2.Bozor iqtisodiyoti tushunchasi va uning mohiyati.
Bozor turli xil vazifalami bajarsada, ular ozaro bogliq va bir-birini taqozo qiladi. Bozoming iqtisodiy mazmunini chuqurroq tushunish uchun uning turlari va ichki tuzilishini kо‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo’lganligi sababli uni turkumlashga quyidagi mezonlar asos qilib olinadi: bozorning yetuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor subyektlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar.
Bozoming yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, erkin (klassik) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bolinadi. Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor tasodifiy tavsifga ega bolib, unda tovami tovarga ayirboshlash (barter) usuli koproq qollaniladi. Bozoming bu turi tarixan hali haqiqiy pul mavjud bolmagan davrga togri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yoqotgan, bozor iqtisodiyotiga otish sharoitida ham bozoming bunday turi amal qilishi mumkin.
Erkin (klassik) bozor - tovar va xizmatlarning har bir turi boyicha juda kop ishlab chiqaruvchilar va istemolchilar, sotuvchilar va xaridorlar mavjud bolib, ular ortasida erkin raqobat amal qiluvchi, narxlar talab va taklif ortasidagi nisbatga qarab erkin shakllanuvchi bozordir. Erkin bozorda raqobatning turli usullari qollanilib, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanishi roy beradi.
Hozirgi zamon rivojlangan bozori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni taminlash va aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida bozor aloqalarining davlat tomonidan tartibga solib turilishiga asoslanadi. Demak, davlat ham bozor ishtirokchisi bolib, u bozor aloqalarini tartiblashtiradi va boshqaradi. Hozirgi zamon rivojlangan bozorida turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar taraqqiy etgan boladi. Raqobatning asoratli kurashlari, aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ulaming daromadlari ortasidagi tafovutlar meyor darajasida ushlab turiladi.
Ishlab chiqariladigan mahsulot turi va miqdorini aniqlashda istemolchi talabi alohida, muhim rol oynashini takidlash lozim. Istemolchilaming tovarlami sotib olish maqsadida pul daromadlarini sarflashga tayyorliklari bozor talabi sifatida namoyon boiadi. Agar bunday talab hajmi ahamiyatli darajaga yetsa, korxona ushbu mahsulotni ishlab chiqarishga ragbat sezadi, yani istemolchi talabining kopayishi, bu mahsulotni ishlab chiqaruvchi tarmoq uchun iqtisodiy foyda keltiradi. Istemolchi talabining qisqarishi esa tarmoq ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga olib keladi. Qisqasi, bozor iqtisodiyoti sharoitida istemolchining talabi qanday mahsulot turlarini ishlab chiqarish masalasini hal qilishda muhim rol oynaydi. Shuningdek, nima ishlab chiqarish zarurligini belgilash ko’p darajada resurslami yetkazib beruvchilarga ham bogliq. Resurslarga bolgan talab - bu hosilaviy talab, yani bu resurslar vositasida ishlab chiqariluvchi tovarlar va xizmatlarga bolgan talabdan kelib chiqadi. 0z daromadlarini yuqori darajaga yetkazishda resurslami yetkazib beruvchining ham bozor talabidan kelib chiqishi shubhasiz. Faqat istemolchi talabiga muvofiq tushuvchi tovarlami ishlab chiqaruvchi korxonalar foyda olib ishlashi mumkin va shu korxonalaming resurslarga bolgan talabi kuchayadi. Qisqasi, istemolchining afzal korishi uning talabi orqali namoyon boiadi. Tovar ishlab chiqaruvchi va resurslami yetkazib beruvchilar oz manfaatlarini taminlash uchun bu talabga mos ravishda, yani yuqori foyda olish uchun pul tolash qobiliyatiga ega bolgan istemolchilarga zarur bolgan turdagi va miqdordagi tovarlami ishlab chiqaradi va resurslami yetkazib beradi.
Tovarlar qanday usulda ishlab chiqariladi yoki ishlab chiqarish qanday tashkil qilinadi, degan savolga ham bozor iqtisodiyoti sharoitida o4ziga xos javob boladi. Bunda uchta uzviy bogliq masalaga etibor beriladi:
resurslarning alohida tarmoqlar ortasida taqsimlanishi;
korxonalar tomonidan ishlab chiqarishning amalga oshirilishi;
har bir korxona resurslarining uygunlashuvi va texnologiyani tanlash.
Bozor tizimi resurslami avvalo yuqori talab va foyda darajasiga ega tarmoqlarga yonaltiradi. Past foyda darajasiga ega yoki foyda olmaydigan tarmoqlar iqtisodiy resurslardan mahrum boladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida eng zamonaviy texnologiyani qollashga layoqatli bolgan va shunga intilgan korxonalar samarali faoliyat korsata oladi. Korxonalaraing iqtisodiy samaradorligi quyidagi omillarga bogliq: mavjud texnologiya, yani mahsulot ishlab chiqarishni taminlovchi resurslarning oqilona uygunlashuvi darajasi hamda iqtisodiy resurslarning narxlari. Boshqacha aytganda, iqtisodiy samara- dorlik mahsulotning muayyan hajmini ishlab chiqarishga resurslami eng kam darajada sarflagan holda erishishni bildiradi.
Istemolchi dididagi о‘zgarishlarning mahsulot narxi va foydaga ta’siri ayrim tarmoqlarni qisqartirish va boshqalarini kengaytirishni taqozo qiladi. Bu o‘zgartirisb resurslar bozori orqali amalga oshiriladi, chunki kcngayib boruvchi tarmoq resurslarga ko'proq talab bildirsa, qisqarib boruvchi tarmoq ularga talabni kamaytiradi. Buning natijasida vujudga keluvchi resurs narxlarining o'zgarishi, resurslami qisqaruvchi tarmoqlardan kengayuvchi tarmoqlarga qayta taqsimlaydi. Demak, bozor tizimi texnologiyaning ozgarishi va har xil resurslar taklifi tarkibidagi ozgarishlarga moslashadi.
Bozor iqtisodiyoti fan-texnika taraqqiyotini ragbatlantiradi. Birinchi bolib tejamli texnologiyalarni qollash korxonaning oz raqobatchilari oldidagi vaqtinchalik ustunligini taminlaydi. Ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi korxonaning iqtisodiy foyda olishini bildiradi. Bundan tashqari, bozor tizimi yangi texnologiyaning tez tarqalishi uchun sharoit ham yaratadi. Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona yuqori foyda berishi mumkin bolgan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqarishni amalga oshiradilar. Qisqacha xulosa qilinadigan bolsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida « nima, kim uchun va qanday qilib ishlab chiqarish zarur » degan muammoga quyidagicha javob beriladi:
a) yuqori foyda beradigan barcha tovarlar va xizmatlar tolovga layoqatli istemolchilar talabiga yetarli hajmda ishlab chiqariladi;
b) tovar va xizmatlar tolov layoqatiga ega, yuqori foyda olish imkonini beradigan xaridorlar uchun ishlab chiqariladi;
v) yuqori foyda olishni taminlaydigan, resurslami tejash imkonini beradigan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi.
Mavjud iqtisodiy tizimlar orasida bozor iqtisodiyoti ozining afzalliklari bilan ajralib turadi. Aynan shu afzalliklar mazkur iqtisodiy tizimning samarali va barqaror amal qilishi, rivojlanishiga zamin yaratadi. Eng avvalo, bozor iqtisodiyotining uchta ustun jihatini ko'rsatib otish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
1.Resurslami taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslami samarali taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi resurslami jamiyatga eng zarur bolgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yonaltiradi. U ishlab chiqarish uchun resurslami uygunlashtirislining ancha samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani qollashni taqozo etadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shun day tartibda boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlami talab darajasidagi miqdorda ishlab chiqarishni taminlaydi.
2.Iqtisodiy faoliyat va tanlov erkinligi. Bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga ustuvorlik beradi. Ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil qilishning asosiy muammolaridan biri bolib alohida shaxs va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uygunlashtirish hisoblanadi. Bunday uygunlashtirishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Birinchisi - markazdan boshqarish va majbur qilish tadbirlarini qoilash bolsa, ikkinchisi - bozor tizimi vositasi orqali ixtiyoriy hamkorlikdir. Faqat bozor tizimigina iqtisodiy faoliyatni majbur qilmasdan uygunlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va tanlash erkinligini namoyish qilib, aynan shu tufayli u muvaffaqiyatga erishadi.
3.Iqtisodiy subyektlar tinimsiz harakat va izlanishlarining taminlanishi.
Shuningdek, 2008-yilda AQSH ipoteka kreditlash tizimida vujudga kelgan hamda kopIab rivojlangan mamlakatlarga tarqalib, avval iqtisodiyotning moliyaviy sektorida, keyinchalik esa real sektor hamda ijtimoiy sohasida jiddiy talofatlarga olib kelgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ham kop tomondan bozor iqtisodiyotining ziddiyatli jihatlari tasiri bilan bogliq. Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda bozorning ozini-ozi tartiblash mexanizmini mutlaqlashtirish va bunda davlatning nazorat qilish, tartibga solish vazifalariga umuman etibor qaratmaslik pirovardida inqiroz holatlarining roy berishiga olib keldi. Ozbekistonda davlat tomonidan bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni tartibga solish jarayonlariga doimiy etibor qaratilib, zarur bolganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usullari qollandi va bunday yondashuv oxir-oqibatda ozini tola oqladi.
Bozor iqtisodiyoti takror ishlab chiqarishning barcha fazalarini: ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va istemol jarayonlarini qamrab oladi. Bozor esa faqat bitta fazani, yani ayirboshlash fazasini oz ichiga oladi. Bozor tushunchasi yuzaki qaraganda oddiy tushunchaga oxshab korinadi, ayrimlar bozorni tovarlar sotiladigan va xarid qilinadigan joy deb oylashadi. Lekin uning ichki mazmuniga etibor berilsa, u kop qirrali bolib, mazmuni ozgaruvchan ekanligini, turli davrlarda turli manoni anglatishini bilib olish mumkin. Bozor tushunchasi tovar ayirboshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bogliq bolib, u ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida kelib chiqqan va dastlab tovar almashuv, tovar ayirboshlash joyi yoki maydoni degan mazmunni anglatgan. Dastlab, bozor ikki yoki bir necha qabila azolari bir-birlari bilan tovar almashuv joyi sifatida namoyon bolgan bolsa, hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlaming paydo boiishi bilan alohida maydonlar ajratilib, unda kishilar oldi-sotdi qilganlar. Lekin hali u davrlarda tovar ayirboshlash T-T korinishida, yani bir turdagi tovarga boshqa turdagi tovarni ayirboshlash shaklida bolgan. Bunday ayirboshlashda vaqt va masofa bolmay, bir vaqtning o’zida o'shajoyda almashuv jarayoni sodir boigan. Kcyinchalik tovarlami bunday tarzda ayirboshlashning ziddiyatlari kuchayib borishi natijasida pul kelib chiqib, sotish va sotib olish jarayoni ikkiga ajralgan va T-P-T ko'rinishini olgan. Endi tovarni sotish (T-P) va sotib olish (P-T) zamon va makon jihatidan mos kelmasligi mumkin. Chunki sotuvchi oz tovarini bir joyda pulga ayirboshiab, oziga kerakli tovarni boshqa vaqt va boshqa joyda sotib olishi mumkin. Pulning kelib chiqishi bilan savdogarlar, yani tovarlami ishlab chiqaruvchidan olib istemolchiga, bir joydan ikkinchi joyga olib borib sotish bilan shugullanadigan maxsus guruhlar paydo boldi.
Mehnat taqsimoti chuqurlashib savdo sohasi vujudga keldi. Bu soha tovar-pul harakatini tezlashtirish imkonini berib, istemolchi bilan ishlab chiqaruvchini bogiaydigan vositaga aylandi. Bunda ishlab chiqaruvchi bilan istemolchi ham bir-birlari bilan uchrashishi shart bolmay, ular savdogarlar-vositachilar orqali aloqa qilishlari mumkin bolib qoldi. Endi bozor tushunchasining mazmuni ozgarib, yangi mano kasb etadi, yani tovar-pul muomalasining yangi shakli sifatida namoyon bola boshladi. Oldi-sotdi jarayonida yangi oziga xos muhim tovar - ishchi kuchining paydo bolishi bilan bozor umumiy tus olib, uning mazmuni yanada kengaydi. Endilikda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlargina emas, balki ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ham bozor jarayoni orqali otib, ishlab chiqarishga jalb etila boradigan, ularning bir-biriga ozaro tasiri tog’ridan-togri emas, balki bilvosita- bozor orqali sodir bola boshladi. Shunday qilib, hozirgi davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan istemolchilaming kop qirrali murakkab aloqalarini, ularning ozaro bir-birlariga bolgan tasirini boglaydigan bo’gin, jamiyat taraqqiyotida modda almashuvini taminlaydigan jarayon sifatida shakllandi. Bozor - ishlab chiqaruvchilar va istemolchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o'rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida vujudga keladigan munosabatlar majmuasi.
Bozorning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
sotuvchi va xaridorlaming ozaro kelishuvi, ekvivalentlilik prinsipi asosida ayirboshlash;
sotuvchilaming xarajatlari qoplanib, foyda olishi;
tolovga layoqatli bolgan xaridorlaming talabini qondirish va raqobatchilik.
Bozor tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash, pulning vujudga kelishi, ulaming rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha boiib, hozirgi davrda keng tarqalgan obyektiv iqtisodiy jarayondir.
Bozordagi tovar va xizmatlar miqdori talabga nisbatan kam bolsa narxlar oshib ketadi, ayirboshlashning ekvivalentlik muvozanati buziladi, natijada tovarni sotuvchi meyoridan ortiqcha daromad olish imkoniga ega boladi. Aksincha, bozorda tovarlar miqdori talab miqdoridan oshib ketsa, narxlar pasayib ketib, sotuvchilar zarar koradilar. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida sustkashlik, nonoqlik va xojasizlik yuz berib, ortiqcha xarajatlarga yol qo'yilsa ham zarar oshib ketadi, chunki bozor bunday behuda sarflarni hisobga olmaydi. Bularning barchasini bozor oz mexanizmi orqali amalga oshiradi. Bozor mexanizmi - bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlami uygunlashtirishni taminlaydigan dastak va vositalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |