Kirish Asosiy qism Amir Temur va temuriylarning mamlakat ichki tizimida amalga oshirgan ishlari


MISR SULTONLARI BILAN DIPLOMATIK MUNOSABATLAR



Download 81,29 Kb.
bet3/8
Sana14.05.2022
Hajmi81,29 Kb.
#603682
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
davlatchilik

2.MISR SULTONLARI BILAN DIPLOMATIK MUNOSABATLAR
Amir Temurning Misr mamluklari bilan bo‘lgan siyosiy munosabatlari diplomatik nuqtai nazardan juda ibratlidir. XIV asr oxirida vujudga kelgan muayyan xalqaro vaziyat tufayli Osiyo, qisman Afrika va Yevropa hududida Usmonli Turkiya, Amir Temur davlati, Misr mamluklar saltanati va Oltin O`rda eng qudratli davlatlar sifatida siyosiy maydonga chiqdi. 1382 yili Misrda hokimiyat tepasiga kelgan Sulton az-Zohir Barquq boshliq cherkas mamluklari davlati tarkibiga kirgan Suriya, ularga tobe’ Iroq va muqaddas sajdagohlar makoni Xdjoz bilan birgalikda qudratli kuchga aylangan bo‘lib, Sharqdagi qo‘shni mamlakatlar uchun himoya vazifasini ham o‘tardi. Shu sabab qator mamlakatlar va amirliklar mamluklar davlatini e’tirof etib, uning himoyasiga umid bog‘lagan holda mamluklar davlati bilan sulh tuzishga shoshildi. Markaziy Osiyoda Amir Temur markazlashgan yirik davlat tuzib, uning g‘arbiy sarhadlarida nufuzi oshaborgach, bu harakat ayniqsa kuchaydi. Amir Temur davlatining qudrati va nufuzi orta borishi bilan Misr mamluklar saltanatiga ko‘p qo‘shnilar murojaat qilib, yordam so‘ray boshladilar. Masalan, Sinjar, Qaysariya va Takriyt hokimlari 1383- yili Misr Sultoniga maktub yo‘llab, xutbani uning nomi bilan o‘qiganlarini bildirganlarida Sulton Barquq darhol ularni o‘z noiblari etib tayinladi. O‘z navbatida, aytish joizki, bu voqealar Amir Temurning ba’zi arab mamlakatlari hududlarida paydo bo‘lishi bilan bir vaqtda to‘g‘ri keldi. Jumladan, 1386 yili Sohibqiron qo‘shinlari Tabriz shahrini qamal qilib, undan Qora Yusuf turkmanni haydab chiqarib, shaharni egallaganida Iroq hokimi Sulton Ahmad ibn Uvays Jaloyir bunga ko‘p ham e’tibor bermay, mamlakat ichkarisiga — Bag‘dodga chekinish bilan chegaralandi, Ayni vaqtda bu voqealar yaxshilikka olib kelmasligini his qilib, turkman Qora qo‘yunlilar qabilasining boshlig‘i Qora Yusuf va bir qator arab yo‘lboshchilari bilan Amir Temurga qarshi bitim tuzdi. Shu bilan birga, 1388 yil oxirlarida Amir Temur qo‘shinlari Tabrizdan chiqib ketganlarida Qora Yusuf Misr sultoni Barquqqa maktub yo‘llab, Tabrizda uning nomi bilan pul zarb etib, masjidlarda uning nomi bilan xutba o‘qilayotganini bildirdi va o‘zini Sultonning Tabrizdagi noibi etyb tayinlanishini so‘radi1. Iroq hokimi Sulton Ahmad ibn Uvays badaxloqligi bilan tanilgan bo‘lib, fisqu fujur va buzuqlikka mukkasidan ketgan edi. Ayni vaqtda, u hokim sifatida mamlakatni yomon idora qilar edi, haddidan oshib, hatto birodarlariga ham zulm o‘tkazib, harbiy boshliqlar va amirlarni muttasil tahqirlab, ra’iyatta rahm-shafqat qilmay, g‘oyat adolatsizlik va nohaqlik bilan hukm yuritardi. Undan tashqari, Qora Yusuf bilan birgalikda karvonlarni va hojilarni talab, karvon yo‘llarida qaroqchilik ham qilardi. Shu bois Bag‘dod ahli, najot izlab Amir Temurga maktub yo‘lladi va uni Sulton Ahmadga qarshi yurishga undadi2. Ustiga-o‘stak Sulton Axmad o‘lgudek xasis bo‘lib, bir nechta sandiqqa joylab qo‘yilgan mol-davlati va javohirlaridan xavotirda edi. Hammadan ko‘ra u soqchilari mamluklardan ko‘p xavfsirardi. Shu bois o‘z bexatarligidan tashqari, mol-dunyosi va qimmat baho boyliklarini qay tarzda qutqarish haqida mudom bosh qotirardi. Shu mulohazalarga ko‘ra, o‘z ittifoqdoshi Qora Yusuf va Damashqda hukm yuritayotgan mamluklar bilan doimiy aloqada bo‘lib turdi. Bir guruh maxsus navkarlarni uchqur otlar bilan ta’minlab, ular zimmasiga o‘zi, oila a’zolari va boyliklarini qo‘riqlashni, zarurat tug‘ilgudek bo‘lsa, qochishga tayyor turishlarini topshirgan. Uz hududlari chegarasida — poytaxt Bag‘doddan 140 kilometr masofada xabarchi kabutarlar bilan o‘z kuzatuvchilarini ham ko‘yganki, ularga Amir Temur qo‘shinlari yaqinlashuvi haqida Sultonni o‘z vaqtida ogoh qilish topshirilgan edi. Shu voqealar jarayonida Amir Temur Mordin hokimi Majdiddin Isoga maktub yo‘llab, uni o‘z huzuriga kelishga da’vat qildi. Lekin Mordin hokimi Misr sultonining qo‘llab-quvvatlashidan umid qilib, uning ruxsatisiz Amir Temur huzuriga bora olmasligi to‘g‘risida o‘z uzrini bildirdi. Bunday javobdan g‘azablangan Amir Temur unga ikkinchi marotaba xat yo‘llab: «Sening yerlaring ustidan hukm yuritishga Misr Sultonining hech bir haqqi yo‘q», degan uzil-kesil fikrni bildirdi, hamda xat yo‘llashdan maqsad Mordin hokimi bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatish ekanligini uqdirdi. Amir Temur bu xolis niyatli maktub bilan birga qimmatbaho sarpo, oltindan ishlangan buyumlar, javohirlar va ko‘pdan-ko‘p dinorlar ham yubordi. Mordin hokimi yuqoridagi muloqotlar haqida Misr Sultoni Barquqqa xabar yetkazish taraddudida bo‘lganida 1393 yiliAmir Temur kutilmaganda orqaga qaytib g‘arb tomondan Bag‘dod ustiga hujum qildi. Sulton Ahmad ibn Uvays Amir Temur qo‘shinlari hujumi kutilayotgan shaharning g‘arbiy tomonidagi ko‘prikdan o‘tib, uni buzdirib tashladi va sahar chog‘i o‘z xonadoni a’zolari, xotinlari va boyliklarini olib shaharni tark etdi. Bag‘dodni muhoraba qilish 1393 yil iyul oyida boshlanib, ikki oy davom etdi va shahar egallash bilan tugadi. Muhosara chog‘idagi shiddatli janglarda ko‘p odam halok bo‘ldi, shaharning talay qismi, jumladan, devorlari, masjidlar va bozorlar vayron etildi. Amir Temur Sulton Ahmadning orqasidan Mironshoh boshliq ta’qib guruhini yubordi. Ikki kun ta’qibdan so‘ng qochoqlar quvib yetildi. Sultonning boyliklari, ba’zi oila a’zolari qo‘lga olindi, bir qism sheriklari qilichdan o‘tkazilib, aksariyati asir qilindi. Sulton Ahmadning o‘zi uch yuzga yaqin suvoriylari bilan qochib qutulib, yarim yalang‘och holda Sulton Barquqning huzuriga ravona bo‘ldi. Bag‘dod ahli shahar darvozalarini ochib, omonlik o‘lponini to‘ladi va Amir Temur hokimiyatini tan oldi. Ba’zi muarrixlarning guvohlik berishicha, Amir Temur shaharda ikki oy bo‘lib, Sulton Ahmadga tegishli boyliklar, javohirlar va aholidan olingan omonlik to‘lovi bilan chegaralanishni hamda shaharlardagi mashhur ustalar, hunarmandlar, san’at ahli, mashshoqlar, munajjimu me’morlarni Samarqandga ko‘chirishni buyurgan. Ayni paytda musulmon dunyosining eng gullab-yashnagan markazlaridan biri hisoblanmish Bag‘dodda ichkilikbozlik va turli buzuqliklar avj olganligi xaqida xabar topgan Amir Temur farmoni bilan shaharda mavjud barcha mast qiluvchi ichimliklarni Dajla daryosiga to‘kib yuborishga, shaharda keng tus olgan fohishaxonalarni zudlik bilan yopishga majbur qiladi. Amir Temur Bag‘doddan ketaturib Qohiraga, Sulton Barquqqa og‘zaki maktub bilan o‘z elchilarini jo‘natdi. Ular davlatlar o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnatilishi, savdo va tijorat ahllari bemalol bordi-keldi qilishlari, o‘rtada hech qanday adovat va ixtilof bo‘lmasligi haqidagi fikrlarni bildirishdi. Biroq Sulton Barquq elchilarni qatl etib, o‘zining bu qilmishidan g‘oyatda sururga to‘ldi. Bunda u ko‘zlagan maqsadlardan biri turklar sultoni Boyazid e’tirofini qozonish edi. Chunonchi, Amir Temur qo‘shinlaridan bir qismi Anatoliyaning ayrim hududlarida turishi turk sultonining unga nisbatan ochikdan-ochiq g‘azabini qo‘zg‘atgan edi. Shunga ko‘ra, Misr va turk sultonlari Amir Temurga qarshi o‘zaro ittifoq tuzdilar. Ularning tasavvuricha, na Dajla daryosi, na Jurjon dengizigacha ular qo‘shinlariga to‘siq bo‘la oladigan hech bir kuch yo‘q edi. Ular shimol tomondan turkmanlar, janubdan Suriya arablari qo‘llab-quvvatlashiga ham amin edilar. Shu rejaga muvofiq turk qo‘shinlari Mosulgacha oson yetib kelgan bo‘lsa, Misr sultonining qo‘shinlari Dajla daryosidan o‘tib Bag‘dodga kirib keldi. Ular o‘zlari bilan Qohiradagi qochoq Sulton Ahmad ibn Uvays Jaloyirni Bag‘dodga olib kelib, Misr sultonining noibi sifatida o‘z taxtiga o‘tqazdilar. Amir Temur bilan Sulton Barquq o‘rtasidagi rasmiy aloqalar 1385 yildan boshlangan edi. Nisbatan qisqa muddatda 1386 yildan to 1405 yilgacha Amir Temur hamda Misr Sultoni Barquq va Faraj, shuningdek, ularning Suriyadagi noiblari o‘rtasida taxminan 25 marta maktub va elchilar almashuvi bo‘lgan 3.1385 yil noyabr oyida Amir Temur maxsus elchi orqali Sulton Barquqqa maktub yo‘llagani ma’lum. Elchi Qohirada yaxshi kutib olinib, unga munosib javob qaytarilgan. Afsuski, bu maktubning maz- muni aniqlanmay qolmoqda. Avval zikr qilinganidek, Qohiraga Mordin hokimining choparlari kelib, Amir Temur Tabrizni egallagani, Sulton Ahmad ibn Uvays poytaxt Bag‘dodga chekingani haqida xabar yetkazdilar. O‘shanda Sulton Ahmad bir ayolni Sulton Barquqqa yo‘llab, Amir Temurning niyati avval Bag‘dodga kirib, so‘ngra Suriyaga qaytish ekanligidan sultonni ogoh qilmoqni istagandi. Ayol Damashqqa kelgach, shahar noibi Baydamir uni darhol Qohiraga sulton huzuriga jo‘natdi. 1387 yilda Qohiraga kelgan bir xabardan Amir Temur Amid hokimi Qora Yusuf qo‘shinini tormor qilib, shaharni egallagani va Qora Yusuf qochib ketgani ma’lum bo‘ldi. Bunday xatarli voqealardan keyin Sulton Barquq o‘z qozilari, faqihlari va amirlarini yig‘ib mashvarat qildi. Uzoq davom etgan tortishuvlardan keyin qo‘shinning zaruriyati uchun vaqf yerlaridan bir yillik hosilni yig‘ib olish va axborot to‘plash uchun Suriyaga yirik amirlar boshchiligida uch yuz kishi jo‘natish xususida qaror qabul qilindi. Qo‘shinning asosiy qismi yo‘lga tushishidan oldin pgu tariqa ilg‘or guruh jo‘natish mamluklarning odati edi 4. O‘sha yili Amir Temur qo‘shinlari mamluklarga qarashli yerlarga ketma-ket qo‘qqisdan hujum uyushtirib turdi. Ularning mamluklar davlati chegaralariga yaqinlashib qolgani haqida ovozalar tarqaldi. 1388 yilda mamluklarning Amir Temur qo‘shinlari bilan birinchi marotaba qurolli to‘qnashuvi yuz berdi. Sivos turkmanlari mamluklarning hujumi tufayli himoya so‘rab Amir Temurga murojaat qilganlari bunga sabab bo‘lgan edi. To‘qnashuvda, Amir Temur qo‘shinlari son jihatidan ko‘p bo‘lmagani bois, g‘alaba Halab noibi Yalbug‘a an-Nosiriy boshchiligidagi mamluklarda bo‘ldi. 1388 yil oxirida Amir Temur vataniga qaytdi. Uning yo‘qligidan foydalangan Qora Yusuf to‘satdan Tabriz ustiga hujum qilib, shaharni Amir Temur odamlaridan tortib oldi. Qora Yusuf bu bilan cheklanib qolmay, xutbani Sulton Barquq nomiga o‘qitib, shuningdek Sulton Barquq nomiga pul ham zarb etib, unga o‘sha dirhamlardan yubordi. Shuni ta’kidlash kerakki, Sulton Barquq har safar Amir Temurga o‘ta nafrat bilan munosabatda bo‘lib, doimo: «Men...undan qo‘rqmayman, chunki barcha (podshohlar) unga qarshi meni qo‘llab-quvvatlaydi, men faqat ibn Usmon (Boyazid)dan qo‘rqaman», — deya ta’kidlardi. Voqealarning shu tarzda rivojiga qaramasdan besh yil tinch-osoyishta o‘tib, kutilmaganda, Amir Temurning 1393 yilda Bag‘dodga qaytishidan keyin vaziyat hiyla keskinlashdi. Gap shundaki, shu yili Qaysariya, To‘qat va Sivas hokimi Abul Abbosga maktub yo‘llab, undan o‘ziga itoat qilishini talab etgandi. Hokim bu maktubga rad javobini bergan va maktubning bir nusxasini Misr Sultoni Barquqqa, birini esa turk Sultoni Boyazidga yuborgandi. Amir Temurning g‘arb tomon yurishi ehtimoli tobora kuchayib borishi natijasida Boyazid, Barkuq, To‘xtamish va Qozi Burhoniddin to‘rtlik ittifoqini tuzdilar5. 1383 yildan buyon Barquq bilan ittifoqda bo‘lgan Abu-l-Abbos Amir Temur elchilari boshliqlari (kibor rusul)ning kallasini tanasidan judo qilib, kesilgan boshlarni tirik qolgan elchilarning bo‘yniga osib, ularning yarmini Sulton Barquqqa va yarmini turk sultoni Boyazidga jo‘natdi. Bu ikki sultonga maktub ham yo‘llab, ulardan Amir Temurga qarshi shoshilinch yordam ko‘rsatishni so‘radi. Turk sultoni elchilari ham Sulton Boyazid Sulton Barquqning Amir Temur bilan jangida ittifoqdosh bo‘lishga, Misr sultoni tasarrufiga ikki yuz ming kishi berishga tayyor ekanligini bildirdilar. Ushbu takliflari uchun Sulton Barquq ularga o‘z minnatdorchiligini izhor etib, tegishli javob berdi. Ayni vaqtda Sulton Barquq Bag‘dod hokimi Ahmad ibn Uvaysga har tomonlama yordam ko‘rsatib, uni Bag‘dodga o‘z noibi sifatida jo‘natdi. Natijada Ahmad ibn Uvays 1394-yil iyunida mamluk qo‘shinlari va turkman Qora Yusufning yordami tufayli Mironshoh ustidan g‘alaba qozonib, Bag‘dodni qaytarib olishga muvaffaq bo‘ldi. Ahmad ibn Uvaysning g‘alabasini eshitgan turk sultoni Boyazid Sulton Barquqqa maktub yo‘llab, zarurat tug‘ilsa, Amir Temurga qarshi kurashda o‘z qo‘shinlaridan uning ixtiyoriga yuborishini shaxsan tasdiqladi. Shuningdek, mamluklar davlati yerlari bilan chegaradosh bo‘lgan turkman amirliklarining boshliqlari ham Sulton Barquqqa itoat etishlarini bildirib xabar yubordilar. 1395 yil boshlarida Barquq Qohiraga qaytib keldi. Oradan bir yil o‘tgach Amir Temur Sulton Barquqqa o‘z vakillarini yuborib, Qohirada zindonda yotgan Atalmishni ozod etishni talab kildi. Sulton Barquq bu talabga e’tiborsiz qarab, Atalmishga «Misr zaminida menga juda yaxshi»6 mazmunida xat yozib yuborishni buyurdi. 1399 yili Sulton Barquq vafot etgach, Misr va Suriya sultoni taxtiga uning o‘n bir yoshli o‘g‘li an-Nosir Faraj o‘tirdi. Sulton Barquqning vafoti tufayli Misrda vujudga kelgan beqarorlikdan foydalangan turk sultoni Boyazid al-Ublaystiyn va Malatiyaga xujum uyushtirib, Darandni musodara etdi. 1399-yil sentabrida Sulton Faraj axborot to‘plash uchun yuborgan amirlardan biri turk sultoni Boyazid Sivasda hukm yuritib, aholiga ko‘pdan-ko‘p kulfatu notinchliklar yetkazayotganligini xabar qilgandi. Ikkinchi tomondan, turk Sultonining bu xatti-harakatlari Amir Temurni ranjitdi. 1399 yil iyulida Amir Temur Hindiston Ozarboyjon hududiga kelib Tabrizni qarorgoh tutdi. Tabrizda turganida turk Sultoni Boyazidga maktub yo‘llab, odob bilan unga o‘zining Qora Yusuf va Bag‘dod hokimi Ahmad ibn Uvays bilan bo‘ladigan urushida betaraf mavqeda bo‘lishini ishorat qildi. Lekin Sulton Boyazid Amir Temurning bu maslahatini quloqqa olmadi va uning xatiga: «Yordam so‘ragan odamni o‘z holiga tashlab qo‘yish turklarning odatidan emas», — deb qo‘rslik bilan javob qaytardi. Keyin unga qarshi kuchli qo‘shin bilan borishini va qayerga bormasin, uni ta’qib qilishini bildirdi. Shu mulohazalarning barchasidan Amir Temur Boyazid bilan ittifoq tuzish xususida gap yuritish befoyda, degan xulosaga keldi. Ustiga Bag‘dodda vaziyat ancha keskinlashgan bo‘lib, Amir Temur 1399 yil dekabrida shaharni ikkinchi marta egalladi. Ahmad ibn Uvays va uning ittifoqdoshi Qora Yusuf turkman shahardan chiqib, g‘arb tomon yurdilar va mamluklar sultonining yordamiga umid qildilar. Ular Halabga kelib, shahar noibi Damirdoshdan boshpana so‘radilar. Ammo ularning yetti ming suvoriylari bilan shaharda turishi Damirdoshga mushkul ko‘rinib, shaharga kirishga ruxsat bermadi7. Damirdosh Hamo shahrining noibi Do‘qmoq yordamida ularga qarshi kurash olib bordi, biroq mag‘lubiyatga uchradi. Ahmad ibn Uvays va Qora Yusuf Sulton Farajga maktub yo‘llab, yuzaga kelgan vaziyatni o‘zlaricha tushuntirishga harakat qildilar. Ammo yosh Sulton Faraj o‘z amirlarining maslahatiga ko‘ra bu xatti-haraqatlarni adovat deb bilib, Damashq noibiga ularga qarshi hamma joyda urush olib borishni buyurdi. Natijada, Ahmad ibn Uvays va Qora Yusuf turk sultoni Boyazidga murojaat qilishga majbur bo‘ldilar. Boyazid ular bilan ittifoq tuzdi. Bu hol Amir Temur g‘azabini qo‘zg‘atdi va uning turk sultoni yerlari tomon yurishi uchun zamin hozirladi (28). Amir Temur Sulton Boyazidning Sivasdagi noibi amir Mustafoga qarshi harbiy harakat boshladi. Sivasga madad ko‘rsatish uchun 1400-yil iyulida Boyazidning o‘g‘li Sulaymon boshliq turk qo‘shinlari keldi. Ammo Su-laymon o‘z ittifoqdoshi Qora Yusuf bilan Amir Temur zarbasiga bardosh bera olmay Bursaga qochdi. Amir Temur avval Sivasni, so‘ngra Malatiya shahrini ishg‘ol qildi. Amir Temur 1400 yil kuzida yosh Sulton Farajga maktub yo‘llab, uning otasi yo‘l qo‘ygan «xatolar»ni: elchilarni o‘ldirganini va Atalmishni zindonga solganini eslatdi. U Farajdan darhol Atalmish ozod etilishini talab qildi, aks holda «Suriya va Misr xalqidan o‘ch olishini» ta’kidladi. Amir Temur elchilari Halabga yetib kelganlarida shahar noibi, odatdagidek, ular haqida sultonga xabar yubordi. Faraj xuddi otasi kabi Halab elchilarini zindonga tashlashni buyurdi. O‘z elchilarining ikkinchi bor tahqirlanganini bilgan Amir Temur Farajni jazolashga qaror qildi. Shu bois u Misr sultoni ustiga yurish qilishga irodat etdi. 1400 yil noyabrida Amir Temur qo‘shinlari al-Bahasna ustiga yurish qildilar. Qo‘shinning qudratini ko‘rgan shahar noibi darhol Amir Temurga itoat izhor etdi. Uning nomi bilan pul zarb etib, juma namozida nomini xutbaga ko‘shib o‘qitdi. So‘ng Amir Temur Ayntob shahrini egalladi, uning noibi Halabga qochib ketgach, o‘zi shaharga noib tayinladi. Bu voqealardan keyin Amir Temur Damashq noibi Sudunga maktub yo‘llab, Sivasni Sulton Boyazidning adabini berish uchun egallaganini, Misrga tomon yurish boshlagani esa Qohirada zindonda yotgan o‘z qarindoshi Atalmishni ozod etish va bu mamlakat bilan maromida munosabat o‘rnatish maqsadida ekanini izohladi. Damashq noibi bu maktubga e’tibor bermadi va elchisini chormixga (salibga)tortishni buyurdi. Bunday xatti-harakatdan keyin Amir Temur qo‘shinlari Halab ustiga tashlandi. Bu vaqtda Suriyaning Damashq, Taroblus, Hamo, Safad va G‘azo kabi shaharlari noiblari o‘z qo‘shinlari bilan Halabda to‘plangan edi. Ular o‘rtasida birlashib harakat qilish xususida yagona reja yo‘q edi. Shahar ahli va birlashgan qo‘shinlarning qattiq qarshiligiga qaramay shaharning mustahkam qal’asi ishg‘ol qilinib, aholi talon-toroj etildi, shahar ahli va qo‘shinning ko‘pi halok bo‘ldi. Ko‘p odamlar quvib kelayotgan qo‘shindan qochish paytida halok bo‘ldi, talay odamlar ot va fillarning oyoqlari ostida qolib nobud bo‘ldi. Noiblar — Sudun va Damirdosh asir olindi. Halabni ishg‘ol etgach, Amir Temur Sulton Farajga yana maktub yo‘llab, Atalmishni ozod etishni talab qildi, agar shunday qilsa, o‘z huzurida asirda turgan noiblarini va boshqa asirlarni bo‘shatishini bildirdi. Sulton Faraj bu safar ham Amir Temur talablarini rad etdi. Natijada, Sultonning bu xatti-harakati shahar va uning ahli uchun qimmatga tushdi. Amir Temur qo‘shinlari poytaxt shahar Damashqqa yo‘l oldi, Bu vaqtda Sulton Faraj ham Qohiradan chiqqan edi. Misr Sultoni 1401 yil yanvarida Damashqqa yetib kelib, shaharning janubiy devoridan ikki mil masofada joylashgan Yalbug‘a degan tekislikda to‘xtadi8. Suriyaning poytaxti tomon yuz tutgan Amir Temur qo‘shinlari yo‘l-yo‘lakay Baalbak qal’asini egalladi. Bu qal’a betakror nafosati va ulug‘vorligi bilan Amir Temurni maftun etgandi. Amir Temur qo‘shinlari Damashq chetidagi Qatana qishlog‘ida joylashib, Sulton Faraj qo‘shinlarining yurish-turishini kuzatib turdilar. Shuni ham qayd etish kerakki, Sulton Farajga oxirgi marotaba xat yo‘llab Atalmishni ozod qilib, uning nomi bilan pul zarb qilishni taklif etganda Misr Sultoni o‘z odatiga xilof ravishda Amir Temur elchilarini izzat-ikrom va xursandchilik bilan qabul qilib, o‘z qo‘shinining ulkan ko‘rigini uyushtirib, ularga qimmatbaho sovg‘alar ham topshirgan edi. Qaytishda Amir Temur elchilari Misr sultonining elchilari bilan birga qaytgandilar. Sulton Faraj javob xatida Atalmishni bir kun mobaynida zindondan ozod etishni va’da qilib, bundan keyin Amir Temur bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatishga tayyor ekanligini bildirgandi.Maktublarning bu tarzdagi do‘stona ohangiga qaramasdan ikkala tomon ham Damashq ostonasidagi joylaridan turib hal qiluvchi jangga puxta hozirlik ko‘rardilar. Lekin ular o‘rtasida bu jang yuz bermadi. Chunki Sulton Farajga Qohiradan hamroh bo‘lib Damashqqa kelgan amirlarning bir qismi kechasi maxfiy ravishda Qohira tomon jo‘nab ketganligi, shuningdek, Qohirada mamluklar amiri Lojin boshchiligidagi sultonga qarshi fitna tayyorlanayotgani haqida Farajga ma’lum bo‘lib qoldi. Shu tufayli Sulton Faraj ham Damashqni tashlab, yashirshgcha Qohira tomon yo‘lga chikdi, O‘z holiga tashlab ketilgan sulton armiyasi o‘rtasida parokandalik boshlandi. Bu holatlarning barchasi Amir Temurning Damashqni egallashi uchun imkon yaratdi. Garchand, shahar ahli kattiq qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsa-da, shahar egallandi 9. Amir Temur turk sultoni Boyazid ustidan g‘alabaga erishganidan qeyin o‘z mamlakatiga qaytaturib, Sulton Farajga yana bir maktub yo‘lladi, unda o‘zining Sulton Boyazid ustidan erishgan zafarini ta’riflab, avvalgidek Atalmishni zindondan ozod qilishini talab etdi. Agar Sulton Faraj uning bu shartini qabul qilsa, mamluk sultonining Damashqda asir olingan amirlari va noiblarini ozod qilishni va’da berdi. Aks holda u Misrga qaytib, uni yer bilan yakson qilishini bildirdi10. Amir Temurning bunday keskin bayonotidan keyin Sulton Faraj Atalmishni qal’a zindonidan ozod qilib, unga besh ming dirham hadya etdi va bir necha amirlari hamrohligida uni vataniga jo‘natdi11. Shundan keyin Amir Temur bilan Misr sultoni o‘rtasidagi munosabat bir qadar xayrixohlik tusini oldi. Binobarin, 1403 yilda, ya’ni Atalmish qaytib kelgandan keyin Amir Temur Sulton Farajga, mamluklar mamlakati bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatish xususida istak bildirilgan maktub bilan o‘z elchilarini jo‘natdi. Lekin Sohibqiron tomonidan Sulton Farajga yuborilgan ikki yashil bayroq uni Qohira va Damashqqa noib etib tayinlaganligini bildirib, bu Amir Temurning sulton shaxsiga munosabatini ifoda etardi. Shu bois sulton elchilarga iltifotsiz qaradi va hadyalarni qabul qilmay, ularni vataniga qaytarib yubordi (38).Shu zayldagi nozik jihatlarga qaramay, Amir Temur bilan Misr sultoni o‘rtasida bir qadar iliq munosabatlar qaror topdi. Chunonchi, o‘sha davrga mansub qator manbalarda ikki mamlakat o‘rtasida elchilar, maktublar almashingani haqida aniq ma’lumotlar keltirilgan. Jumladan, Ibn Arabshoh 1404 yil kuzida Samarqand yaqinidagi Konigilda Amir Temurning turk sultoni Boyazid ustidan qozongan g‘alabasi sharafiga va Sohibqironning olti nevarasining nikoh to‘yi (ular orasida o‘n yoshli Ulug‘bek ham bor) munosabati bilan uyushtirilgan katta tantanalarda Misr Sultoni an-Nosir Farajning qimmatbaho sovg‘alar keltirgan elchilari ishtirok etganligi haqida yozadi 12. Bu elchilar orqali Amir Temur xayrixohlik ruhida zarhal harflar bilan yozilgan, uzunasiga 70 gaz, eniga 3 gazdan iborat maktubni Sulton Farajga yuboradi. Ayni vaqtda Abdulla Keshiy ismli bir kishini ham elchi sifatida Misrga jo‘natib, ikki o‘rtada sulh shartnomasi imzolashni taklif etadi. XIV asr oxiri — XV asr boshida yashab, ushbu voqealarning bevosita shohidi bo‘lgan taniqli misr tarixchisi Ibn Do‘qmoqning guvohlik berishicha, shu tarzdagi sulh haqiqatan ham imzolangan va Misr sultoni o‘zini Amir Temurning tobe’ (vassali) deb e’tirof etgan. Boshqa bir muallif Ibn al-G‘oziy Shubhaning ta’kidlashicha, 1405 yil yanvarida, Sulton Farajga yo‘llagan maktubida Amir Temur uning mamlakatiga noilojlikdan hujum qilgani uchun Misr sultoniga o‘z uzrini bildirgan. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan Amir Temur davlati bilan Misr mamluklar saltanati o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar yigirma yillik (1386—1405) davrni o‘z ichiga oladi, deb xulosa qilish mumkin. Amir Temur vafotidan so‘ng uning o‘g‘illari va nabiralari o‘rtasida boshlangan taxt uchun kurash oqibatida mamlakatda parokandalik ro‘y berdi. Shunday vaziyatda Shohrux dastlab Hirot, Xuroson va Mozandaronda o‘z hukmronligini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. So‘ng Xalil Sultondan Movarounnahrni qaytarib olib, u yerga o‘g‘li Ulug‘bekni hokim qilib tayinladi. Shohruxning (1405 — 1447) faol tashqi siyosati natijasida davlat sarhadlari kengayib, tez orada u Movarounnahr va Fors yerlarini ham to‘lig‘icha o‘z tasarrufiga oldi. Qora qo‘yunli davlati Shohruxga juzya to‘lay boshladi. Kermon ham tobeligini e’tirof etdi. Shunday qilib, Shohrux davlati yana Amir Temur davridagi kabi Misr va Suriyani o‘z ichiga olgan mamluklar saltanati bilan chegaradosh bo‘lib qoldi. Ular o‘rtasida o‘rnatilgan muayyan munosabatlarning yangi pallasi 1429 yili Misrda Barsboy ismli sulton hukmronligi davrida boshlangan bo‘lsa ajab emas. Harqalay, o‘sha yili Shohrux Misr sultoni huzuriga o‘z elchisini yuborgan va undan o‘sha asrning misrlik mashhur tarixchilaridan Ibn Hajar al-Asqaloniyning «Fath al-boriy li-sharhi as-Sahiyhi-al-Buxoriy» va al-Maqriziyning «As-suluk li ma’rifat duval al-mulk» («Podshohlarning davlatlarni bilish yo‘llari») nomli kitoblarini yuborishni so‘ragan. Ibn Hajarning ushbu kitobi 13 jilddan iborat bo‘lib, al-Buxoriyning «Sahiyh»iga sharh tarzida yozilgan va musulmon olamida katta shuhrat qozongan, uning har bir nusxasi o‘sha davrda 300 dinor baholangan. Eng muhimi, elchi orqali yuborilgan maktubda Shohrux o‘zi maxsus tayyorlattirgan Ka’ba kisvasini (yopinchiqni) yuborishga ijozat so‘ragandi. Gap shundaki, har yili haj marosimi nihoyasida Ka’ba ustiga yopiladigan kisva tayyorlash huquqini Misrni 1250 yildan beri boshqarayotgan mamluq sultonlari de- yarli ikki asr davomida o‘z qo‘llarida saqlab kelardilar. Binobarin, bu ularga musulmon dunyosida rahnamolik qilish imkonini berardi. Shu sababli Sulton Barsboyning bu iltimosga rad javobi berishi tabiiy edi. Ammo Shohrux qo‘lyozma asarlarning juda katta ixlosmandi hamda islom diniga e’tiqodi mustahkam hokim sifatida ma’lum edi. Shu boisdan bu mavzuga takror va takror qaytaverdi. Kisvaga da’vogarlik masalasi Misr xalqi orasida tez tarqalib, katta shov-shuvni keltirib chiqardi. Sababi Amir Temur qo‘shini Suriya shaharlarini ishg‘ol qilgan paytdagi xotiralar hali unut bo‘lmagan edi. Kelasi yili Shohrux aynan yuqoridagi maqsadni ko‘zlab, SHerozning eng mo‘tabar xonadoniga mansub bo‘lgan bir zodagonni 8 ming dinorlik sovg‘a-salom bilan Misrga elchi qilib jo‘natdi. Elchi Sulton Barsboy tomonidan qabul qilinayotgan paytda Shohrux Ka’baga albatta kisva yopajagi haqida qasam ichganini ma’lum qildi. Shundan keyin Barsboy qasam xususida to‘rtta mazhab qozilari kengashini chaqirtirishga majbur bo‘ldi. Qozilar: agar Shohrux tayyorlangan kisvani sotib, mablag‘ini Makkadagi faqir-miskinlarga ehson qilsa, qasamidan forig‘ bo‘ladi, degan mazmunda hukm chiqarishdi. Qozilar, shuningdek Misrda kisva uchun ajratilgan maxsus vaqflar mavjudligini, binobarin, xarajatlar to‘liq qoplanayotganini, Shohruxning kisva tayyorlashiga hech qanday ehtiyoj yo‘qligini ta’kidladilar. Aslida, Misr sultonlari bu ishga boshqa hech kimning qatnashishini istamasliklari qozilarga ayon edi. Shubhasiz, bu javob Shohruxni qoniqtirmadi. 1435 yili u uchinchi bor maktub yo‘llab, Quddus shahrini ziyorat qilish istagini bildirdi. Ayni vaqtda u Misr qozilarini noxolislikda hamda sulton roziligi yo‘lida va o‘zlarining manfaatlarini ko‘zlab hukm chiqarishda aybladi. Sulton Barsboy bu maktubni e’tiborsiz qoldirdi. Bu voqeadan so‘ng xalq tahlikaga tushib qoldi. Ayniqsa, Shohruxning Usmonli turklarning o‘sha vaqtdagi sultoni Murod II ga va oq qo‘yunlilar amiri Qora Yuluqqa, Zulg‘adir va Kermon amirlariga sarpolar yuborgani Barsboyga qarshi ittifoq tuzish uchun tayyorgarlik, deb tushunildi. Shohrux, haqiqatan, oq qo‘yunlidar boshlig‘ining Misrga qarshi harakatini qo‘llab-quvvatlash uchun fursat kelganligini e’tirof etdi. Sudton Barsboy ham, o‘z navbatida, harbiy tayyorgarlikni kuchaytirdi. Ammo u xalqdan kerakli mablag‘ni to‘plashga amr berganida qozilar norozilik bildirib, uni isrofgarchilikda aybladilar. O`sha asr Misr tarixchisi Ibn Ilyosning yozishicha, unga: «Sultonning xotini o‘g‘lining xatna to‘yi kuni qiymati 30 ming dinorlik ko‘ylak kiygan bir paytda och-nochor musulmonlarga yangi soliq solish adolatdan emas», — deb ta’na qildilar. 1436 yili Shohrux Sulton Barsboyga to‘rtinchi maktubini yo‘lladi. Bu safar xat ancha keskin yozilgan bo‘lib, unda Shohrux nomiga xutba o‘qitish va uning ismi bilan tanga zarb qilish talab etilgandi. Bu talabni qabul qilish vassallikni ochiq-oydin tan olish bilan barobar edi. Sulton Barsboy, o‘z navbatida, elchini tahqirlab, xat bilan birga yuborilgan sarponi yirtib tashlashni buyurdi. Aytishlaricha, sultonning bunday tasarrufi ko‘pchilik saroy ahllari va tarix-chilariga yoqmagan. Masalan, XV asrning mashhur Misr tarixchisi Ibn Tag‘riber-di o‘zining «An-nujum az-Zohira fi mulki Misr va-l-Qohira» («Misr va Qohira podshohliklarida ko‘rinuvchi yulduzlar») kitobida Sulton Barsboyni bu ishi uchun tanqid qilib, aksincha, «Xatga vazmin va bosiqlik bilan javob berish, mam-luk qo‘shinlarining zaifligi haqida sirboy bermaslik kerak edi», deb yozgandi. Qanday bo‘lganda ham, mazkur elchi al-Maqriziyning «Tarix»i va Ibn Hajarning «Fath al-boriy»sidan bir nusxadan olib qaytgani ma’lum. Shohrux bilan Barsboy o‘rtasidagi munosabat shu zaylda keskinlashdi. Shohrux Barsboyning ashaddiy dushmani bo‘lgan Jonibekni zindondan bo‘shatishga Zulg‘adir amirini majbur qildi va usmonlilar sultoni Murod II bilan yana aloqa bog‘lashga urindi. Barsboy esa bunga javoban usmonlilar bilan mudofaa ittifoqi tuzishga erishdi. Sulton Barsboyga karshi otlangan Jonibek va uning ittifoqchilari Misr qo‘shinlaridan mag‘lub bo‘ldilar. Misrliklar Zulg‘adir poytaxti Obulistonga bostirib kirib, uni vayron qildilar. Misr sultonining Suriyadagi noiblari Jonibekni ta’qib qilishni davom ettirishdi, pirovardida u o‘sha paytda Misr sultoni tarafida bo‘lgan Qora qo‘yunlilar boshlig‘i qo‘liga asir tushdi. Jonibekning boshi tanasidan judo qilinib, Qohiraga yuborildi va Zuvayla darvozasi oldida osib qo‘yildi. Barsboy bir necha bor oq qo‘yunlilar boshlig‘i va uning homiysi Shohruxga qarshi qo‘shin tortajagini e’lon qilgan bo‘lsa-da, to 1438 yil iyunida vafot etguniga qadar bunga jazm qilmadi. O‘sha davr tarixchilarining sharhlashicha, agar Sulton Barsboy to‘satdan vafot etmaganida ular o‘rtasida jang bo‘lishi muqarrar edi. Aslini olganda, Shohrux davlati va Misr mamluklar sultonligi o‘rtasidagi bu kurash va raqobat zamirida Frot daryosining yuqori oqimida, ya’ni hozirgi Iroqning shimoli va Suriyaning shimoli-sharqida hukmronlik o‘rnatish maqsadi yotardi. O`sha asnoda Misr mamluklar davlatining siyosiy ahvoli beqaror edi. Mamlakat aholisi Amir Temurning u paytda Misrga qarashli bo‘lgan Suriya shaharlariga bergan zarbasidan hali o‘ziga kelmagan, Fors tarafda katta kuch borligidan tahlikada edi. Boz ustiga Misr davlatining iqtisodiyoti batamom izdan chiqqan edi. Shohrux davlatining ahvoli ham undan yaxshi emasdi. Abulxayrxon boshliq ko‘chmanchi o‘zbeklar Sirdaryo bo‘yidagi qator shaharlarni va Xorazmning bir qismini Ulug‘bekdan tortib olgan, Movarounnahr va Eron yerlariga tez-tez hujum uyushtirib turishgandi. Shohrux va Ulug‘bek shimoliy sarhadlarda muntazam katta qo‘shin tutib turishga majbur edilar. Barsboy vafotidan so‘ng 1438 yili Misr taxtiga mamluk sultoni Chaqmoq o‘tirdi. Fursatdan foydalanib, uning huzuriga Shohrux katta hadyalar bilan o‘z vakilini yubordi. Yana bir necha bor o‘zaro hadyalar almashingach, aloqalar tubdan yaxshilandi. Shohrux Ka’ba kisvasini tayyorlash niyatidan hali ham voz kechmagan va har safar bu haqda eslatib turardi. Nihoyat, Sulton Chaqmoq Rodos oroliga qilgan uchinchi muvaffaqiyatsiz hujumidan qaytganidan so‘ng 1443 yili Ka’ba kisvasini tayyorlash haqidagi Shohruxning navbatdagi iltimosiga rozilik berdi. Ammo Sulton Chaqmoq sidqidildan rozi bo‘lmay, balki o‘zaro munosabatlarni keskinlashtirmaslik maqsadida shunday qarorga kelgan ko‘rinadi. Harqalay, u Shohruxga faqat ich tomondan, ya’ni Misr sultoni kisvasi ostidan yopiladigan ka’bapo‘sh tayyorlashni shart qilib qo‘ydi. Rozilik olgani zahoti Shohrux Qohiraga Ka’ba kisvasi bilan o‘z vakillarini yubordi. Ular Misrdan hajga boradiganlar guruhi bilan birgalikda jo‘namog‘I lozim edi. Misr sultoni vakillarni qal’ada qabul qildi. Ayni vaqtda u go‘yo misrliklar qalbini jarohatlamaslik uchun Shohrux kisvasini berkitib qo‘yishni buyurdi. Shunday kayfiyatni yuzaga keltirish uchunmi, harqalay, avom xalq va sulton askarlari (shaxsiy gvardiyasi)dan ba’zilar Shohrux vakillari tushgan maskanlarga hujum qildilar va hatto ularni taladilar ham. Sulton avom xalqdan bo‘lgan bosqinchi larni jazoladi-yu, lekin askarlariga tegmadi. Shundan so‘ng u Shohrux vakillaridan talangan narsalarning o‘rnini to‘ldirib, ularni haj safariga hozirladi. Shu voqealar shohidi mashhur Misr tarixchisi as-Sahoviyning ta’kidlashicha, Makkaga yo‘l olgan Shohrux vakillari orasida Amir Temurning sobiq zavjalaridan biri ham bo‘lgan. Makkai mukarramada shu yili Shohrux kisvasi Ka’ba ustiga Misr Sultoni ka’bapo‘shi ostidan yopildi. Shunday qilib, Shohrux o‘z qasamining uhdasidan chiqqan bo‘ldi. 1447 yili Shohrux vafot qilgunga qadar Misr bilan do‘stona aloqalar olib borildi. Misrliklarda keyinchalik ham Shohrux kisvasi degan tushuncha o‘rnashib qolgan bo‘lsa kerak. Zero, to 1452 yilgacha aynan shu nom bilan Ka’ba ustiga kisva yopib turildi. Nihoyat, shu yili Sulton Chaqmoq go‘yo umuman Islom olamining va xususan XIV asrning oxirgi o‘n yilligiga kelib Amir Temur Jetani (Mo‘g‘ulistonni) o‘ziga butunlay tobe’ qiladi. Bu tobe’likning ramzi sifatida Amir Temur Jeta xoni Xizr Xojaning qizi To‘kalxonimni nikohlab oladi. Mo‘g‘uliston ustidan erishilgan ushbu katta g‘alaba Amir Temur davlatining Xitoy bilan savdo-elchilik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishga imkon berdi, zero savdo yo‘li Mo‘g‘uliston orqali o‘tardi. Savdo aloqalarining rivojiga Amir Temur alohida etibor bergan, chunki ular Movarounnahrning ham iqtisodiy, ham siyosiy qudratini yuksaltirishga ko‘maklashardi. Bundan ilgari, ya’ni 70 - 80-yillarda Xitoy va Mo‘g‘ulistonda mavjud murakkab siyosiy vaziyat savdo - elchilik aloqalarining rivojlanishiga monelik qilib keldi. Xitoyda 1368-yili Yuan mo‘g‘ul sulolasi tugagach, yirik markazlashgan Min saltanati (1368 -1644) tashkil topdi. Dastlabki paytlarda Xitoyning siyosatidagi asosiy muammo mo‘g‘ullarning yangi hujumiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat bo‘lgan, zero bunday xavf mavjud edi. Shu bois Xitoy o‘zining shimoliy sarhadlarida mo‘g‘ullar bilan tez-tez to‘qnashib turardi. Natijada, XIV asrning so‘nggi yillarida Min saltanatining chegarasi mustahkamlanib, keyingi yillarda ham deyarli o‘zgarmay qoldi: shimolda Buyuk Xitoy devori, shimoli-g‘arbda Gansu viloyati va g‘arbda Sinhay viloyatining sharqiy qismi bilan chegaralangan edi. Min sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi va uni mustahkamlash bilan bog‘liq harbiy tadbirlar Xitoyning boshqa davlatlar, jumladan, Amir Temur davri Misr afkor ommasining shuurini hisobga olib, Shohrux kisvasini olib tashlash va faqat Misr sultoni kisvasi bilan cheklanish haqida amri farmon berdi. O‘ylaymizki, ushbu ma’lumotlar, bir tomondan, Markaziy Osiyo va Misr o‘rtasida XV asrda jo‘shqin diplomatik aloqalar mavjud bo‘lganidan dalolat bersa, ikkinchi tomondan, Amir Temur davridan bevosita keyin ham Shohrux misolida Markaziy Osiyo hokimlari musulmon dunyosida ko‘zga ko‘ringan mavqe, qolaversa, umumiy parokandalik sharoitida hatto rahnamolikka da’vogar bo‘lganligini aniq isbotlab beradi. Shubhasiz, bu ma’lumotlarni chuqur o‘rganish ko‘hna va g‘uborli tariximizni oydinlashtirish ishiga hissa bo‘lib qo‘shiladi. Min davlati bilan savdo-elchilik aloqalarini to‘xtatib qo‘ydi. Shu sababdan, XIV asr ikkinchi yarmining dastlabki ikki o‘n yilligi davomida musulmon manbalarida ham, Xitoy manbalarida ham savdo-elchilik aloqalari bo‘lganligi qayd etilmagan. Amir Temur 1389 yili Mo‘g‘ulistonni uzil-kesil o‘z tasarrufiga kiritgach, Xitoy bilan savdo-elchilik aloqalari tiklandi. O‘sha davr Xitoy manbalaridan biri «Min shi lu»da 1389—1398 yillar oralig‘ida Xitoyga Amir Temur nomidan to‘qqiz marta elchi kelganligi qayd etilgan. Xitoydan, o‘z navbatida, 1395 yili Fu An boshchiligida Samarqandga - AmirTemur huzuriga elchilar yuborilgan: u Xitoydan qaytgan Amir Temur elchilari bilan yo‘lga chiqqan edi. Xitoy solnomalarida 1403—1449 yillar davomida Xitoyga Samarqanddan o‘ttiz uch marta va Hirotdan o‘n to‘rt marta, shuningdek, Temuriylar davlatining boshqa viloyatlaridan ham bir qancha elchilar kelganligi qayd etilgan. Xitoy bilan savdo-elchilik aloqalarini rivojlantirish an’anasi Amir Temur o‘limidan so‘ng Shohrux (1405 -1447) va Ulug‘bek saltanati davrida ham davom etdi. Temuriylar davlatiga Mo‘g‘uliston, Tibet, Xitoy, Hindiston, Arabiston, Misr, Kichik Osiyo, Kavkaz, Volgabo‘yi, Ural o‘lkalaridan savdo karvonlari va elchilar kelgan. Jumladan, Shimoliy Hindistondan 1411, 1416, 1421 yillarda elchilar kelib, 1442 yili Hindistonga elchilar yuborilgani ma’lum. Temuriylar davlatining XV asr birinchi choragidagi savdo-elchilik aloqalari Xitoyda imperator Chju-di (1404 -1424) hukmronligi davriga to‘g‘ri keldi.



Download 81,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish