I. Bob bo’yicha xulosalar
Semantik maydon atamasi, G’arb tilshunosligi ta‘sirida shakllandi. To’g’ri, bir qarashda shunday. Lekin bizning tilimizda Zardushtiylik dini davridayoq so’zlar semantik maydonga ajratilgan. Faqat ―ma‘no maydoni‖ deb e‘tirof etilmagan. Masalan, Zardushtiylik dini davrida iste‘molda bo’lgan so’zlarga diqqatimizni qaratadigan bo’lsak, bu so’zlarni ikki turdagi ma‘no maydoniga, ma‘no tizimiga ajratishimiz mumkin. Birinchi ma‘no maydoniga ezgulik ma‘nosini o’zida jamlangan so’zlarni kiritsak, ikkinchi ma‘no maydoniga yovuzlik ma‘nosini beradigan so’zlarga ajratishimiz mumkin.
―Ezgulik‖ ma‘no maydoni: Axuramazda, Mitra, Anaxita, quyosh, yel, olov, saxiylik, sadoqat, do’stlik, mehr, mehnat va boshqalar.
―Yovuzlik‖ ma‘no maydoni: Axiraman, bo’xton, urush, hasad, qurg’oqchilik, xasis, o’g’rilik, tuhmat, dangasalik.
Moziyga nazar tashlab, milliy qadriyatlarimiz asosi bo’lgan ajdodlarimiz hayotiga, jumladan, Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur, Rumiy merosiga yoki tilshunos olim A.Sobirovning dissertatsiyalarida keltirilgan Abdulla Avloniyning asariga to’xtaladigan bo’lsak, bu asarda Avloniy inson xulqlarini ikki maydonga ajratadi: yaxshi xulqlar va yomon xulqlar deb tavsiflaydi.
Yaxshi xulqlar: diyonat, g’ayrat, riyozat, qanoat, ilm, sabr, intizom, vijdon, vatanni suymak, iffat, hayo, idrok, iqtisod, itoat, sadoqat, muhabbat, kechirish, ibrat.
Yomon xulqlar: g’azab, shahvat, adovat, g’iybat, haqorat, hasad, nifoq, tama, zulm, chaqimchilik.
Bejizga yuqorida biz, moziyga nazarga tashlasak degan iborani qo’llaganimiz yo’q, boisi dunyo tilshunosligida bo’layotgan yangiliklarni kutib,
1 Sobirov A. O’zbek tilining leksik sathini sistemalar sistemasi tamoyili asosida tadqiq etish. – T., Ma‘naviyat. 2004, 104-b.
axtarib yashagandan ko’ra, o’z tariximizda bo’lgan jarayonlarno o’rganib, tilimizdagi xususiyatlarni qaytadan kashf qilib, jahon tilshunosligiga tatbiq qilishimiz kerak.
Hozirda G’arb tilshunosligi ta‘sirida tilimizga bir yangi nazariya sifatida kirib kelgan ―Antroposentrik nazariyasi‖ ni olaylik. Buni ham ―Antroposentrik‖ deb ilmiy yangilik bo’yog’ini oshirmoqdamiz, lekin bu nazariyani islom dinidan, Amir Temur, Alisher Navoiy davridan yoki Rumiy asarlariga nazar tashlagan holda tahlil qiladigan bo’lsak, ―Antroposentrik nazariya‖ o’zimizning mental, milliylik xususiyatiga ega ekanligiga guvoh bo’lishimiz mumkin.
Bugungi kun tilshunosligidagi ―Inson konsepti‖ g’oyasi global mavzuga aylangan. Davlatimizda yuritilayotgan siyosat, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning ham bosh maqsadi ―Inson va uning farovonligi‖ shiori ostida olib borilmoqda va shu o’rinda ―til ijtimoiy hodisa, jamiyat hayotidagi har bir yangilik birinchi navbatda tilda aks etadi‖ degan nazariyani eslatib o’tmoqchimiz. Ana shu nazariyadan kelib chiqib, tilni antroposentrik nazariya asosida tatbiq qilishimiz, bu sof o’zbekona nazariyalardan biri deb ayta olamiz. Bobimiz xulosasi sifatida yuqorida keltirilgan fikrlarni umumlashtirib, tilni o’rganish jarayonini biz o’z qadriyatlarimizga tayangan holda olib borishni bosh maqsad sifatida belgilashni lozim topdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |