2.2 Ekologik -muhit monitoringi va geografik-ekologik ekspertiza asoslari.
Atrof-muhit monitoringi mamlakatimizdagi bir qancha muassasa va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Atmosfera havosi va suv havzalarining ifloslanishi O‘zbekiston Gidrometeorologiya Bosh boshqarmasi tomonidan, yerosti suvlarining ifloslanishi, noxush tabiiy geografik jarayonlarning rivojlanishi O‘zbekiston Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasiga qarashli «O‘zbekgidrogeologiya» korxonasi tomonidan, tuproqlarning sho‘rlanishi va grunt suvlari me’yori, kollektor suvlari minerallashuv darajasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan, o‘rmonlar holati O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi tomonidan, atrof-muhitning inson salomatligiga ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan kuzatilib, nazorat qilib turiladi. Bu tashkilot va muassasalarning monitoring sohasidagi faoliyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan boshqariladi. Bu qo‘mita atrof-muhit holati bo‘yicha turli axborot va ma’lumotlarni yig‘ib, yuzaga kelgan ekologik vaziyatni baholaydi. Noxush ahvol vujudga kelgan bo‘lsa, tegishli tashkilotlarga xabar berish bilan birga uning oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
Yil davomida mamlakatimiz bo‘yicha olib borilgan kuzatish va nazorat ma’lumotlari yig‘ilib, o‘rtacha oylik ko‘rsatkichlar aniqlanadi.
Geografik-ekologik ekspertiza asoslari. XX asrning 60–70-yillaridan e’tiboran yirik xo‘jalik korxonalarini qurish va boshqa tadbirlar loyihalari mutaxassislarning har tomonlama ko‘rigidan o‘tib, ularning ruxsati bilangina amalga oshirila boshlandi. Bu jarayon umumiy ma’noda ekspertiza deb ataladi.
Ekspertiza deb, yirik muhandislik inshootlarini qurish loyihalarining mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazilishiga aytiladi. «Ekspert» so‘zi lotin tilida «tajribali» degan ma’noni bildiradi. Ekspert – biror sohada ekspertiza o‘tkazuvchi mutaxassis. Masalan, qurilish, geologiya, qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, atom energetikasi, mashinasozlik va h.k. sohalar bo‘yicha ekspertiza, asosan, loyihalanayotgan muhandislik inshootining atrof-muhitga ta’sirini baholash yuzasidan o‘tkaziladi. Ekspertizalar geograf k va ekologik ekspertizaga bo‘linadi.
Geografik ekspertiza deb, loyihalashtirilayotgan muhandislik inshootining atrof-muhit talablariga mos kelish-kelmasligini aniqlashga aytiladi.
Ekologik ekspertiza deb, inson faoliyatining atrof-muhit biologik (o‘simlik, hayvonot dunyosi va mikroorganizmlar) qismiga ta’sirini baho lashga aytiladi.
Geografik va ekologik ekspertiza bir-biriga barcha jihatdan yaqin va bir-birini taqozo qilishini e’tiborga olib, geograf k-ekologik ekspertiza deb ataladi. Geograf k-ekologik ekspertiza ekspertiza jarayonida muhandislik inshootining atrof-muhitga, aholi salomatligiga qanday ta’sir qilishi e’tiborga olinadi.
Ekspertiza turli darajalarda amalga oshiriladi. Davlat ekspertizasi, Vazirlik ekspertizasi, Davlat fan va texnika qo‘mitasi ekpertizasi, ilmiy va jamoatchilik ekspertizasi va boshqalar. Atrof-muhit bo‘yicha ekspertiza Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. Ushbu tashkilotda ekologik-geografik ekspertiza boshqarmasi mavjud.
O‘zbekistonda geografik-ekologik ekspertiza o‘tkazish. O‘zbekistonda o‘tgan asrning 90-yillaridan boshlab yirik inshoot va obyektlarning loyihalari geografik-ekologik ekspertizadan o‘tkazila boshlandi. Hozirgi paytda O‘zbekistonda yangi sanoat korxonalarini ekologik talablarga mos holda joylashtirish, mavjud korxonalar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar, atrof-muhitga chiqarayotgan chiqindilar masalasi atroflicha tahlil qilinib, texnologik jarayonlarni mukammallashtirish, gaz va changni tutib qoluvchi, ularni tozalovchi zamonaviy moslamalarni o‘rnatishga katta ahamiyat berilmoqda. Mamlakatimizda qurilayotgan yirik va o‘rtacha korxonalar ekologik tartib-qoida, belgilangan me’yorlar asosida qurilish bilan birga ishlash jarayonida atrof-muhitga zararli chiqindilarni chiqarishi me’yorda bo‘lishi kafolatlangan. Masalan, Asaka shahridagi yengil avtomobil zavodi, Qorovulbozordagi neftni qayta ishlash zavodi va boshqa korxonalar ekologik ekspertizadan chuqur va har tomonlama o‘tkazilgan.
Respublikamizda ta’lim tizimining barcha bo’g’inlari yangi ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlanmoqda. Pedagoglarga qo’yilayotgan talablar asosida o’z faoliyatlariga yangiliklar kiritib bormoqdalar. Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish jarayonida fan, texnika va ilg’or tajribalardan foydalanish bilan bir qatorda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanilmoqda. Bu jarayon o’qituvchilarning mas’uliyatini yanada oshirmoqda. Pedagogik texnologiya nima? Biz uni qanday va qayerda samarali qo’llay olamiz? Bu kabi savollarga javob berish uchun biz avvalo dars jarayoni, undagi o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini keng o’rganishimiz kerak? Dars – o’qituvchi va o’quvchining hamkorlikdagi, samarali mehnati. Darsni ijobiy tashkil etish, vaqtdan unumli foydalanish, dars maqsadlarini to’g’ri tanlash, metodlarni o’z o’rnida qo’llay olish, o’quvchilar bilan hamkorlik o’rnatib, sinfda ijobiy –emotsional muhitni yuzaga olib chiqish o’qituvchining asosiy faoliyati hisoblanadi. O’quvchilarni o’qisga o’rgatish, bilim berishdan o’quvchilarning bilimlarini mustaqil egallashlariga ko’maklashish hamda dasrda ijobiy natijaga erishish uchun turli usullar bilan birgalikda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tushunib qo’llay olish pedagogdan mahoratni talab etadi. O’quv jarayonining tarkibi uch qismdan iborat
-motivatsiya;
-bilish faoliyati;
-boshqarish faoliyati.
Ana shu uchala tarkib birgalikda harakat qilsa, pedagogik texnologiyada natijaga erishish mumkin. Pedagogik texnologiya asosida o’tkazilgan mashg’ulotlar o’quvchilarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o’z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o’z nuqtai nazarlarini asoslashlariga imkoniyat yaratadi. Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi o’qituvchi va o’quvchining belgilangan maqsadddan kafolatlangan natijaga aniq ketma-ketlik asosida tizimli, hamkorlikda erishishlari tanlagan texnologiyalariga bog’liq. Pedagogik texnologiyaning asosiy belgilariloyihalashtirish, amalga oshirish va kafolatli natija. O’qituvchi tomonidan dars loyihasini ishlab chiqish, texnologik xaritalarni tuzish, maqasdli amalga oshirish hamda natijaga erishish kabi avzifalar izchil bajariladi. Pedagogik texnologiyalarni qo’llashda innovatsion metodlarning o’rni va ahamiyati kattadir. Interfaol usullarning asosiy madsadi-o’quvchilarni faol harakatga undash, darsga jalb etish, hamkorlikda ishlashga o’rgatishdan iborat.
Ta’lim mazmuning interfaol metodlar bilan aloqasi. Shunday qilib, biz o’qitish metodlarini tanlashni takomillashtirishning birinchi muhim shartini ularni tizimlashni, o’quv jarayonini rejalashtirish muolajalariamaliyotida qo’llash bilan bog’liqlikni aniqlashtiradigan yaxlit yondashuvni tavsifladik. Pedagogikada an’anaviy metodlarni tanlash mezonlari katta miqdorda ishlab chiqilgan, keyingi yillarda didaktik olimlarning ishlarida ularning yigirmadan ortig’i keltiriladi.
Interfaol metodlarni tanlash mezoni – ularning ta’lim va tarbiyani rivojlantirish masalarni yechishga yuqori yo’nalganligidir. Bu mezon turli xil metodlarni u yoki bu doiradagi vazifalarni yechish imkoniyatlarini baholash yo’li bilan joriy etiladi, chunki ijtimoiy tajriba elementlarini o’zlashtirishda ularning imkoniyatlari turlichadir. Interfaol metodlarni tanlashning navbatdagi mezoni ularning ta’lim mazmuni xususiyatiga mos kelishdir. Metod mazmuni harakatlanish qismi sifatida ham aniqlanadi. Shu bousdan bu mezonning hisobga olinishi shubhasiz. Bir metod yordamida mavzu mazmuni to’laroq ochib berilsa, boshqasi uni ijobiy o’zlashtirishga imkon tug’diradi. Interfaol metodlarning tanlashning yana bir mezoni ularning talabalar o’quv imkoniyatlariga to’liq mos kelishi, ya’ni samarali o’quv faoliyati uchun ichki va tashqi shart- sharoitlarining birligini ta’minlashdir. Interfaol o’qitish metodlaridan foydalanishda pedagogning xususiy imkoniyatlariga mos kelishi lozim.Bu pedagogning o’qitish metodlari nazariyasi va amaliyoti bilan o’qitsh jarayoning qonuniyatlari bilan bilish nazariyalari ta’lim mazmuni nazariyasi va boshqa mavjud qonunlar bilan qurollanganllik darajasini hisobga oladi. Interfaol metodlarni tanlash mezonlaridan keyingisi-ularning o’quv jarayonini tashkil etish shakllari bilan mos kelishidir.Darvoqe, o’qitishning yalpi, guruhli va individual shakllari turlicha metodlarni talab etadi.Misol uchun debat metodi ikki talaba o’rtasidagi bahs hisoblansa, “aqliy hujumda” guruhdagi barcha talabalarning ishtiroki zarur bo’ladi. Interfaol mtedlarning pedagogik texnologik prinsiplariga mos kelishi umumlashtiruvchi mezon hisoblanadi.Ma’lumki, pedagogik texnologik ham ma’lum qonuniyatalar asosida loyihalanadi va o’quv jarayonini tashkil etishga asos yaratadi, joriy qilingach esa yakuniy natijani,talabaning u yoki mavzuni mustaqilligini ta’minlaydi. Ta’limning umumiy maqsadidan kelib chiqib o’qitishning ayni bosqichidagi tarbiyaviy va rivojlantiruvchi masalarni yechish zaruratni hisobga olgan holda ajratilgan variant tahlillanadi va baholanadi. Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay ,qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir.Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish,ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish,shuningdek,o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish,ular tomonidan egallangan bilim,ko’nikma,malaka darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondoshuvni talab etadi.
Pedagogik texnologiya o’z mohiyatiga ko’ra subyektiv xususiyatiga ega, ya’ni,har bir pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini o’z imkoniyati,kasbiy mahoratidan kelib chiqib holda ijodiy tashkil etishi lozim. Qanday shakl,metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar pedagogik texnologiyalar:
-pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish;
-o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida o’zaro hamkorlikni qaror toptirish;
-o’quvchilar tomonidan o’quv predmetlari bo’yicha puxta bilimlarning egallanishini ta’minlashi;
-o’quvchilarda mustaqil,erkin va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishi;
-o’quvchilarning o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
“Fikriy hujum” metodi o’quvchilarning mashg’ulotlar jarayonidagi faolliklarini ta’minlash,ularni erkin fikr yuritishga rag’batlantirish hamda bir xil fikrlash inersiyasidan ozod etish ,muayyan mavzu yuzasidan rang-barang g’oyalarni to’plash,shuningdek,ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabli bosqichida paydo bo’lgan fikrlarni yengishga o’rgatish uchun xizmat qiladi. “Fikriy hujum” metodi A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo’lib,uning asosiy tamoyili va sharti mashg’ulotning har bir ishtirokchisi tomonidan o’rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta’qiqlash,har qanday luqma va hazil-mutoyibalarni rag’batlantirishdan iboratdir.Bundan ko’zlangan maqsad o’quvchilarning mashg’ulot jarayonidagi erkin ishtirokini ta’minlashdir. Ta’lim jarayonida ushbu metoddan samarali va muffaqiyatli foydalanish o’qituvchining pedagogik mahorati va tafakkur ko’lamining kengligiga bog’liq bo’ladi.”Fikriy hujum” metodidan foydalanish chog’ida o’quvchilarning soni 15 nafardan oshmasligi maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodga asoslangan mashg’ulot bir soatga qadar tashkil etilishi mumkin.
Interaktiv-(inglizcha interaction-o`zaro ta`sir)metodlar-bu jamoa bo`lib fikrlash deb yuritiladi, ya`ni pedogogik ta`sir etish usullari bo`lib ta`lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o`ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o`quvchilarning birgalikda faoliyat ko`rsatishi orqali amalga oshiriladi.
Talabalar mustaqil ishining maqsadi – sеmеstr davomida fanlarning tizimli o`rganilishini tashkil etish, olingan bilim va ko`nikmalarni mustahkamlash va chuqurlashtirish, navbatdagi darslarga tayyorlash, yangi bilim izlashda – egallashda mustaqillikni hamda aqliy mеhnat madaniyatini shakllantirishdan iborat. Uning uchun ajratilgan vaqt ishchi o`quv rеjasi bilan bеlgilanadi va talaba uchun muayyan fanni o`rganishga ajratilgan o`quv soatlari umumiy hajmining 30-60 foizini tashkil etishi mumkin. Har bir o`rganilayotgan fan bir qator mavzuli bo`limlarga taqsimlanadi va ularning har biri uchun mashg`ulotlarning barcha muhim turlari, mustaqil nazariy va amaliy ish uchun vazifalar,o`quv va ilmiy adabiyot, statistik ma'lumotlar manbalari va boshqalar bеlgilanadi. Talaba bеlgilangan tartibda har bir bo`lim vazifalarini bajarganligi to`g`risida hisobot bеradi. Talaba tomonidan bajarilgan barcha ishlar kafеdrada ishlab chiqilgan va tasdiqlangan mеzon asosida baholanadi. har bir mustaqil ish bo`yicha еtarli ball to`play olmagan talaba tеgishli fanni o`zlashtirmagan hisoblanadi. Talabalar mustaqil ishlari o`z xususiyatlariga ko`ra quyidagicha bo`lishi mumkin. Rеproduktiv mustaqil ish - mutoala, o`quv adabiyotini konspеktlash, ma'ruzani tinglash,matnni aytib bеrish, eslash, o`quv matеrialini takrorlash (qaytarish) va boshqalar .
Bilib – izlaydigan mustaqil ish amaliy va sеminar mashg`ulotlarda xabar va ma'ruzalar bilan chiqish, o`quv dasturi bo`yicha adabiyotlar tanlash, kurs va nazorat ishlari yozish va hokazo. Ijodiy mustaqil ish – rеfеratlar va ilmiy maqolalar yozish, ilmiy – tadqiqot ishlarida qatnashish, bitiruv malakaviy ishga tayyorgarlik ko`rish, maxsus ijodiy topshiriqlarni bajarish va hokazo.O`quv jarayoni samaradorligini oshirish uchun barcha turdagi auditoriya mashg`ulotlari, talabalarning aniq hajmli vazifalarga ega mustaqil ishlari, ularning bajarilishi mеhnat sig`imi, nazorat shakllarini o`zida mujassam etgan o`quv mashg`ulotlarini tashkil etishning tеxnologik xaritalarini ishlab chiqishi kеrak. O`quv kursining har bir mavzusi bo`yicha ishlab chiqilishi kеrak bo`lgan tеxnologik xaritalar ma'ruzaning asosiy savollari, amaliy va sеminar mashg`ulotlari, zarur adabiyotlar ro`yxatini o`z ichiga oladi. Nashr etilgan hujjatlar, ko`rgazmali qurollar majmuasi (chizma, grafik, slayd va boshqalar) o`quv guruhlariga oldindan tarqatiladi va o`quv jarayonining muhim tashkiliy qismi hisoblanadi. Talabalarning mustaqil ishlashga ko`nikmalar hosil qilish darajasiga qarab I sеmеstrdan boshlab sеmеstrma-sеmеstr mustaqil ish hajmini oshirib borish, oddiydan murakkabroq vazifalarga (amaliy mashg`ulotlarda faol qatnashish, rеfеrat, kurs ishi, bitiruv malakaviy ish) o`tib borish, foydalanadigan mustaqil ish shakllarini kеngaytirib borish maqsadga muvofiqdir. O`qituvchi hamma vaqt talaba tomonidan bajarilayotgan mustaqil ishga nisbatan ijodiy yondashuvni oshirib borishi hamda tanlagan mustaqil ish shakliga ilmiytadqiqot, amaliy tajribaning umumiy elеmеntlarini faol qo`shib borishi lozim. Bu o`rinda asosiy masala – har bir talabani mustaqil o`qib-o`rganishini kuchaytirishdan iborat. O`qituvchi doimo mustaqil ishni boshqarib borishi, uni tashkil etishda o`zbo`larchilikka yo`l qo`ymasligi, o`rnatilgan nazorat tizimini amalga oshirishi va o`qishning barcha bosqichlarida talabalarga xolisona yordam bеrishi kеrak.
Texnologiya (grekcha: “techno” — hunar, usta va “logos” — fan, taʼlim) — ilmiy praktika asosida xom-ashyoni tayyor mahsulotga aylantirishning usullari. Texnologiya (yun. techne — sanʼat, mohirlik, uquv va ...logiya) — sanoat, qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda mahsulotlar olish, ularga ishlov berish va ularni qayta ishlash usullari tartibga solingan tizim; shu usullarni ishlab chiqish, joriy qilish va takomillashtirish bilan shugʻullanadigan fan. Har bir sohaning oʻziga xos texnologiyasi boʻladi: kon ishlari texnologiyasi, mashinasozlik texnologiyasi, qurilish texnologiyasi, qishloq xoʻjaligi texnologiyasi va boshqa.
Shaxs - ijtimoiy munosabatlar mahsulii deyilishining eng asosiy sababi - uning doimo insonlar davrasida, ular bilan o'zaro ta’sir doirasida bo'lishini anglatadi. Bu shaxsning eng etakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri muloqot ekanligiga ishora qiladi. Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita «yuzma-yuz» bo'lishi yoki u yoki bu texnik vositalar (telefon, telegraf va shunga o'xshash) orqali amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat jarayonidagi amaliy yoki do'stona bo'lishi; sub'ekt-sub'ekt tipli (diologik, sheriklik) yoki sub'ekt-ob'ektli (monologik) bo'lishi mumkin. Insoniy munosabatlar shunday o'zaro ta'sir jarayonlariki, unda shaxslaro munosabatlar shakllanadi va namoyon bo'ladi. Bunday jarayon dastlab odamlar o'rtasida ro'y beradigan fikrlar, his-kechinmalar, tashvishu - quvonchlar almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotda bo`lishgani sari, ular o`rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari ular o`rtasida umumiylik, o`xshashlik va uyg`unlik kabi sifatlar paydo bo`ladiki, ular bir - birlarini bir qarashda tushunadigan yoki «yarimta jumladan» ham fikr ayon bo`ladigan bo`lib qoladi, ayrim hollarda esa ana shunday muloqotning tig`izligi teskari reakstiyalarni - bir-biridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi. Masalan, oila muhiti va undagi munosabatlar ana shunday tig`iz munosabatlarga kiradi. Faqat bunday tig`izlik oilaning barcha a`zolari o`rtasida emas, uning ayrim a`zolari o`rtasida bo`lishi mumkin (ona - bola, qaynona - kelin va x-zo). O`zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlar munosabatdan ko`zlaydigan asosiy maqsadlari – o`zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Bu jarayonning murakkabligi, kerak bo`lsa, «jozibasi», betakrorligi shundaki, o'zaro bir xil til topishish yoki tomonlarning aynan bir xil o`ylashlari va gapirishlari mumkin emas. Agar ana shunday vaziyatni tasavvur qiladigan bo`lsak, bunday muloqot eng samarasiz, eng beta`sir bo`lgan bo`lar edi. XX1 asrda yashar ekanmiz, odamning eng tabiiy bo`lgan muloqotga ehtiyoji, uning sirlaridan habardor bo`lish va o`zgalarga samarali ta`sir eta olishga bo`lgan intilishi yanada oshdi va buning qator sabablari bor. Birinchidan, industrial jamiyatdan axborotlar jamiyatiga o'tib bormoqdamiz. Axborotlarning ko`pligi aynan inson manfaatiga aloqador ma`lumotlarni saralash, u bilan to`g`ri munosabatda bo`lishni taqozo etdi. Axborot XXI asrda eng nodir kapitalga aylandi va bu o`z navbatida insonlarga zarur axborotlar uzatilishi tezligi va tempini o`zgartiradi. Ikkinchidan, turli kasb-faoliyat sohasida ishlayotgan odamlar guruhining ko`payishi, ular o`rtasida munosabatlar va aloqaninng dolzarbligi axborotlar tig`iz sharoitda oddiygina muloqotni emas, balki professional, bilimdonlik asosidagi muloqotni talab qiladi. Umuman, XXI asrning korporastiyalar asri deb, bashorat qilayotgan iqtisodchilar ham bu korporastiya insonlarning o`zaro til topishlariga qaratilgan malakalarning rivojlangan, mukammal bo`lishi haqida gapirmoqdalar. Undan tashqari, bu kabi korporativ aloqa ko`p xollarda bevosita yuzma-yuz emas, balki zamonaviy texnik vositalar - uyali aloqa, fakslar, elektron pochta, Internet kabilar yordamida aniq va lunda fikrlarni uzatishni nazarda tutadi. Bu ham o'ziga xos muloqot malakalarining ataylab shakllantirilishini taqozo etadi Uchinchidan, oxirgi paytlarda shunday kasb-hunarlar soni ortdiki, ular sostionomik guruh kasblar deb atalib, ularda «odam-odam» dialogi faoliyatning samarasini belgilaydi. Masalan, pedagogik faoliyat, boshqaruv tizimi, turli xil xizmatlar (servis), marketing va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday sharoitlarda odamlarning ataylab muloqot bilimdonligining oshirilishi mehnat mahsuliini belgilaydi. Shuning uchun ham muloqot, uning tabiati, texnikasi va strategiyasi, muloqotga o`rgatish (sostial psixologik trening) masalalari bilan shug`ullanuvchi fanlarning ham jamiyatdagi o`rni va salohiyati keskin oshdi Shaxslararo munosabatlarda yuzaga keladigan uch xil vazifalar va murakkab jarayon tuzilmasini G.M.Andreeva “Ijtimoiy psixologiya” kitobida ushbu tuzilishini taklif etadi: 1. Muloqotning kommunikativ tomoni, ya'ni o`zaro munosabat yoki muloqotga kirishuvchilarning o`rtasida ma`lumotlar almashinuvi jarayoni sifatida; 2. Muloqotning interaktiv tomoni, ya'ni muloqotga kirishuvchilarning xulq atvorlariga ta`sir jarayoni sifatida; 3. Muloqotning persteptiv tomoni, ya`ni muloqotga kirishuvchilarning bir birlarini idrok etishlari va tushunchalari bilan bog`liq jarayon sifatida. O`zaro munosabatlarda muloqotning psixologik jihatdan murakkab ekanligini B.F.Parigin shunday yozadi: “Muloqot shunchalik ko`p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o`zida quyidagilar kiradi: A) individlarning o`zaro ta`sir jarayoni; B) individlar o`rtasida axborot almashinuvi jarayoni;
V) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni; G) bir kishining boshqalarga ta`sir ko`rsatish jarayoni; D) bir biriga xamdardlik bildirish imkoniyati; E) shaxslarning bir birini tushunishi jarayoni”. Demak, shaxslararo munosabatlar, ya`ni muloqot jarayoni odamlar amalga oshiradigan faoliyatlar orasida eng murakkabligi va ko`p qirraliligi bilan xarakterlanar ekan, ijtimoiy psixologiya fanida olib borilgan jahon psixologlarining juda ko`p tadqiqotlari shu fenomenni shaxs uchun ham zarur, ham oddiy, ham ta'sirchan deb qaraydi.
3. Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari
Odamlar bir - birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy ko'zlagan maqsadlaridan biri – o`zaro bir-birlariga ta`sir ko`rsatish, ya`ni fikr-g`oyalariga ko`ndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni o`zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Psixologik ta’sir - bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va hatti-harakatlariga ta`sir ko`rsata olishdir. Ijtimoiy psixologiyada psixologik ta`sirning asosan uch vositasi farqlanadi.
1. Verbal ta’sir - bu so`z va nutqimiz orqali ko`rsatadigan ta`sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so`zlardir. Ma`lumki, nutq – bu so`zlashuv, o`zaro muomala jarayoni bo`lib, uning vositasi – so`zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham odam o`zidagi barcha so`zlar zahirasidan foydalanib, eng ta`sirchan so`zlarni topib, sherigiga ta`sir ko`rsatishni xohlaydi.
2. Paralingvistik ta’sir - bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, artikulyastiya, tovushlar, to`xtashlar, duduqlanish, yo`tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, masalan, do`stimiz bizga biror narsani va`da berayotgan bo`lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz. Kuyib – pishib, ochiq yuz va dadil ovoz bilan «Albatta bajaraman!», desa ishonamiz, albatta.
3. Noverbal ta’sirning ma`nosi «nutqsiz» dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o`rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar (shovqin, hidlar) kiradi. Masalan, agar uchrashuvning dastlabki daqiqalarida o`rtog`ingiz sizga qaramay, atrofga alanglab, «Ko`rganimdan biram xursandman», desa, ishonasizmi? Muloqot jarayonidagi xarakterli narsa shundaki, suhbatdoshlar bir - birlariga ta`sir ko`rsatmoqchi bo`lishganda, dastavval nima deyish, qanday so`zlar vositasida ta`sir etishni o`ylar ekan. Aslida esa, o`sha so`zlar va ular atrofidagi harakatlar muhim rol o`ynarkan. Masalan, mashhur amerikalik olim Megrabyan formulasiga ko`ra, birinchi marta ko`rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo'lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38%, va noverbal harakatlar 58% gacha ta'sir qilarkan.
O’tgan yillarimizga nazar tashlab, ularni sarhisob qilsak, mustaqilligimiz sharofatini yanada chuqurroq anglaymiz. Biz ta’limda butunlay yangilanish, yangi jarayonga tom ma’noda o’tish va unga moslashish davrini boshimizdan kechirmoqdamiz. «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» bizga eski usullardan voz kechib ta’limning har bir qirrasigacha qayta qurish imkonini bergan bo’lsa, «2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi» esa qo’lga kiritilgan imkoniyatlarni: takomillashgan davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari, davlat talablari, yangi o’quv darsliklarini har tomonlama zamon talablariga mos jihozlangan maktablarda, zamonaviy o’quv xonalarida amaliyotga joriy etish imkoniyatlarini keng ochib berdi.
Yangilangan ta’limda o’quvchining yuragidagi cho’g’ni alanga oldirish, uni har tomonlama rivojlantirib, bilimdan-bilimga yetaklab olib chiqish uchun zamonaviy darslar zarurdir.
Hozirgi paytda pedagogika fanida pedagogik texnologiyalar, ta’lim texnologiyasi, o’qitish texnologiyasi iboralari tez-tez tilga olinmoqda. Bugungi kungacha pedagogik adabiyotlarda, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda «yangi pedagogik texnologiya», «ilg’or pedagogik texnologiya», «zamonaviy ta’lim texnologiyasi» ga oid tushunchalari hali ham bir qolipga tushirilmagan, entsiklapediyalarda izohlanganicha yo’q, uning mazmunini yagona talqini ishlab chiqilmagan va shuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuvchi ko’pgina ta’riflari mavjud.
Pedagogik texnologiya - shunday bilimlar sohasiki, ular vositasida uchinchi ming yillikda davlatning ta’lim sohasidagi siyosatida tub burilish yuz beradi, o’qituvchi faoliyati yangilanadi, o’quvchi va talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, isonparvarlik tuyg’ulari tizimi shakllantiriladi.
Ma’lumotlilik asosida yotuvchi bosh g’oya ham tabiat va inson uzviyligini anglab yetadigan avtoritar va soxta tafakkur yuritish usulidan voz kechgan, sabr-bardoshli, qanoatli, o’zgalar fikrini hurmatlaydigan, milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar kabi shaxsiy sifatlarni shakllantirishni ko’zda tutgan insonparvarlik hisoblanadi. Bu masalaning yechimi qaysidir darajada ta’limni texnologiyalashtirish bilan bog’liqdir.
Dastlab "texnologiya" tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so’z texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872-yilda kirib keldi va yunoncha ikki so’zdan - "texnos" (techne) - san’at, mahorat, hunar va "logos" (logos) - fan so’zlaridan tashkil topib "hunar fani" ma’nosini anglatadi. Biroq, bu ifoda ham, zamonaviy texnologik jarayonni to’liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon, har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda, operatsiyalarning muayyan ketma-ketlikda bajarilishni ko’zda tutadi. Aniqroq aytadigan bo’lsak, texnologik jarayon - bu mehnat qurollari bilan mehnat ob’ektlari (xom ashyo)ga bosqichma-bosqich ta’sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi mashina)ning faoliyatidir. Ana shu ta’rifni tadqiqot mavzusiga o’giradigan bo’lsak, ya’ni: Pedagogik texnologiya - bu o’qituvchi (tarbiyachi)ning ta’lim-tarbiya vositalari yordamida o’quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxsiy sifatlarni shakllantirish jarayonidir.
Yuqorida keltirilgan ta’rifdan ko’rinib turibdiki, pedagogik texnologiya tushunchasini izohlashda texnologiya jarayoni asos qilib olindi. Aslini olganda ham, bu tushunchaga berilgan ta’riflar pedagogik adabiyotlarda nihoyatda ko’pdir. Pedagogik adabiyotlarda "texnologiya" atamasining xilma-xil ko’rinishlarini uchratish mumkin: "o’qitish texnologiyasi", "ta’limli texnologiya", "ma’lumot texnologiyasi", "o’quv jarayoni texnologiyasi" va hokazo. O’qitish texnologiyasi pedagogik texnologiyaga yaqin tushuncha bo’lsa-da, aynan o’xshash ma’noni anglatmaydi, chunki u ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o’quv materialini o’zlashtirish yo’lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko’proq xususiy metodika bilan bir qatorda turadi.
Pedagogik texnologiya esa ma’lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va "o’qituvchi - pedagogik jarayon o’quvchi (talaba)" funksional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi.
Alohida qayt etib o’tish joizki, ayni vaqtda ta’lim texnologiyasi tushunchasini mantiqiy-g’oyaviy jihatdan izohlash borasida yagona fikr mavjud emas. Pedagogik adabiyotlarda 300 dan ortiq ta’riflar berilgan.
Yuqorida qayd etilganidek, pedagogik texnologiya nazariyasi o’tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan bo’lsa-da, aynan “pedagogik texnologiya” tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Xususan pedagog olim V.P.Bespalko pedagogik texnologiyani “amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi” deya ta’riflaydi hamda asosiy diqqatni o’quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratadi. N.F.Talzina esa pedagogik texnologiyaning “fan va amaliyot oralig’ida muayyan tamoyillarni olg’a suruvchi metodlar ishlab chiqaruvchi, ularni izchil qo’llash kabi masalalarni hal etishga yo’naltirilgan mustaqil fan” bo’lishi lozimligini qayd etadi va hokazo.
Pedagogik texnologiyaning ta’riflari.
Hozirgi ta’lim-tarbiya sohasida keng rivojlanib borayotgan yo’nalishlardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashdan iborat. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o’z bilim va tajribalarini o’sib kelayotgan avlodga o’rgatishdan iborat bo’lib, bu jarayonda asosan inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan avlodga uzatish amalga oshiriladi.
Pedagogik texnologiyaning har turli ta’riflari mavjud bo’lib, har bir ta’rif ma’lum nuqtai nazardan yondashishni ifodalaydi. Ayrim asosiy ta’riflar va ularning sharxlarini ko’rib chiqamiz.
Pedagogik texologiya-barkamol insonni shakllantirish faoliyati.
Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo’llaniladigan usullar, yo’llar yig’indisi (Izohli lug’at).
Texnologiya – ishlov berish, ahvolni o’zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati, metodlar yig’indisi (V.M.SHepel).
Pedagogik texnologiya – o’qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo’llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig’indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi: u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat (B.T.Lixachev).
Pedagogik texnologiya-o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan xolda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o’quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir (V.B.Bespalьko).
Pedagogik texnologiya-ta’limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish jarayoni tafsiloti (I.P.Volkov)
Pedagogik texnologiya-o’quv jarayonining o’quvchilar va o’qituvchi uchun so’zsiz qulay sharoitlar ta’minlashni loyihalash, tashkil qilish va o’tkazish bo’yicha hamma detallari o’ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli (V.M.Monaxov).
Pedagogik texnologiya-texnika resurslari, odamlar va ularning o’zaro ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi o’qitish va bilimlarni o’zlashtirishning xamma jarayonlarini yaratish, qo’llash va aniqlashning tizimli metodi (YuNESKO).
Pedagogik texnologiya-bu o’qitishga o’ziga xos yangicha (innovatsion) yondoshuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalashi, texnokatik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko’chirilgan tasviri, ta’lim jarayoning muayyan standartlashuvi hisoblanadi (B.L.Farberman).
O’qituvchining o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida o’quvchilarga muayyan sharoit va izchillikda ta’sir ko’rsatish hamda mazkur faoliyatning mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayoni (N.Saidahmedov).
Yuqorida keltirilgan ayrim ta’riflarning o’zaro har xilligidan ko’rinadiki, pedagogik texnologiya tushunchasi ko’p qirrali bo’lib, unga pedagogik, psixologik, didaktik, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa nuqtai nazalardan yondashish mumkin.
Pedagogik texnologiya-axborotlarni o’zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, ulardagi yangi ma’no-mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli bog’liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o’rgatish jarayonidan iborat.
Pedagogik texnologiya-ta’lim metodlari, usullari, yo’llari hamda tarbiyaviy vositalar yig’indisi: u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalari majmuidir.
Pedagogik texnologiya-ma’lumotlarni o’zlashtirish uchun qulay shakl va usulda uzatish va o’zlashtirish jarayonidan iborat.
Demak, pedagogik texnologiya-insonga (ta’lim-tarbiya oluvchiga) oldindan belgilangan maqsad bo’yicha ta’sir o’tkazish faoliyatidan iborat.
Pedagogik texnologiya o’quvchini mustaqil o’qishga, bilim olishga, fikrlashga o’rgatishni kafolatlaydigan jarayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |