Leksikologiya va uning turlari. Leksikologiya (ot. grek. lexikos – so‘zga oid va logos – ta’limot) tilning lug‘at tarkibini, leksikasini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi. Leksema va so‘z serqirra bo‘lganligi bois leksikologiyaning ham turlari juda ko‘p.
Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Leksema o‘rganish obyekti va uning qirrasi o‘rganish predmeti sifatida
|
O‘rganish predmeti
|
Tilshunoslikning qaysi
bo‘limi, yo‘nalishlarida o‘rganiladi
|
Leksemaning kelib chiqishi va
rivojlanishi
|
Diaxronik leksika
|
Leksemaning tilning muayyan
davrdagi xususiyati
|
Sinxronik leksika
|
Leksemaning boshqa leksemalar
bilan paradigmatik munosabatlari
|
Struktural leksika
|
Leksemaning tabiatdagi
ifodalovchilari bilan aloqalari
|
Naturalistik leksika
|
Ma’lum bir tildagi leksemani
qarindosh bo‘lmagan boshqa tildagi leksema bilan qiyoslash
|
Tipologik leksika
|
Bir tildagi leksemani shu til bilan qarindosh bo‘lgan boshqa til
materiallari bilan qiyoslash
|
Qiyosiy leksika
|
Leksemaning inson ruhiyatiga
ta’siri, uni qabul qilish va hosil qilish xususiyatlari
|
Psixolingvistik leksika
|
Leksemaning jamiyatga ta’siri, nutq jarayonidagi o‘ziga xosliklari,
ularning ijtimoiy ahamiyati
|
Sotsiolingvistik leksika
|
Leksemaning bir til hududida tarqalish xususiyatlari
|
Areal leksika
|
Leksemaning leksikografik talqini
|
Leksikografiya
|
Leksemaning xususiyatlari juda ko‘p bo‘lib, uni o‘rganuvchi
leksikologiya turlarini ko‘plab keltirish mumkin.
|
Struktur yondashuvda so‘z leksikologik nazariyasining asosiy vazifasi, uning alohidaligi va o‘ziga xosligi mezonini tiklashdir. Birinchi holatda so‘z so‘z birikmasi bilan qiyoslanib, uning tugal shakllanganlik va alohidalik belgilari ochiladi. So‘zning nutqdagi
analitik shaklining lisoniy asosi yoritiladi. Ikkinchi holatda so‘zning turli grammatik shaklidan hosil qilingan lisoniy invariantini tiklash xususida so‘z boradi. Shu munosabat bilan grammatik shakl olgan leksema – so‘zshakl tushunchasi muayyanlashtiriladi. Shuningdek, leksemaning turli nutqiy – fonetik, morfologik, leksik-semantik variantlari o‘rganiladi.
Lug‘aviy birlikning semantik tahlilida, ular (lug‘aviy birliklar) leksik semantika – semasiologiya tadqiq manbayiga aylanadi. Bunda so‘zning tushuncha (signifikat) va borliqdagi atalmish (denotat)ga munosabati o‘rganiladi. Semasiologiyada so‘zning semantik xususiyati – bir ma’nolilik va ko‘p ma’nolilik, umumiy va xususiy, mavhum va muayyan, bosh va hosila, to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolari tekshiriladi. Bunda asosiy e’tibor so‘zning semantik strukturasiga, so‘z ma’nolari tipi va ularni ajratish mezoniga, so‘z ma’nolarining o‘zgarishi va taraqqiyoti, so‘zning ma’nosini yo‘qotishi va grammatik formantga aylanishi – desemantizatsiya hodisasiga qaratiladi.
Funksional yondashuvda so‘zning nutqda voqelanish jarayonidagi roli, shuningdek, boshqa lisoniy sath birliklari voqelanishiga, ular umumiy ma’nolarining parchalanishiga qo‘shgan «hissasi» tekshiriladi. Masalan, odamcha so‘zida odam leksemasi -cha morfemasining «kichraytirish-kamsitish» ma’nosini qizcha so‘zidagi «kichraytirish-erkalash» ma’nosidan farqlagan, morfologik sath birligi bo‘lgan -cha morfemasining «kichraytirish» umumiy ma’nosini parchalab, uning birini ikkinchisidan ajratgan.
Leksikologiya leksikaga til sistemasidagi ichki sistema sifatida qaraydi. Shuningdek, o‘zaro ma’noviy umumiylikka ega bo‘lgan lug‘aviy birlik yanada kichik, ichki sistemacha sifatida qaraladi. Shu asosda katta va kichik, ichki sistemalarning pog‘onali, bir- birini tashkil etuvchilik munosabati ochiladi. Masalan, olma, o‘rik, nok kabi ho‘l meva nomi bir sistemani tashkil etadi. Sabzavot nomi boshqa bir sistemani tashkil qiladi. Ular yuqoriroqda yana birlashadi – kichik sistemachalardan tashkil topgan «meva- sabzavot nomi» sistemasini tashkil qiladi va umumlashtirish yuqoriga qarab davom etaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |