dehqonchilik va bog’dorchilik, hunarmandchilikning ayrim turlari, Sirdaryo sohillari va ko’l bo’ylarida baliqchilik bilan ham shug’ullangan.



Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish