Talaba:
Bobojon men bir narsani o’qigandim. Hozir sizga shuni aytib bersam maylimi?
Bobodehqon:
Ha, albatta.
Talaba:
Olimlarning aniqlashicha, sabzavotlarning ham o’z his tuyg’ulari bo’lar ekan.
Ko’kat—uni erkaklar yetishtirishini istaydi. Erkak kishi ukrop, kashnich, petrushkalarni sug’oradigan bo’lsa, ular yanada xushbo’ylashadi. Yulib olingandan keyin darrov so’lib qolmaydi.
Piyoz – bo’yanmagan ayollarni yoqtiradi. Chunki, bo’yoq piyozda qo’rquv hissini uyg’otadi. Oqibatda u nihoyatda qattiqlashadi, barakalilik darajasini yo’qotadi.
Kartoshka—baqir-chaqirni ko’tara olmaydi, maqtov joni dili. Har kuni bir necha bor erkalab turilsa bormi, tarvuzday-tarvuzday, shunga yarasha qanddek shirin hosilga ega bo’ladi.
Bobodehqon:
Ha, balli. Qani endi bu tomonlarni ham aylanaylikchi.
Ertakchi momo
Endi bolajonlarim mevalar bilan tanishing
Olma:
Juda hushbo’y hidim bor,
Menda vitamin bisyor
Kimda bor zob kasali
Urug’imdir foydali
Sharbatim juda hushta’m,
Semirtirmaydi hech ham
Behi:
Meni oshga solishar,
Hatto qilishar do’lma
Mening hidim ham hushbo’y
Qarindoshim-da olma
Ichimni o’yib asta,
Dimlashadi qasqonda
Yeyishadi azonda
Anjir:
Sutga solib qaynatib ichgan mahal
Chekinadi sizda bo’lsa gar yo’tal
G’amlasangiz mendan qilib murabbo
Qishda bo’lmas shamollashda muammo
Tut:
Bahorning ilk mevasiman,
Baxsh etaman sizga darmon
Isitmangiz tushuraman,
Mevamdan yeng, ko’payar qon
Do'stlaringiz bilan baham: |