Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Fonetik qirg‘oqlarda
Fonemalar nutqda tovushlar sifatida voqelanganda bamisoli daryo oqimiga o‘xshaydi.
Tog‘dan oqib tushayotgan daryoni ko‘z oldingizga keltiring. Kengliklarda yoyilib, bemalol yayrab oqadi. Torliklarga kelganda shovqin solib, sharsharaga aylanadi, har tarafga otiladi, qirg‘oqlarga zarb bilan urilib, uni yemiradi, o‘zi ham yana orqaga qaytadi. O‘tkir toshlarga zarba beradi, ba’zan ularni joyidan siljitib yuboradi.
Fonemalar ham xuddi daryo suvi kabi har xil sharoitlarga tushadi, qulay sharoitlarda o‘z mohiyatini saqlaydi, oqim uchun noqulay joylarda yo sharoitga moslashadi yoki sharoitni o‘ziga moslashtiradi.
Masalan, (a) unli fonemasini olaylik. Alam, bolam, katta so‘zlarida lablanmaganlik va kenglik xususiyatini saqlab qoladi. Bu uning uchun qulay sharoit. Lekin qara, havas, g‘alaba so‘zlarida yonidagi undoshlarga moslashib, lablanishga moyillik sezadi. Nutq a’zolari qulay va oson yo‘l bilan tovushlarni talaffuz qilishga intiladi. Bu unlilarning til orqa undoshlari qurshovida kelganida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shu boisdan ayrim o‘zbek shevalarida qara, g‘alaba so‘zlaridagi (a) unlisi (o) tarzida yoki (a) bilan (o) oralig‘ida talaffuz qilinadi.
Nutq tovushlarining o‘z mohiyatini saqlab qoladigan qulay sharoiti kuchli pozitsiya deyiladi. Masalan, alam va olam so‘zlaridagi (a) va (o) unlilarining talaffuz sharoiti kuchli pozitsiyaga misol bo‘ladi.
Bir nutq tovushini boshqasidan farqlovchi belgilar kuchsizlanadigan, tovushlararo farqlar so‘nadigan pozitsiya kuchsiz pozitsiya deyiladi. Masalan, qanot so‘zidagi (a) tovushi voqelanayotgan pozitsiya kuchsiz pozitsiya hisoblanadi. Chunki talaffuzda (a) tovushini (o) tovushidan farqlash qiyinlashadi. Yoki kitob so‘zi oxirida (b) tovishini (p) tovushidan, qiz so‘zi oxirida (z) tovushini (s) tovushidan farqlash qiyin.
Ana shu kuchsiz pozitsiyalar imloda xatoliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Ammo esda tutish lozimki, daryo turli darajadagi qirg‘oqlarda qanchalik eshilib-buralmasin, kengayib-toraymasin, baribir u bitta daryo, boshqa daryoga aylanib ketmaydi. Lekin bizning ko‘zlarimiz daryoni turli o‘rinlarda ko‘rib, bir holatini ikkinchi holatiga o‘xshata olmay, hayratlanadi, xolos.
Unli fonemalarning asosiy belgilariga ko‘ra tasnifi quyidagicha (15-jadval):
15-jadval
Fonemalar
|
Asosiy belgilari
|
|
Tilning ko‘tarilish
darajasi
|
Lablanish belgisi
|
|
Yuqori
|
O‘rta
|
Quyi
|
Lablang
an
|
Lablanmagan
|
[i]
|
+
|
|
|
|
+
|
[u]
|
+
|
|
|
+
|
|
[o‘]
|
|
+
|
|
+
|
|
[o]
|
|
|
+
|
+
|
|
[e]
|
|
+
|
|
|
+
|
[a]
|
|
|
+
|
|
+
|
Jadvaldan ko‘rinadiki, tilning ko‘tarilish darajasiga ko‘ra unli fonemalar uch pog‘onali, lablanish belgisiga ko‘ra ikki pog‘onali sistemani hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |