Kirish Kursni tugatish ishining dolzarbligi - tabiatni rang barang o’simliklar dunyosisiz tasavvaur etib bo’lmaydi. O’simlalar qanchalik ko’p bo’ishiga qaramay o’ziga xos tarzda turli sharoitda o’sishga moslashgan. Tabiatda o’simlik uchramaydigan joy kam topiladi . Tashqaridan qaraganda juda ko’p o’simliklar ayniqsa bir yillik o’tlar bir-biriga o’hshaydi , shuningdek ular bi-biridan bir qator belgilar bilan farq qiladi. Yer yuzida qanchalik o’simlik ko’p bo’lmasin barchasini ilmiy nomi bor. Ularni farqlashning o’ziga hos usullari bor. Shu belgilarga qarab sistematikaga solinadi .O’simliklar sistematikadan keyin cho’l, adir, tog’ va yaylovlarda keng tarqalganligiga qarab ham guruhlarga bo’lib o’rganish mumkin.Biz o’rganayotgan sho’radoshlar oilasining ko’pchilik vakillari qumli cho’llarda o’sishga moslashgan. Botanikadagi oilalarni o’qitishda oilalarga kiruvchi o’simliklar inson hayotida muhim ahamiyat kasb etishi, ular o’sishi jihatidan cho’l o’simliklari hisoblanishi muhim ahamiyatga egadir.
Kursni tugatish ishining maqsadi - Jamiyat rivоjining xоzirgi bоsqichida yuz berayotgan ijtimоiy-iqtisоdiy, ma`naviy-ma`rifiy o’zgarishlar ta`lim sоhasini tubdan islоh qilish, uni o’tmishdan qоlgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la halоs etish, rivоjlangan demоkratik davlatlar darajasida, yuksak ma`naviy va axlоqiy talablarga javоb beruvchi yuqоri malakali kadrlar tayyorlash hamda ta`lim-tarbiya jarayonini takоmillashtirish оrqali samaradоrlikni оshirishni taqоzо etadi. O’zbekistоn Respublikasi « Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan biri ham ta`lim jarayonida yangi pedagоgik va axbоrоt texnоlоgiyalarini qo’llash, tayyorgarlikning zamоnaviy tizimlardan fоydalangan hоlda ta`lim оluvchilarni o’qitishni jadallashtirish sanaladi. O’qituvchilarning fan asoslarini o’qitishga yo’naltirilgan mashg’ulotlar jarayonini noan’anaviy shakllarda tashkil etish, ta’lim jarayonini mukammal andoza asosida loyihalashga erishish, mazkur loyihalardan oqilona foydalana olish ko’nikmalariga ega bo’lish ta’lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlar, malaka va ko’nikmalarning puxta, chuqur o’zlashtirilishining kafolati bo’la oladi. Respublikamizda tarbiya mazmuni, shakli tubdan o‘zgardi, tarbiyaviy ishlar aniq maqsad tomon yo‘naltirildi, bu jarayonda sub’ektlarning o‘zaro samarali hamkorlikda bo‘lishlari uchun uzviylikda bo‘lgan tarbiya shakli, vosita va usullari ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda. O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol shaxs qilib yetishtirishda milliy madaniy, ma’naviy, ilg‘or milliy an’ana, urf-odat va umumbashariy qadriyatlar asos bo‘ldi. Integratsiya – bu, ayrim, bo‘lak, qismlarning birlashib, bir butun bo‘lishidir. Ta’lim jarayonida o‘quv fanlarini integratsiyalashda asosiy masala vazifalarning o‘zaro birligini ta’minlashda, avvalo, maqsad, metod, shakl, vositalar va kuzatilgan natijalarni belgilab olishdir. Hozirgi davrda o‘quv fanlarini integratsiyalash mazmunini, rivojlanish tarixini, fanlarni integratsiyalashning shakli usul va vositalarini aniqlash, uning kelajak istiqbolini belgilash – asosiy vazifa bo‘lib turibdi. Ma’lumki, “Fan” so‘zi lotincha “bilm” demakdir. Shu ma’noda fan o‘tmishda ham, hozirda ham, bir tizimga solingan bilimlar birligi deb tushuniladi. O’quvchilar tomonidan biologiya o’quv fani dasturlari va DTS bilan me’yorlangan muayyan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish, ularni tarbiyalash va rivojlantirish jarayoni o’qitishning turli shakllaridan foydalanishni taqozo etadi. O’quvchilarda tayanch va fanga oid kompetentsiyalarni faqatgina dars davomida shakllantirish ancha mushkul. Ta’lim-tarbiya jarayonida bugungi kundagi asosiy vazifalarimizdan biri o`quvchilarning shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy hayotlarida uchraydigan vaziyatlarda egallagan turli tipdagi ko`nikma hamda malakalarini samarali ravishda qo’llashga o`rgatish, mustaqil ravishda fanga oid zaruriy axborotlarni izlab topish, tahlil qilish natijasida zaruriy bilimlarni oshirishga oid materiallarni ajrata olish, ko`zda tutilmagan noaniq, ya`ni, muammoli vaziyatlar vujudga kelganda ish beradigan malakalarga alohida ahamiyat berish hamda egallagan bilimlarini kundalik turmushi jarayonida qo`llay oladigan xususiyatlarni egallashni tarbiyalashdan iboratdir. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim – o`quvchilarda egallangan bilim, ko`nikma va malakalarini o`z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo`llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo`naltirilgan ta’limdir. Inson o`z hayotida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o`z o`rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o`z sohasi, kasbi bo`yicha raqobatbardosh bo`lishi uchun zarur bo`lgan tayanch kompetentsiyalarga ega bo`lishi lozim. Tayanch kompetensiyalarni shakllantirishda biologiya fanining bir qator fanlar , jumladan, matematika, fizika, geografiya, ona tili va adabiyot, chet tili, tarix, ekologiya, jismoniy tarbiya fanlari bilan integratsiyalashuvi muhim o`rin egallaydi. Quyida biz biologiya darslarida tayanch kompetensiyalarni shakllantirishda fanlararo integrasiyalashuv jarayonlariga to`xtalamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |