Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi


Monopoliyani cheklash qonunchiligining xalqaro darajadagi rivojlanishi



Download 1,8 Mb.
bet12/15
Sana29.12.2021
Hajmi1,8 Mb.
#78147
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
nortoy kurs ishi 1

Monopoliyani cheklash qonunchiligining xalqaro darajadagi rivojlanishi

1890 yilda dunyodagi eng birinchi monopoliya7ni cheklash qonuni(bundan qulaylik uchun “antimonoliya qonuni” deya qisqartiriladi) bo`lgan sherman aktini qabul qilgandan so`ng, monopoliyaga qarshi kurashish siyosati aqsh tomonidan iqtisodiyiy siyosatning yuragini tashkil etib kelmoqda. Sherman akti qoidalariga asoslangan antimonopoliya qonunchilgini ikkinchi jahon urushidan so`ng erkin iqtisodiy tizimga kiruvchi ko`pgina davlatlar qabul qildilar.bunga misol qilib, germaniya boshliq evropa ittifoqi davlatlari va yaponiyani keltirish mumkin.hozirda , rivojlanagan davlatlarning deyarli ko`pchiligi(barchasi emas), shu bilan birga,rivojlanayotgan davlatlarning ko`pchilig ham antimonopoliya qonunchilgiga ega. Chunki, erkin iqtisodiyotning funktsiyalarini amalga oshirish uchun antimonopoliya qonuni orqali raqobatni cheklashga qaratilgan harakatlarning tartibga solinishi zarurati aqsh, evropa ittifoqi va yaponiya kabi antimonoliya qonunlariga ega bo`lgan davlatlar iqtisodiy rivojidan boshqa har bir davlat hulosa chiqarib turibdi.

Antimopoliya huquqi erkin iqtisodiy tizimni shart sifatida qo`yadi va shu sababli davlat nazorati ostida boshqariladigan kommunistik va sotsialistik tuzumga ega davlatlar bilan aloqasi yo`qdir. Ikkinchi jahon urushidan so`ng uzoq davom etgan sovuq urush natijasida g`arb va sharq davlatlari erkin iqtisodiy tizim va kommunistik tuzum bloklariga bo`lingan bo`lsa-da, iqtisodiy rivojlanish va aholi yashash darajasidagi erkin iqtisodiyot tizimining ustunligi yaqqol namoyon bo`lishi bilan kommunistik rejimlar ketma-ket quladi va sharq davlatlarida ham erkin iqtisodiyot tizimi qaror topdi.eski kommunistik davlatlar(sharqiy evropa, rossiya, markaziy osiyo davlatlari) navbat bilan antimonopoliya qununlarini qabul qila boshladilar. Xitoy siyosiy jihantdan kommunistik tuzum bo`lsa-da, iqtisodiyoti erkin bozor iqtisodiyoti tizimiga o`tmoqda.bozor iqtisodiyotini harakatga keltirish uchun antimonopliya qununchiligi o`ta zarur bo`lib, 2008 yil 1-avgustda xitoy ham evropa ittifoqining antimonopoliya qonunchilgi ta`siri kuchli bo`lgan o`zinining antimonopoliya qonunini qabul qildi. Osiyo davlatlari orasida ham erkin iqtisodiy tizimga kiruvchi rivojlanayotgan davlatlar ko`p bo`lishiga qaramasadan sanoat rivoji sababidan sotsialistik davlat boshqaruvi shaklini ko`pgina davlatlar yuritib kelganlar. Biroq, iqtisodiy rivojlanish uchun bozor iqtisodiyoti mexanizmlari muhimligi anglashilgach, antimonopoliya qonunchiligini o`rnatayotgan davlatlar dunyoda tobora o`sib bormoqda. Yirik davlatlarning barchasida ushbu qonunchilik mavjud bo`lib, kichik va o`rta darajadagi davlatlarning ko`pi ham antimonopoliya qonunini qabul qildilar. Shunday qilib antimonopoliya qonuni hozirgi zamonda keng yoyoilgan qonunga aylandi. Ammo, antimonopoliya qonunchiligi beradigan natija va uning mohiyati yuzasidan jahonda ittifoq yuzaga kelmagan. Dastlabki antimonoplya qonunchilig vatani hisoblangan aqsh antimonopliya qonuni hali-hamon jahondagi ushbu tizimga ega davlatlar qonunchiliga ta`sirini davom ettirmoqda. Shunga qaramasdan, aqsh qonunchiligan farqli bo`lgan tartibga solish mezonlarini o`z ichiga olgan antimonopoliya qonunchiligini o`zga davlatlarda ko`plab uchratish mumkin. Shu bilan birga aqshning antimonopoliya qonunchiligi ham qabul qilinganidan keyingi 120 yil davomida katta o`zgarishlarga uchrab, so`nggi 20 yil ichida uning mezonlari haqidagi keskin ilmiy tortishuvlar davom etmoqda.B. Aqsh anti-trast(trastlarga qarshi) qonunining tarixi Aqshning trastlarga qarshi siyosati tarixi 1890 yildagi sherman aktini qabul qilish bilan boshlanadi. O`sha vaqtda aqshda neft, po`lat va transport kabi muhim sanoat sohalarining deyarli barchasida standard oyl singari katta kompaniyalar o`z raqobatchilarini yo qo`shib olish yoki ular bilan birlashish siyosati orqali monopoliya holatni avjga chiqarishayotgan edi. Katta kompaniyalar birlashmasi “trast” deb nomlanib, unga qarshi bo`lgan dexqon/fermerlar markaziy kuchni egallagan aholi qatlamining harakati esa “anti-trast”deb nomlangan. Anti-trastga oid qonunchilikni ishlab chiqish haqidagi aholinig demokratik talabiga binoan, kongress bozordagi raqobatni himoyalaydigan sherman akti(qonun qabul qilinishiga boshchilik qilgan siyosatchi ismi,aqsh kongressida bu odat tusini olgan)ni qabul qiladi. Shunday bo`lsada,sherman aktining asosiy moddalari atiga 2 modda bo`lib, raqobatni qo`llab-quvvatlashga doir juda ham mavhum bo`lgan so`zlarni qayd etish bilan cheklanadi,xolos. Sherman aktidan ham ko`ra aniqroq tartibga solish standardlarni belgilash niyatida 1914 yilda kongress kleyton qonuni va federal savdo komissiyasi qonunini qabul qildi(aqsh anti-trast qonunchiligi yuqoridagi uch qonundan tashkil topadi). Biroq, bu ikki qonun ham mavhumlikda sherman aktidan qolishmaydigan tarzda yozilgan. Anti-trast qonunining tartibga solish mezoni esa vaqti-vaqti bilan tartibga solish organi va sudlarning qonunni izohlashiga tayanadi.shuning uchun raqobat qanday bo`lishi lozimligiga oid fikrlashning o`zgarishiga qarab anti-trast qonunining hayotga tatbiq etilishi ham o`zgarib kelgan. Sherman akti qabul qilingandan so`ng to 1970 yillarning boshlariga qadar aqsh demokratiyasini qo`llab kelgan kichik shirkatlar ,o`rta va kichik korxonalarni himoyalash maqsadida iqtisodiy kuchning markazlashishini taqiqlovchi siyosiy va ijtimoiy maqsad ustunlikka ega bo`lib, raqobat mexanizmining harakatlanishiga asoslangan iqtisodiy unumdorlikni oshiruvchi iqtisodiy maqsadni cheklab kelgan. Ushbu maqsadda, anti-trast siyosati kichik va o`rta biznesni himoayalash uchun katta kompaniyalarning faol ravishdagi raqobatlashuvchi harakatlarini cheklab, raqobatning faollashuvini pasaytirgan holda iqtisodiy unumdorlikka ham zarar etkazadi.ushbu davrga qadar aqsh sanoati jahon iqtisodiyotida kuchli halqaro raqobatlashuv kuchiga ega bo`lib, unumdorlikning pasayishidan keladigan zararni ham qoplay olgan. Biroq, 1970 yillar o`rtalariga kelib, aqsh sanoatining halqaro darajadagi raqobatlashuv kuchi pasaygan.shu sababli, iqtisodiy unumdorlikni oshirishni maqsad qilgan anti-trast siyosatini yuritish lozim degan fikr ustunlikka ega bo`lgan. Shu davrdan boshlab anti-trast siyosatiga nisbatan iqtisodiyot fanining(economics) ta`siri kuchaydi. Chikago guruhi va yangi sanoat tuzilishi nazariyasi(post-chikago) deb nomlanuvchi iqtisodiyot fanidagi farqlanuvchi guruhlarning qarashlari anti-trast qonunining tatbiq etilish mezonlariga ta`sir etib kelmoqda. Kompaniyalar hatti-harakatlarining erkinligi anti-trast qonuni tomonidan qay darajada cheklanishi lozimligi siyosiy oqimga ko`ra farqlanib, va bu o`z navbatida aqsh hukumati nazaridagi anti-trast siyosatining muhimligini belgilab beradi. 1980 yillardagi respublikachilar partiyasidan saylangan reygan hukumati mutlaq erkinlik nazariyasi(reyganomika deb nomlanuvchi iqtisodiy siyosatining bir qismi)ga asoslangan holda anti-trast siyosatining funktsiyalari toraydi.ammo,1990 yillarda hukumat tepasiga kelgan demokrat klinton hukumati bozordagi raqobat qoidalari va anti-trast qonunining muhimligini yana bir bor qayta baholab, yuqori darajadagi texnologiya sohasida bozorda ustun mavqega ega bo`lgan kompanilayalar(maykrosoft kabi)ning raqobat strategiyalarini anti-trast qonuni bilan cheklagan holda anti-trast qonuni ijrosini faollashtirdi. Hozirda,anti-trast qo`mitasi hard koor kartelning tartibga solinishiga nisbatan aktiv bo`lsa-da, undan boshqa sohalardagi anti-trast qonunining tatbiqi bo`yicha demokratik partiya hukumati davri bilan solishtirganda passivdir. Ammo, aqshda anti-trast siyosati bo`yicha ma`muriy organlardan ham ko`ra sudlarning o`rinlari kattadir.sudlar siyosiy oqimga yurmasdan, sud qarorlarini ko`paytirish orqali anti-trast qonunini tatbiq etish mezonlarini asta-sekinlik bilan rivojlantirib kelishgan. C. Evropa ittifoqi raqobat qonunining tarixi Nota bene: evropa hamjamiyati(european ) va evropa ittifoqining farqi nimada?aslida muallif kitob yozilgan 2006 yil e`tibori bilan evropa hamjamiyati iborasini qo`llasa-da, ammo 2009 yildagi lissabon bitimidan so`ng evropa hamjamiyatining o`rniga evropa ittifoqi yuzaga keldi, shu sababli o`quvchilarda tushunmovchiliklarni oldini olish maqsadida eng so`nggi atamani qo`llash ma`qul deb topildi.eigacha qisqacha tarix shuki,1957 yilda rim bitimi orqali tashkil topgan evropa iqtisodiy hamjamiyati 1992 yilda maastrix bitimi orqali evropa hamjamiyatiga aylandi. 2009 yil lissabon bitimi bilan evropa ittifoqi tashkil topdi. Aqsh anti-trast qonuni bilan bir qatorda evropa ittifoqi(bundan so`ng, “ei”deya qisqartiriladi.) Eining raqobat qonuni ham dunyodagi barcha davlatlar raqobat qonunchiliklari uchun model qonun bo`lib turibdi. Xitoyning 2008 yil 1-avgust kuni qabul qilgan yangi raqobat qonuni aqsh, yaponiya va ei orasida eiraqobat qonunini o`ziga eng ko`p model sifatida qabul qilgan. Ei raqobat qonunining muhimligiga quyidagilar sababdir.birinchidan, dunyodagi eng katta iqtisodiy blok(aqshdan ham ko`p yalpi ichki mahsulot ishlab chiqaradi) bo`lgan eining raqobat qonuni ei a`zo davlatlari o`rtasida bir xil bo`lgan antimonopoliya qonuni hamdir.kompaniyalarning “a`zo davlatlar orasidagi oldi-berdilarga ta`sir qiluvchi ” hatti-harakatlari ei raqobat qonuni ob`ektidir.ta`siri a`zo davlat doirasidan chiqmaydigan kompaniyalarning hatti-harakatlariga nisbatan ushbu davlatlarning o`z raqobatga oid qonunlari tatbiq etiladi.biroq, kompaniyalar hatti-harakatlarining eiga a`zo davlatlar orasidagi oldi-berdiga ta`siri kuchli bo`lganligidan, o`z navbatida ei raqobat qonunining tatbiq etilish doirasi ham keng hisoblanadi.yana ta`kidlash joizki,kompaniyalarning ma`lum darajadan yuqori bo`lgan birlashishlari(qo`shilishi) yuzasidan faqatgina ei raqobat qonuni tatbiq etiladi.ikkinchidan, ei bozorini birlashtirilishini tezlashtirish maqsadida evropa hamjamiyati qo`mitasi ei raqobat qonunini bor kuchi bilan tatbiq etishga harakat qilib kelgan. Uchinchidan, keyingi yillarda erkin bozor iqtisodiyoti tizimiga o`tgan sharqiy evropa davlatlari ei raqobat qonunini model sifatida o`z antimonopoliya qonunchiliklarini shakllantirdilar. Angliya va fransiya kabi eiga a`zo davlatlar ham o`zlarining raqobatga oid qonunchiliklarini ei raqobat qonuniga moslashtirib, isloh qilidilar.hozirgi paytda a`zo davlatlar raqobat qonunlarining asosiy qismi bu-ei raqobat qonunining 81 va 82 moddasining shundoq ko`chirmasidir. 2004 yil may oyidan boshlab esa faqat evropa komissiyasi emas, balki eiga a`zo davlatlar anti-monopoliya qo`mitalari va sudlari ham ei raqobat qonuni(81 va 82 moddalar)ni to`g`ridan-to`g`ri tatbiq etishni boshladilar(1/2003 dagi ko`rsatmaga muvofiq). A`zo davlatlar o`z raqobat qonunchiliklari bilan bir qatorda ei raqobat qonunini ham ho`jalik yurituvchi sub`ektlarga nisbatan qo`llay oladilar.ammo, kompaniyalarning ma`lum darajadan yuqori bo`lgan birlashishlari(qo`shilishlari) masalasini tartibga solish evropa komissiyasiga tegishlidir. 2004 yil may oyidan eiga a`zo davlatlar anti-monopoliya qo`mitalari ei raqobat qonunini to`g`ridan-to`g`ri tatbiq qilishni boshladi.biroq, 81-modda 3-qismdagi qonunning tatbiq etilishining istisnoli holatlari(ushbu kitobning 3-bobida o`rganiladi) beradigan vakolatlarni evropa komissiyasi monopol qilib olganligi uchun , a`zo davlatlarning raqobat qonunini to`g`ridan-to`g`ri tatbiq etishi ba`zi muammolarga uchradi.shundan keyin 2004 yil may oyidan boshlab,qonunning tadbiq etilishining istisnoli holatlari beradigan vakolat a`zo davlatlar anti-monopoliya qo`mitalari va sudlariga ham berilib, shunga ko`ra a`zo davlatlar ham ei raqobat qonunini to`g`ridan-to`g`ri tadbiq eta oladigan bo`ldilar. Evropa hamjamiyatidan ham oldin bo`lgan evropa iqtisodiy hamjamiyatiga asos solgan 1957 yildagi rim bitimining muqaddimasidagi “evropani ajratib turgan to`siqlarni bekor qilish orqali, evropa davlatlarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini yuksaltirish”evropa ittifoqining eng asosiy maqsadini e`lon qilmoqda.ushbu rim bitimi ichida raqobatga oid moddalar ei raqobat qonunini tashkil etadi.shu sababli, ei raqobat qonunining asosiy maqsadi ei bozorining birlashuvini yuklastirish orqali unga a`zo davlatlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga erishishdir. Raqobatni taminlashni o`zning yagona maqsadig aylantirgan aqsh anti-trast qonunidan farqli ravishda ei raqobat qonuni eini yuzaga keltirishning muhim vositasi sifatida o`rin egallagan.aqsh esa erkin raqobat iqtisodiy rivojlanishni yuzaga keltiradi degan ishonchni an`anaviy tarzda ushlab , shuning uchun anti-trast siyosatini iqtisodni boshqarishning asosi sifatida qo`llab kelgan.bunga qarshi o`laroq, eida raqobat qonuniga bunday maqom berilmagan. Raqobat qonunining to`g`ridan-to`g`ri maqsadi ei bozorini birlashtirish bo`lib, uzoq yillik maqsadi esa ei iqtisodining rivojidir.ei raqobat qonuni moddalarining o`zida ham ei iqtisodini rivojlantirish uchun raqobatni qurbon qilishga ruxsat beruvchi umumiy moddalar mavjud. Masalan, aslida raqobatga zid bo`lgan kelishib qilingan harakatlar “texnologiya va iqtisodiy rivoj”ga hissa qo`shadigan hollarda ei raqobat qonunining ushbu harakatlarga tadbiq etilishini istisno etadigan 81-moddasi, 3-qismi bunga misol bo`la oladi. Bunday umumiy tarzdagi istisnoli holatni aqsh anti-trast qonunida topib bo`lmaydi.bunga ko`ra ei raqobat qonuni aqsh anti-antitrast qonunidan farqli tavishda ijro organi bo`lgan evropa komissiyasining kuchiga tayangan holda raqobat siyosati sanoat siyosati ostida ikkinchi darajaga tushib qolish xavfi bor. Nota bene: raqobat siyosati va sanoat(iqtisodiy) siyosat farqi nimadan iborat? Shu bilan birga evropa komissiyasi raqobat siyosatini ei siyosati orasida ham eng muhim hisoblaydi.yagona bozorning vujudga kelishida raqobat siyosatining o`rni juda muhimligi bunga sababdir.bozorning birlashuvi chegaralara orqali ajralib yotgan bozorni eining barcha a`zo davlatlari chegaralarigacha kengaytirib, ularning o`rtasidagi tovarlarning erkin harakatlanishining taminlanishini bildiradi. Bunday holatni to`suvchi kompaniyalar hatti-harakatlari ei raqobat qonunining 81 va 82-moddalari bilan tartibga solinadi.qo`shimcha ravishda, a`zo davlatlarning raqobatni cheklovchi siyosatlari(masalan, subsidiya berish, davlat korxonalari siyosati kabi)ham ei raqobat qonuni(86-89 moddalari) bilan tartibga solinadi. 1992 yildagi birlashuv orqali ei mamlakatlari bozor birlashuvini bosqichma-bosqich rivojlantirib kelishidi.maastrix bitimi orqali faqat yagona bozor emas, balki, pul birligi va siyosiy boshqaruvni birlashtirishni chuqurlashtirish sohasida ham kelishilib, evropa ittifoqi yuzaga keldi.eini yanada mukammallashtirishning sharti sifatida bozor birlashuvini raqobat siyosati orqali tugatish talab etiladi.1992 yildagi birlashuvdan so`ng notariff to`siqlarni bekor qilish orqali a`zo davlatlar orasidagi erkin pul birligi tizimidagi to`siqlar ham asta-sekinlik bilan kamayib bormoqda. Ei yagona pul birligi a`zo davlatlar o`rtasidagi narx taqqoslanishini oydinlashtirganligi (transparentlashtirib) sababli raqobatni rivojlantirib, bozor birlashuvini kuchaytiradi.ammo, kompaniyalar va hukumatlarning raqobatni cheklovchi harakatlari bozor birlashuvini oldini oluvchi to`siq sifatida davom etayotganligi sababli , ushbu hatti-harakatlarni tartibga soluvchi ei raqobat qonunining zaruriyati yanada ortadi. Yana, sharqiy evropa davlatlari va turkiya(a`zolikka davogarlar)ning kelajakda a`zo bo`lishlari orqali eining geografiyasi kengayishi bozor birlashuvi uchun raqobat siyosati muhimligini yanada orttiradi. Natijada, kelajakda ham ei doirasida bozor birlashuvi muhim masala sifatida qolib, shu sababli ham raqobat siyosati sanoat siyosatidan ko`ra ustun mavqeda hisoblanadi. D. Yaponiyadagi dokkinhou tarixi Nota bene: yaponiyadagi raqobat qonuni 独占禁止法(dokusenkinshihou) deya nomlanadi.uning tarjimasi esa anti-monopoliya qonunidir.biroq, yaponlarning o`zlari ham bu so`zni qisqartirib, 独禁法(dokkinhou) deb ishlatishadi. Shu sababli ham kitobda ba`zi joylarda biz ham ushbu atamani ishlatishni ma`qul deb topdik.yaponiyada bundan tashqari 競争法(raqobat qonuni)ham qo`llaniladi.biroq, rasmiy qonunning nomi dokkinhoudir.

Yaponiya dokkinhousi ikkinchi jahon urushidan so`ng aqsh qo`shinlari raxbarligi ostida qabul qilinganligi sababli,unga nisbatan aqsh anti-trast qonunining kuchli ta`siri bor. O`sha paytda ideal anti-trast huquqi nazariyasi ta`siri ostida qolganligi sababli 1947 yilda qabul qilingan qonun aqsh anti-trast qonunidan ham qattiqroq mezonlar(yirik korxonalarning bo`linishi, birlashuvning ruxsatga asoslangan tizimi,kelishib olingan harakatlarning umuman ta`qiqlanganligi) belgilagan.biroq,aqshning yaponiyaga nisbatan siyosati o`zgargan 1949 yilda dokkinhou o`zgartirilib, yuqoridagi qattiq mezonlar bekor qilingan. Undan so`ng 1953 yilda dokkinhou yana bir bor o`zgartirilgan bo`lsa-da, shu kungacha dokkinhou moddalari boshqa umuman bo`shashtirilmadi. Ushbu 2 marta bo`lgan o`zgarishlar dokkinhoudagi qattiq mezonlarni bekor qilishnigina ko`zlagan bo`lib, qonun moddalarining kuchiga ta`sir qilgani yo`q. 1950 yillarga kirib kelgach dokkinhou ijrosi o`ta tezlik bilan kuchsizlashib, savdo va ishlab chiqarish vazirligining sanoat siyosatiga bo`ysunadigan bo`lib qoldi.ushbu kuchsizlanish dokkinhou moddalarining kuchsizlanishini emas, balki, birinchidan, istisnoli tarzda dokkinhou tadbiq etilmaydigan sohalarning kengayganligi, ikkinchidan esa qonunni ijro etuvchi adolatli oldi-berdi qo`mitasi (kouseitorihikiiinkai, 公正取引委員会)ning qonunni amalga tadbiq etish faoliyati o`ta darajada sustlashib ketganligi bilan bog`liqdir.ammo, 1970 yillarning ikkinchi yarmidan boshlab neft inqirozi tufayli o`ta darajada oshib ketgan narxlarga qarshi chora sifatida dokkinhouni kuchaytirish hukumat siyosatig aylanib, 1977 yilda dokkinhou yanada kuchaytirilgan holda o`zgartirildi(masalan, noqonuniy harakatlar uchun jarima joriy etildi).shunday bo`lsa-da, undan keyin ham aqsh va ei bilan solishtirganda dokkinhouning amalga tadbiq etilishi ishlari soni kamligicha qoldi. Nota bene: yaponiya dokkinhousini qayta uyg`otgan neft inqirozi(oil shock) nima? Ushbu inqiroz neft eksport qiluvchi arab davlatlari tashkiloti(oapec) tomonidan qo`llanilgan embargo kelib chiqqan. Natijada, tashqi zahiralarga tayanib ishlovchi yapon bozori bundan juda katta talofot ko`rgan. Ayniqsa, neft importi bilan shug`ullanuvchi yapon kompaniyalari neft narxini o`ta baland belgilab yuborishlari muammoni yanada chuqurlashtirgan. Chuqurroq ma`lumot uchun qarang. Batafsil ma`lumot uchun qarang. Dokkinhou tadbiq etilishi borasidagi bunday passivlik orqasida yaponiya siyosatchilari va ijro organlari tomonidan dokkinhouning zaiflashuvi yotadi.masalan, adolatli oldi-berdi qo`mitasiga qonunni vazirlar mahkamasidan biror ko`rsatmasiz tadbiq etilishi huquqi berilgan bo`lsa-da, qo`mitaning byudjeti va xodimlari vazirlar mahkamasi va parlament tomonidan belgilanadi.dokkinhouni o`zgartirish vakolati ham vazirlar mahkamasi va parlament qo`lida.shu bilan birga, yaponiya iqtisodiy boshqaruvi sanoat siyosati tomonidan boshqarilib, unda dokkinhou funktsiyalarining zaiflashuvi mavjud bo`lgan.siyosatchilar va byurokratlarga qo`shimcha ravishda biznes doiralari(xususiy sektor) ham dokkinhou ijrosini passivlashtirish yaponiya iqtisodi uchun foydali deya o`ylashgan.

1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish