Msig’ = Ak / MD(16) Korxona miqyosidagi material sig’imi (Msig’.korx) unda iste‘mol qilingan aylanma kapital qiymatining ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbati orqali aniqlanadi:
Msig’.korx = AK / M (17) Sarflangan aylanma kapital birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori material sig’imi ko’rsatkichiga teskari miqdordir. Aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligi u bilan aylanma kapital o’rtasidagi nisbatga bog’liqdir. Bevosita ishlab chiqarish jarayonida band bo’lgan aylanma kapitalning salmog’i qanchalik ko’p bo’lsa, aylanma mablag’lardan shunchalik samarali foydalaniladi.
Amaliyota aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligi ularning aylanish koefitsienti bilan o’lchanadi. Bu koeffitsient bir yil ichida sotilgan mahsulot qiymatining aylanma mablag’larning o’rtacha yillik summasiga nisbati sifatida aniqlanadi.
Aylanish davri (a) yildagi kunlar sonining aylanishlar soniga (n) nisbati bilan aniqlanadi:
a = 360 / n (18) Aylanma mablag’lar atslanishini tezlashtiradigan asosiy omil ishlab chiqarish vaqtini avvalo ish davrini, shuningdek, muomala vaqtini qisqartirishdir.
1.4 Malum davrdagi invisitsiya qiymati va diskontirlashgan qiymat. Kapitalning qiymati asosida uning diskont qiymati qiymati aniqlanadi. Bu narsa yerga ham tegishli. Ko’p iqtisodchilar pulni ham kapital deb hisoblaydilar. Lekin tavarlar kamyobligi sharoitida foyda keltirmaydigan pullarni ko’payib ketishi kapitalni faqat pul deb bisoblanishini aniq ko’rsatmaydi.
Diskont – vekselni hisobga olish; hisob fondi; tavar bahosidan chegirma.
Har qanday investitsion loyihalarni amalga oshirish xarajat talab etadi va undan ma’lum miqdorda daromad olish mo’ljallanadi. Lekin buning uchun vaqt kerak. Ular ma’lum vaqt oralig’ida sodir bo’ladi. Bunday hollarda bugun sarflanadigan pulning qiymati bir yildan so’ng yoki ikki yildan so’ng qancha turishi hisoblab chiqiladi. Masalan bugun kelajak uchun sarflangan 1 dollr yoki 30 ming dollirning diskont qiymati bir yildan so’ng qancha, qancha foyda keltiradi. Agar qancha kech va kam foyda olinsa, shuncha ko’p imkonyatlar boy berilgan, yo’qotilgan bo’ladi. Javob ssuda va kredet foizlari miqdoridadir.
Agar bank foizi yiliga 10 foiz bo’lsa, bir yildan so’ng olinadigan 30 ming dollr qancha turadi? Bunday savol barcha investorlarni qiziqtiradi. Albatta ularning hozirgi qiymati bankka qo’ymoqchi bo’lgan pulga teng bo’ladi. Faraz qilinsa, bu qandaydir X miqdordagi pul;