Kirish I bob chor bakr majmui ba undagi dahma, xaziralar tarixi


Xoja Sa’diddin – Kalonxoja Xoja



Download 2,27 Mb.
bet5/19
Sana28.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#712548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Hujjat (1)

Xoja Sa’diddin – Kalonxoja Xoja Islomning katta o‘g‘li, 1531 yilda tug‘ilgan. Otasining vafotidan so‘ng Abdulloxon saroyida shayx ul-islom lavozimida xizmat qildi. U kishini Nosiriddin Xoja Sa’d ham deyishadi. Uchta o‘g‘illari- Tojiddin Hasan, Abdurahim Xoja (Oyposhshaoyim shu kishining qizlari), Abdu Xojalar ham xon darborida xizmat qilganlar. Otasi Xoja Islomga qaynotasi Muhammad Tuman mang‘itning Xuroson yerlaridan katta yer, mol-mulk meros qoladi. Bu merosiy hujjat Husayn Boyqaro, Badiuzzamon, Muzaffar Husayn va Alisher Navoiy muhrlari bilan tasdiqlangan edi. 1588 yilda Xoja Sa’d mazkur hujjatni shoh Abdulloxonga ko‘rsatadi. Shoh hujjatni qayta tasdiqlash uchun farmon chiqaradi. Merosiy mulk daromadidan Xoja Sa’d juda katta xayrli ishlarni amalga oshiradilar. Karvon yo‘llari ustida bir nechta sardobalar qurdiradilar, ariqlar qazdirib, suv chiqaradilar. Xoja Sa’d 1589 yilda vafot etadilar, qabrlari Chor Bakrda. U kishidan keyin o‘g‘illari Tojiddin Hasan “qoyim maqom” bo‘ladilar.
Xoja Tojiddin Hasan ibn Xoja Sa’diddin 1574 yilda tug‘ilgan. Otasining ishlarini davom ettiradi. Kenja o‘g‘illari Abul Abbos Muhammad Tolib o‘zining “Matlab ut-tolibin” kitobida otasi haqida juda ko‘p ma’lumot beradi. Unda aytilishicha, Tojiddin Hasan tabobat, me’morchilik ilmi bilan ham shug‘ullangan. Hazrati Eshon (Tojiddin Hasan) ning sa’y –harakatlari bilan 70 dan ortiq masjid, madrasa, hammom, jumladan, Buxoro shahristonida, masjidi Jome’ning shimol tomonida madrasa, Korxona masjidi, Ko‘i Sari xiyobon masjidi, Jo‘ybor mahallasidagi xonaqoh, Kalobod masjidi (aslida Gulobod bo‘lgan), Jo‘i zar masjidi, Dehnav, Isqara, Shojamin, Zandana, Qorako‘l tumanidagi masjid, 12 ta hammom va sardobalar qurildi. Buxoro shahristonida katta “Dorush-shifo” (Shifo uyi) dorixonasini qurdiradilar va u yerda o‘zlari dori – darmon tayyorlab, ehtiyojmandlarga bepul tarqatadilar. Tojiddin Hasan 1646 yilda vafot etdilar. Qabrlari Chor Bakrda, ota-bobolari Xoja Abu Bakr Sa’d va Xoja Islom qabrlarining qibla tomonida, peshtoqli mehrobning orqa qismida joylashgan. U kishining Yusuf Xoja, Muhammad Xoja, Toyyib Xoja va Abul Abbos Muhammad
Tolib ismli o‘g‘illari bo‘lgan.
Chor Bakrdagi nurafshon obidalar Hazrat Xoja Faxriddin Muhammad Islom – Hazrat Xoja Islom Jo‘yboriyning sa’y-harakatlari bilan bunyod etilgan.Chor Bakr me’moriy ansambli Xuroson yo‘li yoqasida joylashgan eng muhtasham bino hisoblanib, uni barpo etish g‘oyasi Jo‘ybor xojalarining yirik vakili Xoja Islomda paydo bo‘ladi. Obida qurilishiga sarf etilgan mablag‘larning bir qismi Jo‘yboriy xojalar xonadoni hissasiga to‘g‘ri keladi. Abdulloxon Buxoro taxtiga o‘tirgach, Sumitan mavzeida o‘z piri Xoja Islom rejalashtirgan binolarni qurishga kirishadi.
Qurilishning bosh me’mori – Xalifa Ne’matulloh degan kishi bo‘ladi. Natijada 1559-1570 yillar mobaynida masjid, madrasa va xonaqohdan iborat ajoyib bir me’moriy yodgorlik vujudga keladi. Jo‘yboriy xojalardan Nasriddin Xoja Sa’d (Xojayi Kalon), Xoja Tojiddin Hasan, Hazrat Abdurahim Xoja, Hazrat Muhammad Xoja va Yusuf Xojalar ham ota –bobolarining ishlarini davom ettirib, bunyodkorlik ishlari bilan shug‘ullanganlar. Chor Bakr arofidagi yerlarni obod qilib, ularni vaqfga aylantirganlar. Vaqfdan tushgan mablag‘lar hisobidan majmuadagi masjid, madrasa, xonaqoh, dahma va xaziralar ta’mirlangan. Madrasada ilm oladigan talabalar ham vaqf tushumlaridan ta’minlangan. Chor Bakr ziyoratgohi tom ma’noda musulmonlarning ilm oladigan, ibodatlarini ado etadigan, yetim-esir, beva-bechoralarni o‘z bag‘riga olgan xayr-saxovat manzili bo‘lgan.

Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish