MUNDARIJA:
Kirish
.2
Asosiy qism.
1.Bozor tushunchasi va uning vazifalari
..7
2. Bozor iqtisodiyoti tushunchasi va uning mohiyati...
..
14
3.Erkin va monopollashgan bozor
….
4.Bozorning turlari va unsurlari.....................................
Xulosa
..
35
Foydalanilgan adabiyotlar royxati
..38
Kirish.
Bozor nima? Bozor - istemolchi va sotuvchilarning xohish va istaklari mos kelib ozaro tovar va xizmatlarni malum bir qiymat evaziga ayirboshlaydigan joy. Bozor (market) - keng manoda muomala sohasi bolib, tovar ayirboshlash munosabatlari va jarayonlari majmuyidir. Bunda tovar bilan oldi-sotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlari asosida amalga oshadi. Kopincha, marketingda bozor deganda malum tarmoq tovarlariga ehtiyoj sezuvchi va uni qondirish imkoniyatiga ega bolgan potensial istemolchilarning majmuyi tushuniladi. Marketingda bozor tushunchasi tovar yoki xizmatlarni sotib oluvchilarning mavjud va potensial yigindisi (jamlanmasi)ni bildiradi. Bu ibora qandaydir umumiy belgilarga kora birlashgan istemolchilar guruhini anglatadi (masalan, yuqori sifatli tovarlar xaridorlari bozori). Malum ehtiyojlar (istemolchilar) bozori, demografik bozor (uni, masalan, osmirlar yoki katta yoshli odamlar tashkil etadi), geografik bozor (masalan, Ozbekiston bozori, Rossiya bozori yoki Garbiy Yevropa bozorlari) haqida gapirish mumkin. Marketingda bozor hamisha toliq aniq holat. Har bir tashkilot aniq bozorda (bozorlarda) ishlaydi. Masalan, Koreyaning Samsung firmasi jahon bozori uchun ishlaydi, Gloriya Jins Rossiya kiyim bozorida ishlaydi.
Bozorni organish tovar turlari boyicha amalga oshiriladi. Agar har bir istemol tovarlari boyicha tovarlarning sotilish vaqti, aholining tabaqalanishi organilsa, kundalik va malum davrlarda foydalanadigan yoki istemol qilinadigan tovarlar turlariga qarab, shuningdek, shu tovarlarni saqlash bilan bogliq masalalarni hal etish asosiy vazifa hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari bozorida ularning sotilishi bilan bogliq barcha shart-sharoitlarni chuqur organish zaruriyati yotadi. Bu shartlar jumlasiga ishlab chiqarish vositalarning birdaniga kop istemol qilinishi, xaridorning nisbatan kam bolishi, asosan bir manzilga kop tovar yetkazib berilishi, sotishda ulgurji shaklning kop qollanilishi, tovar yetkazib berishda transport aloqasi va turlarining ahamiyati kattaligi va boshqalar kiradi. Shartlarni togri baholash esa bozor sharoitini organishda qollaniladigan uslublar turkumining mukammaligiga bogliq.
Bozorni organish shu bozorda faoliyat yurgizish bilan bogliq shart-sharoitlarni organishni nazarda tutadi. Bu organish bozorning asosiy talablari: sifat, narx-navo va servis xizmati korsatish boyicha imkoniyatlarni baholashni taqozo etadi. Bozor sharoiti bozorda tovar-pul munosabatlari va oldi-sotdi jarayoni holatidir, tovar-pul munosabatlari tovar turlari, ularning miqdori, raqobatchi korxonalarning bozordagi mavqeyi, ularning imkoniyatlari, tovarlar ayirboshlash yollari kabi jarayonlarni chuqur organishni nazarda tutadi. Shuni alohida takidlash lozimki, muayyan bozorda iqtisodiy aloqalarning mavjudligi, ularning rivojlanish yonalishlari hamda shunday aloqalar ornatish uchun shartsharoitlar yaratish tovar-pul munosabatlari negizini tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyotda shaxslarning maqsadli-nafsiy xohish-istaklari ila naf va manfaatlari sari yetaklovchi imkoniyatlari doirasida tartiblashtirilgan refleksiv harakatlari evaziga turli(ijobiy yoki salbiy) samara darajasida ob’yektiv sodir boʻluvchi bozor tovarlari boʻyicha iqtisodiy-huquqiy munosabatlari muhiti boʻlib, unda taraflarning nafsiy manfaatlari talab va taklif asosida shakllanadigan ob’yektiv narxlarda qondiriladi.
Yuqoridagini anglash qiyonroq boʻlsa-da, u bozor tushunchasini kengroq ochib beradi. Hozirgi paytda, ayniqsa, bir-biri bilan bogʻlanib ketgan, integratsiyalashgan bozor sharoitida, qanday tovar ishlab chiqarish kerakligi, qancha, kim uchun va qaysi hududda ishlab chiqarish kerakligi haqida maʼlumotning yagona manbasi-bozordir. Bozor bilan hisoblashmagan xaridor va sotuvchi yutqazadi.Puldan yutqazadi! Puldan ajralish eng katta qygʻu boʻlgan zamonda, bozorga eʼtiborsiz boʻlmoqlik- «oʻlim» demakdir.
Bozor qanday paydo boʻlganligi haqida gapirishdan oldin tarixga bir nazar solamiz. Natural xoʻjalikda hamma oʻz ehtiyojlarini oʻzi yetishtirgan mahsulotlari evaziga qondirgan. Bu bir maʼnoda qulay boʻlishi mumkin, toki Siz hech kimga bogʻliq boʻlmaysiz, mutlaq avtonomiyada umr kechirasiz.(Gap avtonomiya haqida ketganda, hozirgi kunda dunyoda roʻy berayotgan voqealarni chetlab oʻtib boʻlmaydi. Iqtisodiyot boshidan kechirayotgan inqiroz davrida eng kam zarar koʻrgan davlatlar-bu avtonomlashgan, jahon iqtisodiyoti va bozoriga yuqori darajada integratsiyalashmagan davlatlar boʻlib chiqdi. Bu narsa shu kabi iqtisodiy siyosatning ham oʻziga yarasha ijobiy tomonlari borligidan dalolat beradi.) Keyinchalik, mehnat ixtisoslashuvi va boshqa omillar natijasida inson oʻz ehtiyojini qondirish maqsadida boshqa odamlarga ham murojaat qilishiga toʻgri keldi. Ushbu narsani bir misolda koʻrsatsa boʻladi. Masalan, ikkita turli kasb egalari- dehqon va chorvador kuniga 8 soat ishlaydi deb faraz qilaylik. Dehqon 1 kg un ishlab chiqarish uchun 2 soat sarflaydi, chorvador 1 kg qaymoq ishlab chiqarish uchun 4 soat sarflaydi. Unning bozordagi narxi 1000 soʻm, qaymoqniki-2000 soʻm boʻlsin. Dehqon kuniga 4 kg un =4000 soʻm, chorvador 2 kg qaymoq=4000 soʻm ishlaydi. Endi dehqon qaymoq yemoqchi boʻlsa, 6 soat vaqtini sarflab 1 kg qaymoq oladi. Bunga sabab, u dehqonchilik bilan shugʻullangan, uning hayoti dehqonchilikka ixtisoslashgan. Qaymoq ishlab chiqarish uchun chorvadorga nisbatan 1,5 marta koʻproq vaqt sarflaydi. U 6 soat ichida 1 kg qaymoq va ish kunidan qolgan 2 soat ichida 1 kg un ishlab chiqaradi. Uning kunlik mehnat unumdorligining puldagi ekvivalenti 3000 soʻm boʻladi. Agar dehqon dehqonchiligini davom ettirib, qaymoqni oʻzi ishlab chiqarishi oʻrniga, 2000 soʻmga, yaʼni 2 kg unga sotib olganida, unda 1 kg qaymoq va 2 kg un qolar edi. Xuddi shunday vaziyatni chorvadorga un kerak boʻlganida ham kuzatish mumkin. Demak, mahsulotlarni oʻzi ishlab chiqargandan, birovdan sotib olgan arzonroq boʻlar ekan.
Shunday qilib bozor yuzaga keldi. Oddiy barter usulidan keyin, pullar ham paydo boʻldi. Endi mahsulotlar bozorda sotilishi uchun ataylab tovar shaklida ishlab chiqarilar, bozorda sotilib, daromad evaziga yana xomashyo-tovar sotib olinar edi. Shu yoʻsinda ishlab chiqarish sikli davom etardi. Hozirgi kunda ham bozor shu tarzda faoliyat yuritadi.
Tovar bozorda sotiladi. Ishlab chiqaruvchi foyda koʻradi. Foydani bir qismiga ishlab chiqarishni kengaytiradi, ikkinchi qismi evaziga esa, oʻz ehtiyojini qondiradi. Bir xil tovarlar sotiladigan bozorda topilgan pul, boshqa turdagi tovarlar sotiladigan bozorda sarflanishi mumkin. Demak, bozor oʻzini oʻzi quvvatlab turadi. Bir turdagi bozorning inqirozi, jahon bozoriga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Dunyoda roʻy berayotgan inqiroz, moliyaviy inqiroz sifatida boshlangan, lekin hozirgi kunda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida kuztilmoqda. Bunga sabab, moliya sektorida yoʻqotilgan pullar boshqa turdagi tovarlar sotiladigan bozorga kelib tushmadi. Natijada iqtisodiyotning barcha tarmoqlari ziyon koʻrdi. Aksincha, iqtisodiyot katta sektorining rivojlanishi, boshqa sektorlarga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Umuman olganda, bozorda tovar ayirboshlashning uch afzalligi bor. • Bozor orqali ehtiyoj qondirilganda tovarlarni oʻzi ishlab chiqarib isteʼmol etgandan koʻra sotib olish arzonga tushadi • Isteʼmol uchun kerakli mahsulot va xizmatlarni bozordan osongina topish mumkin, bu bilan isteʼmolni qondirish sarflari tejaladi. Agar bozor boʻlmay mahsulotlar bir-biriga toʻgʻridan toʻgʻri ayirboshlansa, kerakli mahsulotga yetishish uchun juda koʻp ayirboshlash operatsiyalarini oʻtkazish kerak. • Bozorda tovarlarni tanlab olish imkoni bor. Hamma ishlab chiqaruvchilar bir xil yoki oʻrinbosar tovarlarni bozorda koʻplab taqdim etganidan bular xoh resurs, xoh isteʼmol tovarlari boʻlsin, ulardan maʼqulini tanlab olish mumkin boʻladi. Oʻzi ishlab chiqarganda tanlash imkoni boʻlmas edi.
Bozor iqtisodiyotida yakka tartibda, o'z mulki va mablag'iga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga ko'tarib ish yuritish usullari mavjud bo'ladi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy sub'yektlar alohidalashganidan ular manfaati to'qnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo bo'ladi. Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini ta'minlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iqtisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy rag'batlantirish mexanizmi bo'lib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni ko'plab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni ta'minlaydi. Bozor iqtisodiyotida pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi bo'lmagan, tovarlar mo'lko'lligi ta'minlanadigan iqtisodiyotdir.
Hozirgi Bozor iqtisodiyoti madaniylashgan iqtisodiyot bo'lib, unga quyidagi belgilar xos: mulkiy xilma-xillik, tartiblanadigan iqtisodiyot, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, madaniy va xalol raqobat, kuchli hamkorlik aloqalari, iqtisodiy tangliklarning qisqa davrda va yengil kechishi, ommaviy farovonlik, ijtimoiy tabaqalanishning chuqur bo'lmasligi, o'ziga to'q va farovon yashovchi o'rtahol tabaqa mavqeining oshib borishi, ijtimoiy muvozanatning saqlanishi va fuqaroviy to'qnashuvlarga o'rin qolmasligi va boshqa. Bu belgilar hozirgi Bozor iqtisodiyotini harakterlaydi, lekin uning taraqqiyoti shu bilan cheklanmaydi.
Iqtisodiyotda bozor atamasi ostida bozor subyektlari (xaridorlar va sotuvchilar) orasidagi pul-mol almashinuvi tizimi tushuniladi. Bozor 1) sotuvchilar bilan haridorlar o'rtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan iste'molni o'zaro bog'lovchi mexanizm. 2). Savdo-sotiq qilinadigan muayyan joy, maydon.
Do'stlaringiz bilan baham: |