bilvosita egalik qiluvchi (oluvchi) — bankning aksiyalariga o‘zi nazorat qiladigan boshqa shaxs orqali egalik qiluvchi (aksiyalarni oluvchi) shaxs;
muhim ahamiyatga ega xodimlar — bankning boshqaruv a’zolari bo‘lmagan, lavozimi bank faoliyatiga muhim ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini beradigan xodimlari;
mo‘ljallangan olish — potensial oluvchi tomonidan bank aksiyalarini olish yoki ularga hal qiluvchi egalik qilishni ko‘paytirish yuzasidan qabul qilingan qaror;
oxirgi benefitsiar mulkdor — yuridik shaxs bo‘lgan, bank aksiyalarining potensial oluvchisiga yoki bu aksiyalarga bevosita yoxud bilvosita egalik qiluvchiga bevosita yoki bilvosita egalik qiladigan yoxud uni nazorat qiladigan jismoniy shaxs;
prudensial nazorat — bank faoliyatining o‘ziga xos tavakkalchiliklarining oldini olish va kamaytirish maqsadida banklar faoliyati ustidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki amalga oshiradigan nazorat;
regulyativ kapital — bank faoliyatini tartibga solish va prudensial normativlar hisob-kitobini amalga oshirish maqsadida hisob-kitob qilish yo‘li bilan aniqlanadigan bank kapitali;
tizimli ahamiyatga molik bank — bank tizimining barqarorligi qaysi bankning faoliyatiga bog‘liq bo‘lsa, o‘sha bank;
chet el banki — chet davlatning hududida ro‘yxatga olingan, uning qonun hujjatlariga muvofiq bank deb hisoblanadigan yuridik shaxs;
hal qiluvchi egalik — shaxs tomonidan yoki birgalikda harakat qiluvchi shaxslar tomonidan yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) bir yoxud bir necha bitim natijasida olingan kamida besh foiziga bevosita yoki bilvosita egalik qilish.
”Agrobank”ATB faoliyati va tashkiliy tuzilmasi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank faoliyati sohasini tartibga soluvchi va litsenziyalash, tartibga solish hamda prudensial nazorat bo‘yicha vakolatlarni amalga oshiruvchi davlat organidir.
Banklar tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalar jumlasiga quyidagilar kiradi:
pul mablag‘larini omonatlarga (depozitlarga) jalb etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlarini, shu jumladan banklarning vakillik hisobvaraqlarini ochish hamda yuritish;
kreditlarni ularning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o‘z nomidan o‘zining mablag‘lari hamda jalb etilgan mablag‘lar hisobidan berish;
jismoniy yoki yuridik shaxs bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha mol-mulkni ishonchli boshqarish;
inkassatsiya va kassa xizmatlarini ko‘rsatish;
uchinchi shaxslar nomidan ularning majburiyatlari bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish va boshqa majburiyatlarni qabul qilish;
uchinchi shaxslardan pul shaklidagi majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish (faktoring);
qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, xarid qilish, sotish, ularning hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog‘ozlarni boshqarish, ular bilan boshqa operatsiyalarni bajarish;
affinlangan qimmatbaho metallar sotib olish va sotish, shu jumladan metallarni mas’ul saqlash hisobvaraqlarini hamda metallarning egasizlantirilgan (jismoniy bo‘lmagan) hisobvaraqlarini yuritish;
bank kartalarini berish va to‘lovlarga ishlov berish, bank kartalariga boshqa tashkilotlar, jumladan boshqa moliya institutlari bilan birgalikda xizmat ko‘rsatish.
Banklar banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa moliyaviy operatsiyalarni ham amalga oshiradi. Banklar bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyada ko‘rsatilmagan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga haqli emas.
”Agrobank”ATB Toshkent shahar filiali va uning tashkiliy tuzilmasi
Audit qo’mitasi
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.20.00.00 Banklar va kredit tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Bank va kredit faoliyatini litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari;