Madaniyat markazlari faoliyatini rivojlantirishda mahallalar va oilalarning о‘rni.
Biz avvalo Vazirlar Mahkamasining 178-sonli qarorini sharhlab, keyin mahalla va oilalar masalasiga tо‘xtalamiz.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat markazlarini tashkil etish chora- tadbirlari tо‘g‘risidagi qororida madaniyat va aholi dam olish markazarlarini moddiy texnik bazasini yaxshilash, uni faoliyatini moliyalashtirish chora tadbirlari lohida bо‘lib sifatida belgilab qо‘yilgan. Bunga binoan: Markaz ushbu Nizomda va Markazning ustavida nazarda tutilgan maqsadlar va vazifalaridan kelib chiqib о‘z faoliyatini rejalashtiradi va uni rivojlantirish istiqbollarini belgilaydi.
Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Markaz tomonidan tashkil etiladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlarga chiptalar sotishdan, shu jumladan qо‘shimcha xizmatlar kо‘rsatishdan va о‘zini о‘zi qoplaydigan tо‘garaklar faoliyat kо‘rsatishidan olinadigan daromadlar;
davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan xizmatlar kо‘rsatishga shartnomalar bо‘yicha tushumlar;
-yuridik va jismoniy shaxslarning xayr-ehsonlari, homiylik mablag‘lari;
tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Markazning asosiy faoliyatini amalga oshirish uchun ajratiladigan byudjet mablag‘laridan boshqa maqsadlarda foydalanish, shu jumladan byudjet mablag‘larini Markaz tomonidan qо‘shimcha daromad olish uchun kredit muassasalarining depozit hisob raqamlariga joylashtirish taqiqlanadi.
Hamkorlik о‘zi nima. Bunday jarayon (men endi madaniyat va aholi dam olish markazi misolida aytadigan bо‘lsam)ni har ikki tarafga ham о‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib foydalari kо‘zlanadi. Hamkorlik ikki taraflama yoki kо‘p taraflama tuzilishi mumkin.
Madaniyat markazlari faoliyatini rivojlantirishda mahallalar va oilalarning о‘rni haqida gap ketganda agan о‘rni haqida tо‘xtalmoq joiz. Hayotimizni yuksaltirish haqida gapirganda mahallaning roli va ta’siri xususida gapirish о‘rinlidir.О‘zbek mahallasi chinakam qadriyat maskani ekani,halqimizga xos о‘zini о‘zi boshqarish tizimining bu noyob maskani qadim-qadimdan odamlarning nafaqat tilida, balki dilida, butun hayotida chuqur iz qoldirgani bejiz emas.Mahalla haqida gapirganda
Mahalla- Vatan ichra Vatan deb bekorga aytmaydilar. Madaniyat markazlari faoliyatidagi barcha tadbirlar о‘z-о‘zini boshqarish organlarining faol harakati, oilalarning bevosita ishtiroklari bilan о‘tadi.Masalan oilaviy marosimlar Oltin tо‘y, Kumush tо‘y, Xatna tо‘yi va b.
Do'stlaringiz bilan baham: |