3. Antimonopoliya - davlatning «ko‘rinar qo‘li» haqida
Odamlarning o‘z manfaatlarini ko‘zlab qiladigan, ammo pirovardida butun jamiyatga foyda bo‘ladigan sa'y-harakatlari iqtisodiyotning «ko‘rinmas qo‘li» deyiladi. Zamonaviy iqtisodiyot otasi sanalmish adam smitning «ko‘rinmas qo‘l» nazariyasiga asosan, inson o‘z tabiatiga ko‘ra xudbin va manfaatparastdir. Ammo u o‘z foydasini ko‘zlab faoliyat yuritsa-da, beixtiyor jamiyatga foyda keltiradi. Eng qizig‘i u bu bilan «jamiyatni boyityapman» degan fikrni xayoliga ham keltirmaydi. Lekin «ko‘rinmas qo‘l» shunday natijalarga olib keladiki, bundan nafaqat u odam butun jamiyat manfaat ko‘radi. Iqtisodiyot nazariyasiga ko‘ra, bozorning bunday «ko‘rinmas qo‘li» moddiy resurslarni taqsimlashda eng samarali instrument hisoblanadi. Biroq, turli xil tashqi sabablarga ko‘ra, bu nazariya ba'zida ish bermay qoladi. Bozorning «ko‘rinmas qo‘li» ojiz bo‘lib qolgan paytda, iqtisodiyot tamoyillaridan biriga ko‘ra, davlat iqtisodiy holatni yaxshilash imkoniyatini ishga solishi kerak. Klassik misol — kimyoviy zavodlarning atrof-muhitni ifloslantirishi. Bunday holatda davlat tabiatni muhofaza qilish borasidagi qonunchilik vositasida vaziyatni yaxshilash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bozorni nochor holatga keltiradigan omillarga yana bir misol — bozor ustidan hukmronlik o‘rnatish (monopoliya, kartellar). Bularning natijasida iqtisodiy samaradorlik pasayadi. Bu holatda davlat o‘zining bevosita aralashuvi orqali bozordagi nosog‘lom holatni yaxshilashi mumkin. Davlatning bunday — bozordagi nosog‘lom raqobatni yo‘q qilishga yo‘naltirilgan ijobiy aralashuvi adabiyotda «davlatning ko‘rinar qo‘li» deb ham nomlanadi. «ko‘rinar qo‘l» — monopopoliyaga qarshi kurashish faoliyatini ko‘rib chiqamiz. Monopoliyaga qarshi kurash va islohotlar a) proteksionizm mahalliy sanoatni rivojlantirish iqtisodiy rivojlanishning muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Mahalliy korxonalarni himoya qilish uchun davlat proteksionizm (import o‘rnini bosish) siyosatini qo‘llaydi. Proteksionizm tarafdorlari mahalliy korxonalarni xorijiy raqobatdan vaqtinchalik himoya qilish «ularning dunyo bozorida raqobatbardoshligini oshirish uchun zarur chora» ekanini ta'kidlashadi. Ularning nazarida bu chora «mahalliy sanoatni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash-ta'minlash hamda yangi texnologiyalarni o‘rganish imkonini beradi».biroq proteksionizmni qo‘llagan ko‘plab mamlakatlarning tajribasiga nazar solinsa, bunday — mahalliy korxonalarni himoya qilish siyosati ish bermaganiga guvoh bo‘lamiz. Chunki, bu mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun «betashvish hayot»ni yuzaga keltiradi, bu esa mahalliy tadbirkorlarda texnologik rivojlanishga bo‘lgan rag‘batni susaytiradi.ko‘pchilik iqtisodchilar proteksionizmga qarshi chiqishining asosiy sabablaridan biri shu. Avtosanoatimiz bunga klassik bir misol bo‘la oladi.proteksionizm siyosati foyda keltirishining yagona sharti — mahalliy korxonalarga xotirjam bo‘lib qolish imkonini bermaslikdir. Buni esa faqat mamlakatda ichki raqobatni rivojlantirish orqaligina amalga oshirish mumkin. Bunday strategiyani yaponiya va janubiy koreya tajribasida kuzatish mumkin. Rivojlanishning erta bosqichlarida mazkur mamlakatlar hukumatlari mahalliy korxonalarni xorijiy raqobatdan himoya qilish bilan birga ichki raqobatni kuchaytirishgan va shu orqali mahalliy korxonalar orasidan eng raqobatbardoshlarini (chempionlari) yetishtirib, xalqaro bozorga chiqishga rag‘batlantirishgan. Albatta, biror sohada ichki raqobatni rivojlantirish iqtisodiyot va bozor hajmiga bog‘liq. Bu masalani, yaxshisi, iqtisodchilarga qoldiramiz. B) davlat korxonalari davlat korxonalari xususiy korxonalarga nisbatan kam samaraga ega ekani iqtisodiy jihatdan isbotlangan. Davlat odatda ish o‘rinlari sonini saqlab qolish yoki boshqa — o‘z manfaatlariga mos keladigan ijtimoiy maqsadlar yo‘lida, samarali bo‘lmasa-da, davlat korxonalarini qo‘llab-quvvatlab turadi. Samarali antimonopol siyosat noteng bo‘lgan davlat kafolatlari (imtiyozlar) taqdim etilishini qisqartiradi, davlat korxonalarini raqobatga undaydi va eng muhimi, davlat va xususiy korxonalar o‘rtasida teng va tekis o‘yin maydonini ta'minlaydi. Davlat korxonalari mulkchilik shakli tufayligina qandaydir afzalliklarga ega bo‘lishi noto‘g‘ri. Bu boradagi antimonopoliya qo‘mitasining faoliyati xususiy sektorga davlat korxonalari bilan teng ravishda resurslar, imtiyoz va infratuzilmadan foydalanish imkoniyatini ta'minlashga qaratilishi lozim. C) investitsiyalar monopoliyaga qarshi samarali kurash to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishga turtki bo‘lishi va ularning ichki raqobatga salbiy ta'sirini oldini olishi lozim. Birinchidan, investorlar samarali antimonopol qonunchilik va antimonopol siyosatga himoya sifatida qaraydilar — mahalliy korxonalar tomonidan ustun (monopol) mavqe'ini suiiste'mol qilish hamda mahalliy kartellar tuzish yoki korrupsion holatlar kabi to‘siqlar paydo qilishidan himoya sifatida.ikkinchidan, samarali antimonopol siyosat investorga alohida — preferensial rejim, ya'ni hukumat tomonidan kafolatlanadigan alohida huquqlarni taqdim etish orqali investitsiyalar sababidan ichki raqobatni cheklash holatlariga yo‘l qo‘ymaydi. D) korrupsiya samarali antimonopol siyosat ba'zi noinsof tadbirkorlar va davlat xizmatchilari o‘rtasida korrupsion kelishuvlar oldini olish instrumenti bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, «raqobat to‘g‘risidagi qonunning 14-moddasiga ko‘ra, antimonopoliya qo‘mitasining asosiy vazifalaridan biri — davlat xaridlari, auksionlar, tanlovlar va tenderlar shaffof va haqqoniy o‘tkazilishini ta'minlash. Shuningdek, bu idora litsenziyalash va ruxsat berish tartiblari orqali bozorga kirishni asossiz cheklashga yo‘l qo‘ymaydi. E) tashqi savdoni erkinlashtirish tashqi savdoni erkinlashtirish ichki bozordagi raqobatni kuchaytirishda asosiy rollardan birini o‘ynaydi. Biroq tashqi savdoni erkinlashtirish iqtisodiyotdagi raqobatni to‘liq rivojlantirish uchun yetarli chora sanalmaydi. Bu fikrni ikki sabab bilan asoslash mumkin. Birinchidan, iqtisodiyotning barcha sohalari ham tashqi savdoni erkinlashtirish oqibatida import raqobati bilan to‘qnashmaydi. Shuning uchun ham boshqa vosita — monopoliyaga qarshi kurash kabi chora zarur. Ikkinchidan, savdoning erkinlashtirilishi oqibatida narxlarni sun'iy o‘rnatish va ko‘tarish, hamda bozorni taqsimlab olish maqsadida mahalliy tadbirkorlar va xorijiy tadbirkorlar o‘rtasida xalqaro kartel kelishuvlari tuzilish xavfi mavjud. F) xususiylashtirish shubhasiz, xususiylashtirish bozor iqtisodiyotini qurish yo‘lida muhim qadam sanaladi, chunki bozor iqtisodiyotining asosi xususiy mulk. Biroq tashqi savdoning erkinlashtirilishi kabi xususiylashtirish ham bozordagi raqobatni to‘liq ta'minlash uchun mukammal instrument sanalmaydi. Aksincha, agar monopoliyaga qarshi samarali kurashilmasa, xususiylashtirish faqatgina xususiy monopoliyalarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Ya'ni, xususiylashtirish monopoliyalarning davlat mulkidan xususiy mulk shakliga o‘tishini anglatishi mumkin, xolos. Bu esa mohiyatan hech narsani yaxshi tarafga o‘zgartirmaydi. Shuningdek, shuni qayd etish lozimki, nafaqat xususiylashtirishning o‘zi raqobatga teskari oqibatlarga olib kelishi mumkin, balki xususiylashtirish jarayoni ham raqobatga qarshi bo‘lishi mumkin.ya'ni, agar xususiylashtirish jarayonining o‘zi haqqoniy va sog‘lom raqobat asosida amalga oshirilmas ekan, bu holda ayrim nufuzli kishilar xususiylashtirilayotgan obektlarga asosiy da'vogar bo‘lib olishi mumkin. Bu esa jamiyatni xususiylashtirish islohotining foydasidan mahrum qiladi. G) Soliqlarma'lumki, soliqlar davlat budjeti tushumining asosiy manbai hisoblanadi. Shu bilan birga, soliqlarning tadbirkorlik faoliyatiga bo‘lgan ta'siri ham katta. Yuqori stavkali va diskriminatsion soliqlar, ayrim soliq imtiyozlar yangi tadbirkorlarning bozorga kirishiga to‘siq bo‘lishi, mavjudlarini esa bozordan chiqishiga olib kelishi, noteng raqobat muhiti paydo bo‘lishi va oqibatda qora bozorning o‘sishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bularning barchasi bozordagi sog‘lom raqobat muhitiga salbiy ta'sir qiladi. Shu sababdan antimonopoliya qo‘mitasi yangi soliq kodeksini ishlab chiqishda o‘ta faol ishtirok etishi va raqobat cheklanishiga olib boruvchi soliqlar joriy qilinishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |