Bozorning iqtisodiy mazmunini ochib berishda uning obyekti va subyektini ajratib korsatish lozim boiadi.Bozor obyekti - ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyat natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar.
Hozirgi sharoitda oziq-ovqat va qishloq xojalik mahsulotlari dokonlari, avtomobilga xizmat korsatish stansiyasi, benzin quyish shaxobchalari, sanoat tovarlari do'koni, tijoratchilarning savdo shaxobchalari, turli xil supermarketlar, yirik savdo markazlari va savdo yarmarkalari, umumiy ovqatlanish shaxobchalari bozorning odatdagi korinishlari hisoblanadi. Fond birjalari, valyuta bozori, don birjalari va auksion kabilar bozorrning yuqori darajada rivojlangan ko'rinishlaridir.
Bozor subyekti - ayirboshlash munosabatlari qatnashchisi. Bozor subyektlari ikki guruhga - sotuvchi va xaridorlarga bolinib, ular bozor munosabatlarining turli vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar bozorga tovar va xizmatlarni taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozor oz subyektlari manfaatini bir-biriga boglab, ularni muvofiqlashtiradi. Ayrim turdagi bozorlarda sotuvchi va xaridorlar ortasida bevosita aloqa mavjud bolsa, boshqalarida bilvosita aloqa mavjud boiib, ular hech qachon bir-birini kormaydi yoki bilmaydi.
Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan Yaratilgan tovar va xizmatlami, iqtisodiy resurslami iste'molchilarga yetkazib berishdan iboratdir. Bu yerda bozor ishlab chiqarish bilan istemolni bir-biriga boglaydi, ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmat oz istemolchisini topadi. Bunda bozor vositachi bolib xizmat qiladi. Bozorda qiymat shakllari almashadi. U qiymatni tovar shaklidan pul shakliga aylantiradi. Individual mehnat sarflari sifatida chiqqan tovarlar bozor tomonidan tan olinsa, ijtimoiy mehnat sarfini namoyon qiladi va tovarning bozor qiymati hosil boladi.
Bozor ayirboshlash kategoriyasi bolib, ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish, yangidan boshlanishi uchun Yaratilgan tovarlar sotilishi va ularning pulga aylanishi, puldan esa kerakli iqtisodiy resurslar xarid qilinishi zarur. Bozor vositasida tovarni sotishdan tushgan mablaglar hisobiga, ishlab chiqaruvchilar resurslar sotib olish yoli bilan sarflangan ishlab chiqarish vositalari o'rnini qoplaydigan va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun kerakli moddiy va mehnat resurslariga ega bo1adilar. Bozor orqali resurslarning erkin harakati taminlanadi va ularning tarmoqlar ortasida taqsimlanishi roy beradi. Istemolchilar bozorda u yoki bu tovarga bolgan talabini bildiradi.
Bozor bu talabni ishlab chiqaruvchilar va resurslami yetkazib beruvchilargauzatadi. Resurslar talab bildirgan tarmoqlar va sohalar o’rtasida taqsimlanib turadi.
Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va narxlar yordamida bajaradi. U o'zida talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Bozor narx vositasida iqtisodiy resurslami tovarlarga talab kamaygan tarmoqlardan talab ortgan tarmoqlarga oqib kelishini taminlaydi. Shuningdek, adabiyotlarda bozoming boshqa koplab qo’shimcha vazifalari ham keltiriladi. Bu vazifalami yaqqolroq tasawur etish uchun ulami maxsus rasm korinishida ifodalash mumkin.
Bozorning ichki tuzilishi murakkab bolganligi sababli uni turkumlashga quyidagi mezonlar asos qilib olinadi: bozorning yetuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor subyektlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar.
Bozoming yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, erkin (klassik) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bolinadi. Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor tasodifiy tavsifga ega bolib, unda tovami tovarga ayirboshlash (barter) usuli koproq qollaniladi. Bozoming bu turi tarixan hali haqiqiy pul mavjud bolmagan davrga togri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yoqotgan, bozor iqtisodiyotiga otish sharoitida ham bozoming bunday turi amal qilishi mumkin.
Erkin (klassik) bozor - tovar va xizmatlarning har bir turi boyicha juda kop ishlab chiqaruvchilar va istemolchilar, sotuvchilar va xaridorlar mavjud bolib, ular ortasida erkin raqobat amal qiluvchi, narxlar talab va taklif ortasidagi nisbatga qarab erkin shakllanuvchi bozordir.Erkin bozorda raqobatning turli usullari qollanilib, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanishi roy beradi.
Hozirgi zamon rivojlangan bozori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni taminlash va aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida bozor aloqalarining davlat tomonidan tartibga solib turilishiga asoslanadi. Demak, davlat ham bozor ishtirokchisi bolib, u bozor aloqalarini tartiblashtiradi va boshqaradi. Hozirgi zamon rivojlangan bozorida turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar taraqqiy etgan boladi. Raqobatning asoratli kurashlari, aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ulaming daromadlari ortasidagi tafovutlar meyor darajasida ushlab turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |