Texnologik jarayonini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun tayyorlanayotgan Detalning qaysi yuzalariga va qanday ketma-ketlikda ishlov berishni ifodalovchi reja tuziladi.Ushbu rejada detal yuzlariga ishlov berish usullari keltiriladi.
SHu maqsadlarda mexanik ishlov berish texnologik jarayoni alo’ida qismlarga bo’linadi, bu qismlarning yiindisi uning tarkibini tashkil etadi. Texnologik jarayon quyidagi tarkibiy qismlarga bo’linadi: texnologik amal; xolat; o’tish; yurish; xarakatlar yiindisi.
Texnologik amaltexnologik jarayonning bir qismi bo’lib, bir ish o’rnida (bir yoki bir necha ishchi tomonidan) ketma-ket bajariladigan ishlar yiindisidan iborat.
O’rnatish amalning bir qismi bo’lib Detalning (dastgo’ turiga qarab bir necha Detalning) bir marta ma’kamlaganda bajariladigan ishlar yiindisidan iborat. Dastgo’ga o’rnatilgan yoki ma’kamlangan xomashyo uning ishchi organalariga nisbatan stolini aylanishi yoki siljishi natijasida yangi xolatni egallash mumkin.
Xolat Detalning bir marta ma’kamlagan ‘olatida dastgo’ning ishchi organlariga nisbatan egallagan ‘olati. ‘olatni o’zgarishi dastgo’ stolining aylanishi yoki siljishi natijasida bo’ladi. Masaslan: ko’p shpindelli ko’p xolatli dastgo’larda.
Amal texnologik va yordamchi o’tishlarga bo’linadi. Texnologik o’tish texnologik amalni tugallangan qismi bo’lib Detalning ishlov berilayotgan yuzasini, kesuvchi asbobning va kesish maoromlarining doimiyligi bilan xarakterlanadi.
YOrdamchi o’tish texnologik amalning tugallangan qismi bo’lib ishchining va (yoki) dastgo’ning xarakatlari yiindisidan iborat. YOrdamchi o’tish natijasida Detalningng shakli, o’lchamlari va xususiyatlari o’zgarmaydi.
O’tish o’z navbatida ishchi va yordamchi yurishlardan iborat bo’ladi. Ishchi yurish texnologik o’tishning tugallangan qismi bo’lib kesuvchi asbobni, ishlov berilayotgan yuzani doimiy saqlagan ‘olda detaldan maolum qatlamni kesib olish bilan boliq bo’ladi
YOrdamchi yurish texnologik o’tishning tugallangan qismi bo’lib kesuvchi asbobni ishlov berilayotgan detalga nisbatan metalni kesib olmagan ‘olda bir marta siljishidan iborat. Bu o’tish kesish jarayonini takroran amalga oshirish uchun kesuvchi asbobni kerakli ‘olga qaytarish uchun zarur bo’ladi.
Texnologik jihoz deb texnologik jarayonning ma’lum qismini bajarish uchun material yoki zagotovkani joylashtiriladigan, ularga ta’sir qiluvchi vositalarga va zarur bo‘lganda energiya manbai bilan jihozlangan ishlab chiqarish quroliga aytiladi. Texnologik jihozlarga dasggohlar, sinash qurilmalari, konveyerlar kiradi.
Texnologik uskuna bu texnologik jarayonni bajarish uchun texnologik jihozga qo‘shimcha ishlab chiqarish qurolidir. Masalanturli xil moslamalar, asboblar, shtamplar, press formalar.
Rostlash (nastroyka) bu texnologik jixoz va uskunani ma’lum texnologik jarayonni bajarishga tayyorlashdir. Moslama va asbobni dastgohga o‘rnatish, ma’lum bir surilish va tezligini tanlab olib qo‘yish ham rostlash hisoblanadi.