Kirish I. Bob. Madaniyat markazlarida aholining dam olishini tashkil etishning nazariy asoslari


Aholining bо‘sh vaqtni mazmunli о‘tkazishda madaniyat markazlari



Download 172,48 Kb.
bet8/27
Sana31.12.2021
Hajmi172,48 Kb.
#263944
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
boburjon

Aholining bо‘sh vaqtni mazmunli о‘tkazishda madaniyat markazlari faoliyatining o‘rni

Istiqlol iqtisodiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy yuksalish yо‘lida har tomonlama mukammal о‘ylangan islohotlarni amalga oshirishda keng imkoniyatlar berdi. Bu islohotlar ichida inson kamoloti va uning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasi alohida о‘rin tutadi. San’at insonlarni gо‘zalikka chorlovchi, birlashtiruvchi vositadir. San’at shunday bir ijtimoiylikki har qanday davrda ham uning bosh maqsadi inson tarbiyasidir. “Bugun, Vatanimiz, yurtimiz XXI asrga qadam qо‘yib, о‘zining buyuk kelajagi sari intilayotgan, bu yoldagi barcha harakatlarmiz iymonye’tiqod tuyg‘usi bilan yog‘rilib, kuchayib borayotgan bir paytda, о‘z tarixiy ildizlarimizni, shu jumladan, san’atimiz, milliy teatrimiz tarixini chuqur anglash, undan saboq olish haqida gapirishimiz har jihatdan о‘rinli bо‘ladi, deb о‘ylayman”4, deb ta’kidlagan birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov. hozirgi kunda san’at va madaniyatga katta e’tibor berilmoqda. Sahna shunday bir minbarki, undan turib ichingdagi darding, quvonchu izhorlaring va boshqa his-tuyg‘ularingni bemalol aytishing mumkin. Teatr san’ati, musiqa, raqs va boshqa san’at turlari orqali ham insonlarni tarbiyalash, ularga estetik zavq bag‘ishlash, ezgulikka undash kabi maqsadlar qо‘yilganki, uni amalga oshirish uchun esa badiiy jamoa rahbari turli ifodaviy va ta’sirchan vositalardan foydalanishiga tо‘g‘ri keladi. Demak, ifodaviy va ta’sirchan vositalar sahna asarining yuzaga chiqishidagi barcha faoliyatlarda qо‘llanishi va kuzatilishi mumkin. Ayniqsa, bu ifodani ommaviy bayram va tomoshalarda yaqqol kо‘rish mumkin. Keyingi yillarda, aniqrog‘i, yurtimiz mustaqillikka erishgach, bayramlarni tashkil etishga bо‘lgan e’tiborning kuchayganligini sezishimiz mumkin. “Ma’naviy - ma’rifiy tadbir” atamasi "ma’naviy - ma’rifiy tadbirlar", "madaniy tadbirlar", "badiiy - ommaviy tadbirlar", "ommaviy tadbirlar", "badiiy tadbirlar" sо‘z birikmalarini ham о‘z mazmunida ifoda etadi. Professor U.H.Qoraboyev о‘zining "Madaniy tadbirlar" nomli kitobida kuyidagicha fikr bildiradi: "Tadbirlarda keng qamrovli ishlar olib boriladi va ular kishilarning ishdan bо‘sh vaqtida kerakli axborotlar berish, badiiy - estetik zavqlantirish, madaniy-ijodiy ishga jalb kilish hamda ularning mazmunli hordiq chiqarishlari uchun xizmat qiladi. Shuning uchun ham unga kengroq tushuncha va atama zarur bо‘lmoqda. Ularni keng qamrovli "madaniy tadbirlar" deb atasa yaxshi bо‘ladi. Kezi kelganda shuni aytish lozimki, "ommaviy tadbirlar", "badiiy tadbirlar" atamalariga ham murojaat kilish mumkin"5

Madaniyat va istirohat bog‘larida ushbu tadbirlar shunchaki bо‘sh vaqtni tashkil etish, mazmunli hordik chiqarish, kerakli axborot bilan ta’minlash bilangina cheklanib qolmasdan, о‘quvchi yoshlarni ma’naviy - axloqiy ruhda tarbiyalash, ular ongida milliy g‘oya va mafkurani shakllantirish, bilim berish orqali dunyoqarashni shakllantirishga qat’iy yо‘naltirilgandir.

Ommaviy bayramlar madaniy tadbirlarning oliy kо‘rinishi bо‘lib, insoniyat tarixining rivojlanishi bilan takomillashib kelgan.

Insoniyat yaralibdiki, uning turmush tarzida bayramlar alohida ahamiyatga ega bо‘lib kelmoqda. Insoniyat hayotini bayramsiz, an’ana, marosim, urf-odatlarsiz tasavvur qilib bо‘lmaydi. Bayramlar jamiyatning ma’naviy gо‘zalligini, xalqning yashash tarzi, turmush sharoitini dunyoga kо‘z-kо‘z qiluvchi asosiy vositadir. Biror davlatda nishonlanayotgan milliy bayramlar yoki jahon miqyosidagi tadbirlarni kuzatar ekanmiz, о‘sha davlatning milliyligi, о‘ziga xos urf-odatlarini о‘rganamiz. Demakki, bayram hayotning eng nafis va nafosatli xislatlarini namoyish etuvchi kо‘zgudir. Bayram jamiyatning kechasi, buguni, ertani haqida dalolat beruvchi jonli manbadir. Sharqning buyuk olimi Mahmud Qoshg‘ariy “Bayram-xalqning shodlik va xursandchilik kunidir”6, degan edi. Biror-bir muhim ijtimoiy voqea, sanani kо‘pchilik bо‘lib, kо‘tarinki ruhda, xursandchilik bilan nishonlash bayram deb tushiniladi.

Abu Rayhon Beruniy bayramlarni hayotdagi “eng muhim kunlar”5 deb ularni quyidagi turlarga bо‘ladi:


  1. dunyoviy bayramlar

  2. diniy bayramlar

“Kimki Navrо‘z kuni bayram qilib quvonsa, keyingi Navrо‘zgacha xurram bо‘ladi va farog‘atda yashaydi”, deb ta’kidlaydi Umar Xayyom63.

XX asrda bayramlar bilan kо‘pgina olimlar shug‘ullanishgan. Bayramlar



mohiyatini tо‘g‘ri anglash, tarixi va hozirgi kundagi hayotini tushunishda ayniqsa M.M.Baxtin tadqiqotlari muhim. “Bayram hamma vaqt dunyoni teran idrok etish mazmuniga ega bо‘lib kelgan. Ijtimoiy mehnat jarayonini tashkil etish va mukammallashtirishdagi “mashqlar”, “mehnat о‘yinlari”, mehnatdagi dam olish yoki nafasni rostlash hech qachon о‘z holicha bayram bо‘la olmaydi. Ularning bayram bо‘lishi uchun borliqning boshqa sohasi, ma’naviy-mafkuraviy sohasidan nimadir qо‘shilishi shart. Ular moddiy dunyo va zarur shart-sharoitlaridan emas, inson hayotining buyuk maqsadlari dunyosidan, ya’ni ideallar dunyosidan da’vat va quvvat oladi”7. Bayramlar ham jamiyatdagi о‘zgarishlarga qarab, ma’lum darajada о‘zgarib boradi. Yangi bayramlar paydo bо‘ladi. Lekin bu bilan bayram shodiyonasi, insonlar xursandchiligi о‘zgarmaydi. Inson bayram kunlari о‘z hayotidagi tashvishlarni unitib, yangi liboslar kiyishga, о‘yin-kulgi bilan g‘uborini yozishga harakat qiladi. Shu soha olimlari XX asrdagi bayramlarga baho berar ekan, M.M.Baxtin konsepsiyasiga tayangan holda ish kо‘radilar. “Bayram – bu ma’lum vaqtdagi ideal hayotdir” – deb ta’kidlaydi I.I.Mazayev65. “Bayram – har bir fuqaro va butun jamiyat hayotini aks ettiruvchi о‘ziga xos ijtimoiy hodisadir” – deb ta’rif bergan D.M.Genkin bu fikrlarini yanada oydinlashtirib shunday deb yozadi, “Bayram – bu voqelik bilan san’atni uyg‘unlashtiruvchi, u yoki bu real hayotiy voqeani badiiy bezab kо‘rsatuvchi о‘ziga xos antiqa hodisadir”8. “Bayram dunyo madaniyatida yig‘ilgan eng qimmatli boyliklarni о‘zida uyg‘unlashtiradi”9 – deb fikr yuritadi A.I.Arnoldov. Bayramshunos olim filologiya fanlari doktori, professor U.Qoraboyev O‘zbekiston bayramlari” nomli kitobida va mazkur kitobning qayta ishlanmasi sifatida yaratgan “О‘zbek xalqi bayramlari” kitobida о‘zbek bayramlarining xususiyatlari haqida tо‘laqonli ta’rif bergan. О‘zbek bayramlari mohiyatan boshqa xalqlar bayramlaridan farq qilmaydi, ular ham orzu, mehnat, kurash ifodasi, an’analar, gо‘zallik kо‘zgusi, tinchlik, hamjihatlik, tenglik, hayotning davomi, muhim qismidir. U.Qoraboyev xalq bayramlari mohiyatini belgilovchi bayramlarning xususiyatlaridan kelib chiqib, bayramning uchta asosiy xususiyatini belgilaydi: Bayram holati (bayram kayfiyatining) paydo bо‘lishi, bayramga bо‘lgan ehtiyojning tug‘ilishi; Bayramona holat, kayfiyatning paydo bо‘lishi – bu hali bayram degani emas. Shu kayfiyatni, shu holatni, intilishni rо‘yobga chiqarish uchun bayramni tashkil etish kerak. Ommaning bayram ishtirokchisiga aylanishidir. Bayram bu – teatrlashtirilgan namoyishlar, tomoshalar, konsertlar, kо‘rik-tanlovlar bellashuvlar, ya’ni rang-barang ommaviy tadbirlar birligidir10. О‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida bayramga qо‘yidagicha ta’rif berilgan: - “Bayram (turkiycha – katta yig‘in, tо‘y) – keng nishonlanadigan tantanalik kun. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot davomida kelib chiqishi, mazmuni, ijtimoiy hayotda qaror topishiga kо‘ra an’anaviy, diniy, milliy va boshqa bayramlar vujudga keldi. Avloddan-avlodga meros tariqasida о‘tib keladigan bayramlar an’anaviy bayramlar deyiladi. Masalan: Navrо‘z bayrami. An’anaviy bayramlar biror xalq yoki millatning ayni vaqtdagi ijtimoiy turmushi, hayot kechirish tarzi bilan bevosita bog‘liq bо‘lmaydi. Diniy bayramlarda har bir monetistik dinning aqidalarida belgilab qо‘yilgan marosimlar nishonlanadi”69. Tadqiqotchi E.V.Sokolov bayramlarni barcha dam olish shakllari orasida eng afzali deb kо‘rsatadi. Chunki bayram tadbirlarida dam olishning eng samarali shakllari mujassamlashadi11. Tarbiya tizimida bayram о‘ziga xos muhim va yirik tadbir sanaladi. Xalqning eng yaxshi an’analari, odatlari, ahloqiy qoidalarini о‘zida mujassamlashtirishi, saqlashi va rivojlantirishi bilan yoshlar tarbiyasida ham bayramning ahamiyati katta. Tarix shuni isbotlaydiki, bayramlar ma’nosi, g‘oyasi xalqning о‘yi, dardi, orzu-umidlari asosida paydo bо‘lgan va о‘zgarib, rivojlanib borgan. Bayramlarning yana bir xususiyati ularning muayyan vaqt, maxsus sana bilan bog‘liqligidir. Kishilarda bayram kayfiyati avvaldan belgilangan vaqt, sana, kun kelganida paydo bо‘ladi. Masalan, qishning sovuq kunlaridan sо‘ng obhavoning isishi, tevarak-atrofning kо‘m-kо‘k libosga о‘ranishi, dov-daraxtlarning gullashi – bahor kelishi barcha kishilarga olam-olam quvonch shodlik olib keladi. Albatta, bu о‘zgarishdan har kim о‘zicha zavqlanadi. Ammo tabiat gо‘zalligi va bahor shodiyonasi hamma uchun umumiy bо‘lganligi sababli odamlarda uni birgalikda nishonlash kayfiyati ham tug‘iladi. Ana shu ehtiyojni qondirish uchun maxsus vaqt belgilanadi. Bu sanalarni belgilashda ming yilliklar tajribasidan kelib chiqiladi. Masalan, quyoshning hamal burjiga kirish vaqti “Navrо‘z” bayrami о‘tkaziladigan vaqt sifatida belgilangan. Professor U.Qoraboyev “О‘zbek xalqi bayramlari” kitobida quyidagi fikrni bildirgan – “Bayramning о‘ziga xos xususiyati unda keng ommaning ishtirok etishidir. Bayram avvalo kо‘pchilik uchun uyushtiriladi va u bevosita odamlarning ishtirokida о‘tadi. Teatrlar, konsert zallari, televideniye kо‘rsatuvlari, radio eshittirishlarida omma faqat tomoshabin, tinglovchi rolini bajarsa, bayramlarda odamlar faol ishtirokchi sifatida qatnashadi. Bayramlarda hamma о‘z qobiliyatini namoyish qilishi mumkin. Kishilar bayram tadbirlarini ishtirokchi sifatida kuzatadi va bо‘lgan voqelarga о‘z munosabatini bildira oladi. Bayramlarning о‘ziga xos yana bir xususiyati ularning bir necha (kompleks) tadbirlar sintezidan tashkil topishidir. Har bir bayram kо‘plab tadbirlar asosida uyushtiriladi. Bayramning tashkil qilinishi – uning mavzusi, g‘oya, yonalishi maxsus shakl, tadbir va marosimlar orqali namoyon etishdir. Odatda har bir ommaviy (ayniqsa, ochiq joylardagi) bayramning ochilish marosim-tadbiri bо‘ladi. Undan sо‘ng, bir joyda – bayram kо‘rgazmalari, kо‘rik-tanlovlari; ikkinchi joyda – dor о‘yini, polvonlar chiqishlari; uchinchi joyda - askiya va qiziqchilar chiqishlari, qо‘g‘irchoq teatri tomoshalari; tо‘rtinchi joyda – badiiy havoskorlik jamoalari, folklor etnografik ansambllari konsertlari; beshinchi joyda – sport musobaqalari kabilar tashkil qilinadi. An’analar, marosimlar, teatrlashtirilgan konsert va tomoshalar, karnavallar, namoyishlar, xalq о‘yinlari bayramlarning asosiy tarkibiy qismi sanaladi. Ommaviy bayramlar shu kabi tadbirlar asosida о‘tkaziladi”12.

Bayram-о‘ziga xos, kо‘p tomonli ijtimoiy hodisa bо‘lib, har bir insonni, jamiyatning hayotini namoyon etadi. Uning barcha dunyo xalqlari orasida tarqalganligidan, bayramlarning inson va jamiyat uchun hech narsaga almashtirib bо‘lmaydigan bebaho boylik ekanligiga amin bо‘lamiz «Bayram jamiyat hayotining organik bо‘lagi bо‘lib, shu bilan bir qatorda, har bir insonning hayoti va faoliyatini tenglashtirib, omma erkin hayot faoliyatining markaziga aylanib, alohida olingan shaxsning emotsional tarangligini oluvchi razryad funksiyasini bajaradi»13 «Bayram» - turkcha sо‘zdan olingan bо‘lib, tо‘y, marosim, xursandchilik degan ma’nolarni bildiradi. Bayram sо‘zining turli talqinlari bor. Falsafiy ensiklopediyada berilgan «Bayram» - insonlar xursandchiligining yig‘indisi», - degan talqin eng tо‘g‘risi deb hisoblanadi. Bayram ijtimoiy mahalliy hayotning eng muhim qismlaridan bо‘lib, shodiyona, xursandchilikni vujudga keltiradigan voqealarni nishonlaydi. О‘rta Osiyo xalqlari, jumladan, о‘zbek xalqining ham eng qadimgi davrlardan shakllana boshlagan asrlar bо‘yi avloddanavlodga о‘tib kamol topib bebaho merosiga aylangan bayramlari kо‘p. Bu bayramlar eng qadimiy davrlarda xalq ommasi ehtiyoji bilan shakllana borgan, ijtimoiy zarurat asosida rivoj topgan va boshqa xalqlar tajribasi bilan boyib kelgan.

О‘zbek xalqi bayramlarini davrlarga bо‘lib о‘rganish maqsadga muvofiqdir. Masalan: Ibtidoiy davrda vujudga kelgan bayram shakllari (bunga ovchilik о‘yinlari, zoofagik (ya’ni, totem hisoblangan ayiq, yovvoyi echki, sigir, bu esa ot kabilarga sig‘inish) bayramlar, mehnat о‘yinlari, orgaist bayramlari va boshqa bayramlarni kiritish mumkin). О‘rta Osiyo xalqlarining qadimiy (islomgacha bо‘lgan) bayramlar; О‘rta asrlardan inqilobgacha bо‘lgan davrdagi о‘zbek bayramlari; Shо‘rolar davridagi bayramlar; Mustaqillik davridagi bayramlar. Oxirgi yillar ommaviy bayramlarning janr muammolari dolzarb bо‘lib turipti.

О‘tkazilayotgan bayramlarning janrini aniqlashda ba’zi mutaxassislar qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Ba’zan ommaviy teatrlashtirilgan bayramlarning janri yoq, degan kulgili sо‘zlarning guvohi bо‘lamiz. Lekin bunday fikrlar notо‘g‘ri. Teatr san’atidagi kabi, ommaviy bayramlar ham о‘z janr turlariga ega. Bu muammoni rejissyor, olimlar D.M.Genkin, I.G.Sharoyev, I.M.Tumanov, A.D.Silin, N.Vershkovskiy, U.Qoraboyevlar о‘z izlanishlarida isbotlab berganlar. Ularning tajribalaridan kelib chiqib, ommaviy bayramlarni quyidagi janrlarga bо‘lish mumkin:



  • teatrlashtirilgan konsert;

  • konsert-miting;

  • ommaviy sayl;

  • teatrlashtirilgan namoyish;

  • kо‘chalarda, maydonlarda, stadion va bog‘larda о‘tkaziladigan bayram harakati;

  • milliy san’at dekadalari;

  • san’at festivallari;

  • qо‘shiq bayramlari;

  • raqs bayramlari;

  • karnavallar;

  • suvda о‘tkaziladigan bayramlar;

  • ochiq havoda namoyish etiladigan teatr-spektakllar;

  • kо‘cha bayramlari;

  • sport bayramlari;

  • teatrlashtirilgan bolalar bayramlari.

Bayramning paydo bо‘lishi, uning rivojlanish bosqichlarini Eortologiya” fani о‘rganadi. «Eortologiya» - grekcha sо‘zdan olingan bо‘lib – bayram haqidagi fandir. Mazkur fanning yuzaga kelishida va uni ilmiy-nazariy jihatdan о‘rganishda I.Snegiryov, I.Saxarov, F.Buslayev, A.Afanasev, Ye.Anichkov K.Mardjanov, D.M.Genkin, I.M.Tumanov kabi mutaxassislarning xizmatlari katta bо‘lgan. Shuningdek Mahmud Qoshg‘ariy, Abu Rayhon Beruniy, Firdavsiy, Farobiy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Bobur, Ogahiy, Behbudiy, Fitrat kabi Sharqning mutafakkir olimufuzalolari ham bayramlarning ijtimoiy hayotdagi о‘rni va roli haqida turli nuqtai nazar bilan yondoshib о‘z fikr va mulohazalarini bayon etganlar. Mazkur sohadagi muammo va kamchiliklarni ijobiy hal etish, xalqaro konfrensiyalar о‘tkazish, dunyo xalqlari bayramlarining xilma-xilligini о‘rganishi, bayramlarning ijtimoiy hodisa sifatida, hayotimizdagi о‘rni va ahamiyatini о‘rganish mazkur fan mutaxasislarining asosiy vazifalaridan biridir. Ommaviy bayramlarning ommabopligi shundaki, birinchi navbatda, u amaliy namoyish etilganda, о‘zining chuqur ijtimoiy - psixologik va tarbiyaviy ildizga ega ekanligi namoyon bо‘lib, sahnalashtirish jarayonida tasodifiy hol va elementlarga yol qо‘yilmaydi. Shuni aytib о‘tish joizki, ommaviy bayramlar tarixi, ayniqsa О‘zbekiston bayramlari tarixining kelib chiqish genezisi, uning turlari tо‘liq о‘rganilmagan. Tarix shunday fanki, qanchalik chuqur о‘rgansak, shunchalik kam bilishimizga ishonchimiz komil bо‘ladi. Ayniqsa ommaviy bayramlar tarixi juda ham kam о‘rganilgan. Bu sohada birinchilardan bо‘lib falsafa fanlar doktori, professor U.X.Qoraboyev ilmiy izlanishlarida О‘zbekiston bayramlari fani rivojiga о‘zining katta hissasini qо‘shdi.

Uning «О‘zbekiston bayramlari», «О‘zbek xalqi bayramlari» kitoblarida bu mavzuga chuqur, ilmiy yondashilib, bayramlarning kelib chiqish tarixi tо‘liq yoritishga harakat qilingan.Yaqin davrlargacha bayramlar tarixi umumiy san’at tarixi sifatida (adabiyot va teatr) о‘rganilib kelingan edi. Lekin, ommaviy bayram va tomoshalar har bir tarixiy davrda tarbiya va ma’rifatning asosiy о‘giti sifatida yuqori о‘rinlardan birini egallab kelgan. Ommaviy bayramlar tarixiga qisqacha nazar solsak, о‘zining g‘oyaviy jihatdan kompozitsion butun bо‘lgan Qadimgi Yunoniston va Rim davridagi bayramlardan boshlasak bо‘ladi. Albatta, qadimgi Yunoniston va Rim bayramlarigacha ham insoniyat paydo bо‘lganidan keyingi davrda bayramlar vujudga kelib, shakllangan. Lekin bu bayramlar о‘zining ma’naviy, intellektual darajasi, ifodaviy shakllari jihatidan primitiv xususiyatga ega bо‘lib, kompozitsion yaxlitlikka ega bо‘lmagan. Qadimgi Yunoniston va Rim davrida tashkil qilinib, о‘tkazilgan xalq bayramlarida ommaviy bayramlar dramaturgiyasi va rejissurasining elementlari vujudga kelgan. Qadimgi yunonlarda bayram о‘ziga xos mustaqil bо‘sh vaqt va dam olishning bir shakli bо‘lib, hatto doimiy jihatdan ham uzviy, faol mashg‘ulot turiga aylangan. Bizga ma’lumki, Delfe, Pifiy, Nemeysk va Panfin о‘yinlari juda ham ommabop bо‘lgan. Lekin bu о‘yinlarning ichida eng mashhuri Olimp о‘yinlari bо‘lgan. Olimp о‘yinlari maxsus qurilgan Olimp shahrida 4 yilda bir marotaba о‘tkazilgan.

Qadimgi Rim Yunoniston bilan qо‘shni bо‘lishiga qaramay, о‘tkaziladigan bayramlar shakli va kо‘rinishi jihatidan, tubdan farq qilgan. Yunoniston bayramlarida Afina fuqarolari faol qatnashishgan bо‘lsa, qadimgi Rim tomoshalarida tomoshabin bilan ishtirokchi ajratilgan. Aynan shu davrdan boshlab «tomosha» sо‘zi «bayram» sо‘zining sinonimiga aylangan. Rim imperiyasi davrida qattiq sinfiy kurash yuzaga kelgani, imperiyani kuch bilan boshqarilayotganligi sababli, aholini chalg‘itish maqsadida tomoshalar yuzaga keladi. Qadimgi Rim imperiyasi tomoshalarida sahna texnikasi, ta’sirchan vositalar ancha rivojlandi. Ayniqsa Rimda qurilgan mashhur Kolizey tomoshagohi hozirgacha insonlarni hayratga solib kelmoqda. Kolizey nafaqat kattaligi balki, harakatga keluvchi arenasi, sahna mexanizmlari orqali arenani kо‘lga yoki о‘rmonga aylantira olish kabi jihatlari bilan butun jahonga mashhur. Ayniqsa, qadimgi Rimda dushman ustidan qozonilgan g‘alabaga bag‘ishlangan Triumf paradlari о‘ziga xos teatrlashtirilgan harbiy parad edi. Bundan tashqari, gladiatorlar janglari, sirk poygalari, artistlar musobaqalari, dengiz janglari, luperkali, «kichik triumf» - olqishlash kabi tomoshalar mashhur bо‘lgan.

О‘rta asrlarda ommaviy bayramlarning tabaqalashishi intensiv ravishda rivojlandi. Ayniqsa, feodal davlatning kuch-qudratini kо‘klarga kо‘taruvchi diniy bayramlar rivojlandi. Shu bilan bir qatorda shahar maydonlarida о‘tkaziladigan hazilmutoyibaga qurilgan bayramlar xalqning eng sevimli bayram tomoshalari bо‘lib, kо‘plab xalq ommasini tо‘plab, ularning kelajakka intilishi va ertangi kunga bо‘lgan ishonchining kurtagi sifatida namoyon bо‘lgan.

Rasmiy bayramlar, bu bayramlarning aksi о‘laroq, hukmron tabaqaning manfaatlarini himoya qilishga bag‘ishlangan edi. Ommaviy bayramlarga bunday yondashish «dam olish» degan tushunchaning о‘zgarishiga olib keldi. О‘rta asrlarda shaxsning dam olishi, о‘z xohishiga qarab erkin bо‘lmay, cherkov, din arboblari tomonidan boshqarilgan. Bu davrda diniy bayramlarning о‘zi yuzdan ortiq bо‘lgan. Katta yer maydonlariga, ulkan siyosiy kuchga ega bо‘lgan cherkov, bayramlarni ham о‘z qо‘liga kiritib, xalq oldida о‘z ustunligini namoyish etib, о‘zining tashviqot quroliga aylantirgan. Cherkovning badavlatligi bu bayramlarda kostyumlarning turlituman rang-barangligini ta’minlab, о‘ziga xos teatrlashtirishni vujudga keltirgan, bu esa cherkov marosimlarini ommaviy bayram darajasiga olib chiqishiga yordam bergan. Jumladan; О‘zbekistonda tabiat bayramlaridan keng nishonlanganlaridan biri bu - Navrо‘z bayramidir. Bu bayramlar haqida X-XI asrlarda yashagan buyuk qomuschi olim Abu Rayhon Beruniy о‘zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“ asarida batafsil tо‘xtalib, uning mohiyatini ochib, “Navrо‘zning kelib chiqishi haqida turli afsonalar mavjud, lekin bu masalaga ilmiy yondashilsa, “Navrо‘z“ning paydo bо‘lishi har tomonlama ilmiy asoslangan koinot va tabiat qonuniyatlari, kecha va kunduzning vaqt jihatidan barobar bо‘lishi, kunduzning uzaya boshlashi, tabiatda jonlanishning boshlanishi, bahorning kelishi sabab bо‘lgan. “Navrо‘z“ning chuqur ildiziga murojaat qilsak, u eng qadimiy davrlarda ibtidoiy odamlarning dehqonchilikka о‘tganidan sо‘ng dalalarda yangi ish mavsumi boshlanishidan oldin о‘tkaziladigan bahor bayramlariga borib taqaladi»14. Vaqtlar о‘tib bu bayram rivojlanib, unga mos kun aniqlanib “yil boshi“ vazifasini о‘tay boshlagan. “Navrо‘z“ bayramini nishonlash bir oyga chо‘zilgan. Bu haqida Beruniy quyidagicha yozadi: “Keyingi podshohlar bu oy, ya’ni farvardin mohning barchasi (kunlarini)ni hayitga aylantirib, ularni oltiga taqsim etadilar. Birinchi besh kun podshohlar uchun, ikkinchisi ulug‘ kishilar uchun, uchinchisi podshohlarning g‘ulomlari uchun, tо‘rtinchisi xizmatkorlar uchun, beshinchisi xalq ommasi uchun, oltinchisi chо‘ponlar uchun15. Qadimdan, insoniyat paydo bо‘lgan zamondan boshlab, bayramlar shaxsning hayotdagi muvaffaqiyatlari, orzu-umidi, voqea, hodisalar, mehnatdagi va boshqa sohalardagi yutuqlari, bosib о‘tgan yollarini chuqur anglash, g‘alabalardan faxrlanish, ertangi kunga umid bilan yashash, bayram arafasida bir-birini qutlash, kelajak hayot uchun yaxshi istaklar bildirish, ishlariga omad, baxt tilash, о‘zligini, millatini anglash, milliy mafkurasiga ega bо‘lishdek g‘oyalarni ilgari surgan. Bayramlar vaqt qadriga yetish, uni e’zozlash uchun sharoit yaratadi.

Bayram insonlarning estetik kechinmalariga ta’sir qilib, shaxsning ma’naviy dunyosini boyitadigan vositadir. Bayram va tomoshalarning asosini milliy qadriyatlarga bо‘lgan hurmat, ehtirom egallab, insonlarga badiiylik, san’at orqali estetik zavq bag‘ishlashdek vazifalar ustuvor turadi. Bayram tashkilotchilari, ayniqsa seneriychi, rejissyor ishlatilayotgan materiallarning dolzarbligi, hujjatlar, faktlarning aniqligi va ularning badiiy uslublari yordamida sintezlash kabi vazifalar ulardan juda ham katta javobgarlikni talab qiladi. Bunday tadbirlar insonlarning ijtimoiy-pisxologik talablariga javob berib, mayda guruhlardan ommaviylikka о‘tib, shaxslarning ommaviy harakatidagi faolliklarini oshirib, bayramona dam olishdek sharoitni yaratishga turtki bо‘ladi.

Maydonlarda, bog‘larda, kо‘chalarda о‘tkazilayotgan ommaviy tadbirlar nafaqat ommaviy xatti-harakatni yuzaga keltiradi, balki karnavallar, sayillar, festivallarda estetik zavq bag‘ishlab, tomoshalarning tomoshaviyligini oshirib, bayramona kayfiyatni vujudga keltiradi. Chunonchi, bayramlarda insonlar yangi, gо‘zal kiyimlar kiyishadi, lazzatli taomlar tayyorlashadi, hamma kо‘tarinki kayfiyatda bо‘ladi. Bayram kuni yomonlar-yaxshi, xasislar-sahiy, xunuklar-gо‘zal bо‘ladi. Bayramlarning afzalliklari haqida qancha gapirsak oz, u keng xalq ommasini о‘ziga jalb qilib, madaniy, ma’naviy ozuqa berib, hayotimizning barcha jabhalarini keng namoyish qiladi. Professor E.V. Sokolov bayramlarning ahamiyati haqida quyidagilarni yozadi: «Bayramning ijtimoiy-siyosiy va madaniy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, u muhim an’analarni qо‘llab, insoniyat madaniyatining yutuqlarini mustahkamlaydi» 16 . Darhaqiqat, bayramlar millatning, jamiyatning moddiy va madaniy sohalaridagi eng yaxshi tomonlarini kо‘rsatib beradi. О‘zbekiston bayramlarida an’anaviy xalq pedagogikasi katta ahamiyatga ega bо‘lib, hozirgi kungacha bu an’analar bizga yetib kelgan. Ayniqsa, insonlardagi bir-birini e’zozlash, kattalarni hurmat qilish, ezgulikka intilish, gо‘zallikni asrash, milliy qadriyatlarni qadrlash, ilm-fanga intilish, vatanni sevish kabi chuqur falsafiy g‘oyalar ilgari surilib, tarbiyaning poydevori bо‘lib xizmat qilgan. Zamonaviy bayramlarimizda ham ana shu xalq pedagogikasining asosiy о‘gitlari saqlanib qolgan. Ommaviy bayramlarni tashkil etishga bо‘lgan ehtiyojning pedagogik aspekti shundaki, bu ehtiyoj, qiziqishni seneriy rejissyorlik va tashkilotchilik faoliyatini amaliy qurollar yordamida qondirishga erishishdir. Bayramlarni nazariy hamda amaliy tahlil qilish shuni kо‘rsatdiki, bayram oddiy madaniy ma’rifiy tadbir bо‘libgina qolmay, balki yuqori ijtimoiy, insoniyatning chuqur ildizli hayot faoliyatining kompleks shaklidir. Bu shaklni tadbiq etish borasida D.M. Genkin, A.A. Kanovich, Ye.V.Rudenskiy, L.S. Lapteva, A.F. Mazayev, U.X. Qoraboyev, B.S.Sayfullayev, F.YE.Ahmedov kabi olimlar izlanishlar olib bordilar. D.M. Genkin bayram va bayramona kayfiyatni tahlil qilib, quyidagi asosiy komponentlar va birlamchi ijtimoiy ehtiyojlarni ajratib kо‘rsatadi:



Birikishga bо‘lgan ehtiyoj, voqealarga bо‘lgan shaxsiy chidamlilikni toblab, unga bо‘lgan munosabatini izhor etishda bir maqsad sari intilish; Keng ijtimoiy muloqotga intilish ehtiyoji; Jamoa emotsional hayotidagi, jamoa xursandchiligi, tantanasi, intilishlarini namoyon etishga intilish ehtiyoji. Bu g‘oyalarning amalga oshishida haqiqiy, kompozitsion jihatdan mukammal, ma’naviy jihatdan boy, bayram tomoshalarini yaratish ommaviy bayramlar rejissyorlaridan jamiyatimiz oldida katta mas’uliyatni talab qiladi. Ommaviy bayramlar teatri bu, avvalam bor, qahramonona teatrdir. U о‘z g‘oyasi bо‘yicha masshtabli va monumentaldir. Ommaviy bayram va tomoshalar haqida fikr yuritishdan oldin biz, bayram bilan tomosha о‘rtasidagi farqni anglab olishimiz lozim. «Bayram» tushunchasi,

«tomosha» tushunchasidan ancha kengdir. Bayram har doim keng, faol, ijodiy xalq ommasining ishtirok etishi bilan farq qiladi. U katta maydonlarni egallab, hech qanday uzviy sahna maydoni va chegarasiga ega bо‘lmaydi. Tomosha bо‘lsa, bayramdan farqli, doimo aniq sahna maydonida о‘tkazilib, uzviy sahnaviy chegaraga ega bо‘lib, xalq ommasini ishtirokchi va tomoshabinga bо‘ladi. Nomoddiy madaniy merosimizning eng yashovchan, qadimiy, ardoqli va doimo har bir avlod badiy tafakkurining sarchashmasidan quvvat olib yangilanib boradigan an’analardan biri xalq sayillari hisoblanadi. Ajdodlarimizning tabiat va koinot haqidagi eng qadimiy tasavvurlari, e’tiqodiy qarashlari, dehvonchilik va chorvachilik xо‘jaligi bilan bog‘liq turli xil urf-odatlari, an’anaviy xalq taqvimi amallari, serhosillik g‘oyasini о‘zida ifodalovchi agrar marosimlar zamirida yuzaga kelgan navrо‘z bayrami – yilboshi sayli, tabiyatning barhayotligi tо‘g‘risidagi mifalogik ishonchlar asosida shakillangan “gul sayillari”. “boychechak sayli”, “sumalak sayli”, shuningdek, hosil bayramlari va sayillari asrlar davomida an’anaviy tarzda о‘tqazib kelingan. Xalqimiz bunday sayillarni hamisha kо‘z qorachig‘iday asrab-avaylab, takomillashtirib, badiy jixatdan sayqalantirib, bugungi kunga qadar tarakqiy ettirib keldi. Milliy qadriyatlarimiz tiklanib, nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash va keng kо‘lamda targ‘ib yetish borasida keng kо‘lamli ishlar amalga oshirilayotgan bugungi kunda qadimiy sayillar zamiridagi ezgu g‘oyalar asosida yosh avlodni tarbiyalash dolzarb vazifalarimizdan biridir. Milliy mustaqillik xalqimizning о‘z bobolari zakovati tufayli yaratilgan ulkan madaniy merosga bо‘lgan munosabatini tubdan yangilab, ajdodlarimiz tarixi, madaniyati, ma’naviy qadriyatlari tizimini keng kо‘lamda targ‘ib etishning misli kо‘rilmagan imkoniyatlarini ochib berdi. Istiqlol sharofati bilan dunyoqarashimizda, ongimizda rо‘y bergan yangilanish, ruxiy poklanish va ma’naviy tiklanish jarayoni madaniyat va istirohat bog’lari taraqiyotida ham yaqqol aks etmoqda. Ajdodlarimizning kо‘p asrlik badiy tafakkur durdonalarini bebaxo milliy qadriyatlar tizimi sifatida saqlab qolish, targ‘ib va tadqiq etish, uning eng nodir namunalarini keng ommalashtirishda madaniyat va istirohat bog‘larining ham roli beqiyosdir. Chunki mamlakatimizdagi madaniyat va istrohat bog‘larida xalqimizning qadimiy sayillarini о‘tqazish hamda an’anaviy bayramlarni tashkil qilish orqali xalqimizning kо‘ngilli hordiq chiqarishini taminlash uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Madaniyat va istirohat bog‘larida an’anaviy sayillarni о‘tqazishni yanada takomillashtirish, ayniqsa, asirlar davomida sayqallanib kelgan eng xalqona milliy an’analarimizni tiklashga bor kuch va mahoratimizni solmog’imiz lozim. Bugungi kunda madaniyat muassasalarining faoliyati aholining bo'sh vaqtini tashkil etishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Madaniyat muassasasi ushbu faoliyat mazmunining keng doirasini va universalligini ta'minlaydi, shaxsning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi, turli xil ijtimoiy, kasbiy, madaniy hamkorliklarni yo'lga qo'yishga xizmat qiladi. Avvalo “madaniy dam olish muhiti” tushunchasiga to'xtalamiz. Ma'lumki, kishilarning madaniy dam olishlariga mo'ljallangan har qanday makon, u teratr va tomosha zallari bo'ladimi, madaniyat saroyimi yoki ko'p funksiyali sport majmuasi bo'ladimi o'ziga xos me'moriy echimi, bezalishi, turli-tuman sharoitlarga ega yordamchi inshootlari bilan ajralib turadi va insonda o'ziga xos taassurot tug'diradi Ana shu taassurot va ta'sir kuchi mazkur ob'ektning aurasini, ya'ni o'ziga xos madaniy dam olish muhitini belgilab beradi. Demak, “madaniy dam olish muhiti” deganda madaniy hordiq uchun xizmat qiladigan inshootlar, saroylar, zallar, istirohat bog'lari va boshqalardagi o'ziga xos shart-sharoitlar, yaratilgan imkoniyatlar tushuniladi.

Madaniy dam olish muhiti ko'pchilikni o'ziga jalb qiladi, chunki muloqot, dam olish, hordiq chiqarish, kishining madaniy saviyasini ko'tarish joyi bo'lib, zamon talablariga muvofiq bo'lishi lozim. Madaniy dam olish muhiti inson yashash muhitining bir qismi sifatida namoyon bo'ladi, masalan, uy muhiti, ichki muhit, ishlab chiqarish muhiti. Madaniy dam olish muhiti san'at, madaniyat, dizaynning eng sara ob'ektlarini birlashtirib, borliqning madaniy mohiyatini aks ettiradi, unda hayot tarzi, uning darajasi va sifati o'z in'ikosini topadi. Ushbu jarayonda madaniy muassasalar mutaxassislari (dizaynerlar kabi) zamonaviy texnologiyalar olami va inson o'rtasidagi madaniy vositachi sifatida maydonga chiqadilar.

Madaniy dam olish tuzilmasini quyidagi tarkibiy qismlarning mavjudligi nuqtai nazaridan kо‘rib chiqamiz:

faoliyat kо‘rsatuvchi subyektlar;

madaniy, tarixiy, badiiy, ma’naviy qadriyatlar, shuningdek madaniy buyumlar;

tabiiy landshaft, bio-о‘simlik majmualari;

moddiy-texnik vositalar, uy-rо‘zg‘or buyumlari va moddiy resurslar.

Sanab о‘tilgan tarkibiy qismlar madaniy dam olish faoliyatini yagona ijtimoiy-iqtisodiy hodisa, jamiyat va muayyan shaxs hayotining ajralmas mustaqil sohasi sifatida belgilaydi.

Madaniy dam olish subyektlari. Ushbu faoliyatning eng muhim tarkibiy qismi bо‘lgan bо‘sh vaqtni о‘tkazish va tashkil etish bilan shug‘ullanadigan individual va jamoaviy subyektlarni tahlil qilamiz. Bu subyektlar uning maqsadlari, vazifalari, mazmunini belgilaydilar. Subyektlar deganda aniq odamlar (bо‘sh vaqtga ehtiyoj sezadigan shaxslar, shuningdek, boshqa odamlar uchun bо‘sh vaqtni tashkil etishga yordam beradigan tadbirkorlar, mutaxassislar, madaniy muassasalar xodimlari), shuningdek jamoaviy subyektlar (firmalar, tashkilotlar va muassasalar guruhlari, madaniyat sohasining vakillik va ijro organlari va boshqalar) tushuniladi. Madaniy dam olish faoliyatining alohida subyektlari quyidagilarga bо‘linadi:

1) bо‘sh vaqtning asosiy subyektlari; biz odamlar haqida, shuningdek, dо‘stona guruhlar va bо‘sh vaqtlarini о‘tkazishda о‘z ehtiyojlarini amalga oshirishni istagan ishchilar jamoalari. Asosiy subyektlar orasida quyidagilarni ajratamiz:

• havaskor subyektlar. Ular bо‘sh vaqt о‘tkazishning (uyda, dо‘stona kompaniyalarda va boshqalar) faol turlariga havasmandlar bо‘lib, professional tashkilotchilarning xizmatlaridan foydalanmaydilar. Havaskor subyektlar – bu о‘zlarining bо‘sh vaqtlarini mustaqil ravishda tashkil qiladigan ov, baliq ovlash, sayr qilish va hokazolarni yoqtiradiganlar;

• tashkilotchilarning yordamiga murojaat qiladigan tashkilotlar (ularning tarkibiga alohida fuqarolar va ishchilar guruhlari kiradi). Bu holda ov qilish, baliq ovlash, sayyohlik safari, dam olishni xohlaydigan odamlar, ularga bunday imkoniyatlarni taqdim etadigan tegishli kompaniyalar xizmatlaridan foydalanadilar;

2) bо‘sh vaqtni professional tarzda о‘tkazadigan, asosiy faoliyat subyektlariga dam olish va kо‘ngil ochish ehtiyojlarini rо‘yobga chiqarishda yordam beradigan bо‘sh vaqtlarda qatnashadigan tashkilotchilar. Bunda bir qator mustaqil xodimlarni alohida kо‘rsatish kerak:

• professional dam olishni tashkillashtiruvchilar – yetakchi kompaniyalar rahbarlari, bо‘sh vaqtning turli sohalarida ishlaydigan madaniy muassasalar direktorlari, rahbarlari. Ushbu guruh vakillari dam olishni tashkil etish va iste’molchilarga xizmat kо‘rsatishning asosiy bosqichlarini ishlab chiqish, tashkil etish va amalga oshirishda muhim shaxslardir; kо‘p holatlarda ular bо‘sh vaqtni mazmunli о‘tkazish va daromad olish uchun mas’uldirlar;

• san’at va ommaviy axborot vositalarining professional va ijodiy xodimlari – ushbu guruh vakillari tomoshabinlar bilan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri aloqada bо‘lishadi – san’atning turli xil va janrlarida ishlaydigan san’atkorlar, kontsertmeystrlar, dirijyorlar, jurnalistlar, radio va televideniye dasturlari boshlovchilari va boshqalar;

• madaniy buyumlar va mahsulotlar ishlab chiqarishning turli sohalarida yuqori malakali ishchilar va mutaxassislar, shuningdek madaniy muassasalar, xizmat kо‘rsatish sohasi tashkilotlari xodimlari (bosma va nashriyot ishchilari, shifokorlar, murabbiylar, dam olish markazlarining animatorlari, joylashtiruvchilar, turistik guruhlar rahbarlari, gidlar, muhandislar, dasturchilar va boshqalar). aloqa tarmoqlari provayderlari va boshqalar). Kо‘pgina hollarda, ular bо‘sh vaqtni tashkil etishning asosiy bosqichlarini amalga oshirishda, madaniy mahsulot iste’molchilari (dam oluvchilar) bilan bevosita о‘zaro aloqada bо‘lishadi;

• yuqori malakali mutaxassislar va ijodiy xodimlar tarkibiga kirmaydigan oddiy ijrochilar dam olish xizmatlarini tashkil etuvchilar – menejment jamoasiga kirmaydigan madaniy muassasalar, dam olish markazlari va sayyohlik agentliklari xodimlari; oddiy ijrochilar, ularning yordamchilarining ba’zilari tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri iste’molchi bilan о‘zaro aloqada bо‘lishadi (masalan, restoran ofitsianti), boshqalari xizmat kо‘rsatish mahsulotlarini iste’molchilariga vaqti-vaqti bilan murojaat qilishi yoki umuman xizmat kо‘rsatuvchi xodimlar – xizmatlarning iste’molchilari bilan yaqin aloqada bо‘lmagan madaniy muassasalarning texnik xodimlari, xavfsizlik kompaniyalari xodimlari va boshqalar muhim funksiyalarni bajaradilar: ular mutaxassislar va aholining bо‘sh vaqtini tashkil qilishda normal ish sharoitlarini ta’minlash bilan bog‘liq kо‘rinmas xizmatlarni taqdim etadilar. Ushbu ishchilar dam olish xavfsizligini, issiqlikning mavjudligini, yopiq joylarda elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berilishini, uskunalarning ishonchli ishlashini va boshqalarni ta’minlaydi;

• markazda va joylardagi ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi hokimiyat vakillari, shuningdek madaniy, davolash-sanatoriy, sport va sayyohlik muassasalari, axborot tuzilmalari va yuridik tashkilotlarning xodimlari. Ushbu muassasalar va tashkilotlarning xodimlari dam olish va madaniy-hordiq sohasidagi davlat, mintaqaviy va shahar siyosatini amalga oshiradilar, ushbu sohadagi qonunchilik normalarining bajarilishini nazorat qiladilar;

• moliyalashtirish bilan bog‘liq tadbirkorlik funksiyalarini bajaradigan, shuningdek, bо‘sh vaqtni tashkillashtiruvchilar (ishlab chiqaruvchilar, ma’murlar, jamoat fondlari, homiylar, xayriyachilar va boshqalar) donorlik yordami kо‘rsatadigan shaxslar va tuzilmalar, shuningdek biznes sheriklar (bank tuzilmalari va boshqalar).

Kollektiv dam olishni tashkillashtirishni tasniflashga bir nechta yondashuvlar mavjud. Jismoniy va yuridik shaxslarning xususiy mulki bо‘lgan tashkilotlar. Korxonalar va dam olish muassasalarining faoliyati va madaniy-kо‘ngilochar mahsulot turlari:

• tovarlar va madaniy mahsulotlar ishlab chiqarish (matbaa zavodlari, badiiy ustaxonalar, hunarmandchilik va suvenir mahsulotlari fabrikalari va boshqalar);

• turli xil xizmatlarni taqdim etish: moddiy (restavratsiya, video yozuvlar, fotosuratlar va boshqalar), nomoddiy (ta’lim, madaniy, axborot, о‘yin va boshqalar);

Asosan madaniy buyumlar, san’at buyumlari savdosi bilan shug‘ullanadi.

 Korxonalar va dam olish maskanlarining maqsadli yо‘nalishi:

  Madaniy ma’rifat, badiiy ijod, dam oluvchilarning estetik tuyg‘ularini rivojlantirish;

• tomoshabinlarning dam olishi va hordiq chiqarishi.

Korxona yoki hordiq chiqarish muassasasining iqtisodiy faoliyati usuli:

• tijorat turi. Eng kо‘p foyda keltiradigan, iqtisodiy foyda keltiradigan faoliyatning bozor tamoyillari bо‘yicha qо‘llanma - madaniyat va hordiq chiqarishning turli sohalarida xizmat kо‘rsatadigan firmalar, shuningdek xususiy tashkilotlar, madaniy mahsulotlarni ishlab chiqarish, namoyish etish va sotish uchun tijorat tuzilmalari;

• notijorat turi. Maqsadlar iyerarxiyasida faoliyatning madaniy jihatlari ustunlik qiladi: badiiy qadriyatlar va urf-odatlarni saqlash, yoshlarning estetik va axloqiy tarbiyasi, millatning madaniy nufuzini saqlash, badiiy ijodni rivojlantirish va boshqalar - ommaviy axborot kanallari, davlat teatrlari, kutubxonalar, muzeylar, klublar;

Aralash turdagi. Notijorat korxonalar va muassasalar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradilar va ushbu faoliyatdan olingan daromad о‘z tashkilotida qо‘shimcha mablag‘larni qayta taqsimlash orqali ularni rivojlantirishga yо‘naltiriladi, moliyalashtirish yetarli bо‘lmagan sharoitda ba’zi notijorat tashkilotlari ushbu turga qо‘shilishadi.

Keyingi vaqtlarda madaniy dam olish muhiti jadal faollashmoqda, ayniqsa eng so'nggi texnik yangiliklarning joriy etilishi tufayli shart-sharoitlarning qulayligi, komfortlilik sezilarli darajada oshmoqda. Dizayn bu erda insonning madaniy dam olish muhitini tashkil etadigan narsalar va tuzilmalar dunyosi bilan uzviy aloqasini ta'minlash va madaniy dam olish dasturlarini yaxlit idrok etish uchun sharoitlarni yaratish vositasi sifatida xizmat qiladi.

Hozirgi vaqtlarda madaniy dam olish muhitini zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash darajasi oshib bormoqda. Buning uchun Toshkentda barpo etilgan birgina “Humo” arenasini eslash kifoya.

Madaniy dam olish muhitining asosiy xususiyatlari – bu hissiy bo'yoq berishdir, ya'ni ushbu maskandan oladigan taassurotni bo'rttirib ko'rsatish, tadbirlar, tomoshalarni bino va inshootlarning qo'shimcha effektlari bilan yanada yorqinroq bo'lishini ta'minlashdir. Bundan inson ongi shu erda, shu vaqtda hozir bo'lganidan huzurlanish hissini tuyadi va dam olish muhitining ahamiyati kattaligiga e'tibor qaratadi.

Madaniy dam olish muhiti ishlab chiqarish, kundalik maishiy hayot va boshqa narsalarga qaraganda odamga dunyo madaniyatining buyuk qadriyatlari, sivilizasiya yutuqlari bilan tanishish, ilmiy tushunchalar va kashfiyotlar dunyosiga kirish imkoniyatini beradi. Shuni ta'kidlash kerakki, madaniy dam olish muhitining inson va umuman jamiyat hayotidagi ahamiyatiga e'tibor bermaslik yoki uni noto'g'ri tushunish, madaniy-ma'rifiy muassasalar binolarini, maskanlarini qandaydir keng qamrovli umumiy rejaga muvofiq loyihalashtirish, namunaviy loyihalar asosida qurish xalqning madaniyatini shakllantiruvchi qudratli vositaga putur yetkazishi hamda madaniy dam olish faoliyatining inqiroziga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, madaniy dam olish muhiti san'at va madaniyat tizimlarning ishlashiga hissa qo'shadigan badiiy elementlari to'plami emas, balki o'z bazasi, maqsad va vazifalari hamda faoliyat shakllariga ega bo'lgan mustaqil, o'ziga xos madaniy dam olish tizimidir. U insonni madaniy, estetik va badiiy qadriyatlar dunyosi bilan tanishtiradigan, uning kamoloti uchun madaniy shakllanish sharoitlarini yaratadigan makondir.

Jamoa madaniy dam olish faoliyatining asosiy sub'ekti bo'lgan oldingi davrdan farqli o'laroq, endilikda o'z ehtiyojlari va ijtimoiy-demografik xususiyatlariga ega shaxs madaniy dam olish sub'ekti sifatida namoyon bo'lmoqda. Xizmat ko'rsatish va undan foydalanishga oid qarashlarning rivojlanishi madaniy dam olish maskanlarini oqilona joylashtirish muammosini hal qilishga ham bevosita turtki bo'ldi.


Download 172,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish