Kirish i-bob. Adabiyotlar sharxi



Download 0,72 Mb.
bet12/23
Sana31.05.2022
Hajmi0,72 Mb.
#623103
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
Дисс. ор - для слияния

2.4 Tuproqlari
Tuproq bu landshaft ko’zgusi bo’lib, undagi xususiyatlar landshaftning haqiqiy manzarasini aks ettiradi. Farg’ona vodiysi tuproqlari rel’ef, tog’ jinslarining litologik tuzilishi, gidrologik sharoit, arid (quruq) kontinental (quruqlik) iqlim, o’simlik qoplamiga bog’liq holda vujudga kelgan. Farg’ona vodiysi intensiv sug’orma dehqonchilik markazi bo’lgani uchun qadimdan aholi tuproqqa kuchli ta’sir ko’rsatib kelgan. SHuning uchun tekislik va adirlarda tuproqlar keng o’zlashtirilib, madaniy tuproqqa aylantirilgan. Tabiiy holdagi tuproqlar tog’ va yaylov mintaqasida murakkab rel’efli hududlarda kichik maydonlardagina saqlanib qolgan. SHunday qilib, vodiyda cho’l, adir, tog’ va yaylov mintaqasi tarkib topgani uchun ularga xos tuproqlar tarqalgan.
Cho’l tuproqlari. Farg’ona vodiysining katta qismi cho’l mintaqasida joylashgan. Uni ko’pincha Markaziy Farg’ona tekislik o’lkasi deb ham atashadi. Ushbu hudud Farg’ona botig’ining o’rta qismini, Sirdaryo havzasini o’z ichiga oladi. Bu yerda Markaziy Farg’ona cho’llari (Qoraqalpoq, Yozyovon, Ulug’nor, Mingbuloq) katta maydonlarni egallab yotadi. Uning mutlaq balandligi o’rtacha 350-500 m ni tashkil etadi. Iqlimi quruq, issiq, yog’inlar kam tushadi (80-100 mm). Yanvar izotermasi -4-8℃ , iyulь izotermasi +26+28℃ ga teng. Eng issiq harorat +44℃ ga yetadi. SHamollar, ayniqsa “Qo’qon” shamoli tuproqlarga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Tuproqlarda sho’rlanish yuqori, sug’orish ta’sirida yanada ortib bormoqda. Bu esa tekislik zonasi tuproqlarida o’simliklar o’sishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Markaziy Farg’onaning katta qismini sho’rxok va qumli tuproqlar egallagan. Shuningdek, o’tloqi-botqoq, o’tloq, o’tloq-taqir tuproqlari Sirdaryo havzasida tarqalgan. Shuningdek, o’tloq voha tuproqlari kichik maydonlarda uchraydi.
O’tloq tuproqlar daryolar olib kelib to’shagan allyuvial yotqiziqlar ustida tarkib topgan va ular vaqt o’tishi natijasida o’tloq-allyuvial tuproqlarga aylangan. Sizot suvlar sathi pasayishi hisobiga o’tloq tuproqlar taqir, o’tloq-taqir tuproqlarga aylanadi. Gumus miqdori 0,3-0,8 foizga yetadi.
O’tloq-allyuvial tuproqlar antropogen omil ta’sirida kuchli o’zgarishga uchragan. Faqatgina Sirdaryo terrasalari kichik-kichik maydonlarda saqlanib qolgan.
Botqoq tuproqlar Sariqsuv botig’ida, Damko’l va Achchiqko’l qoldiq ko’llari atrofida tarqalgan. Bu tuproq yengil mexanik tarkibga ega. Sizot suvlari 1-1,5 m chuqurlikda joylashgan.
Taqir tuproqlar. Bu tuproqlar asosan Isfayram yoyilma konusi etaklarida, Qoraqalpoq cho’lida uchraydi. Sizot suvlari 2,5-4 m chuqurlikda joylashgan. CHirindi kam, atigi 0,5-0,8 foizga teng. Cho’l qumli tuproqlari Markaziy Farg’onada, So’x yoyilma konusining janubiy qismida, Achchiqko’l massivi va orol shaklidagi tepaliklarda tarqalgan. Sizot suvlari 4-5 m chuqurlikda joylashgan, chirindiga kambag’al, bor-yo’g’i 0,5 foizga yetadi.
Sho’rxoklar Markaziy Farg’onada eng keng tarqalgan tuproq turi hisoblanadi. Ular o’zlashtirilgan hududlarda orollar shaklida, o’zlashtirilmagan hududlarda yaxlit yuzani hosil qilib joylashadi. Grunt suvlari 1-2 m chuqurlikda joylashgan, gumus miqdori 1 foizga yetib yetmaydi.
Adir tuproqlari. Farg’ona vodiysi adirlarida asosan bo’z tuproq va sur-qo’ng’ir tuproqlar katta maydonlarni egallaydi. Adirlarning janubi-g’arbida sur-qo’ng’ir tuproqlar, sharqida esa bo’z tuproq tarqalgan. Adirlarda yillik yog’in miqdori 100-250 mm. G’arbdan sharqqa ortib boradi. Yillik o’rtacha harorat 13,5℃ ga teng.
Adir zonasining asosiy tuprog’i hisoblangan bo’z tuproqlarda chirindi miqdoriga qarab, uning och tusli, oddiy (tipik) va to’q tusli bo’z tuproq turlari ajratiladi. Bo’z tuproqlarning litologik tuzilishida lyoss, dyossimon jinslar, qumoq, shag’alli jinslar faol ishtirok etadi.
Och tusli bo’z tuproqlar adirlarning 400-600 m gacha bo’lgan etaklarida tarqalgan. Ularda chirindi miqdori ga kambag’al, ya’ni atigi 1-1,5 foizni tashkil etadi. Och bo’z tuproqning katta qismi obikor dehqonchilik mintaqasiga to’g’ri keladi.
To’q tusli bo’z tuproqlar 900 m dan to 1200 m gacha bo’lgan hududlarni o’zida qamrab oladi va ularda chirindi miqdori nisbatan ko’p bo’lib, 3-4 foizgacha boradi. Ular asosan lyossimon qumoq yotqiziqlar tarqalgan joylarda hosil bo’lgan. Tipik bo’z tuproqqa nisbatan chirindi miqdorining ko’pligi, rangining to’qligi bilan ajralib turadi. Bunday tuproqlarda sho’rlanish deyarli uchramaydi. Afsuski, bunday unumdor tuproq ancha balandda joylashgani uchun sug’orma dehqonchilikda kam foydalaniladi.
Farg’ona vodiysida o’rta tog’ dashtlari shimoliy, shimoli-g’arbiy, shimoli-sharqiy qismida joylashgan tog’larda 1400-1500 m dan 2200-2300 m gacha, janubiy, janubi-g’arbiy qismida joylashgan tog’larda 1500-1600 m dan 2400-2600 m gacha bo’lgan hududlarni o’z ichiga oladi. Ularda to’q tusli bo’z tuproqlar, tog’ jigarrang, tog’-dasht tuproqlari tarqalgan. Bu tuproqlarda chirindi miqdori ko’proq (4-8 %), ayrim joylarda harttoki, undan ham yuqori. Undan yuqori balandliklarda tog’-o’rmon qora-qo’ng’ir, tog’-qo’ng’ir o’rmon tuproqlari tarqalgan bo’lib, ularda ham chirinchi miqdori yuqori (6-8%) bo’ladi. 2400-2600 m va undan baland hududlarda baland tog’ o’tloq va o’tloq-dasht tabiat zonasida tog’-o’tloq dasht-qo’ng’ir, qaramtir subalp tuproqlari vujudga keladi.


Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish