Kirish.
I.BOB. Masalaning o`rganilish tarixi
1.1. O`zbek va jahon tilshunosligida semantik maydon nazariyasi.
1-bobga xulosa.
II.BOB. O`zbek va ingliz tilidagi ta`lim semali leksemalarning semantik tahlili
2.1 Ta`lim turlari nomlarining komponent tahlili.
2.2 Ta’lim semali birliklarning semantik guruhlari
2-bobga xulosa
III.BOB Ta’lim semali leksemalarning valent tahlili
3.1 Ta’lim semali fe’l leksemalar
3.2 Ta’lim semali birliklar orasidagi munosabatlar
3-bobga xulosa
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Tilshunoslikda semantik maydon nazariyasi haqidagi qarashlar so’z ma‘nosining tadqiqi bilan bog’liqdir. Olamdagi narsa, voqea-hodisa, harakat hammasi inson ongida tushuncha sifatida aks etadi. Tushuncha esa ma‘no yaxlitligidan iborat tovush tizimida so’z shaklida namoyon bo’ladi.
Til – borliqni ifodalaydi. Shunday ekan, til bilan borliq uzviy aloqadadir. Til va borliq aloqasiga bo’lgan munosabatiga yondashuv bo’yicha bir qancha yo’nalishlar vujudga keldi. Ularning bir guruhi til va borliq aloqasiga bo’lgan munosabatga yondashuv masalasida ular uzviy aloqador, til bevosita obyektiv olamni ifodalaydi, degan tezisni bayon qilsa, boshqa faylasuflar, tilning borliq bilan bo’lgan munosabatini rad etadilar.
Tilning borliq bilan bo’lgan munosabatini e‘tirof etuvchilarning o’zi ham til borliqni bevosita ifodalaydimi yoki bilvosita ifoda etadimi, degan masalaga turlicha javob beradilar. Bir guruh faylasuflar obyektiv olamni olamni ifodalashda subektning rolini tan oladilar, obyektiv ong orqali tilda o’z ifodasini topishini bayon qiladilar. Boshqa yo’nalishdagi faylasuflar esa, til obyektiv olamni bevositaifodalashini e‘tirof etadilar. Ular jodugar, suv parisi, dev singari afsonaviy tushunchalar borliqda yo’qligini, ammo uning tilda ifodalanishini, borliq elementlari bilan til birliklari o’rtasida nomuvofiqlik mavjudligini asos qiladilar.
Bugungi kunda falsafiy adabiyotlarda til va borliq munosabatiga bag’ishlangan asarlarda borliqni tilda ong orqali o’z ifodasini topishi e‘tirof etiladi.
Shuning uchun ham nomlash jarayoni borliq elementlarining ongda aks etishi va bu aks etgan, umumlashgan obrazni tilda o’z ifodasini topishi bosqichlarini o’z ichiga oladi. Bizning qurshab turgan borliq inson ongida turli shakllarda aks etadi va til orqali o’z ifodasini topadi.
Inson ongida paydo bolgan har qanday fikr, mazmun va shaklga ko’ra moddiy dunyoning aks etishidan boshqa narsa emas. Bizning o’rganish obyektimiz moddiy dunyoning predmet – hodisalarigina emas, balki ruhiy hodisalar ham bo’lishi mumkin. Har qanday ruhiy hodisalar borliqning bilvosita aks etishidir. Chunki har bir tushuncha, fikr va xulosalar moddiy dunyoning aks etilishidir. Shunday qilib, inson moddiy dunyodagi narsa va hodisalarining umumiy va xususiy belgilarini ajratgan holda, ongda aks ettirish imkoniyatiga ega.
Inson ongida barcha narsalar bir sistema tarzida jamlanadi. Chunki olamning o’zi bir sistemadir. Olamning sistemaligi shundaki, u o’zaro shartlangan, bir-birini taqozo etuvchi elementlar munosabatidan tashkil topgan yaxlitlikdir. Bu yaxlitlik kichik butunliklarga bo’linuvchanlik xususiyatiga ega. Bizni qurshab turgan olamni tashkil etgan elementlar ma‘lum umumiy belgilarga ko’ra sinflarga birlashadi hamda sinfga birlashgan elementlar shu sinf tarkibida bir-biridan farqli belgilarga ko’ra ajraladi. Butun elementlari butunliklar doirasida o’zaro shartlangan va zidlangan munosabatda bo’lsa, ayni chog’da, butunlik bilan butunlik katta butunlik doirasida uning elementlari sifatida o’zaro ana shunday munosabatda bo’ladi. Shunday qilib, obyektiv olam oddiydan murakkabga qarab sinflarga birlashuvchi va ayni paytda, bo’laklarga bo’linish xususiyatiga ega bo’lgan murakkab sistemadir. Masalan, hayvonot olami tirik mavjudotlar sinfida o’simliklar dunyosi, insoniyat dunyosi kabi sinfning elementlari bilan o’zaro shartlangan va zidlangan munosabatda bo’lsa, tirik mavjudot uchun bo’lak vazifasini bajaradigan har qaysi qism o’zi mayda elementlarni birlashtirib, undan kichikroq butunlikni, nisbiy kichik sistemani tashkil qiladi. Jumladan, hayvonot olami turli belgilarga ko’ra turli guruhlarni tashkil etadi: sut emizuvchilar va sut emizmaydiganlar; oyoq bilan yuruvchilar va sudraluvchilar; suv hayvonlari va quruqlik hayvonlari va boshqalar.
Obyektiv olamning bu bo’linishi inson ongida umumlashgan tarzda aks etadi. To’g’rirog’i, inson obyektiv olam elementlarining umumlashgan obrazini ongda aks ettiradi va ularning umumlashgan obrazini aks ettirish jarayonida har qaysi olam predmetining umumiy va xususiy belgilarini ajratadi.
Keyingi yillarda falsafa va tabiatshunoslik oldida har qaysi sistema birliklarini o’z ichida va bu sistemani boshqa sistemalar bilan munosabatda o’rganish, sistemaning mohiyati, uning turlicha ko’rinishlarini ochish, umumiy va farqli jihatlarini aniqlash, tasnif etish hamda sistemaning tashqi muhit bilan o’zaro aloqasini belgilashdek vazifalar qo’yilayotganini ta‘kidlagan holda, V.G.Afanasyev ta`kidlashicha: ―Hozirgi zamon fani va tajribasi to’la tasdiqlayaptiki, bizni qurshab turgan moddiy va ma‘naviy muhit alohida-alohida predmet, hodisa, jarayonlardan emas, balki o’zaro bog’liq bo’lgan obyektlar yig’indisidan tashkil topgan va u bir butun, sistem tuzilmaning muayyan turi‖ ekanligini ko’rsatib o’tadi‖.1 Haqiqatan ham, sistema tushunchasi o’z ichiga ma‘lum obyektlarni birlashishi va ularning o’zaro munosabatini olishi kuzatiladi. Sistema doirasiga kirgan obyekt shu sistemaning elementi hisoblanadi.
Insonning aloqa vositasi sifatida yuzaga kelgan til ham belgili va sistemalar tarkibiga kiradi. F.de Sossyur tilning belgilik tabiatini yoritib, belgi nazariyasi bilan shug’ullanuvchi alohida fan – semasiologiya fanining mavjud bo’lishini alohida ko’rsatib o’tgan edi.2
Yaqin yillarga qadar leksemalar semasiologik planda, ―shakldan ma‘noga‖ tamoyili asosida o’rganilganlig tufayli leksikani ongda paradigmalar sifatida aks etgan obyektiv olamni tilda qanday ifodasini topganligi masalasi tadqiqotchilar nazaridan chetda qolgan edi. Ana shuni hisobga olgan holda, keyingi yillarda
tilshunoslikda onomasiologik plandagi ishlarga katta e‘tabor berilmoqda.
L.A.Novikov til leksik sistemasini o’zaro murakkab munosabatda bo’lgan bir qancha ―so’z – tushunchalar‖ to’plami sifatida tasavvur qilish mumkinligini e‘tirof etadi va belgi hamda elementar ma‘nodan tashkil topgan bunday birliklar majmuasi tildan tashqaridagi borliqni aks ettiruvchi murakkab mozaika deb atalishini ta‘kidlaydi.1
F.de Sossyur va uning izdoshlari qimmat jihatidan bir xil bo’lgan til birliklarining o’zaro assotsiativ munosabatini paradigmatik munosabat sifatida o’rgandilar va ma‘lum til birliklarini umumiy belgilariga ko’ra paradigmalarga birlashtiradilar. Til birliklarini ma‘lum umumiy belgilariga ko’ra muayyan guruhlarga birlashtirish paradigm hisoblanadi. Bir paradigmaga mansub bo’lgan a‘zolar umumiy belgiga ega bo’lishi bilan birga, har qaysisi bir-biridan farq qiladigan xususiy belgilariga ham ega bo’ladi. Xususiy belgilariga ega bo’lishi paradigma a‘zolarining o’zaro zidlanishiga va alohida til birligi sifatida til sistemasida yashashiga imkon beradi. Bu shuni ko’rsatadiki, muayyan umumiy belgi ostida birlashgan paradigma a‘zolari o’zaro farqlovchi belgilar majmuasidan iborat bo’ladi. Demak, har qaysi paradigma a‘zosi muayyan strukturaga ega bo’ladi.
Hozirgi kunda tilshunoslikda ana shunday sistemaviy tadqiqotlarga jiddiy e‘tibor berila boshlandi. Bu tadqiqotlarning o’ziga xos xususiyati shundaki, lingvistik faktlarga avtonom holda yondashmay, har qaysi hodisaning ostida yashirinib yotgan mohiyatning ochilishiga e‘tabor beriladi. Tadqiqotchi e‘tibori ko’proq lingvistik hodisalar o’rtasidagi munosabatni yoritishga qaratiladi.
Til o’zining yaratuvchisi bo’lgan xalq bilan, jamiyat bilan birga yashaydi. Jamiyat taraqqiyotidagi har bir yangilik birinchi navbatda tilda aks etadi. Til orqali fikr ifodalanadi. So’z esa bu jarayonda material vazifasini bajaradi. So’z tilshunoslik nuqtai-nazari bilan leksika, leksema kabi terminlar bilan nomlangan.
So’zning tovush tomoni, tashqi tuzilishi nomema deb atalsa; uning ichki tomoni, ma‘no qavati esa semema deb nomlangan. So’zning yuzaga kelishida birinchi navbatda uning ma‘no tomoni kata ahamiyat kasb etadi. So’z ma‘nosi tadqiqi bilan bog’liq masalalar uzoq tarixga borib taqaladi.
Eramizdan bir necha asr oldin xitoy va hind olimlari diqqatini so’zning ma‘no tomoni jalb etgan edi. Ammo ularning qarashlari falsafiyona edi. So’z ma‘nosi tadqiqi so’zning o’z ma‘nosidan tashqari ko’chma ma‘no berishi bilan bog’liqdir. Aristotel metaforani ma‘no ko’chish hodisasi deb hisoblab, nutqni ta‘sirchan qilib ko’rsatadi deb izohlaydi. Nemis tilshunosi Rizelning fikricha, o’rta asr filologi Kvitilian so’zning ko’chma ma‘no berishining 14 ko’rinishi borligini qayd etgan.
F.de Sossyur tilshunoslar diqqatini lingvistik birliklar orasidagi munosabatni ochishga qaratib, paradigmatik va sintagmatik turlari mavjudligini ko’rsatgan edi. Lingvistik birliklarni muayyan birlashtiruvchi ma‘no asosida ma‘lum paradigmalarga birlashuvi keyinchalik tilshunoslikda maydon nazariyasini vujudga keltirdi.
―Maydon‖ atamasi qator fanlar doirasida mavjud bo’lib, jumladan, fizikada:
Maydon – fizikaning asosiy tushunchalaridan biri ekanligi, fazodagi taqsimlangan fizik kattaliklarning xususiyatlarini tekshiruvchi nazariya hozirgi vaqtda maydon nazariyasi ekanligi qayd etiladi.
Algebrada esa qo’shish, ko’paytirish va ularga teskari amallar –ayirish, bo’lish kiritilgan to’plam sifatida belgilanadi.
Lingvistikada esa ma‘no umumiyligi bilan birlashgan va belgilanayotgan hodisalarning tushunchaviy, predmetlik yoki vazifaviy o’xshashligini aks ettiruvchi leksik birliklar yig’indisi maydon sifatida belgilanadi.1 Lingvistik birliklarning ma‘lum ma‘no asosida birlashuvi, ma‘lum bir tildagi lug’aviy birliklarni ana shunday mazmuniy uyalarga birlashtirish sharq tilshunosligida rivojlangan. Keyinchalik XIX asrda lingvistik birliklarni mazmuniy guruhlarga birlashtirish yoki butunni ma‘lum mazmuniy guruhlarga ajratish g’oyasi Yevropada avj oldi. Shunga ko’ra, bu nazariya Yevropa tilshunosligi bilan uzviy bog’lanib qoldi.
XIX asrda leksik birliklar umumiyligiga M.Pokrovskiy tomonidan e‘tibor qaratildi. Maydon tushunchasining nazariy talqini I.Trir, G.Ipsen, V.Portsig, L.Vaysgerber, A.Yolles ishlarida ko’zga tashlanadi, keyinroq A.A.Ufimseva, N.I.Filicheva, Y.N. Karaulov, G.S.Shchur kabilar ishlari bilan bu nazariya rivojlantirildi.
Shuni ta‘kidlish lozimki, lingvistikaga maydon nazariyasi mazmuniy maydon tushunchasi sifatida kirib keldi. Xo’sh, mazmuniy maydon nazariyasi paydo bo’lishining qanday asoslari mavjud?
Bu nazariyaning paydo bo’lishi o’tgan asrning 20-30-yillariga to’g’ri kelib, u V.Gumboldning ―tilning ichki shakli‖ xususidagi ta‘limotini qayta – yangi yo’nalishda ko’rib chiqilishi bilan bog’lanadi. Bu davrda uzoq davom etgan lingvistik tadqiqotlarning asosiy obyekti bo’lgan ―tilning ichki shakli‖ sifatidagi ilmiy bahslar ushbu nazariyaning dunyoga kelishi uchun asos bo’ldi.
―Mazmuniy maydon‖ termini o’sha paytda tadqiqotchilar tomonidan turlicha izohlanadi. I.Trir mazmuniy maydon sifatida ―tushunchalar maydoni‖, ―tushunchalar doirasi‖ni nazarda tutdi. L.Vaysgerber ―til mazmunining ma‘lum qismi‖, ―tarkibining bo’lagi‖, V.Porsig ―ma‘nolarning mohiyati bog’liqligi‖, G.Ipsen mazmuniy va grammatik jihatdan bog’langan so’zlar guruhini semantik maydon tarzida takqin etadi. A.Yolles esa uni ―semantik birlashish‖ deb nomlab, uning doirasida antonimik juftliklarni birlashtiradi. F.Dornzayf va V.Vartburglar tillug’aviy tarkibi – ajratilish mumkin bo’lgan semantik guruhlarida mazmuniy maydonni ko’radilar.
Yuqoridagi tadqiqotchilar mazmuniy maydon atamasini har xil tarzda izohlashlariga qaramay, ularni semasiologik tadqiqotlar asosi bo’lgan ―tilning ichki shakli‖ni tushunishda tilni har tomonlama va turlicha munosabatlarda o’ganishlari bilan birlashtirish mumkin.
V.Gumboldtning ―ichki shakl‖ ta‘limotini L.Vaysgerber va Y.Trir tushunchaviy mohiyati jihatidan, G.Ipsen va V.Portsig so’zlarning mazmuniy guruhi hamda sistemasi tomonidan, F.Dornzayf va Vartburg esa tilning lug’at tarkibiga xos predmetlilik va tushunchalar guruhi nuqtai nazaridan rivojlantirdilar.
Semasiologiyadagi yangigumboldchilik yo’nalishining nazariy asosi tilning leksik bo’linish qonuni hisoblanadi, til strukturasining bo’linish qonuniyatlari ―tilning ichki shakli‖dan kelib chiqadi.
V.Gumboldtning ―tilning ichki shakli‖ sifatida avval chiqayotgan tovushning fikr ifodalash darajasiga ko’taruvchi va aql faoliyatining doimiy elementini tushunadi. Uning keying davrdagi izdoshlari til o’rganishning asosiy vazifasi ―turli tillar semantik strukturasida yangi-yangi ko’rinishda, jumboqli tarzda namoyon bo’luvchi o’ziga xos tushunchaviy g’oya‖ni izlashga olib keladi, deb ta‘kidlaydilar.1
XIX asr boshi va o’rtalariga mansub tadqiqotchilar so’zlarning hosila ma‘no berishini tadqiq qilib, bir qator masalalarni hal etishgan. Unda epitet, o’xshatish, giperbola, tropning bir ko’rinishi bo’la oladimi, sinekdoxa metonimiyaning bir ko’rinishimi degan savollarga javob izlash asosiy o’rinda turgan. Lekin ularning qilgan ishlari so’z ma‘nosi tadqiqidan yiroq, faqat uslubiyatni qamrab olgan edi.
So’zlarning leksik ma‘no taraqqiyotiga tilshunoslik nuqtai-nazaridan e‘tibor dastlab 1839-yil nemis tilshunosi Karl Reyzig tomonidan berilgan. U o’zining lotin filologiyasiga bag’ishlangan ma‘ruzasida so’z ma‘nosini alogida semasiologiya deb nomlangan fan tarmog’ida o’rganish kerakligini aytadi. Bunda u ko’proq leksik ma‘no taraqqiyotini nazrda tutgan edi. Shunday qilib, semasiologiya termini ostida asosan so’z semantik taraqqiyoti o’rganiladigan bo’ldi. Ammo Reyzig ko’rsatgan masala tilshunoslik olamiga deyarli ma‘lum bo’lmay qolib ketdi. Faqat 1897-yilga kelib fransuz tilshunosi Mishel Breal yaratgan ishgina Reyzig ko’targan masala yangi fan sifatida tarqalishi uchun kata ahamiyatga ega bo’ldi. Biroq bu hali semasiologiyaning fan sifatida tan olinishi edi, xolos. Shundan keyin so’z ma‘nosini va uning taraqqiyotini o’rganishga qaratilgan ayrim ishlar yaratila boshlandi.
So’zning semantik taraqqiyoti masalasi semasiologiyaning eng muhim tomoni bo’lib, uning tarixi va hoziri bilan chambarchas bog’lanadi. Lekin shu bilan birga uning boshqa tomonlari ham bor. Bu esa leksik ma‘noning semantik tarkibi so’zning semantik tarkibi, so’zning semantik hajmidagi ahamiyati, o’zaro paradigmatik va sintagmatik munosabati va boshqalar. Shunga ko’ra semasiologiya bir necha yo’nalishlarda tadqiq etib kelinmoqda. Ular quyidagi yo’nalishlar:
1. Leksik ma‘nolarni mantiqiy – semantik asosda tadqiq etish.
2. Leksik ma‘nolarni semantik maydonlarga ajratish yo’nalishidagi tadqiq etish.
3. Leksik ma‘nolarning sintagmatik munosabatini tadqiq etish.
4. Leksik ma‘nolarning paradigmatik munosabatini tadqiq etish.1
Bu yo’nalishlardan semantik maydonlarga ajratib tadqiq etishga to’xtaladigan bo’lsak, so’zni semantik maydonlarga ajratib tadqiq etish 1930-yil nemis tilshunosi Y.Trir tomonidan ilgari surilgan edi. Uning shu yillar davomida bir necha asar va maqolalari e‘lon qilindi. Bunda u ―tushuncha maydoni‖dan kelib chiqib fikr yuritdi. Uning ta‘biricha, har bir so’z ―tushuncha maydoni‖ga kiradi va hech bir oraliq holatida qolmaydi. So’z ma‘nosining tarixiy taraqqiyoti o’zgarmas holda tuzilgan maydonning qayta qismlarga bo’linishidir.
Y.Trirning semantik maydonlar haqidagi nazariyasini uning vatandoshi L.Vaysgerber davom ettirdi. Uning fikricha, til obyektiv borliqni turli til vositasida turlicha tushuntiradilar. So’zning ma‘nosi shu so’zning qaysi so’zlar guruhiga
kirishi, ya‘ni qaysi maydonda ekanligiga qarab belgilanadi.
Y.Trir va L.Vaysgerberlar biror so’zga oid ma‘noni shu so’zdan kelib chiqib emas, balki tushunchalar maydonidan kelib chiqib baholaydi. Buning ustiga tushunchalar maydonini o’zgarmas deb, idealistik fikrni ilgari suradilar. Shuning uchun ham ular ko’pgina tilshunoslar tomonidan tanqidga uchradilar. Y.Trir bilan izma-iz, lekin u bilan mutlaqo aloqasiz holda, uning vatandoshi G.Ipsen semantik
maydonlarning boshqacha nazariyasini ko’tarib chiqdi. Bunda u morfologik belgini, so’zning o’zaro semantik munosabatiga ko’ra tizimga kirishini asos qilib oldi. Uning izidan A.Yolles so’zlarning korrelyativ juftligiga ko’ra semantik maydonga ajralishini, bu o’zgarmas semantik qolip ekanlgini aytadi. V.Porsig semantik maydonni yana boshqacha talqin qilib, ma‘lum ot turkumidagi so’z bilan sifat va fe‘l turkumidagi so’zlar bog’liq bo’lishi – elementar semantik maydon haqidagi fikrni bildiradi. F.P.Flip so’zlarni leksik –semantik munosabatlariga ko’ra maydonlarga ajratishni ilgari surdi. Bunda ko’proq semantikaning bir turdan iborat ekanligini nazarda tutadi.
Bu sohada eng ko’p xizmat qilgan G.Shchur hisoblanadi. Uning 70ga yaqin ilmiy ishlari e‘lon qilingan bo’lib. Asarlarning ko’pchiligi lingvistikadagi semantik maydonlar nazariyasiga bag’ishlangan. Bu sohada u tilning barcha sohalaridagi semantik maydon nazariyasini tahlil etib beradi. Uning, ayniqsa, semantika, semantik taraqqiyot doirasidagi maydon nazariyasi qimmatli hisoblanadi.
O’tgan asrning 40-yillarida so’zlarni semantik maydonlarga ajratishning yangi metodi yuzaga keldi. Bu praga maktabi tomonidan ilgari surilgan bo’lib, u differensial-semantik tahlil etish deb nomlandi. Bu metod asosida so’z leksik ma‘nosi semema deb olinib, komponentlari sema deb qaraldi. Leksema semalarini umumlashtiruvchi, ya‘ni arxisemaga ko’ra bir semantik maydonni tashkil qiladi.1 Bu semantik maydon maydonchalarga, ya‘ni guruhlarga bo’linib, ular integral semasi asosida o’zaro birlashadilar. Semantik maydonga kiruvchi har bir leksema sememasi differensialsemasiga ko’ra boshqa semalardan ajraladi. Shunga ko’ra aytish mumkinki, dastlabki semantik maydonlar mantiqiy-semantik ajratilgan bo’lsa, bu metodga ko’ra lingvistik-semantik jihatdan maydonlarni tashkil qiladi So’z semantik maydonlarini differensial-semantik tahlil etish metodi dastlab Praga maktabidan kelib chiqqan bo’lsa ham, uning tarqalishi daniyalik L.Yelmslevning Praga maktabi to’plamida 1943-yil nashr etilgan maqolasi bilan bog’liq. Biroq bu metod dastlabki davrda juda tor doirada: qarindosh-urug’chilik, jonivor nomlari, harbiy atamalar va ba‘zi bir ixtisosga doir terminlar semantik maydonini tahlil qilish uchun qo’llangan edi.
XX asrning 60-yillari oxiriga kelib differensial belgilarning an‘anaviy nazariyasiga yangi aniqlik kiritildi. Bu N.I.Tolsyoy, D.N.Shmelev, Y.A.Nayda kabi tadqiqotchilarning ishlarida o’z aksini topdi. Shundan keyin sememalarni ierarxik tartibda tuzish g’oyasi muhokama etila boshlandi. Bunda B.Potye va V.Gaklarning asarlarida ilgari surilgan masalalar diqqatga sazovor bo’lib, unda sememalarning ierarxik tartibda tuzish uchun komponentlarni arxisema, integral sema, differensial sema, potensial semalarga ajratadi va shularga suyanish kerakligini aytadi. Bu tizim bilan leksema sememalarini tadqiq etish, ayrim leksema sememalarining kelib chiqishi ko’rinishini aniqlab olish uchun ham imkon beradi.
Umuman so’z semantikasini lingvistik-semantik metod bilan o’rganish so’z semantik maydonini lingvistik tadqiq etish imkonini berdi. Bu semantik maydonning tarkibiga kirish va tarkibiy pog’onalarini nomlash, ularning ierarxik tizimini, sememalari taraqqiyoti ierarxik tizimini o’rganish uchun yo’l ochdi. Ana shunga asoslanib tilshunoslikda bir qator ilmiy tadqiqot ishlari yaratildi. Masalan, rus tilshunosligida O.N.Seliverstovaning ko’p ma‘noli so’zlarning komponent tahliliga, L.M.Vasilevning ruscha yo’nalma harakat fe‘llar semantikasiga, V.L.Ibragimovaning ruscha yo’nalma harakat fe‘llarining semantikasiga bag’ishlangan monografiyalar yuzaga keldi. Bulardan birinchisi ko’proq so’z semantik taraqqiyotini nazarda tutsa ham, qolgan ikkitasi fe‘l semantik taraqqiyotini nazarda tutsa ham, fe‘l semantik maydonlari va ular tarkibi tahliliga qaratilgan tadqiqot ishlaridir
Lingvistikada maydon nazariyasining keying yillardagi rivoji shu darajaga yetdiki, uning g’oyalari va metodlari tilning leksik sathidan boshqa sathlarga nisbatan ham tatbiq qilina boshlandi. Dastlabki tadqiqotlar mazmuniy maydon doirasidan kelib chiqib, turli lug’atlar tuzish uchun umumiy qonuniyatlarni ochishda nazariy asos bo’ldi. Keyinroq bu yo’nalishda tilning boshqa sathlarda ham jiddiy asarlar yuzaga keldi.
Maydon tushunchasining talqini hamda unga xos xususiyatlarga ayrim holda yondashuv maydon nazariyasini tadqiq etishning turlicha muammolarini vujudga keltirdi. Bunda maydon chegaralarining aniqligi, maydonning avtonomligi, butunligi, uzluksizligi jihatidan til birligi sifatida qaralgani holda yoki maydon mustaqilligining nisbiyligi, maydonlar o’zaro munasabatining keng harakteriga egaligi bo’yicha til birliklaridan farqlanuvchi tomonlari asosidagi muammolar; maydonlar tuzilishi (maydonda ochiq – bo’sh o’rinning bo’lmasligi) muammolari; ko’p ma‘noli so’zlarning faqat bir maydonga mansubligi yoki bir necha maydonning elementlari bo’lishi mumkinligi asosida maydon va polesemiya munosabatlari muammolari o’rtaga tashlandi. Maydonning u yoki bu xususiyatlariga, ushbu muammolar tadqiqotchilar tomonidan turli-tuman ravishda o’z yechimini topmoqda.
Keyingi yillarda an‘anaviy leksik semantika bilan bir qatorda yangi yo’nalishlar ham rivojlanmoqda. Bular qatoriga struktur semantika, generativ semantika, konseptual semantika, kommunikativ semantika, psixolingvistik semantika kabilarni kiritish mumkin. An‘anaviy semantika asosan alohida so’z yoki guruhlarining ishlatilishi va rivojlanish bosqichlaridagi ma‘nolarini o’rgansa, struktur semantika o’z oldiga lingvistik ma‘nolar, leksik-semantik paradigma va
boshqa turdagi semantik maydonlarning system aloqalarini o’rganishni maqsad qilib qo’ydi. Jahon tilshunosligida struktur semantika formalism va relyativizmdan xolos bo’lib, sistem tilshunoslikning muhim qismlaridan biri sifatida qaraluvchi sistem semantikaga aylanib qolmoqda. Kommunikativ semantika esa nutqiy jarayonlarni o’rganish bilan harakterlanadi, chunki lingvistik va lingvistik bo’lmagan ma‘nolaridan ifodalarning aniq mazmuni kelib chiqadi.
Til mundarijasini maydon metodi bilan o’rganish eng samarali va qulay metodlardan biri bo’lib qoldi. Maydonlarni leksik-semantik va funksional-semantik maydonlarga ajratishda oppozitiv, komponent tahlil hamda matniy tahlil metodlari o’ziga xos yordam beradi.
Ko’pchilik lingvistlar tomonidan til birliklarini leksik-semantik jihatdan bir-biri bilan bog’langan ekanligi qayd etilgan. Xususan, F.de Sossyur lingvistik birliklar o’rtasidagi bir necha munosabat turlarini ko’rsatgan bo’lsa, M.Pokrovskiy so’zlar bir-biri bilan ongimizda tashqarida ma‘nolarining ma‘lum tomonlari bilan aloqadorligini ta‘kidlagandi. Ungacha har qanday tilda so’zlarning o’ziga xos bo’lgan semantik guruhlar bo’lib, ularning xususiy belgilari boshqa tillar bilan qiyosan ochiladi. Ammo M.Pokrovskiy tomonidan qo’yilgan muammo grammatik planda o’rganiladi. Ana shunday yo’ldan boribV.Vinogradov so’zlarning leksik ma‘nolari turlariga ―peredikativ‖ ma‘nolarining hamda grammatikadagi ayrim kategotiyalarni qo’shdi. A.R.Luriya har bir so’zi munosabatlarining butun bir murakkab tizimini yuzaga keltirishning qayd etadi. Uning fikricha, so’z butun semantik to’rining markazi bo’lib, so’z strukturasining muhim psixologik aspekti bo’lgan muayyan semantik maydonni faollashtiradi. G’arbiy Yevropa tilshunosligida Y.Trirning mazmuniy maydon nazariyasi so’zlarning leksik-semantik aloqalari haqidagi qarashlaridan muhim o’rin tutadi. So’zlarning leksik-semantik guruhlari o’z ichiga ikki yoki undan ortiq so’zlarning ularni leksik ma‘nolari bo’yicha birlashtiradi. Mazmuniy maydon to’g’risidagi turli yo’nalishi va tadqiqotchilar orasidagi xilma-xilliklarga qaramay, lingvistlar tomonidan bir xil belgilangan bir necha nazariy masalalarni ko’rsatib o’tamiz:
1. Til lug’at tarkibi birliklarining tartibsiz yig’indisidan iborat emas, u so’zlarning semantik umumiyligi asosida birlashuvchi bir qancha mazmuniy maydonlarga bo’linadi.
2. Har bir mazmuniy maydon faqat shu til uchun xos bo’lgan alohida usul bilan o’zi aksini ettirgan borliqni tarkibiy qismlarga ajratadi.
3. So’zning semantik mazmuni o’z-o’zidan kelib chiquvchi narsa hisoblanmaydi, u maydon ichidagi boshqa so’zlar bilan zidlanishlar vositasida yuzaga keladi.
Mazmuniy maydon nazariyasi struktural semantika nazariyasi bo’lishi uchun, avvalo mazmuniy maydonlar obektiv holda ajratilishi zarur, mazmuniy maydonlarning struktur nazariyasi ma‘nolarning koponent tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Mazmuniy maydonlar mantiqiy tomonda, ya‘ni tushunchaviy asosda qurilmoqda, shuning uchun semantika va boshqa lingvistik sohalar o’rtasida ajralish bo’lib qolmoqda. Aslida mazmuniy maydonlar lingvistik asosga qurilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |