pragmatizm falsafasiga asoslangan edi, u bola uchun, ijtimoiy hayot uchun foydali bilimlarni haqiqat deb tushunardi. D.Dyui o’zining falsafiy, didaktik mushohadalarida klassik haqiqatlarni ma’lum darajada inkor etgan, binobarin, ilmiy bilishni ikkinchi darajali hodisa sifatida kamsitgan, amaliyotni birinchi o’ringa qo’ygan pedagog edi. Bu D.Dyuining didaktik sistemasini ma’lum darajada chegaralanganini ham ko’rsatadi.
D.Dyuining didaktik tizimi garchand unda qator g’ayriilmiy qarashlar bo’lsa-da, eng ilg’or yo’nalish edi: u eng avvalo o’z pedagogik qarashlarini maktab faoliyati bilan bog’ladi. 1896-1902 yillarda CHikago shahrida maxsus maktab tashkil etdi. Bu “laboratoriya maktabi” deb atalardi; laboratoriyada ilmiy-tadqiqotlarni eksperimental usullar asosida olib bordi. U eksperimentni maktab hayotiga ilmiy didaktik tadqiqotlarga olib kirgan birinchi pedagoglardan edi; D.Dyui o’z didaktik qarashlarida o’quvchini ta’lim jarayoni sub’ekti sifatida ajratadi. Uning fikricha, maktab bolalarni hayotga tayyorlash joyigina emas, shu bilan birga, u bolalarning faoliyat ko’rsatish, yashash maskani hamdir.
Formal ta’lim nazariyasiga Djon Lokk (XVII asr), Pestalotsi, Kant va Gerbart (XVIII-XIX asrlar) asos solganlar. XVIII asrning oxirlarida didaktik formalizm nazariyasi (konsepsiyasi) vujudga keldi Konsepsiya tarafdorlari ta’limni o’quvchilarning iqtidori va qiziqishlarini rivojlantiruvchi vositasi sifatida e’tirof etadilar. Keyinchalik bu ta’limot formal ta’lim nazariyasi sifatida shakllantirildi. Didaktik formalizm tarafdorlarining asosiy g’oyasi qadimiy olim Geraklit tomonidan aytilgan (ko’p bilim aqlni kuchaytirmaydi) fikrlariga asoslanadi. Keyinchalik bu g’oyani I.Kant va I.G.Pestalotssilar rivojlantirishdi. Ular o’qitishning asosli maqsadi, eng avvalo, o’quvchining iqtidorini rivojlantirish o’quvchining to’g’ri tafakkur yuritishini kuchaytirish bo’lishi shart deb hisoblaydilar.
Ushbu nazariya tarafdorlari falsafiy ratsionalizm (lotinchada «rationalts» - aqlli)ga tayanadilar va bilim manbayi aqldir, bilim faqat aqlning mustaqilligida tug’iladi, shu bois ta’lim o’quvchilarning ma’lum bilimlarni egallab olishlari emas, balki ularning aqlini o’stirish, ya’ni, analiz, sintez, mantiqiy fikrlash layoqatlarini rivojlantirish kabi vazifani hal etishi zarur deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, fikrlashni rivojlantirish vositasi tillar, ayniqsa, qadimiy yunon va lotin tili, shuningdek, matematikani o’rganish lozim. Formal ta’lim elementlaridan hozirgi kunda ham foydalaniladi. Angliyadagi grammatik maktablarda, ushbu nazariya g’oyalari asosida ish ko’riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |