Tadbirlarda dramatik parchalardan foydalanishning 2 xil usuli bor:
-Tayyor asarlardan olingan parchalar.
-Ssenaristning о‘zi tadbir uchun maxsus yozgan drammatik epizodlar.
Teatrlashtirishda faqatgina pyesalardan parchalar olinishi bilan kifolanib qolmasdan, kecha yо‘nalishiga qarab, badiiy adabiyotlardan ham parchalar olinishi mumkin.
Drammatik parchalardan foydalanishning 2-usuli ham keyingi paytda keng qо‘llanilmoqda. Tadbirning asosiy vazifalaridan biri mahalliy voqealarni aks ettirish bо‘lgani uchun, ssenariy mualliflari joylarda bо‘lgan voqealarni kichik drammatik lavxa shakliga keltirib, undan samarali foydalanmoqda.
Tajribada shuni kо‘rsatmoqdaki, qishloq axolisida madaniy-ma’rifiy tadbirlarga bо‘lgan qiziqishning sabablaridan biri bu mahalliy faktlarni, voqealarni inssenirovka shaklida kо‘rsatishdir. Ayniqsa mahalliy voqealar asosida yozilgan intermediyalar axoliga manzur bо‘lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |