Piyodalar mintaqasi.
Shahar ko‘chalari tarmoqlarining rejasi ishlab chiqarish korxonalari, turar joy mavzelari, jamoat binolari, vokzallar, pristanlar, shuningdek, shahar tashqarisidagi yo‘llarning tutashishlarini joylashtirish bilan belgilanadi.
Eski shaharlarning rejalashtirilishi ijtimoiy, topografik va iqlim sharoitlarining ta’sirida tarixan yuzaga kelgan (tarkib topgan). Yangi shaharlarni rejalashtirishda aholi uchun eng yaxshi qulayliklar yaratishdek asosiy tamoyildan kelib chiqiladi. Yangi shaharlarni rejalashtirish, mavjud shaharlarni rivojlantirish va qayta qurish kabi, sanoat, transport aloqalarini joylashtirishni, turar joy mavzelari uchun eng yaroqli uchastkalar tanlashni va yashil massivlar yaratishni har tomonlama o‘rganishga asoslanadi. Ko‘pgina qadimiy shaharlar-qal’alar uchun radial-halqasimon rejalashtirish tizimi xosdir. Bunday rejalashtirishga eski Farg‘ona shahri misol bo‘la oladi. XVII...XVIII asrlarda asos solingan shaharlar, odatda, to‘g‘ri to‘rtburchakli rejalashtirishga ega.
Aralash rejalashtirish tizimida muntazam to‘g‘ri to‘rtburchakli rejalashtirish diagonal ko‘chalar-nurlar yotqizish bilan qo‘shib olib boriladi, ular to‘g‘ri to‘rtburchakli rejalashtirishdagi biroz bir xilliklarni buzadi va chiroyli maydonchalar hamda ko‘chalar perspektivasini vujudga keltiradi.
Ko‘cha tarmoqlarining rejalashtirilishi transportning ishlashiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Eng qisqa yo‘nalishga qaraganda (havo yo‘li bo‘yicha) to‘g‘ri to‘rtburchakli rejalashtirish yo‘lni o‘rtacha 27% ga, radial-halqasimon rejalashtirish esa faqat 10% ga uzaytiradi. Shaharning ko‘cha tarmog‘i shaharning 1 km2 maydoniga to‘g‘ri keladigan kilometr hisobidagi umumiy uzunligi va zichligi bilan ta’riflanadi.
Shaharlar o‘sganida (kengayganida) ko‘cha tarmoqlari tarkibiga shahar chetidagi yo‘llar asta-sekin qo‘shila boradi. Shunig uchun yangi shahar hududlarining ko‘cha tarmog‘i yuk to‘planadigan punktlarning joylashtirilishi va shahar atrofi zonasidagi yo‘llar tarmog‘ining joylashuvini hisobga olgan holda rejalashtiriladi.
Yangi shaharlarni loyihalashda ko‘chalar tarmog‘i rejasi shahardagi harakatlanish oqimlarining ko‘zda to‘tilgan yo‘nalishlariga asoslanib belgilanadi. Ishlab chiqarish korxonalari, muassasalar, vokzallar, pristanlar va jamoat foydalanadigan joylarning joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, yuk oqimlarining yo‘nalishi va miqdori belgilanadi. Birinchi navbatda, eng qisqa yo‘nalish bo‘yicha asosiy magistrallar loyihalanadi. Qolgan ko‘chalar turar joy mavzelarini sanoat korxonalari, muassasalar, vokzallar va hokazolar bilan qulay transport aloqasi bilan bog‘lash shartiga ko‘ra asosiy magistrallarga yordamchi yo‘llar tarzida joylashtiriladi.
Odatda, magistrallarning zichligi 2...2,5 km/km2 ga teng bo‘ladi. Magistrallar orasidagi masofani 800...1000 m chegarasida, aholi yashaydigan ko‘chalar orasidagi masofani esa 200...300 m qilib belgilanadi. Mavzelar maydoni 8...12 gektarga teng qilib qabul qilinadi.
Ko‘chalar, chorrahalar va maydonlarni rejalashtirish shaharni umumiy rejalashtirishning ma’suliyatli qismini tashkil etadi. Ko‘cha tarmoqlarini loyihalashda yondosh maydonlar, qirg‘oqlar, parklar (bog‘lar) va hokazolarning me’moriy bezatilishi hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |