Kurs ishining ilmiy yangiligi.Amir Temur va temuriylar davri ichki va tashqi siyosatida amalga oshrilgan siyosatlari alohida mavzu sifatida tadqiq etildi. Ishda Temurningva temuriylarining olib borgan ichki-tashqi siyosatlariga doir barcha ma`lumotlar jamlanib, tahlil etildi.
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Tadqiq etilgan mavzu natijalari va xulosalaridan umumta`lim maktablari, akademik litsey va texnikum o`quvchilari, Oliy o`quv yurti talabalariga ta`lim berishda foydalanish mumkin. Ishda bayon etilgan ilmiy xulosalar va ularning natijalaridan O`zbekiston tarixining tadqiq etilayotgan davri bo`yicha ma`ruzalar o`qishdaham foydalanish mumkin.
Kurs ishining tarkibiy tuzlishi.Kirish, asosiy qism, to`rt band, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`xati qismlaridan iborat
Kirish.
Insoniyat jahon tarahhiyotida hal hiluvchi ahamiyatga molik shaxslar hissasini munosib baholaydi. Binobarin, ularning sa’y- harakatlari yangi-yangi avlodlar e’tiborini katta kuch bilan o‘ziga jalb etishi mutlaho tabiiydir. Amir Temur — tarixda eng buyuk shaxslardan biri. Ajablanar- lisi shundaki, XIV asrning eng yorhin va mo‘tabar zotining buyuk- ligi keyinchalik har turli afsonalaru uydirmalar girdobida holib ketdi. Xayriyat, haqihat yulib keldi. Amir Temurning yirik davlat arbobi, o‘rta asr islohotchisi, jasur adolatpesha, fan va madani- yat homiysi sifatidagi siymosi har turli mafkuraviy ta’sirot- larga, kamsitilgan va adolatsiz baholarga haramay, asrlar osha yashab keldi. Amir Temur ma’naviy merosining o‘zagi — Samarhanddir. Afsona shahar. Jahon me’morchiligining durdonasi. Bunyodkor Inson teran zakovati va cheksiz xayolotining noyob ijodi namunasi. Ma’naviy boylik, o‘y-xayollarning sofligi va axlohiyligi, nafislik, O‘zbekiston xalhining yaratuvchilik tabiati asrlar davomida Go‘ri Mir, Registon, Shohizinda, Tohi zargaron, Bioixonim masjidi, Uluyebek rasadxonasi va boshha ko‘plab jahon ahamiyatiga molik durdonalar nafosati ta’sirida shakllandi.Qadimiy tarahhiyot an’analari Samarhand, Shahrisabz, Buxoro, Xiva, Toshkentda, Fareona va Surxondaryo vodiylarida, shuningdek, Turkiston hududidagi boshha yodgorliklarda, o‘tgan asrlar tarovatini o‘zida sahlagan puxta o‘ylangan ko‘plab o‘quv markazlari, madrasa, kutubxonalarda o‘z ifodasini topdi. Erk va mustaqillikka erishgan o‘zbek xalqi bugungi kunda tarixning ana shu obidalarini avaylab saqlab, misli ko‘rilmagan ishtiyoq bilan o‘z milliy an’analarini hayta tiklamoqda, begona mayl va biz uchun nomaqbul mafkura bilan ataylab yashirilgan o‘zining boy tarixi va madaniyati sahifalarini zargarona yangitdan yaratyapti. Yuksak ma’naviyatni qaytarish — O‘zbekistonda ochish, zamonaviy, demokratik jamiyatni barpo etishda g`oyat muhimdir. Taqdim etilayotgan kitob Amir Temur va Temuriylar davrida fan, madaniyat va ta’limning misli ko‘rilmagan darajada gullab-yashnaganligi qahida hujjatlar asosida sermazmun hikoya qiladi.
1. Davlatning markaziy ma’muriyati. Movarounnaxrdan tashraridagi yerlarning turt ulusga bo’linishi. Suyurg’ol tizzimi. harbiy islohat va rushinning to’zilishi. Amir Temur zamonasining mashhur sarkardasi. "Temur tuzuklari" davlat boshqaruvi va harbiy san’atini namoyon riluvchi asardir. Amir Temurning ilm - fan rivojiga e’tibori. Mamlakatni obodonchiligiga alohida ahamiyat berishi.
Temur o’zining hayoti davomida harbiy iste’dodi, mohir sarkardaligi, diplomatliligi va yetuk davlat arbobi bo’lganligi tufayli milliy yuksalish va insonparvarlik ruhi bilan suQorilgan ulkan markazlashgan davlat tuzishga muvaffaq bo’ldi. Sohibqiron turk-mo’ul an’analariga amal qilgan holda o’z davlati hududlarini suyurQol (ulus) tariqasida in’om qilish yo’li bilan boqargan. Temur Movarounnahrdan taqaridagi yerlarini to’rt ulusga bo’lib, farzandlariga in’om etdi. Bu masalaning e’tiborli tomoni shundaki, garchi sohibqiron tomonidan bo’lib berilgan yerlar ichki mustaqillikka ega bo’lsalar-da, lekin amalda batamom markaziy hokimiyatga bo’ysundilar. Temurning o’ta darajadagi zukkoligini shundan bilsa bo’ladiki, u uluslar o’rtasida o’zaro nizolar kelib chiqmasligi uchun ularning faoliyatini doimo o’zi nazorat qilib turadi.
Temur davlatining eng ko’zga ko’ringan va muammoli tomoni shundaki, sohibqiron kichik bir viloyat doirasida tarbiya topgan bo’lsa-da, davlat mafkurasining boqaruv tayanchi kuchli hokimiyat ekanligini tushundi va davlat, saltanat ishlarini yuzaga chiqarishda kamchilikka yo’l qo’ymaydigan vazirlarni tanlashga harakat qildi. Amir Temur vazir to’rtta sifatga ega bo’lishi lozim deb hisoblagan: birinchisi-asllik, toza nasllilik, ikkinchisi-aql-farosatlilik, uchinchisi-sipohu raiyat ahlidan xabardorlik, to’rtinchisi-sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik.
Amir Temur hukmronlik qilgan davlarda davlatning markaziy ma’muriyati boshida devonbegi, arkbegi va to’rt vazir turgan. Vazirlar soliqlar yiQish, meros ishlari, askarlar maoshi va ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash, saroy xarajatlari bilan boQliq bo’lgan ishlarni bajarganlar.
Bu davrlarda yerga egalikning ba’zi turlari mavjud bo’lib, ular suyurg`ol yerlar, vaqf yerlar, jamoa yerlari edi. Xususiy yer egalari tarxon unvonini olganlar, davlatga soliq to’lashda ba’zi imkoniyatlarga ega bo’lganlar, vaqf yerlar masjid va madrasalarga qarashli yerlar bo’lib, ular soliq to’lashdan ozod qilganlar. Amir Temur davrida asosiy soliq daromad soliQi-xiroj bo’lib, u olinadigan daromadning uchdan bir qismiga teng bo’lgan. Temur tuzuklarida yozilishicha, kimki biron sahroni obod qilsa, yoki yer osti suvlarini tortib oladigan inshoot qursa, yo, biron boQ ko’kartirsa, yoxud biron tashlandiq yerni obod qilsa, faqat yerni o’zlashtirganining uchinchi yili (birinchi, ikkinchi yil umuman to’lamagan) qonun doirasida xiroj soliQi olingan. Undan taqari ushr, mol, suvloq kabi soliq turlari mavjud bo’lib, ular yillar davomida amal qilingan tartib-qoidalarga binoan to’plangan. Soliq to’plovchi soliq yiQish jarayonida soliqni yaxshi so’zlar bilan to’plashi, aholini kaltaklash hollari, zanjirband etish hollari kelib chiqmasligini nazorat qilishi shart edi.
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov sohibqiron Amir Temur tuvalludiga bag’ishlangan xalqaro ilmiy konferensiyada ma’ruza qilib, Amir Temurdek tarixiy shaxslarni, sarkarda va sohibqironlarni tarix taqozosi, shu zamon talablari, kerak bo’lsa, zamon ehtiyoji hayotga olib keladi va ul zotlarning fazilat-xususiyatlarini namoyon qilishga zamin yaratadi... Kimki Amir Temur qadimiy Turkiston zaminida tasodifan paydo bo’lgan desa, xato qiladi. Nega deganda hech narsa to’satdan paydo bo’lmaydi”,1 deb takidlagan edi. Haqiqatda ham ma’lum bir murakkab siyosiy vaziyatlarda xalqda o’z sarboniga, yetakchi dono rahbarga ehtiyoj paydo bo’ladi. CHunki XIV asrning 50-60 yillarda Movarounnahr o’z boshidan alg’ov-dalg’ovli, qattol, siyosiy parokandalik, o’zaro kurash davrini kechirayotgan edi. SHunday murakkab vaziyatda Amir Temur o’z hayoti uchun o’ta xafli, Vatani, millati uchun sharafli yo’lni tanladi. Bu –purhikmat, Olloh inoyat qilgan mustaqillik, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyot, xalqaro nufuz yo’li edi. Zero Amir Temur dunyoga kelgan zamin qadimdan iqtisodiy, madaniy taraqqiy etgan, jahonga yuzlab ulug’ aql-zakovat sohiblarini bergan ulkan ma’naviy imkoniyatlarga ega bo’lgan makon edi. SHuningdek, murakkab siyosiy vaziyatlar, ijtimoiy inqorozlar holatida millatning alp o’g’lonlari, ulug’ siyosatdonlar, sarkardalar Vatan farzandlari sifatida milliy g’urur va salobat bilan kurash maydoniga chiqishlari muqarrarligi qonuniyatini ham mushohada doirasida tutishimiz zarur. Amir Temur Turkistonni, Islom Karimov O’zbekistonni dunyoga olib chiqadilar. Mustaqil O’zbekiston –Amir Temur boshqargan ulug’ Turkiston davlatining qonuniy vorisi. Sohibqiron Amir Temur ham Prezident Islom Karimov ham tarixiy shaxslar. Hayotida bundan ulug’ baxt bo’lmasa kerak.
Mustabid sovet “dohiylari” “tarixning yaratuvchisi xalq, davlat boshliqlari, sarkardalar yoki alohida bir shaxslar tarixni yarata olmaydilar,” degan asossiz, g’ayri ilmiy g’oyani targ’ib qilgan edilar. Tarixni xalqning faqat ijtimoiy- siyosiy faol, quvvai hofizasi baland, ma’naviy salohiyatli qatlami, olimlari, sarkardalari, davlat arboblari yaratadilar. Sohibqiron Amir Temur, Prezidnet Islom Karimov o’z xalqning yangi tarixini yaratgan arbobdirlar.
Qudratli buyuk davlat barpo qilgan Amir Temur bunday davlatning iqtisodiy jihatdan ravnaq topishini g‘alabalarga olib keluvchi harbiy yurishlar bilangina ta’minlab bo‘lmasligini yaxshi his etardi. Movarounnahrning markazida, strategik jihatdan qulay joylashgan Samarqand shahrini poytaxt sifatida tanlar ekan, u Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan, Uzoq Sharqni musulmon dunyosi hamda Yevropa bilan bog‘lovchi bu shahar ulug‘vor inshootlari, dabdabali saroylari, saroy ahlining tantanavor kiyimlari bilan mehmonlarni hayratga solishi lozim, deb hisoblardi. Bundan tashqari, Samarqand azaldan ilm-fan va ma’rifat markazi bo‘lib kelgandi. Mo‘g‘ullar davrida shaharning ilmiy va madaniy an’analari buzilgandi. Shu bois hukmdor shaharning o‘sha an’analarini qayta tiklash orqali yuqorida ko‘zlagan maqsadiga erishishga jazm qildi. Bunga Movarounnahrni iqtisodiy va siyosiy hayot markaziga aylantiribgina erishish mumkin edi. Buning uchun esa G‘arb mamlakatlari bilan Xitoy o‘rtasida o‘tmishda mavjud bo‘lgan asosiy karvon yo‘llarini tiklash va jonlantirish zarur edi.
Amir Temurgacha bo‘lgan davrda feodallar o‘rtasidagi janjallar va o‘zga chetdan tez-tez bo‘lib turadigan bosqinlar tufayli Oltin O‘rdadan Sharq mamlakatlariga olib boradigan karvon yo‘llari inqirozga uchragan edi. Egey va O‘rta dengiz sohillaridan to Xitoy chegaralarigacha, Dashti Qipchokdan Arabiston dengizigacha bo‘lgan oraliqda ulkan saltanat barpo etib, Sohibqiron, avvalo Buyuk Ipak yo‘lining karvon so‘qmoqlarini bosqinchilar hujumidan muhofaza qildi. G‘arbiy Eron, Iroq, Suriya va Sharqiy Anatoliyada bosqinchilar ayniqsa ko‘p edi. Bungacha ana shu mamlakatlardan o‘tadigan yo‘llar xavfli bo‘lganligi uchun nafaqat savdo karvonlari qatnovi, balki musulmonlar uchun farz hisoblangan haj amalini bajarish ham amri mahol bo‘lib qolgan edi. Buyuk Ipak yo‘lining yopilib qolgan karvon so‘qmoqlari Amir Temur iqtidori sharofatidan qayta tiklanishi tufayli Movarounnahrga turli mamlakatlardan sarmoya va mol oqib kela boshladi. Bunda, birinchi navbatda, Movarounnahrning Samarqand, Buxoro, Aksikent, Andijon va boshqa shaharlaridan chiqqan savdogarlar faol qatnashdilar. Yurtimiz savdogarlarini Xitoy, Hindiston, Qrim, Kichik Osiyo va Shimoliy Afrikaning poytaxt shaharlari portlarida ko‘rish mumkin edi. Savdo-sotiqning jadal rivojlanishi bu mintaqa taraqqiyotini ko‘p jihatdan ildamlashtirdi. Xazina to‘la boshladi. Amir Temur imkon qadar ichki savdoga ham, tashqi savdoga ham qulay sharoit yaratdi. O‘rta asrlarda savdo bilan diplomatiya uyg‘unlashib ketgan edi. Savdo va dip-lomatiya munosabatlarini kengaytirish maqsadida Amir Temur karvon yo‘llarini obodonlashtirdi. Manzillar va karvonsaroylar barpo etdi. U poytaxtga yoki harbiy o‘rdaga ketayotgan savdogar va elchilarning beto‘xtov yurishi uchun sharoit yaratilishini talab qilardi. Shu maqsadda karvon yo‘llarida joriy etilgan yomchilik (aravakashlik) xizmati harbiy intizomga bo‘ysundiriddi. Chunonchi, har 30 chaqirim masofada bir necha yom otlari bilan yomchi (aravakash) turgan. Klavixoning shohidlik berishicha, agar biror sabab bilan yom otlari bo‘lmay qolsa, u holda elchi istagan yo‘lovchining, hatto davlat arbobining ham otini olib qo‘yish huquqiga ega edi. Keltirilgan bu dalil Amir Temur davlatining hamma yerida yomchilik xizmati yaxshi yo‘lga qo‘yilganligini hamda aloqa yo‘llari ishonchli va xavfsiz ekanligini ko‘rsatadi: «Ular-ga (Kastiliya elchilariga) tez yurish uchun har kuni yangi otlar berishardi, chunki, (buyuk) senyorning (Amir Temurning) buyrug‘i bilan har bir kunlik yo‘lda ot saqlanadigan joylar hozirlangan, bir joyida — yuzta, boshqa yerda ikki yuzta ot bo‘lib, uning yurtidagi barcha yo‘llar to Samarqandgacha shunday tartibda edi. Agar senyor kimnidir biron yerga yuboradigan bo‘lsa yoki kimdir uning huzuriga kelayotgan bo‘lsa, ular bu otlardan foydalanishi va otlar kechayu kunduz tez chopishi kerak edi. Odamsiz yo‘llarda ham aholi zich yashaydigan joylarda ham otlar tayyor turardi. Kimsasiz joylarda senyor yaqinroqdagi shahar va qishloqlar aholisi ot va oziq-ovqat keltirsin, deb katta karvonsaroylar qurdirgan. Otlarni parvarishlab turuvchi maxsus odamlar bo‘lib, ular ancho (yomchi) deb yuritilgan. Shunday qilib, podshoga xabar keltirgan choparlarning otlari egar-jabduqlaridan yechilib, boshqa, dam olib turgan otlar bilan almashtirilardi. Choparlar ketayotganlarida ancholardan bir-ikki kishi ularning otlariga qarab borardi. Ular podsho otlari turgan navbatdagi bekatga yetib kelganlarida ilgari almashtirgan o‘z otlarini olib qaytishadi va yo‘lovchiga boshqa ancho hamrohlik qiladi.Shunga qaramay, yo‘lda biror ot nogoh horib qolsa, duch kelgan boshqa bir yo‘lovchini otidan tushishga majbur qilardilar va otini olib qo‘yib, podsho otlarini dam olishga qoldiradilar. Ularning odati shundayki, agar biror otliq yo‘lda ketayotgan bo‘lsa, u elchi (buyuk) senyorning huzuriga ketayotgan odamga otini berishi shart, chunki u senyorning huzuriga ketayapti yoki uning buyrug‘ini bajarayapti. Mabodo yo‘lovchi e’tiroz bildirgudek bo‘lsa, u bu beodobligi uchun boshi bilan javob beradi, zero senyorning buyrug‘I shunday. Lozim bo‘lsa, hatto askarlarning ham otlari olib qo‘yiladi. Bu (Kastiliya) elchilar o‘zlari va o‘z odamlari uchun bir necha marta shunday otlarni olib qo‘yib, ularni (egalarini) otlarni qaytib olishlari uchun o‘z ortidan kelishga majbur qilganlar. Aytadilarki, agar kerak bo‘lsa, nafaqat oddiy odamlarning, balki hatto senorning katta o‘g‘lining ham otini olish mumkin bo‘lgan. Elchilarga aytdilarki, avval shunday bir voqea bo‘lgan: buyuk senyorning huzuriga ketayotgan elchilar uning katta o‘g‘lini otidan tushishga majbur qilganlar. Faqat bu yo‘lgina emas, balki uning butun mamlakatidagi yo‘llar shunday otlar bilan ta’minlanganki, shunday tez yurish tufayli podsho bir necha kundayoq o‘zining barcha mulklaridan va tevarak-atrofdan xabardor bo‘lishi mumkin» Amir Temur davlatining barcha hududlarida qattiq intizomga bo‘ysundirilgan aniq va tezkor yo‘l-aloqa xizmati joriy qilingan. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, bunday xizmat Amir Temur va Temuriylar davlatining ildam taraqqiyotiga olib keldi. Uzoq mamlakatlardan karvon yo‘llari bo‘ylab kelgan savdogarlar o‘zlari bilan faqat mollargina emas, balki boshqa mamlakatlarning iqtisodiy ahvoli, turmush tarzi, odatlari va dini haqida yangi-yangi xabarlar keltirardilar. Ular ayni vaqtda madaniyat tarqatuvchilar ham edilar, chunki qo‘lyozma kitoblar, qog‘oz olib kelishar, boshqa xalqlardan eshitgan hikoya, afsona va rivoyatlarni so‘zlab berardilar. O`z navbatida, mahallii savdogarlar uzoq yurtlarda bo‘lib, jug‘rofiy tasavvurlarini kengaytirar, safardan qaytib kelib, o‘z ishlari va sarguzashtlari haqida hikoya qilib berardilarki, ularni munshiylar yozib olishardi. Savdo shu tariqa madaniyat va adabiyotning rivojini rag‘batlantirardi. Amir Temur o‘z harbiy harakatlarini uzoq va yaqin mamlakatlar ila faol diplomatik munosabatlar bilan birga olib borardi. Umuman u tinch yo‘l bilan qilingan barcha diplomatik harakatlar hech bir natija bermagan hollardagina tashqi diplomatik maqsadga erishishning bir vositasi sifatida urushdan foydalanar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |