МУАССИСЛАР
Халқ таълими вазирлиги
Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги
Ўзбекистон таълим, фан ва маданият ходимлари касаба уюшмаси Республика кенгаши
РЕКЛАМА
ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMI. TA’LIM JARAYONI MOHIYATI
Консультация онкологаПрием ведут врачи к.м.н и д.м.н Разработка и коррекция схем терапии. Запись 24/7Узнать большеТурбо-страницаЕсть противопоказания. Посоветуйтесь с врачом.Яндекс.Директ
Pedagogikaning asosiy kategoriyalari
Dars – ta’limning asosiy shakli. Dars turlari va tuzilishi
Didaktika tushunchasi
TAYANCH SO‘ZLAR VA IBORALAR:
Pedagogika predmeti, obyekti, tizimi, ta’lim islohotlari, pedagogik kategoriyalar, pedagogik nazariyalar, ta’lim konsepsiyalari, yoshlar bilimi, intellektual salohiyati, didaktika, ”Ijtimoiy-gumanitar fanlar” tizimi, shaxs rivojlanishi, ma’naviy- ma’rifiy qiyofa, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish to‘g’risidagi chora-tadbirlari” bo’yicha 2909-sonli Farmoni.
Ta’lim shakllarining tarixan paydo bolishi
Ta’limni tashkil etish shakllari deganda, aniq muddatda va tartibda O‘qituvchinig o‘quvchilar bilan olib boradigan mashg’ulot turlarini tushunamiz. Hozirgi kunda, umumta’lim maktablarida ta’limni sinf-dars shaklida olib borish keng tarqalgan. Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, ta’limni tashkil etish shakllari ijtimoiy tizim manfaatlariga mos holda paydo bolgan va rivojlangan. Dastlabki davrlarda ta’lim berish ishlari odamlirning mehnat faoliyati, turmush tarzi bilan uzviy bog’langan hamda, bilim berish, o‘rgatish ishlari yakka tartibda olib borilgan. Davr o‘tishi bilan ko‘pchilikka bilim berish ehtiyoji paydo boladi. Ta’lim tizimi mazmuni, bilimlarning murakkablashuvi, oilalarni guruh-guruh qilib, to‘plab o‘qitishni taqoza qilgan hamda ta’lim bilan shug’ullanuvchi mutaxasislar, o‘qituvchi tayyorlash zaruratini keltirib chiqargan.
Shu davrga kelib o‘qitishning maxsus tashkiliy shakllari paydo bo‘la boshlaydi. Buning natijasida sinf-dars tizimi paydo bo‘la boshlaydi. Xalq orasida hayotiy tajribaga, bilim va tarbiyaga ega bolgan kishilar murabbiy, o‘qituvchi bo‘lib faoliyat ko‘rsatadi. Xalqimiz tarixiga nazar tashlar ekanmiz, maktab va madrasalarda yoshlarga bilim berish bilan shug’ullanganligi “Avesto” va boshqa tarixiy manbalardan ma’lum. Ammo qadim davrlarda ta’limni qat’iy chegaralangan vaqtda, bir xil yoshdagi bolalar bilan olib borish, ta’lim mazmunini bosqichma-bosqich berish masalalariga aniqlik kiritilmagan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |