Agrobank ATB Istiqboldagi rivojlanish yo’nalishlarini o’rganish
Agrobank o’z faoliyati davomida asosiy urg’uni iqtisodiyotning agrar sektorini moliyalashtirish, aholining bo’sh pul mablag’larini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmog’i, xizmat turlari hamda mijozlari sonini ko’paytirish, bankning belgilangan beznes-rejasi va byudjetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan.
Kichik biznesni qo’llab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish Assotsiatsiyasining 5 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi bo'yicha loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirildi.
Agrobank va Osiyo Taraqqiyot Banki o’rtasida 20,0 mln. AQSh dollari miqdoridan iborat bo’lgan «Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish. II bosqich» loyihasi bo’yicha kredit shartnomasi imzolangan. Ushbu loyihaning maqsadi respublikada mikromoliyalashtirishni yanada rivojlantirish hisoblanadi. Shuningdek, Agrobank Osiyo Taraqqiyot Bankining savdoni moliyalashni qo’llab-quvvatlash dasturiga kiritilgan va revol’ver kredit to’g’risida kelishuv imzolangan.
«VISA International» xalqaro to’lov tizimiga prinsipal a’zolikka o’tish bo’yicha qator ishlar amalga oshirildi. Protsesning markazini tashkil etish bilan bir qatorda chipli plastik kartalarni emissiya qilish yo’lga qo’yildi.
Bank kichik biznesni rivojlantirish maqsadida KfV, YTTB, OTB va Xitoy Xalq Respublikasining Eksimbanki, Xalqaro Taraqqiyot va Tiklanish bankining (XTTB) kredit yo’nalishlarini jalb etgan.
Agrobankning xalqaro operatsiyalari xorijdagi va Respublika ichidagi 23 ta bankdagi vakillik hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, Agrobank S.W.I.F.T jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyatiga a’zodir.
Agrobank Osiyo Tinch okeani Qishloq va qishloq xo’jaligini kreditlash Assotsiatsiyasi (APRAKA) hamda Qishloq xo’jaligi krediti Xalqaro Konfederatsiyasi (KIKA)ning teng huquqli a’zosi hisoblanadi. 2010 yilning iyun oyida Toshkentda Agrobank ishtirokida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Qishloq va qishloq xo’jaligini kreditlash assotsiatsiyasi Bosh Assambleyasining 17-yig’ilishi va Ijroiya qo’mitasining 58-majlisi o’tkazildi. Ushbu tadbirlar doirasida qishloq xo’jaligini kreditlashda kredit tavakkalchiligini boshqarish bo’yicha konferensiya bo’lib o’tdi. Bosh Assambleya qaroriga muvofiq 2010–2012 yillar davomida APRAKAga raislik qilish vazifasini bajarish Agrobankka topshirildi.
Rentabellik – korxona yoki tadbirkorlikning daromaddorligi, samaradorligi , mikroiqtisodiy miqyosdagi iqtisodiy faoliyatining samaradorligi tushuniladi. Rentabel korxona yoki tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy natijalarini baholashda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkich rentable foyda olib ishlashning qiyosiy, ya’ni sarf-xarajatlarga nisbatan aniqlanadigan ko’rsatkichi bo’lib foizlarda ifodalanadi.
Uzoq muddatli va joriy xarajatlar mazmunan har xil bo’lganidan ular qanday natija berganligini bilish uchun rentabellikning 4 ta asosiy ko’rsatkichlari qo’llaniladi.
Moliyaviy tahlilning asosiy qismi bo’lib korxonalar moliyaviy holati tahlili hisoblanadi. Korxona moliyaviy holati uning moliyaviy barqarorligi, moliyaviy mustaqilligi, to’lovga qodirligi , o’z mablag’lari bilan ta’minlanganligi, debitorlik va kreditorlik qarzlarining holati kabi jihatlarini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi bilan tavsiflanadi. Ushbu ko’rsatkichlar darajasini o’rganish va tahlil qilish hamda ularning natijalarini umumlashtirish orqali korxonaning moliyaviy holatiga baho beriladi. Shuning uchun ham mazkur ko’rsatkichlarni o’z vaqtida tahlil qilib turish- korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash hamda iqtisodiyotni mustahkamlash uchun shart sharoitlar yaratadi. Shu nuqtai nazardan tahlilning ahamiyati nihoyatda kata va beqiyosdir. Tahlil- korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilashning garovidir.
Moliyaviy tahlilning asosiy vazifasi bo’lib, korxona aktivlari, kapitali va majburiyatlarini,moliyaviy barqarorlik darajasini, to’lovga qodirlik ahvolini, o’z va qarz mablag’lari bilan ta’minlash darajasini, moliyaviy mustaqillik ahvolini, debetorlik va kreditorlik qarzlarining muayyan davrga bo’lgan holatini o’rganish asosida korxona moliyaviy holatiga baho berish va uni yaxshilash imkoniyatini ko’rsatish hisovlanadi. Shu nuqtai nazardan moliyaviy holat tahlilining asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
O‘zbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘g‘risidagi nizom
Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qaror
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risidagi qonun
Do'stlaringiz bilan baham: |