PATRIARXAT DAVRIDA JISMONIY MASHQLAR
Ishlab chiqarish va ijtimoiy hayot sohasidagi o‘zgarishlar oqibati-natijada jismoniy madaniyat sohasida ham bir qancha yangi xodisalarning sodir bo‘lishligi sabab bo‘ldi. Eski o‘yinlar ko‘pincha ilgargi ovchiliq terminlarini saqlagan holda harakatlar harakteriga ko‘ra, jamoa ovchiliq mashqlarining ilgargi usullari va uslubiyatlariga endi bevosita mo‘nosabatda bo‘lmas edi. Masalan; ilgari, odatda, jamoa ovchiliq o‘yinlari majmuasiga kirgan mushtlashish, kurashish, og‘irlik ko‘tarish va hakozalar asta-sekin erkaqlarning individual mustaqil musobaqa turiga aylandi. Ovchiliq o‘yinlari ovchilar turmush an’analarini aks etirib kelgan eski mazmunini yo‘qotdi. Ayni vaqtda dehqonlar va chorvadorlarning mehnati va turmushini aks etiradigan yangi musobaqa o‘yinlari paydo bo‘ldi. “Zog‘ar”, “Tariq”,”Sichqon va mushik”, “Kalxat” va boshqa shu singari halq o‘yinlari aftidan, o‘z ildizlari bilan ibtidoiy jamoa tuzish davridagi musobaqa o‘yinlariga borib taqalsa kerak. Bu o‘yinlarda XIX asrdayoq ibtidoiy dehqonlar va chorvadorlarning o‘yinlari uchun harakterli bo‘lgan marosim va musobaqa elementlari ancha aniq saqlangan edi. Ko‘pgina halqlarda ho‘qiz bilan olishuv o‘yini keng tarqalgan edi. Bu o‘yinlarga yovvoyi hayvonlarni qo‘lga o‘rgatish hamda usullarini aks ettiruvchi jismoniy mashqlar kirar edi.
Patriarxat davrida ibtidoiy jamoa odamlarining o‘yin ijodini tarkibiy elementlariga ajratish, ixtisoslashtirish jarayoni kuchayadi. Masalan, bo‘g‘uchiliq bilan shug‘ulanadigan qabilalarda bo‘g‘u bilan olishuv o‘yini asosan bolalar o‘rtasida saqlanib qolgan. Qatnashganlar o‘rtasida esa bu o‘yinlardan faqat ayrim mashiqlargina foydalanilgan: bu mashqlar sportning mustaqil elementlari sifatida tarkib topdi (bu usullarda tezlikda kim o‘zarcha poyga qilish, katta yuklarni tashishda poyga qilish, yugurib kelayotgan bo‘g‘uning shohiga arqon tashlab, bir joyda turgan buyumga va havoda aylanib turgan buyumga arqon tashlash, keng chang‘ilarda kim o‘zarcha poyga qilish va hakozalar). Kurash singari musobaqa turi ham shaklan o‘zgardi. Agar ilgari hayvon terisiga o‘ralib raqs harakatlari va sakrashlari bilan kurashga tushilgan bo‘lsa, endu raqs mustaqil mashq sifatida ajralib chiqdi, kurash esa sport harakteriga ega bo‘ldi. Hayvon terisiga o‘ralib sakrash musobaqaning mustaqil turi sifatida bajarila boshlandi. O‘yinlar va jismoniy mashqlarning bunday evollyuatsiyasi Kamchatkadagi bir qancha qabilalar va boshqa xalqlarda ko‘zatilardi.
Jismoniy madaniyat mehnat ehtiyoji tufayli vujudga kelgan. Jismoniy madaniyat dastlab mehnat jarayonida taqlid qiladigan va o‘nga tayyorlaydigan mashq hamda o‘yinlardan iborat bo‘lgan. Jamiyat urug‘chiliq tashkilotlarining tushimini va rivojlanishi bilan o‘ynovchilarning o‘yinlari va harakatlari asta-sekin takomilashtirib borgan. O‘yin uchun so‘n’iy buyumlar sparyadlar, koptoklar, sharlar, chovg‘onlar, raketkalar, qoziqchalar va hakozalar paydo bo‘lgan. Bu hol kishilar ijtimoiy foydali faoliyatining nisbatan mustaqil sohasi bo‘lgan jismoniy madaniyat elementlari tartib topish bosqichining boshlanganligidan dalolat beradi. Jismoniy mashqlar, raqslar, jamoa musobaqa o‘yinlari va yakkama-yakka kurashlar diniy marosim bayramlaridagi urf-odatlarning ajralmas qismi bo‘lib qolgan.
Ibtidoiy jismoniy madaniyat barcha urug‘ a’zolarining erkin jamoa mehnati negizida paydo bo‘ldi va ibtidoiy jamoa to‘zumining ishlab chiqarish usuliga batomom muvofiq keladi. Ibtidoiy jismoniy madaniyat barcha urug‘ a’zolari boyligi bo‘lib, urug‘- qabila mehnat turmushi bilan chambarchas bog‘langan edi. Ibtidoiy jamoa to‘zumining еmirilishi davrida jismoniy madaniyat urug‘-qabila aslzodalari tomonidan o‘zini va o‘z drujinalarini harbiy jihatdan tayyorlash uchun foydalanildi, bu drujinalar boshqa qabilalarni har biri yo‘l bilan tanlash uchun mo‘ljallangan edi. Bu bilan jismoniy madaniyat urug‘-qabila aslzodalarining bo‘ndan keyingi boyishiga va sinfiy ajralishiga, sinfiy quldorchiliq jamiyatining paydo bo‘lishiga imqon yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |