YAKKA SHAKLLAR - mutaxassis va tinglovchi bilan individual suhbat,u yakka amaliy mashg‘ulot sifatida namoyon bо‘ladi.
GURUHLI SHAKLLAR taxminan 7-30 kishi qatnashadigan tadbirlar,ular munozara, seminar, suhbat, ekskursiya, badiiy havaskorlik kollektivlari, mashg‘ulotlari kabilarni о‘z ichiga oladi.
OMMAVIY SHAKLLAR katta sonli jamoaga mо‘ljallangan tadbirlar:
ma’ruzalar, savol-javob kechalari, og‘zaki jurnallar, mavzuli kechalar, ommaviy tomoshalar, bayramlar va hokazolardan vujudga keladi.
Bu kabi ommaviy shakllar madaniy-ma’rifiy ishlarning asosiy qismini tashkil qiladi.
Ikkinchi tasnif, madaniy-ma’rifiy ish shakllarida ta’sirchan vositalardan va usullardan foydalanish asosida vujudga keladi. Bu xil tasnif kо‘proq madaniy-ma’rifiy muassasalardagi axborotga boy ma’rifiy targ‘ibot-tashviqot ishlarga xosdir. Ular uchga bо‘linadi: monologik, dialogik va kompleks shakllar.
Do'stlaringiz bilan baham: |