Tadqiqotda qо‘llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi.
Mavzuni yoritish jarayonida tadqiqotchi tomonidan ilmiylik, holislik, tarixiylik tamoyilllariga tayanildi. Asosiy e’tibor yuz bergan madaniy jarayonlarning о‘zaro dialektik aloqadorligi va bir tizimligiga qaratildi. Tadqiqot jarayonida mavzuga oid milliy va umuminsoniy qadriyatlar, milliy istiqlol g‘oyasidan kelib chiqqan holda yondashildi.
Shuningdek, tadqiqotning nazariy va manbaviy asoslari Prezident I.A. Karimovning milliy madaniyati, ma’naviyat va milliy istiqlol mafkurasiga bag‘ishlangan asarlaridagi kо‘rsatmalari va О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining madaniyat markazlarini tashkil etish va havaskorlik jamoalarini shakllantirishga oid qarorlarida bayon etilgan vorisiylik va tadqiqot olib borishda yagona obyektiv usuldan foydalanish ham belgilab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |