Kundalik dam olish bir kun davomida, ya’ni ish vaqti tugagandan keyingi faoliyatni о‘zichiga oladi. Kundalik dam olish faoliyatlari ichidagi keng tarqalganlari toza havoda sayr qilish, radio va televideniye dasturlarini eshitish va tomosha qilish, kitob mutolaa qilish, badan tarbiya bilan shug‘ulanish kabilarni kiritish mumkin.
Haftalik dam olish Shanba va yakshanba kunlari bajaradigan
faoliyatlarni о‘z ichiga oladi. Bu dam olish kunlari tavsiya etiladigan faoliyatlarga shahar chekkasidagi sayilgohlarga chiqib hordiq chiqarish,
qarindosh urug‘, yoru dо‘stlardan xabar olish, tomorqa ishlari bilan shug‘ullanish nazarda tutiladi. Kundalik va haftalik dam olish mazmunli va maroqli о‘tishida madaniyat va san’at muassasalari va sport tо‘garaklari faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi.
Odatdaxursandchilik, shodlik va quvonchga boy dam olish lahzalari bayram kunlari namoyon bо‘ladi. Unga oldindan tayyorgarlik kо‘riladi, eng yaxshi liboslar kiyiladi, lazzatli taomlar tayyorlaniladi. Aynan shukunlarda televideniye, radio, madaniyat va san’at muassasalari о‘zlarining eng yaxshi dasturlarini namoyish etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |