Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi


Monopoliyaga qarshi samarali kurash



Download 1,8 Mb.
bet11/15
Sana29.12.2021
Hajmi1,8 Mb.
#78147
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
nortoy kurs ishi 1

4. Monopoliyaga qarshi samarali kurash

«Raqobat to‘g‘risida»gi qonun va antimonopoliya qo‘mitasi mavjudligining o‘zi monopoliyaga qarshi kurash samarali bo‘lishini anglatmaydi.quyida, monopoliyaga qarshi kurashning ayrim muammolarini qayd etgan holda, ularning samaradorligini yaxshilash bo‘yicha o‘z takliflarimni berishga harakat qilaman.5 a) «raqobat to‘g‘risida»gi qonun joriy «raqobat to‘g‘risida»gi qonun mamlakatimizning o‘ziga xos iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarini to‘liq hisobga olmaydi. Kartel, qo‘shib yuborish/olish, davlat reyestrini yuritish va ustun mavqeni suiiste'mol qilish borasidagi me'yor va standartlarni qayta ko‘rib chiqish zarur. Chunki ular zamon talablariga javob bermaydi. Masalan, «raqobat to‘g‘risida»gi qonunning 11-moddasi xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning umumiy bozor ulushi 35 foizdan oshmasa, raqobatni chetga surib qo‘yib, bemalol narxlarni o‘zaro kelishgan holda asossiz ko‘tarish, bozorlar hududlarini o‘zaro bo‘lib olish kabi kartel kelishuvlarini tuzishga ruxsat beradi. Shuningdek, davlat-xususiy sherikchiligi asosida tashkil qilingan korxonalar ham bozor ulushidan qat'i nazar, kartel kelishuvlarini tuzishlari mumkin, deyilgan. Kartel kelishuvlar bozor iqtisodiyoti tizimini buzadigan eng xavfli qonunbuzarlik hisoblanadi. Kartellarni «maxfiy monopoliya» deb ham atashadi, chunki bunda tadbirkorlar raqobatchidek ko‘rinsa-da, aslida raqobat qilmasdan o‘zaro kelishgan holda bir butun monopoliya kabi harakat qilishadi. Ya'ni, deyarli monopoliya kabi narxlarni xohlagan paytda o‘zaro kelishib, baravariga ko‘tarib qo‘yishga qodir bo‘lishadi. Shuning uchun bunday istisnolar kartellarga qarshi kurashni samarasiz qiladi. Istisno qilinishi mumkin bo‘lgan kartel turlari sifatida eksport kartellariga ruxsat berilsa bo‘ladi, ammo bunda ham bir shart bilan — kartel kelishuvlari eksportni maqsad qilgan raqobatchi korxonalarning mamlakatdagi ichki raqobatiga ta'sir etmasligi lozim.ikkinchidan, dunyoda kartel kelishuvlariga qarshi eng samarali vosita — «jazodan ozod qilish dasturi»ni (leniency program) amalda joriy etish mexanizmini ishlab chiqish kerak. Bu dasturning huquqiy asosi 2012 yili «raqobat to‘g‘risida»gi qonunning 27-moddasida belgilangan bo‘lsada, shu paytgacha amaliyotga tatbiq etilmagan. Bu dasturning mexanizmini ishlab chiqishda yaponiya tajribasiga murojat qilishni taklif qilgan bo‘lardim, chunki yaponiya aqsh va yevropaning «jazodan ozod qilish dastur»larining eng yaxshi taraflarini o‘z ichiga olgan va korrupsiyaga eng chidamli dastur hisoblanadi.uchinchidan, raqobatga qarshi harakatlar, ayniqsa kartel va ustun mavqeni suiiste'mol qilganlik uchun jazoni kuchaytirish lozim. Aks holda monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solish muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.taklif sifatida jismoniy shaxslar bilan bir qatorda yuridik shaxslarning javobgarligini ham joriy qilishni tavsiya qilaman. Hozirgi vaqtda bizda faqat jismoniy shaxslar (tadbirkor va amaldor) javobgarligi mavjud. Bu «ma'muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi kodeksning 178-moddasi bilan tartibga solinadi. Bundan tashqari, raqobatga zid harakatlar uchun ma'muriy jarima tadbirkorlar olishi mumkin bo‘lgan noqonuniy foydaga taqqoslanganda juda kam. Tadbirkorlar kartellar yordamida millionlab va hatto milliardlab pul topadi, holat aniqlanganda esa bor-yo‘g‘i besh minimal ish haqi miqdorida jarima to‘lab qutuladi. Endi o‘ylab ko‘ring, tadbirkor bo‘lganingizda bir tomonda millionlab foyda tursa-yu, ikkinchi tomonda arzimagan 5 minimal ish haqiga teng jarima tursa, sizni kartel tuzmaslikdan nima to‘xtatishi mumkin? Ya'ni, aytmoqchi bo‘lganim, hozirgi jarimalar raqobat qonunchiligi buzilishi oldini olish funksiyasini umuman bajarolmaydi. Ma'lumot uchun: kartel bitimlari mavjud bozorlarda mahsulot narxlari kartel yo‘q bozorlarga nisbatan kamida 15–20 foiz balandroq bo‘ladi. To‘rtinchidan, qo‘shib olish va aksiyalarni sotib olish borasidagi monopoliyaga qarshi idoradan oldindan rozilik olish standartlarini ham bozorda iqtisodiy konsentratsiyaning kuchayishini oldini olish uchun qayta ko‘rib chiqish lozim. Masalan, davlat raqobat qo‘mitasining hisobotlariga ko‘ra, amaliyotda birlashish va aksiyalarni xarid qilish uchun arizalarning 98 foizi monopoliyaga qarshi organ tomonidan ma'qullanib kelinadi. Bu esa bozorda raqobatchi korxonalar soni kamayib, kartel bitimlarini tuzish osonlashishiga va dominant korxonalari yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, bu qonunni davlat va xususiy korxonalarni teng imkoniyatlar bilan ta'minlash borasidagi normalar bilan to‘ldirish lozim. Monopoliyaga qarshi qonunchilikni mukammallashtirishni kelgusi maqolada batafsil ko‘rib chiqamiz. B) monopoliyaga qarshi mustaqil idora birinchidan, monopoliyaga qarshi kurashish (antimonopoliya) qo‘mitasi bevosita prezident va parlamentga hisobot topshiradigan mustaqil ma'muriy organ bo‘lishi kerak. Antimonopoliya qo‘mitasi neytral bo‘lishi va hukumat idoralari faoliyati va islohotlar o‘rtasidagi muvozanatni ta'minlaydigan referi rolini bajarishi lozim. Antimonopoliya idorasining mustaqilligi borasida yapon hamkasblarimizdan o‘rnak olishni tavsiya etaman. O‘tgan asrning 60-70-yillarida arab-isroil urushlari sabab yuz bergan neft inqirozi davrida kuchli benzin tanqisligi yuzaga keldi. Bu esa neftning jahon narxlari o‘sishiga olib keldi. Narxlarning o‘sishidan xavotirga tushgan neft kompaniyalari benzin narxini oshirishni iqtisodiyot vazirligi bilan kelishishga qaror qilishdi. Yig‘ilishda yaponiya iqtisodiyot vazirligi neft kompaniyalari tomonidan taklif etilgan narxni ma'qulladi. Ertasi kuni benzin narxi butun yaponiyada bir xilda oshdi. Bunga javoban yaponiyaning monopoliyaga qarshi idorasi neft kompaniyalari ustidan «benzin narxini o‘zaro kelishgan holda belgilash, ya'ni kartel tuzish» aybi bilan ish qo‘zg‘adi. Narxni oshirishga yaponiya iqtisodiyot vazirligi shaxsan rozilik berganiga antimonopoliya idorasi umuman parvo qilmadi. Natijada, kartel ishtirokchilari raqobat qonunchiligini buzganliklari uchun javobgarlikka tortilishdi. Yaponiyaning antimonopol organi tashkil etilishidan boshlab hozirgacha yaponiya iqtisodiyot vazirligi bilan bo‘lgan qarama-qarshiliklarini oavda kuzatish mumkin. Ikkinchidan, o‘zbekiston prezidenti farmonida aytilganidek, kartel bitimlarini aniqlash yangi antimonopoliya qo‘mitasining ustuvor vazifalaridan biriga aylandi. Kartel bitimlarini fosh qilish va isbotlash uchun antimonopoliya qo‘mitasi prokuratura kabi tezkor-qidiruv vakolatlariga ega bo‘lishi lozim. Chunki kartel bitimlari maxfiy bo‘lib, ularni aniqlash va isbotlash murakkab jarayon. Antimonopoliya qo‘mitasini tezkor qidiruv vakolatlari bilan ta'minlash davlatning kun tartibida turgan-turmaganini bilmayman. Biroq vakolatlarning bu tariqa kengaytirilishi iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida qay darajada maqsadga muvofiqligini yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak. Sababi, raqobat qonunchiligi korrupsiya, vakolatlarni suiistemol qilish va ayrim shaxslar manfaatlarini himoya qilishning yana bir vositasiga aylanishi xavfi bor. Ammo, mamlakatimizda sud mustaqilligi bilan bog‘liq muammolar bartaraf qilinsa, antimonopoliya qo‘mitasini tezkor qidiruv vakolatlari bilan ta'minlashning hech qanday xavfi yo‘q. Chunki, antimonopol idoralarining noto‘g‘ri va asossiz qarorlaridan va noqonuniy harakatlaridan tadbirkorlarni himoya qilish uchun faqat sud kafil bo‘la oladi. Shu sababdan, raqobat qonunchiligini yaxshi biladigan malakali va halol sudyalarni tayyorlash zarur. Nizolarni samarali hal etish uchun bu o‘ta ahamiyatlidir. Raqobat qonunchiligi va iqtisodiy asoslar bo‘yicha sudyalarning bilimlar yetarli bo‘lmasa, sudlar monopoliyaga qarshi organning ayblov qarorlarini tasdiqlab beraverishdan nariga o‘tmaydi. Shu bilan birga, antimonopoliya qo‘mitasi xodimlarining vijdonliligi, halolligi hamda professionalligi muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, raqobatga zid noqonuniy holatlarni aniqlash va isbotlash me'yorlari aniq va tiniq bo‘lishi kerak. Uchinchidan, monopoliyaga qarshi organ xalqaro kartellarni aniqlash uchun xorijiy va qo‘shni mamlakatlar bilan mintaqaviy hamkorlikni o‘rnatishi kerak bo‘ladi. Chunki markaziy osiyo va boshqa mdh mamlakatlari bilan o‘zaro iqtisodiy integratsiyalashuvimiz tobora kuchayib bormoqda. Bunday hamkorlik iste'molchilar huquqlarini xalqaro kartellarning sun'iy narx oshirishlaridan himoya qilish uchun zarurdir. To‘rtinchidan, antimonopoliya qo‘mitasi o‘z faoliyatini boshlashda o‘zini ijobiy tomondan nomoyon qilishi, xalqni va xususiy sektorning ishonchini qozona olishi juda muhim. Chunki hozirda xususiy sektorda davlat idoralariga nisbatan ishonchsizlik (skeptitsizm) yuqori. Ba'zi davlatlarda yangi tashkil qilingan antimonopol idoralar sodir qilgan xatolarni o‘zbekiston antimonopoliya qo‘mitasi sodir etmasligi kerak. Ya'ni, antimonopoliya qo‘mitasi kichik va o‘rta biznes yo‘l qo‘ygan raqobat qonunbuzarliklariga qattiq yopishib, katta korxonalarning raqobatga zid harakatlariga nisbatan ko‘z yumishi yoki sustkashlik qilishi sodir bo‘lmasligi kerak. Aksincha, kichik va o‘rta biznes antimonopoliya qo‘mitasini katta, monopol korxonalarning noqonuniy harakatlaridan himoya qiladigan davlat organi sifatida ko‘rishi kerak. Bu borada yana yaponiya tajribasini o‘rganish juda o‘rinli deb hisoblayman. Ana o‘shanda monopoliyaga qarshi kurash samarali bo‘ladi va antimonopoliya qo‘mitasi halol tadbirkorlar uchun noinsof tadbirkorlarning raqobatga qarshi harakatlaridan hamda davlat hokimiyati organlarining asossiz qarorlaridan himoya qila oladigan tayanchga aylanadi. C) raqobat (antimonopol) siyosati ko‘pchiligimiz raqobatbardosh bozor deganda bozorda ko‘plab xaridor va sotuvchilarning mavjudligini tushunamiz. Ha, bu to‘g‘ri, biroq ushbu tushuncha mukammal emas. Aslida, haqiqiy raqobat bu — tadbirkorlarning bozorga erkin kirib, uni erkin tark eta olishidir. Aynan bozorga kirishdagi to‘siqlarning mavjudligi monopoliya yuzaga kelishi uchun asosiy omil hisoblanadi. Bozorga kirishdagi to‘siqlar, o‘z navbatida, quyidagi holatlarda yuzaga keladi: Yagona korxona ishlab chiqarishning asosiy resurslariga ega bo‘lganda; Hukumat ayrim mahsulotlarni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bitta xo‘jalik sub'yektiga mutlaq huquqlar taqdim etganda; Ishlab chiqarish xarajatlari shundayki, bozorda yagona ishlab chiqaruvchi bo‘lgandagina ishlab chiqarish maksimal darajada samarali bo‘ladi (tabiiy monopoliyalar). Aslida, bozorga yangi xo‘jalik sub'yektlarining kirish imkoniyati doim mavjud bo‘lsa, zararkunanda monopoliya paydo bo‘lmaydi. Chunki bozorga kirishda to‘siqlar bo‘lmasa hamda biznes daromadli bo‘lsa, unga kirishni istaydigan tadbirkorlar albatta topiladi, bu esa monopoliyani o‘z o‘zidan yo‘q qiladi. Tan olish kerakki, mamlakatimizda monopoliyalarning paydo bo‘lishiga davlatning o‘zi asosiy sababchi hisoblanadi. Shuning uchun antimonopoliya qo‘mitasining ustuvor faoliyatidan biri — proteksionistik maqsadlar va raqobatni cheklash maqsadida davlat organlari va yuridik shaxslar birlashmalari yaratadigan bozorga kirish to‘siqlarini qisqartirish. Ikkinchidan, antimonopoliya qo‘mitasi raqobatning holati va iste'molchilar farovonligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadigan davlat subsidiyalari, imtiyozlari va proteksionizm choralarini sinchkovlik bilan qayta ko‘rib chiqishi lozim. Uchinchidan, antimonopoliya qo‘mitasi davlat idoralari va yuridik shaxslar birlashmalari (sanoat va savdo assotsiatsiyalari) tomonidan narxlarni nazorat qilishdagi funksiyalarini ham qayta ko‘rib chiqishi kerak. Ijtimoiy maqsadlarni ko‘zlagan holda ayrim hollarda vazirlik, idora va mahalliy hukumat organlari ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar uchun narxlarni qat'iy yoki maksimal miqdorini belgilash holatlari uchrab turadi. Biroq davlat idoralari tanganing faqat bir tomonini ko‘rgani uchun ularning bunday harakatlari raqobatga ham, iste'molchilarga ham zarar yetkazadi. Masalan, davlat idoralari tomonidan go‘sht, muayyan dorilar, benzin kabi mahsulotlar narxining qat'iy belgilanishi oxir-oqibat raqobat holati va umuman iste'molchilar farovonligiga salbiy ta'sir ko‘rsatib, bozordagi mahsulotlar tanqisligini yoki sifati buzilishini keltirib chiqaradi. To‘rtinchidan, qisman xususiylashtirish yoki qismlarga bo‘lish mumkin bo‘lgan sohalarni aniqlash uchun tabiiy monopoliya tushunchasini toraytirishni taklif etaman. Bunga aeroportlarni «o‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniya tarkibidan ajratish yaxshi misol bo‘ladi. Xuddi shunga o‘xshab tabiiy monopoliyaning boshqa sohalarida demonopolizatsiyani amalga oshirish mumkin. Misol uchun, elektr uzatishning yuqori voltli liniyalarini davlat boshqaruvida qoldirib, tizimlarni esa o‘zaro raqobat qiluvchi xususiy yetkazib beruvchilar uchun ochiq qilib qo‘yish mumkin. Bu xuddi mahalliy telefon kompaniyalari o‘z liniyalariga xalqaro aloqa kompaniyalari kirishiga imkon berishiga o‘xshaydi. Ko‘mir bo‘yicha ham shunga o‘xshash ishlarni amalga oshirsa bo‘ladi. To‘g‘ri, narxlar biroz oshishi mumkin, ammo transformator bilan bog‘liq bahonalar, ko‘mirning past sifati va elektr oqimidagi uzilishlar barham topadi. Aytib o‘tmasdan iloji yo‘q: uzautomotors avtokorxonasi tabiiy monopoliya hisoblanmasa-da, hozirda monopol holatda. Ammo avtosalonlar avtosanoat tarkibidan ajratilib, xususiy sektorga berish ehtimolini ko‘rib chiqish kerak. Ana shunda avtosalondagi «shapkalar» o‘z-o‘zidan yechim topadi. Yuqorida aytib o‘tilgan vazifalarni samarali bajarish uchun monopoliyaga qarshi idora zarur va u yetarlicha moddiy va texnik bazaga ega bo‘lishi lozim. Shuningdek, antimonopoliya qo‘mitasi xodimlarining maoshi ham mos darajada huquqni muhofaza qiluvchi idoralardagi maoshlardan kam bo‘lmasligi kerak. D) ta'lim va targ‘ibot birinchidan, samaradorlik antimonopoliya qo‘mitasi xodimlarining raqobat qonunchiligini qay darajada puxta bilishi va tushunishiga bog‘liq. Raqobat qonunchiligi juda serqirra soha, chunki bozorning turlari ko‘p. Shu sababdan xorijiy tajribani o‘rganish va xorijiy yurisdiksiyadagi bevosita treninglar, xalqaro tashkilotlarni (donorlar) jalb etish katta ahamiyatga ega. Ikkinchidan, samarali monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solish uchun «raqobat to‘g‘risida»gi qonunning ahamiyati, mohiyati va me'yorlarini xususiy sektorga tushuntirish uchun antimonopoliya qo‘mitasi tomonidan har xil seminar va konferensiyalar o‘tkazib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tadbirkorlar o‘zlarining qanday harakatlari raqobat qonunchiligini buzishini (kartellar, ustun mavqeni suiiste'mol qilish, noinsof raqobat va h.k ) va aksincha davlat organlarining qaysi harakatlari tadbirkorlarning huquqlarini buzishi mumkinligini bilishlari lozim. Bu esa, o‘z navbatida, qonunbuzarlik holatlarini o‘z vaqtida aniqlash va oldini olish imkoniyatini beradi. Masalan, dominant korxona o‘zining ustun mavqeini suiiste'mol qilishining ko‘plab usullari mavjud bo‘lib, ular haqida tadbirkor bilmasligi yoki uni raqobatning normal usuli, deb hisoblashi mumkin. Aytaylik, hokimlik tadbirkorni biror tashkilotga (sportni rivojlantirish, madaniy tadbirlar) pul o‘tkazishga majbur qilishi «raqobat to‘g‘risidagi» qonunning 12-moddasini buzish ekanini hamma tadbirkor ham bilmasa kerak. Uchinchidan, kadrlar tayorlash uchun oliy ta'lim muassasalarida «raqobat huquqi», «qiyosiy va xalqaro raqobat huquqi» fanlarini kiritish kerak. Shuningdek, dissertatsiya ishlarini rag‘batlantirish va turli ilmiy konferensiyalarni o‘tkazish ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. To‘rtinchidan, monopoliyaga qarshi qonunchilikka ixtisoslashtirilgan advokatlik faoliyatini rivojlantirish lozim. Xususiy sektor uchun bu katta ahamiyatga ega. Advokatlar tadbirkorlarni antimonopol idoraning asossiz qarorlaridan nafaqat sudlarda himoya qilishi, balki tadbirkorlar o‘rtasidagi raqobat qonunchiligi buzilishi bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda ishtirok etishi va buni qo‘shimcha foyda manbaiga aylantirishi mumkin. Misol uchun, «raqobat to‘g‘risidagi» qonunning 10- va 13-moddalarida belgilangan raqobatni cheklaydigan holatlar oqibatida kelib chiqadigan zararni undirish bo‘yicha nizolarda tadbirkorlarning manfaatlarini xo‘jalik sudlarida himoya qilishlari mumkin. Ko‘p davlatlarda, ayniqsa aqshda, advokatlik faoliyatining bu yo‘nalishi (private litigation) ancha rivojlangan.

Tabiiy monopoliyalar ro‘yxati







6
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish