Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath


UCHINCHI FASL LEКSIК–SEMANTIK SATH



Download 213,06 Kb.
bet103/200
Sana26.06.2021
Hajmi213,06 Kb.
#102320
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   200
Bog'liq
Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath

UCHINCHI FASL LEКSIК–SEMANTIK SATH


    1. §. Leksika, leksik-semantik sath va leksikologiya Tayanch tushunchalar

til, lison, nutq, sath, lisoniy sath, nutqiy sath, til, tilshunoslik, tilshunoslik bo‘limlari

O‘zlashtiriladigan tushunchalar


leksik-semantik sath, leksikologiya, morfema, leksema
Leksika. Leksika termini grekcha lexikos (“so‘zga oid”) leksemasi hosilasidir. Leksika deganda, tilning barcha so‘zlari, lug‘at tarkibi nazarda tutiladi. Leksika termini tilning alohida so‘zlar qatlamiga ham (maishiy leksika, poetik leksika, ish yuritish leksikasi kabi), bir ijodkor tomonidan qo‘llangan barcha so‘zlarga nisbatan ham (Navoiy leksikasi, Tog‘ay Murod leksikasi) yoki biror asar haqida ham (“So‘z haqida so‘z”) qo‘llanilishi mumkin.

Til leksikasi tilshunoslikning leksikologiya, semasiologiya va onomasiologiya sohalari o‘rganish manbayi hisobalanadi. Leksika bevosita yoki bilvosita borliqni ifodalaydi, jamiyatdagi o‘zgarishlarni, xalqning moddiy hayoti va ma’naviy olamini aks ettiradi, yangi predmet, hodisa, jarayon va tushunchalarni ifodalash uchun yangi so‘zlar bilan muttasil to‘lib boradi. O‘zida eskirish va yangilanishni to‘la aks ettiradi. Iste’mol darajasi susaygan birliklar esa leksikadan butunlay chiqib ketmaydi. Moddiy ishlab chiqarishning har xil sohalari muntazam rivojlanib, yangi yo‘nalishlar bilan boyib borishi, fan va texnikaning tinimsiz rivoji yangidan yangi maxsus so‘zlar – termin va terminologik qatlamlarni vujudga keltiradi va rivojlantiradi. Bunda e’tiborlisi shundaki, umumiste’mol so‘zlarning ayrimlari terminologik tabiat kasb etsa, ayrim terminlar o‘z ifodalanmishining kundalik turmushda qo‘llanish darajasiga bog‘liq ravishda umumiste’mol xususiyat kasb etib boradi. Jamiyatda umumiy ta’limning rivoji ham tilning o‘rta saviyali sohiblarida til terminоlogik tizimining xalqchillashuviga olib keladi.

Til leksikasida jamiyatning ijtimoiy qatlamlanishi (professional, yosh, jins va h.) o‘z aksini topadi. Shunga ko‘ra, til leksikasi har xil sotsial dialektlarga xoslanishi jihatdan tarmoqlanadi: jargon, argo, sleng. Til leksikasining sotsial xoslanishi sotsial dialektologiya, sotsiolingvistika, psixolingvistika kabilar tomonidan o‘rganiladi. Leksikada til egalarining turli hududiy dialektlarga mansubligi, xususan, hududiy sifatlar o‘z ifodasini topadi. Tilning hududiy variativligi dialektologiya tomonidan o‘rganiladi. Dialektal so‘zlar umumadabiy leksikani to‘ldiruvchi eng muhim ikki vositadan biri sanaladi.

Adabiy nutqda qo‘llanilib, hali unga to‘liq singmagan, mahalliy kolorit, hududiy bo‘yoq yaqqol sezilib turgan sheva so‘zlari “dialektizmlar” deyiladi. Tog‘ay Murod, Shukur Xolmirzayev, Nazar Eshonqul asarlarida dialektizmlarning yorqin namunalarini ko‘ramiz.




Download 213,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish