Kurs ishining ob’yekti: Ekologik monitoring va ekologik auditning aloqadorlik mohiyatini ilmiy adabiyotlar va internet ma’lumotlari asosida yoritish.
Kurs ishining predmeti: Ekologik monitoring va ekologik auditning aloqadorlik mohiyatini o`rganish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Ekologik monitoring va ekologik auditning aloqadorlik mohiyatiga qaratilgan tavsiyalar va ko`nikmalar ishlab chiqildi.
II BOB. Ekologik - muhit monitoring.
2.1 Atrof muhit iflosanishini monitoring qilish bo‘limi.
Ekologik monitoringning mohiyati va maqsadi atrof-muhitning holatini ilmiy asoslangan usullar bilan kuzatib borish, uning ifoslanish darajasini aniqlash va sifat holatini baholash, atrof-tabiiy muhit holatidagi salbiy o‘zgarishlar va ularning salbiy oqibatlarini oldindan aytib berish, (prognoz qilish), tabiiy resurslardan foydalanish va antropogen faoliyat ta’siri tufayli atrof-tabiiy muhit holatidagi o‘zgarishlarni kuzatish, aniqlash, baholash, oldindan aytib berish (prognozqilish), ularning istiqbolini belgilash to‘g‘risidagi axborotlarni olish, yig‘ish, saqlashdan iborat bo‘lib, u o‘z oldiga atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning qulay atrof-muhitga ega bo‘lishhuquqlarini ta’minlashdan iboratdir.
Ekologik monitoring davlat ekologik funksiyasining shakllaridan biri hisoblanganligi sababli, ekologiya sohasidagi davlat boshqaruvchi funksiyasitizim mohiyati ekologik monitoring, ekologik nazorat, ekologik ekspertiza, atrof tabiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy pesurslardan oqilona foydalanishni rejalashtirish, hisob-kitob va davlat kadastrlarini yuritish, tabiiy resurslarni foydalanish uchun berish va qayta taqsimlash, atrof tabiiy muhitsifatini me’yorlashtirish, tabiiy resurslardan foydalanish yuzasidan kelib chiqadigan nizolarni hal qilishdan iboratdir.
Mamlakatimizda davlatning ekologik monitoring siyosati muam-molarini huquqshunos olim Sh.H.Fayziyev tomonidan o‘rganilgan. Uning monografik tadqiqotlarida davlatning ekologik siyosatining yuridik tabiati, mohiyati, asosiy yo‘nalishlari, o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari, fuqarolarning qulay atrof-tabiiy muhitga ega bo‘lish huquqini ta’minlashning davlat huquqiy mexanizmi masalalarini keng yoritgan. Halqaro ilmiy-anjumanda “Bugungi kunda ekologik qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish tabiat-jamiyat tizimini barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun amaldagi qonun hujjatlarini qaytadan tahlil qilib, yangi tahrirda qabul qilinishi, qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish, mavjud ekologik muammolarni hal qilishga xizmat qiladi”,- deya anjumandama’ruza qilgan.
Respublikamizda ekologik monitoringni huquqiy tartibga solishunga bog‘liq muammolarni nazariy va amaliy jihatdan yaxlit tarzda tadqiq etish, ekologik monitoringni tartibga soluvchi me’yoriy- huquqiy hujjatlarni zamon talablariga javob beradigan darajada ishlab chiqarish va tadbiq etishdan iboratdir.
Viloyatda ekologik monitoringniviloyat boshqarmasi xuzuridagi Analitik nazorat monitoring bo‘limiO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 iyun 377-son “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasixuzuridagi Atrof muhit ifloslanishini monitoring atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitiknazorat markazi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorihamda 2016 yil 23 avgustdagi 273-son “2016-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi QaroriasosidaO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”
2002 yil 3 apreldagi 111-sonqarori asosida amalga oshiriladi.
Analitik nazorat monitoring bo‘limining asosiy vazifasi viloyatda suv va suv resurslari, tuproq hamda atmosfera havosining ifloslanishini oldini olish maqsadida muntazam ravishda tahlillar olib boradi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining2010 yil 3 fevral “Kommunalho‘jaligitizimida tabiatni muhofaza qilishfaoliyatini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi Qonuni asosida viloyatda har yiliatrof-tabiiy muhitga oshiqcha oqova suvlarni oqizganlik uchunkompensatsiya to‘lovlarini to‘lovchi obyektlar ro‘yxatgaolinadi. Xozirgi vaqtda ulartomonidan belgilangan kompensatsiya to‘lovlari amalga oshirilmoqda. Shuning uchun yuqorida qayd qilingan obyektlarmazkur qarorga binoan davlat nazorati bilan xar biratrof-tabiiy muhitga oshiqcha oqova suvlarni oqizayotgan korxona, tashkilot, muassasa o‘z xududi va uning atroflarida atrof–muxitni ifloslantiruvchi manbalarida suv ifloslanishustidan nazorat olib borishlari lozim bo‘ladi.
Bu borada Navoiy viloyatida oqova suvlarni kanalizatsiya (maishiy, sanoat va yomg‘ir suvlarini ularning paydo bo‘lish joylaridan texnik tizimli ravishda olib chiqish) tarmoqlariga qabul qilib oladigan 2 taSuv tozalash inshoatlari faoliyat yuri-tadi. Bu Navoiy shahridagi “Navaoiazot“ Ishlab chiqarish bir-lashmasiga qarashli Maishiy-ho‘jalik chiqindi suvlarni qabul qilish inshoati, (BXO) uning loyihaviy quvvati 117 ming m3/sut, Uchkuduk suv tozalash inshoatining loyihaviy quvvati esa 49 ming m3/sut ga teng.
Ekologik monitoring ekologik ekspertiza, ekologik nazorat, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishni boshqarish tizimida bir-biriga bog‘liq va bir –birini to‘ldiruvchi yagona faoliyat turidir. Shu bilan birga, ularning har biri o‘z vazifalarini bajarishga qaratilgan, o‘z obyektlariga, tamoyillariga, shakllariga turlariga ega jarayonlardir.
Olib borilgan tadqiqotlar jarayonida ekologik monitoringni tashkil etishva amalga oshirish prinsiplari quyidagi qoidalarni kiritishga imkoniyatini yaratdi :
1.Ekologik monitoring ma’lumotlarining ishonchliligi;
2. Doimiylik, davriylikva yangilanish;
3. Obyektivlik;
4. To‘liqlik, har tomonlamalik va komplekslilik;
5. Ekologik monitoring ma’lumotlariga davlatmulkchiligi, ya’ni
bunday ma’lumotlar davlat mulkiekanligi;
6. Ekologik monitoring o‘tkazish usullarining ilmiyligi ;
7. Oshkoralilik;
8. Ekologik monitoring sohasidagi xalqaro- huquqiy xamkorlikdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi hamda Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiq-lashtiruvchi Respublika Kengashi bilan kelishilganobyektlarda o‘tkaziladigan tuproq, oqova va yerusti suvlari hamda atmosfera havosiifloslantiruvchi manbalar monitoringini o‘tkazishdanmaqsad,O‘zbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga oid qonunchilik talablariga rioya etilishi va ifloslantiruvchi moddalarni atrof-tabiiy muhitgabelgilangan me’yorlarda tashlanishi ustidan kuzatuv o‘tkazish, atrof-muhit ifloslanishi bazasini shakllantirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ustidan nazoratni o‘rnatishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |