Mavzu: O'zbek dialektologiyasi. Qipchoq lahjasi Reja: Dialektologiya bo'yicha umumiy ma'lumot Dialektologiyaning asosiy vazifasi



Download 16,76 Kb.
Sana29.04.2022
Hajmi16,76 Kb.
#591953
Bog'liq
mustaqil ish



Mavzu:O'zbek dialektologiyasi. Qipchoq lahjasi


Reja:
1.Dialektologiya bo'yicha umumiy ma'lumot
2.Dialektologiyaning asosiy vazifasi
3.O'zbek tilida qipchoq lahjasi


Tayanch tushunchalar: Sheva, shevashunoslik, lahja, lahjashunoslik, dialekt, tasviriy dialektologiya, tarixiy dialektologiya, qarluq, qipchoq, o'g'uz, uyg'ur
Dialektologiya (dialekt va ... logiya) — tilshunoslik sohasi. Tilning mavjud lahjalari, shevalarini oʻrganadi. Unda lahja va shevalarning fonetik, morfologik, sintaktik va leksik xususiyatlari tavsif qilinadi. Milliy tilning paydo boʻlishi va rivojida shevalarning tutgan oʻrni, milliy tilga asos boʻlgan shevalar aniqlanadi. Shevalararo, shuningdek, adabiy til va qardosh tillar bilan ularning munosabatlari belgilanadi. Shevalarning tarqalish chegaralari — lingvistik geografiya tomonidan oʻrganiladi. Bu jihatdan Dialektologiya. ikkiga: 1) tasviriy (yoki dialektografiya); 2) tarixiyga ajraladi. Birinchisida mahalliy lahja va shevalarning fonetik tuzilishi, grammatik qurilishi, leksik tarkibi haqida mufassal maʼlu-mot beriladi. Ikkinchisida tilning dialektal xususiyatlarini qayd etish bilan birga, ularning kelib chiqishi, rivojlanishi va shakllanish tarixi oʻrganiladi. Dialektologiya tadqiqotlari tilning grammatik, leksik, orfografik va orfoetik meʼyorlarini belgilashda mu-him ahamiyatga ega. Dialektologiya tilshunoslik, etnogrofiya, folklor va boshqalar. bilan jips aloqada rivojlanadi. F. Abdullayev, Gʻozi Olim Yunusov, A. K.. Borovkov, Sh. Shoabdurahmonov va bоshqalar. Oʻzbek Dialektologiyasi rivojiga sezilarli hissa qoʻshgan.
Dialektologiya fani tilshunoslikning alohida bo`limi bo`lib, u birorta milliy til tarkibidagi mahalliy lahja va shevalarning o`ziga xos muhim xususiyatlarini o`rganadi. Dialektologiya yunoncha dialektos so`zidan olingan bo`lib, sheva ma’nosini bildiradi. Dialektologiyani shevashunoslik deb ham yuritiladi. Sheva forschada so`zlashish, ovoz, odat; shunos esa bilish, o`rganish demakdir. Sheva- biror tilning o`ziga xos fonetik, leksik va grammatik xususiyatlariga ega bo`lgan eng kichik qismi; lahja esa shu xususiyatlarni o`zida birlashtiruvchi shevalar yig`indisidir. Dialekt atamasi dialektologik adabiyotlarda ko`pincha lahja ma’nosida, ba’zan sheva ma’nosida ham qo`llanadi. Ammo ko`proq lahja ma’nosida qo`llangani ma’lum. Masalan, qirq, saroy, g`allaorol, baxmal, ming, nayman kabi shevalar birlashib, o`zbek tilining qipchoq dialektini yoki lahjasini tashkil qiladi.
Lahja yoki Dialekt — umumxalq tilining muayyan chegaralangan hududda joylashgan kishilar jamoasida bevosita aloqa vositasi sifatida qoʻllanuvchi va nisbatan yaxlit lisoniy tizim bilan ajralib turuvchi koʻrinishi. Lahja bir qator kattaroq til tuzilmasi tarkibiga kiradi, ushbu butunlikning boshqa qismlariga, boshqa Lahjalariga qarshi qoʻyilib, taqqoslanadi va ular bilan umumiy xususiyatlarga ega boʻladi. Hududiy Lahjalar tovushlar tarkibi, grammatika, soʻz yasalishi, leksika nuqtai nazaridan muayyan tafovutlarga ega boʻladilar. Bunday farqlar sezilmas darajada boʻlib, aniq, bir tilning turli Lahjalarida soʻzlovchilar bir-birini yaxshi tushunishadi (mas, oʻzbek tili Lahja va shevalari), boshqa tillarning Lahjalari bir-biridan kuchli farq qilib, bunda turli Lahjalarda soʻzlovchilarning oʻzaro aloqasi qiyinlashadi yoki mumkin boʻlmaydi (mas, nemis, xitoy tillari Lahjalari). Lahja umumxalq tilining quyi bosqichi hisoblanadi, u shevaga nisbatan keng maʼnoga ega boʻlib, shevalar yigʻindisidan tarkib topadi. Mas, etnogenetik jihatdan koʻp tarkibli boʻlgan oʻzbek tilida 3 ta asosiy Lahja farqlanadi: qorluq-chigil-uygʻur Lahjasi — Fargʻona vodiysidagi, Toshkent va Zarafshon vohalaridagi shaharlar va ularga yaqin aholi maskanlari shevalarini oʻzi ichiga oladi; qipchoq Lahjasi — Samarqand, Buxoro, Surxondaryo, Shim. Xorazmdagi hamda Fargʻona va Ohangaron vodiylaridagi "j"lovchi oʻzbek shevalarini oʻz ichiga oladi; oʻgʻuz Lahjasi — Jan. Xorazm (Urganch, Xiva, Xonqa, Hazorasp va boshqalar) va Turkmanistondagi oʻzbek shevalaridan iborat. Mazkur Lahjalarning fonetikasi, grammatikasi va lugʻat tarkibida bir-biridan farq qiluvchi xususiyatlar mavjud, lekin bu farqlar ularni birbiridan keskin ajratmaydi. Bu Lahjalar oʻzbek xalqi va tilining paydo boʻlishi va rivojlanishida yetakchi oʻrin egallab, qoz. oʻzbek adabiy tilining shakllanishi va undagi ayrim lisoniy hodisalarning barqarorlashishida ishtirok etgan. Qorluq Lahjasining Toshkent va Fargʻona tip shevalari hozirgi oʻzbek adabiy tilining tayanch shevalari hisoblanadi. Oʻzbek adabiy tili hozir ham Lahjalardagi eng ifodali, koʻp maʼnoli soʻzlar va iboralar, maqbul grammatik shakllar hisobiga boyib bormoqda.
Lahjalarga quyidagilar quyidagi guruhlarga bo`linnadi
Qarluq lahjasi
O`g`uz lahjasi
Qipchoq lahjasi
O`g`uz lahjasi vakillari Xiva, Xonqa, Shovot, Hozarasp, G`azovot, Sho`raxon, Urganch singari shevalarni qamrab oladi.
O`g`uz lahjasining eng muhim o`ziga xos xususiyatlari quyidagilardir
Fonetik xususiyat
Morfologik xususiyat
Fonetik xususiyat
o`zbek tili qipchoq shevalaridagi kabi juft unlilarning mavjudligi
qisqa va cho`ziaq unlilarning farqlanishi:
a : t (hayvon), a : d (ism), ot (o`simlik), o : t ( olov).
so`z boshida t va k tovushlarining jaranglashishi:
dil (til), gel (kel);
“bo`l” fe’lining boshidagi b undoshining tushib qolib , “ol” tarzida talaffuz etilishi v.b.
Morfologik xususiyatlar
1)Qaratqich kelishigi qo`shimchasining - ың , - iң shaklida ishlatilishi: atың , bashың (otning, boshning) ;
2)jo`nalish kelishigi qo`shimchasi uchun – a qo`llanilishi : atama
( otamga) ;
3)kelasi zamon shaklining : җak/җәk qo`shimchasi bilan qo`llanilishi: kelәҗәk;
4)istak fe’li shaklining - li qo`shimchasi bilan ishlatilishi : kelәl’m;
5)bersәnә - bersangchi turidagi buyruq fe’li shakllarining mavjudligi.O`g`uz lahjasi shevalar miqdoriga va shu lahjada so`zlovchi aholi soniga ko`ra o`zbek tilining boshqa lahjalariga nisbatan kam miqdorda uchraydi
Xorazmning janubiy qismidagi bir qancha shevalar o‘zbek tilining o‘g‘uz lahjasiga taalluqlidir. Xorazmdagi Xiva, Xonqa, Shovot, Hazorasp, G'azavot, Yangiariq, Sho‘raxon, Urganch singari aholi yashaydigan punktlarda, shuningdek Toshhovuz va To‘rtko‘l shaharlarida ham o‘g‘uz lahjasining vakillari juda ko‘p.
Shimoliy o‘zbek (Turkiston-Chimkent) gruppa shevalari (Qorabuloq, Mankent, Qoramurt, Iqon) ham, shubhasiz, o‘g‘uz elementlarining ishtirokida shakllangan. Mazkur lahja vakillari respublikaning boshqa tumanlarida (masalan, Jizzax yaqinidagi Bog'don qishlog‘ida) ham uchraydi.
O‘g‘uz lahjasi shevalar miqdoriga va shu lahjada so‘zlovchi aholi soniga ko‘ra o‘zbek tili dialekt kompleksida (boshqa lahjalarga nisbatan) oxirgi o‘rinda turadi.
2 tipdagi shevalami o‘z ichiga oladi: 1. JanuKiy Xorazm (Xiva, Yangi Urganch, Shovot, G‘azavot, Xazorasp, Yangiaiiq) shevaiari. 2. Shimoliy o‘g‘uz guruh, (Iqon,Qorabuloq) shevalari.
Chig ‘ftloy lahjasiga qarashli, ayniqsa, Samarqand-Buxoro shevalarini lcuchli eronlashgan shevalar deb hisoblaydi.
Ma’lumki qipchoq shevalari o’zbek milliy tilining tarkibida eng katta va eng muhim o’rinlardan birini egallaydi. Bu lahjada so’zlashuvchilar Ohangaron vodiysida, Mirzacho’lda, Qashqadaryo, Surxandaryo va Shimoliy Xorazm kabi joylarda yashaydilar. O’zbek- qipchoq lahjasining asosiy xususiyatlari professor Y.D.Polivanov va professor G’ozi Olim Yunusov tasnifida atroflicha berilgan. Ushbu lahjaga xos xususiyatlar:
sY:bet(suhbt); yol>жol(yo’l);
yaman>жaman(yomon); tag’>tav(tog’);
ag’iz>avuz(og’iz); qap>qabы(qopi);
ayvan>hayvan(hayvon); sarыq>sarы(sariq);
kichik>kichi(kichi).
O’zbek tilining qipchoq shevalarini o’rganish bo’yicha olimlarimiz tomonidan ko’plab ilmiy ishlar amalga oshirilgan. Masalan, prof V.V.Reshetov o’zining doktorlik dessertatsiyasida2 Ohangaron vodiysidagi qurama shevalarini, shu jumladan, u yerdagi ko’pchilikni tashkil qiluvchi qipchoq shevalarini chuqur o’rgangan va ularning xususiyatlarini o’zbek dialektologiyasida birinchi bo’lib batafsil yoritib bergan. Filologiya fanlari doktori Fattoh Abdullayev ham o’zining “Xorazm shevalari”3degan katta monografik asarida Xorazmdagi qipchoq shevalarining xususiyatlarini atroflicha yoritib bergan. Filologiya fanlari kandidati T.Mirsoatov, V.Egamov, F.Abdullayev, A.Mamatqulov, A.Ahmedov, M.Valiyev va boshqalar o’zbek tilining qipchoq shevalari bo’yicha o’zlarining kandidat dissertatsiyalarini yoqlaganlar. Bu ishlar ayrim qipchoq shevalarining ko’pincha fonetik, morfologik, ayrim hollarda leksik xususiyatlarini yoritishga bag’ishlangan.
Download 16,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish