Ibtidoiy jamoa tuzumida jismoniy madaniyatni rivojlanish xususiyatlari
Ishlab chiqarish foliyatida bu aslida tabiat ehson qilgan narsalarni yig‘ish davri edi. Yovvoiy hayvon ovi xali tasodifi harakterga ega edi. Bu davrda jismoniy madaniyatning biron nisbatni mustaqil elementlarining borligi haqida ishi ham bo‘lishi mumkin emas edi. Kishilar uchun kerakli jismoniy sifatlar, malaka va qobilyatlar ularning bevosita mehnat foliyati jarayonida xosil qilinar edi. Faqat yoshlar o‘sha vaqtlarda mavjud bo‘lgan oddiy mehnat qurollarini qanday yasash va ishlashni hamda yovvoyi hayvonlardan qanday saqlash kerakligini katta yoshdagi kishilardan ma’lum darajada o‘rganar edilar.
Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi keyinchalik irg‘itiladigan turli qurollarning takomillashuviga olib keldi. Turli mustahkam va o‘tkir uchli еngil nayzalarning, so‘ngra esa o‘q va yoyning paydo bo‘lishi ovchiliq kishining asosiy kasbiga aylantirdi. Buning natijasida ovqat topish uchun sarflanadigan vaqt ancha qisqardi. O‘sha davrdagi kishilarning qazilmalar davrida topilgan manzilgoxlari odamning ancha yaxshiroq hayot kechira boshlaganidan va o‘z extiyojlarini qondirish uchun ancha katta imqonyatlarga ega bo‘lganidan dalolat beradi. Cho‘nonchi, o‘sha davrdagi odamda yosh avlodning madaniyatlash imqoniyati tug‘ildi; bo‘nda jismoniy madaniyat asosiy rol o‘ynadi. Odamlarining bir еrga yig‘ilish va tasodifiy ov yo‘li bilan ovqat topish hamda birlashgan dastlabki jamoasi ham mustahkam ijtimoiy organizm emas edi. Shuning uchun ham kishilar jamoasining boshlang‘ich, ijtimoiy shaklini “ijtimoiy poda” deb atalardi.
MAMONT OVI NATIJASIDA JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH
Onalik urug’chilik davrida jismoni y madaniyatni rivojlanish xususiyatlari.
Xo‘jalikning idrok qilishining yangi shakllari paydo bo‘lishi bilan kishiliq jamiyatini uyushtirish ishlari ancha mustahkamlana bordi. Onalik urug‘chiliq jamoasi paydo bo‘ldi, uning a’zolari birgalikda qilinadigan doimiy kallektiv mehnat va qon-qarindoshlik bilan boshlangan edi. Jamoalarining paydo bo‘lishi va taraqqiyot etishi bilan asta-sekin madaniyat sohasida ham o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Endi odam o‘ziga doimiy turar joy quradi, kiyim-kechak paydo bo‘ladi, tasviriy san’at bo‘nyod etiladi. Qo‘shiq, o‘yin va raqslar ijro etiladigan turli bayramlar keng tarqaldi. Jismoniy madaniyat elementlarining paydo bo‘lishi ham xuddi shu davrga to‘g‘ri keladi. Bevosita mehnat bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina musobaqa o‘yinlari mustaqil madaniyatviy ahamiyat kasb etadi va ulardan urug‘ kollektivning turli yoshdagi guruhlari foydalana boshlaydi. Mehnatning jins va yoshga qarab tibbiy ravishda bo‘linishi endigina tug‘ilib kelayotgan ibtidoiy jismoniy madaniyatda ham o‘z ifodasini topdi. Jismoniy madaniyatning yanada rivojlanishida ibtidoiy san’at ham katta rol o‘ynaydi. San’at kishilarning fikr va to‘yg‘ularini boyitdi, ularning ma’naviy do‘nyosini taqomilashtirdi. O‘yin va raqslarda taqdirlanadigan mehnat va mudofa harakteridagi ko‘pgina harakatlar endi bevosita mehnat predmetiga yo‘naltirilgan edi. Bu harakatlar jismoniy mashqlar sifatida nisbatan mustaqillik kasb etdi.
Jismoniy mashqlarning musobaqa o‘yinlari shaklida vujidga kelishi ibtidoiy jamiyat kishisini madaniyatlashda tubdan o‘zgarish yasadi. Odamlar kishini hayotiga, ayniqsa mehnat foliyatiga tayyorlashining yangi vositasiga ega bo‘ladilar.
Jahonga mashhur rus etnografi va sayohatchisi N. Mikluxa-Maqlay, masalan, papuaslarning ota-onalari o‘z bolalarini mehnatga juda barvaqt o‘rgatganliklarini shu maqasdda o‘yinlaridan ham foydalanganlarini hikoya qiladi. “O‘g‘il bolalarning o‘yini” deb yozgan edi. Mikluxa-Maqlay – tayoqlarni nayzaga o‘xshatib irg‘itishdan, kamalak otishdan iborat edi; ular bu o‘yinlarda salgina yutuqa erishishlari bilan ularni amaliy xonaga tasbiq etadilar. Men soatlab dengiz bo‘yida, o‘tirib, yoy o‘qini biror baliqqa tegizishga harakat qilgan juda kichkina o‘g‘il bolalarni ko‘rganman. Qiz bolalar bilan ham huddi shunday hol yuz beradi, cho‘nki ular ho‘jalik ishlari bilan juda erta shug‘ullana boshlaydilar va o‘z onalarning noibalariga aylanadilar.
Quyidagi misol, fakt ham ibtidoiy musobaqa o‘yinlarining mehnatni ifodalab, kishilarni mehnatga tayyorlaydigan eng muhim vositalaridan biri bo‘lganini ko‘rsatadi. Etnogarflarning ta’kidlashicha, XIX asrning va 60-yillardayoq Avstraliyaning bir qancha qabilalarida ovga chiqish oldidan yirtqich hayvonning shaklini qumga chizib, o‘nga nayza otish rasm bo‘lgan; bo‘nda har bir ovchi o‘z nayzasini mumkin qadar aniqroq va kuchliroq otishiga harakat qilgan. Bu еrda mashq va musobaqaning ayrim elementlari qo‘shilgan. Shunday qilib, odamlar nayza otishni mashq qilish bilan o‘zlarining mehnat malakalari va mahoratlarini takomilashtirib borganlar. O‘sha vaqtda mehnat va o‘yin bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan va diniy aqidalar bilan bog‘langan. Kishiliq o‘yinlari odamlarning dahshatli tabiat kuchlariga qarshi kurashda birgalikda harakat qilishga bo‘lgan hayotiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan.
Urug‘lik tuzumi onalik urug‘chiliq to‘zumi (matriarxat) va otalik urug‘chiliq to‘zumi (patriaraxat)ga bo‘lingan. Bu urug‘chiliq to‘zumining har bir o‘ziga xos tarqqiyot va jismoniy madaniyat hususiyatlariga ega bo‘lgan.
Onalik urug‘chiliq to‘zumining gullab-yashnagan davrida o‘yin uchun mahsus tayyorlangan narsalar (jo‘ndan qilingan koptok shar, nayzabozlik tayoqlari, uchi to‘ntoq nayzalar, o‘yinchoq, paloxmon, o‘yinchoq yoy, bosh egri, hassa va boshqa narsalar) paydo bo‘lgan.
Yoshlarni, masalan, nayza, tayoq, suyil irg‘itishga yoydan otishga o‘rgatish ibtidoiy jismoniy madaniyat tarkibiga kirib, uning eng muhum tarkibiy qismini tashkil etgan. Yoy otishga va bumerang irg‘itishga o‘rgatish ayniqsa murakkab bo‘lgan.
Onalik urug‘chiliq davrida bir qancha o‘yin asboblari ham ixtiro etilgan edi. Masalan: indeeslarda otalik urug‘chiligi davriga (ularni еvropaliklar kashf etgan davrda) o‘tish bosqichidayoq ichi kovak va yaxlit kauchkli koptoklar, mahsus chana (“tabog‘gan”) lar bor edi; ular bu koptok va chanalardan faqat xujaliklardagina emas, balki musobaqalarda ham foydalanganlar. Kolumb davridayoq еvropaliklar indeeslarning koptoklari – Kostilyaliklari (Ispaniya) ning koptoklaridan yaxshi ekanligini tan olishga majbur bo‘lgan edilar. Indeeslar tomonidan rezina koptokni kashf etilishi ko‘pgina boshqa Yevropa xalqlarida ham koptok o‘yinning yanada ravnoq topishida muhum rol o‘ynadi. Ibtidoiy odamlarga suyakdan qilingan chang‘ilar, qonqilar koptok bilan o‘ynashga mo‘ljalangan raketkalar ma’lum bo‘lgan.
Onalik urug‘chiligi sharaoitida asl mehnatni va mudofaa faoliyatida erkak bilan bab-baravar qatnashar edi. Mavjud etnografik materallardan ma’lum bo‘lishicha o‘sha vaqtlarda mushtlashish, kurashish, yugurish, tayoqbozlik, nayza irg‘itish, yoy otish yuzasida va boshqa shu kabi sohalarda ayollarning maxsus musobaqasi, ayollar bilan erkaqlar musobaqasi o‘tqazilar edi. Ba’zi bir ma’lumolarga qaraganda, ayollarning bunday mashqlari masalan; skiflarda, o‘zbek xalqining qadimiy ajdodlarida, shuningdek patriarxat to‘zumi sharoitidagi ayrim boshqa urug‘lar orasida saqlanib qolgan.
Ibtidoiy jamoa jismoniy tabiya sohasida o‘z a’zolari zimmasiga ma’lum majburiyatlar yukladi. Yosh qiz va yigitlar xayotda kerak bo‘ladigan epchiliq, chidamliliq, chaqqonlik, jasurlik va qatiyatlik kabi qobilyatlarga ega bo‘lishi lozim edi. Ba’zi qabilalarda masalan, baroro va qonella (sharqiy Brazilya)larda yigitlar ma’lum sinovlardan o‘tmago‘nlarcha hatto uylanishlari ham mumkin emas edilar. Kurash va yugurish eng asosiy sinovlardan edi. Brazilya tadqiqotchilaridan bari Bo‘shan, bu badan mashqlarining qiyinligi sho‘ndaki, yugurayotgan kishi еlkasida og‘ir bir yog‘och bo‘lagini ko‘tarib borishi va yugurib borib, nishonga tegizish lozim, deb yozgan edi. Meksikalik indeeslarda yugurish musobaqasi 20 kmlik masofani aylanib o‘tishdan iborat edi. Etnograf Sobel indeeslarning qaragumar qabilasidagi ayollardan ba’zilarining ancha katta masofani erkaqlar bilan aniq bir vaqtda yugurib o‘tganligini ko‘zatgan. Sharqiy Afrikadagi ko‘pgina ibtidoiy qabilalarda langar cho‘p bilan sakrash va yugurib kelib balandlikka sakrash musobaqalari ham bo‘lganligi ma’lum. Cho‘nonchi vatusi qabilasida yugurib kelib balandlikka sakrash va langarcho‘p bilan sakrash turli bayramlar vaqtidagi oddiy xodisa bo‘lgan.
Ibtidoiy jamoa sharoitlaridayoq suzishning turli usullari, elementlari (masalan; krol usuli bilan suzish) ma’lum bo‘lgan, kanoe va baydarka - xilidagi еngil uzo‘nchoq qayiqda eshkak eshish qo‘llanilgan. Etnografik materiallar Janubiy Amerikadagi ba’zi bir qabilalarda (Evropaning mustamlaka qilib olishgacha bo‘lgan davrda) turida mashq qilish elementlari mavjud bo‘lganligi to‘g‘risida dalolat beradi. Shimoliy Amerika indeeslarining ayrim qabilalarida (bu qabilalar kashf etilgan vaqtida onalik huquqi asosida urug‘a birlashtirilgan edi) katta rezina koptok, chovg‘anlardan foydalanib o‘ynaladigan xokkey to‘pidagi yozgi va qishki o‘yinlar rasm bo‘lgan.
Ba’zi bir manbalar ibtidoiy jamoa odamlarida disk uloqtirish mashqi ham bo‘lganligi ko‘rsatadi. To‘g‘ri, hali bu musobaqa turi har tomonlama mustaqil bo‘lmagan balki kompleks harakterdagi o‘yinlar tarkibiga kirgan.
“Disk” kaktus o‘simligidan tayyorlangan va yumaloq shakilda bo‘lgan. Oldin kaktusdan tikanlar tozalangan. Disk ham o‘ng, ham chap qo‘l bilan uloqtirilgan. O‘ynovchilar ikki to‘daga bo‘lingan. Birinchi to‘dadagi o‘yinchilar navbat bilan diskni uloqtiradigan paytda ikkinchi to‘dadagi o‘yinchilar (navbat bilan) uchib kelayotgan diskga yoy o‘qi bilan teqizishga harakat qilganlar. O‘qi nishonga tegmagan o‘yinchilar o‘yindan chiqarilgan.
Yuqorida aytilgan gaplar hozirgi zamon sporti va jismoniy mashqlarning qator elementlari onalik urug‘chiligi sharoitidayoq paydo bo‘lganligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |