Kirish 1-test Quyidagi ta’rif qaysi tilga nisbatan aytilgan? «Xuddi bir guruh mutaxassislar birgalashib ishlab chiqqanday»



Download 3,89 Mb.
bet45/82
Sana28.04.2022
Hajmi3,89 Mb.
#588905
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   82
Bog'liq
1. Testlar to\'plami (2)

YORDAMCHI SO‘Z TURKUMLARI


1-test

1. Narsa yoki harakat belgisini bildirmaydigan soʻz qaysi qatorda berilgan?


A) tez B) katta C) imorat D) jozibador

2. Mustaqil so‘zlarni yoki gaplarni bir-biriga bog‘lash uchun ishlatiladigan vazifadosh soʻzlar qatorini aniqlang.


A) ham, bilan B) bilan, kabi
C) ammo, balki D) va, na…na

3. Mikromatndan yordamchi soʻzlar sonini aniqlang.


U akalari bilan ariq qazib, suvsiz cho‘lga suv chiqaribdi. Yer ochib urug‘ sepibdi. Ko‘chat ekibdi. Hamma yoq ekinzor bog‘-rog‘ga aylanibdi. Shunda qayoqdandir son-sanoqsiz yov bostirib kelibdi. Ekinzorlarni payhon qilishibdi, daraxtlarni qirqib yoqishibdi. Dehqonobodliklar yovga qarshi bosh ko‘tarishibdi. Kenja botir jangda akalaridan ayrilibdi. Boshqa sheriklari ham jangda halok bo‘lishibdi. Yov: «Bizga bo‘yin eg!» – debdi. Kenja botir:«Dushmanga tiz cho‘kib yashagandan koʻra, tik turib o‘lganim yaxshi!» – debdi. (S. Anorboyev)
A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta

4. Sodda yasama soʻzdan soʻng qoʻllangan ko‘makchini toping.


A) Yo‘lchida Gulnor haqida ikki og‘iz so‘z eshitish orzusi kuchli edi. (Oybek)
B) A’zamjon aqlsizligi uchun undan uzr so‘radi.
C) Temur tig‘i yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher. (A. Oripov)
D) Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun.

5. Hozirgi oʻzbek adabiy tilida nechta koʻmakchi qisqartirilib, chiziqcha bilan yoziladi?


A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta

6. Qaysi gapda –gina yuklamasi ishtirok etgan?


A ) Sanjar sirginamni saqlay olmadi.
B) Oʻrmonda sherlargina yashamaydi-ku!
C) Qoʻlginamga ber qoʻling, Menga ochgin sen yoʻling.
D) Bechoragina bolam, yomgʻirda ivib ketibsan-ku!

7. Usmon Nosir ham mashhur siymolar kabi juda yoshligidan ko‘p ijobiy xislatlarga ega bo‘lgan edi. U nihoyatda ziyrak, idrokli, keng mushohadali, o‘ta qiziquvchan, uquvli, bilimga chanqoq, mehnatkash edi va shu fazilatlari bilan ajralib turardi. Usmon Nosir o‘z ustida ko‘p ishlardi... Usmon she’rlarida jimjimadorlik ko‘rinmas, fikr-tuyg‘u sodda til orqali harorat bilan bayon qilinar edi. (O‘tkir Rashid)


Yuqoridagi matnda nechta koʻmakchi mavjud?
A) 7 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 4 ta

8. Qaysi gapda maqsad ma᾽nosida qoʻllangan koʻmakchi mavjud?


A ) – Shunaqa, – dedi Xolida opa hikoyasini davom ettirib, – uni bizning maktabimizga tajriba uchun olib kelishgandi. (E. Usmonov)
B) Yana ular futbol haqida nazariy bilimlarga ega bo‘lishimizni talab qiladilar. («Gulxan»dan)
C) Otasidan bir kun olib pul, Kitob do‘kon tomon soldi yo‘l. Ketayotsa yo‘lida o‘g‘lon, Uchrab qoldi muzqaymoq do‘kon. (Po‘lat Mo‘min)
D) Ark suv quygan singari jimjit. (Mirkarim Osim)

9. -dek va -day qo‘shimchalari bilan sinonim boʻlolmaydigan koʻmakchilarni toping.


A ) kabi B) tomon C) yangligʻ D) singari

10. Oldin, avval koʻmakchilari qanday kelishikli soʻzlardan soʻng qoʻllanadi?


A ) joʻnalish B) qaratqich
C) chiqish D) bosh

11. Qaysi gapdagi koʻmakchi bosh kelishikli soʻz bilan birga qoʻllanadi?


A) Qish o‘tib, bahor kelishi bilan Qorabog‘da o‘tkazilgan qurultoyda Boyazid... ustiga yurishga qaror qilindi. (Xurshid Davron)
B) Yomonlikdan chiqqan aks sado har qadam... sayin zaiflasha boradi, bora-bora o‘chib yo‘q bo‘ladi. (Sh. Rashidov)
C) Markaziy xirurgiya klinikasining bosh vrachi Mirsodiq Jalilov bir hafta... beri Namanganda dam olardi. (O‘. Umarbekov)
D) Kecha Jannat xola o‘g‘li... oldiga borganda, soqoli o‘sib ketganini, sochlari quloqlaridan osilib vahshiy qiyofasiga kirib qolganini ko‘rgan edi. (Said Ahmad)

12. Yuklama qaysi qatorda qatnashgan?


A) Bu yerda bor na ofat, na kulfat, na g‘am. (G‘. G‘ulom)
B) Birrov kirdi-da, chiqib ketdi. (Oybek)
C) Topolmadim na uydan, na ishdan.
D) Quyosh bulut ortiga yashirindi-yu, birdan yomgʻir yogʻib yubordi.

13. Qaysi gapda inkor yuklamasi mavjud?


A) Izlamadim hech onamdan ortiq, Onam yelkamdagi duogoʻy tortiq.
B) Hech nima deyolmadi, Hech nima yeyolmadi.
C) Men hech qachon senday taqdiriga loqaydni koʻrmadim.
D) U hech narsa boʻlmaganday kavshanishda davom etdi.

14. Uyushiq bo‘laklarni o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qilgan bogʻlovchi qaysi qatorda berilgan?


A) Men Pirimqul Qodirov va Said Ahmad asarlariga qiziqaman.
B) Saidiy borib qishloqning ruhini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgisi keldi, ammo borishga yuragi betlamas edi. (Abdulla Qahhor)
C) Daraxtlarning barglari sarg‘aya boshladi, chunki kuz keldi.
D) Men kun boʻyi ishlayman ham oʻqiyman.

15. Qaysi qatordagi belgilangan birlik “va” bogʻlovchisi bilan almashina olmaydi?


A) Millat tushunchasi hamisha Vatan bilan yonma-yondir, misoli jism-u jondir. (B. Qosimov)
B) Endi buva bilan nevara teng odamday gaplashishadi. (O‘. Umarbekov)
C) Odam odam bilan tirik. (Abdulla Qahhor)
D) Yer bilan suv egizak, bir-birisiz yashay olmaydi. ( Gazetadan)

16. Qaysi gapda ayiruv bogʻlovchisi mavjud?


A) Ko‘ksimdagi sevinch shuncha zo‘r, Dumalayman maysada tanho. Goh tentirab ketaman uzoq, Yerni quchib o‘paman goho. ( Oybek)
B) Ba’zan qayerda xato qilganligimni o‘ylab qolaman.
C) Odamlar gohida bu yerlarga avtobusda kelishardi.
D) Ba’zilar ilmsizlik ortidan, ba’zilar kibrlari ortidan hayotlarini zulmatga aylantirishadi.

17. Qaysi gapda biriktiruv bogʻlovchisi qatnashgan?


A) Bir tovuqqa don ham kerak, suv ham kerak. (Maqol)
B) Bu she’r menga bag‘ishlangani uchungina emas, balki unda ulug‘ shoirning buloq suvlaridek musaffo qalbi mavj urib turgani uchun ham sevaman. (Z. Saidnosirova)
C) Berib kuch ham madorin, Elni aylar farovon.
D) Na uyquga to‘ygan, na kulguga, Ko‘rsa ko‘z kuygundek kelinchak edim. (S.Zunnunova)

18. Aslida, dunyoda tanho nima bor, Paxta o‘smaydimi o‘zga elda yo? Yo quyoshimi sevgimga sabab? Axir, quyoshli-ku butun Osiyo. (A. Oripov)


Yuqoridagi misrada qanday soʻz turkumi mavjud emas?
A ) bog‘lovchi B) modal C) olmosh D) koʻmakchi

19. Qaysi gaplarda zidlov bogʻlovchisi mavjud?


1. Inson go‘zalligi bilan emas, balki mehnati bilan kamol topadi. (M. Qosimova)2. Agar o‘sha qizning ro‘molchasiga solgan somon va qand orqali nima demoqchiligini bilmasang, bor davlatingga o‘t qo‘yaman. (Ertakdan) 3. Qurvonbibi bir ko‘cha eshigiga, bir yonboshdagi daraxtlar orasidan ko‘tarilib kelayotgan quyoshga, bir o‘choqboshidagi qiziga qaradi. (Cho‘lpon) 4. Bir o‘lka bor dunyoda, biroq Yozilmagan dostondir bori. (A. Oripov)
A ) 1,2,3,4 B) 4 C) 1,2,3 D) 1,4

20. Inkor bogʻlovchisi qoʻshma gap qismlarini bogʻlagan gapni aniqlang.


A) Na sen nazar qilding holimga bir bor, Na men ayta bildim senga biror so‘z. (A. Oripov)
B) Ko‘ngil, sen munchalar nega Kishanlar birla do‘stlashding? Na faryoding, na doding bor, Nechun sen muncha sustlashding? (Cho‘lpon)
C) Na kampirning, na Qoratoyning yupatishlari kor qildi. (Oybek)
D) Cho‘lquvarlarni na issiq, na suvsizlik yenga oladi, balki ular o‘z jasoratlari, mehnatlari bilan tabiatni zabt etadilar.

21. Qaysi gapda bogʻlovchi ishtirok etmagan?


A) Qo‘rqoq do‘st dushmandan xavflidir, chunki dushmandan ehtiyot bo‘lasan, ammo do‘stga ishonasan. (L. Tolstoy)
B) Taraqqiyot tasodif emas, balki zaruriyatdir. (V. Gyugo)
C) Abdumalik ota nevaralarini yeyishar deb, har bahorda ko‘chat ekadi. (A. Shukurov)
D) Vatanimiz poytaxtida, ya’ni Toshkentda diqqatga sazovor joylar ko‘p. («Gulxan»dan)

22. Sabab bogʻlovchisi qaysi gapda mavjud emas?


A ) Xalq bunday yolborishlarga quloq solmadi, chunki g‘isht qolipdan ko‘chgan edi. (A. Qodiriy)
B) Qiz elektr-payvandchilik kasbini qunt bilan o‘rgandi, negaki zavodda bu kasbga ehtiyoj katta edi. (Sh. Rashidov)
C) – Nega u siznikida yuradi? -Negaki boradigan joyi yo‘q. (S. Zunnunova)
D) Hamon shamol o‘kirar, osmonning goh u, goh bu burchida chaqmoq yaraqlab, yong‘oq shoxlari shubhali g‘iyqillar, ammo endi bular uni qo‘rqitolmas edi. (O‘. Hoshimov)

23. O‘sha davrlarda adabiyot tarixi darsi xronologik va tematik xarakterga ega emas edi ya’ni adabiyot tarixi dars sifatida o‘tilmasdi. (S. Dolimov)


Ushbu gapda qanday xatolik mavjud?
A) punktuatsiyaviy B) imloviy
C) uslubiy D) hech qanday xatolik mavjud emas

24. Shart bogʻlovchisi berilmagan qatorni aniqlang.


A ) gar B) mabodo C) nahot D) garchand

25. Notoʻgʻri hukmni aniqlang.


A) “bilan” tobe qism va hokim qismni bogʻlovchi boʻlsa, ko‘makchi soʻz hisoblanadi.
B) “bilan” oʻzi bogʻlangan soʻz bilan birikib, hol yoki toʻldiruvchi vazifasida kelsa, bogʻlovchi soʻz sanaladi.
C) “bilan” uyushiq boʻlaklarni bogʻlasa, bogʻlovchi soʻz sanaladi.
D) “bilan” gap takibida vosita ma᾽nosida kelsa, koʻmakchi hisoblanadi.

26. Necha turli bog‘lovchi takror qoʻllana oladi?


A) 2 B) 1 C) 3 D) 4

27. Gumon yuklamasi qaysi gapda ishtirok etgan?


A ) Yetkazdir kechgacha kechlik ovqatni, Xoʻjayin bilmaydi aslo shafqatni.
B) Bor zotdir, yoki zor zot boʻlsin, Oʻngga toblab yozar oʻzbek.
C) Qachondir sen ham yigit boʻlursan.
D) Otamdir, balki, eshikni qoqqan, Yo ertaga kelishi aniq edimi?

28. – Ba’zan ko‘cha-ko‘yda ham bir narsalarni topib oladi-ya-ey. – Bekor yurmay deydi-da-a?!


Nechta yuklama ishtirok etgan?
A) 3 ta B) 4 ta C) 6 ta D) 5 ta

29. Baland cho‘qqilarni, adirlarni, daraxtlarni bosib qolgan qor bu yerda shunday iliq va mayin ko‘rinadiki, go‘yo toqqa qor tushgan emas, mayin oq kigiz yopilgan. (O. Yoqubov)


Ushbu gapda qanday xatolik bor?
A ) agglutinativlikka oid B) tinish belgisi bilan bogʻliq
C) uslubiy tomondan D) imloviy jihatdan

30. Qaysi gapda yuklamaning qoʻshimcha shakl(lar)i ishtirok etmagan?


A) To‘g‘ri-da, u tengi bolalar papka ko‘tarib maktabga borishadi, uni esa «kichkina» deb xafa qilishadi. (S. Mardiyev)
B) Xullas, hammasi ko‘ngildagidek borayotgan edi-ku, to‘satdan ikkovlari ham shaharga, o‘z uylariga qaytish fikriga tushib qolishdi. (A. To‘xtaboyev)
C) Zo‘r-ku, qog‘ozmasmi? – dedi u hammadan keyin boychechakni qo‘liga olib. (A. Ko‘chimov)
D) Nahot, u meni rostdan ham kutayotgan bo‘lsa! (Yo‘ldosh Sulaymon)


2-test

1. 1) ot 2) son; 3) sifatdosh; 4) sifat; 5) ravish; 6) olmosh; 7) harakat nomi; 8) taqlid;


Ko‘makchilar, odatda, yuqoridagi qaysi so‘z turkum so‘zlaridan keyin keladi?
A) 1,2,3,4 B) 1,3,5,6 C) 1,3,6,7 D) 4,6,7,8

2. Qaysi gapda ko‘makchi ishtiroki kuzatiladi?


A) Avval o‘yla, keyin so‘yla. (Maqol)
B) Siz suhbatdosh bo‘lmasdan turib, boshqacha xayolda edim. (O. Yoqubov)
C) Bu kitob qo‘liga tushgandan keyin, bosh ko‘tarmay mutolaaga tushdi. (H. Hasanov)
D) Devor usti yomg‘irdan uviy boshladi. (Q. Kenja)

3. Usmon Nosir ham mashhur siymolar kabi juda yoshligidan ko‘p ijobiy xislatlarga ega bo‘lgan edi. U nihoyatda ziyrak, idrokli, keng mushohadali, o‘ta qiziquvchan, uquvli, bilimga chanqoq, mehnatkash edi va shu fazilatlari bilan ajralib turardi. Usmon Nosir o‘z ustida ko‘p ishlardi... Usmon she’rlarida jimjimadorlik ko‘rinmas, fikr-tuyg‘u sodda til orqali harorat bilan bayon qilinar edi. (O‘tkir Rashid)


Yordamchi so‘zlar soni nechta?
A) 7 ta B) 6 ta C) 8 ta D) 5 ta

4. Usmon Nosir ham mashhur siymolar kabi juda yoshligidan ko‘p ijobiy xislatlarga ega bo‘lgan edi. U nihoyatda ziyrak, idrokli, keng mushohadali, o‘ta qiziquvchan, uquvli, bilimga chanqoq, mehnatkash edi va shu fazilatlari bilan ajralib turardi. Usmon Nosir o‘z ustida ko‘p ishlardi... Usmon she’rlarida jimjimadorlik ko‘rinmas, fikr-tuyg‘u sodda til sababli harorat bilan bayon qilinar edi. (O‘tkir Rashid)


Vazifadosh ko‘makchilar soni nechta?
A) 3 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 1 ta

5. Singari, kabi, ko‘ra, binoan ko‘makchilaridan qaysi(lari) chiqish va jo‘nalish kelishigi bilan birga qo‘llana oladi?


A) singari B) ko‘ra, binoan C) ko‘ra D) kabi

6. Qaysi gapda “fikr mavzusi” ma’nosini beruvchi ko‘makchi qatnashgan?


A) Yo‘lchida Gulnor haqida ikki og‘iz so‘z eshitish orzusi kuchli edi. (Oybek)
B) A’zamjon qilmishi uchun undan uzr so‘radi.
C) Fursat g‘animatdir, shoh satrlar-la bezamoq chog‘idir umr daftarin. (G‘afur G‘ulom)
D) Barchasidan qovun soz, Paykal uzra dumalar. (R. Isoqov)

7. Badiiy uslub namunasidagi koʹmakchi qaysi gapda?


A) Halollik buyuklik sari dastlabki qadamgina bo‘lib qolmay, buyuklikning ayni o‘zidir.
B) Qalam-la men to‘qiyman qo‘shiq, U insonga, elga xizmatim.(Zulfiya)
C) Abdulla Oripovga adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun 1989-yili «O‘zbekiston xalq shoiri» unvoni berildi. (« Vatan adabiyoti»)
D) Quyosh olam uzra iliq-iliq nurlarini taratmoqda.

8. Temur tig‘i yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher. (A. Oripov)


Belgilangan so‘zda urg‘u to‘g‘ri qo‘llangan javobni toping.
A) Temur tig‘i yetmagan joyni qalam bila′n oldi Alisher. (A. Oripov)
B) Temur tig‘i yetmagan joyni qa′lam bilan oldi Alisher. (A. Oripov)
C) Temur tig‘i yetmagan joyni qala′m bilan oldi Alisher. (A. Oripov)
D) Temur tig‘i yetmagan joyni qalam bi′lan oldi Alisher. (A. Oripov)

9. Badiiy uslubda qisqargan holda va chiziqcha bilan yoziladigan soʻzlar qaysi soʻz turkumida uchraydi?


A) modal B) bogʻlovchi
C) yuklama D) ko‘makchi

10. Bilan, sari, kabi, tomon, uchun, ko‘ra, bo‘ylab, keyin, haqida, sababli, ichida, oldida, to‘g‘risida, qadar, qarab, qarshi, tufayli, sayin.


Aslida sodda yasama soʻz boʻlgan vazifadosh ko‘makchilarning soni nechta?
A) 2 ta B) 1 ta C) 4 ta D) 3 ta

11. Faqat sof ko‘makchilar ishtirok etgan qatorni aniqlang.


A) bilan, orqasida, tepada, o‘rtada;
B) sari, haqida, qadar, tufayli;
C) ustida, ichida, qoshida, tomon;
D) sababli, oldida, uchun, qarab.

12. Quyidagi qaysi gapdagi nuqtalar o‘rniga “yo‘nalish” mazmunli ko‘makchisini qo‘yish mumkin?


A) – Shunaqa, – dedi Xolida opa hikoyasini davom ettirib, – uni bizning maktabimizga tajriba ... olib kelishgandi. (E. Usmonov)
B) Yana ular futbol ... nazariy bilimlarga ega bo‘lishimizni talab qiladilar. («Gulxan»dan)
C) Otasidan bir kun olib pul, Kitob do‘kon ... soldi yo‘l. Ketayotsa yo‘lida o‘g‘lon, Uchrab qoldi muzqaymoq do‘kon. (Po‘lat Mo‘min)
D) Nigora yaxshi xulqi, chiroyli muomalasi... ham obro‘ga erishishi mumkin edi-ku! («Gulxan»dan)

13. Qaysi gapda ko‘makchi turlangan ism bilan qoʻllangan?


A) Shunday yashar – sokin, bezavol, Pastakkina tandiri bilan, Katta uyda kichkina bir chol, Kichkina bir kampiri bilan. (E. Vohidov)
B) Ark suv quygan kabi jimjit. (Mirkarim Osim)
C) Hovlining yarmigacha ariq tortib ekilgan qulupnay pushtalarida suv yaltiraydi. (O‘. Hoshimov)
D) U chaqaloq tomon qarab – Ko‘rmaysizmi, chaqaloq tinchimayapti. O‘zim itday charchaganman. (O‘. Hoshimov)

14. Bilan, kabi, singari, uchun, sari, sayin, chog‘li, bo‘ylab kabi ko‘makchilar … shaklidagi ismlarga qo‘shiladi.


Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.
A) jo‘nalish B) qaratqich C) bosh D) chiqish

15. Chiqish kelishigi qaysi nuqtalar o‘rniga qo‘yiladi?


A) Toʻfonlar … ortida turar sokinlik.
B) Qish o‘tib, bahor kelishi bilan Qorabog‘da o‘tkazilgan qurultoyda Boyazid... ustiga yurishga qaror qilindi. (Xurshid Davron)
C) Yomonlikdan chiqqan aks sado har qadam... sayin zaiflasha boradi, bora-bora o‘chib yo‘q bo‘ladi. (Sh. Rashidov)
D) Markaziy xirurgiya klinikasining bosh vrachi Mirsodiq Jalilov bir hafta... beri Namanganda dam olardi. (O‘. Umarbekov)

16. Ayiruv bog‘lovchisi qo‘llanilishi shart bo‘lgan gapni ko‘rsating.


A) – Sizga bir narsani ko‘rsataman, . . . kinoga olmaysiz! – dedi Islom. (Sh. Xolmirzayev)
B) O‘ktam u yoq-bu yoqqa asta yurar, «Komila bu yerda biron ishga ... majlisga o‘ralashib qolmasaydi» deb xavotirlanardi. (Oybek)
C) Farzandlari galma-galdan xivichlarni bir yo‘la sindirishga urinibdi, . . . hech biri buning uddasidan chiqa olmabdi. (Ertakdan)
D) O‘rtoqlarim ... men uloqning tezroq boshlanishini kutmoqdamiz. (Abdulla Qodiriy)

17. Ko‘makchidan o‘tgan bog‘lovchi qatnashgan gapni toping.


A) Endi buva bilan nevara teng odamday gaplashishadi. (O‘. Umarbekov)
B) Millat tushunchasi hamisha Vatan bilan yonma-yondir, misoli jism-u jondir. (B. Qosimov)
C) Odam odam bilan tirik. (Abdulla Qahhor)
D) Ular eshon bilan birga Kifoyatxonni qulay bir joyni topib, kuzatishardi. (Abdulla Qahhor)

18. Bog‘lovchilarni vazifasiga qarab, necha turga bo‘linadi?


A) 3 ta B) 1 ta C) 4 ta D) 2 ta

19. O‘tmish voqealari(dan) so‘z ketdi.


Kelishik oʹrniga qaysi koʹmakchi mos kelmaydi?
A) xususida B) toʹgʹrisida C) haqida D) oid

20. Uchun, tomon, bilan, hamda, va, biroq, ichida, hamisha, ammo, ketmoq, yo ... yo, chunki.


Sof bogʻlovchilarni toping.
A) bilan, hamda, va, biroq, ammo, yo ... yo, chunki.
B) hamda, va, biroq, ammo, yo ... yo, chunki.
C) ham, hamda, va, biroq, ammo, yo ... yo
D) va, biroq, ichida, hamisha, ammo, -u, -yu, -da

21. Sof bog‘lovchi qatnashgan gapni toping.


A) Ona bilan bola – gul bilan lola. (Maqol)
B) Hammasini tinglardim, ammo o‘xshashini topmasdim aslo. (H. Olimjori)
C) O‘ktam tolga suyanib, ham cholga, ham tegirmonga qarab indamay turaverdi. (Oybek)
D) Kozimbek bilan Manzuraxon perronda kezishar edi. (Abdulla Qahhor)

22. Bog‘lovchi qaysi gapda qatnashmagan?


A) Uning o‘g‘illari: Bektosh va Hoshim maktabda o‘qiydi. (N. Fozilov)
B) Avvalo shuki, kovush tikishga na charm bor, na sirach, na mix, na lok. (G‘afur G‘ulom)
C) Bu qizcha shu topda undan jon so‘rasa, balki, ayamasdi. (Oybek)
D) U rostini gapirib bergani uchun, onasi urishmadi, balki yolg‘on gapirish odobli bolaning ishi emasligini aytdi. (Shuhraf)

23. Yuklama qatnashmagan gapni belgilang.


A) Uning esiga na sevgi, na istirohat kelmadi. (Oybek)
B) Akam ham mukofot oldi. («Gulxan»dan)
C) Sen ham, men ham shunga ishonibmiz-a? («Gulxan»dan)
D) Shunday qilib, ham Huroyim, ham Rustamxon murod-maqsadiga yetdi.

24. Vazifadosh bog‘lovchi nechta so‘z turkumidan hosil boʻladi?


A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 1 ta

25. Tarkibida bog‘lovchisi yo‘q gapni belgilang.


A) Na uyda topolmayman, na ishda. (S. Ahmad)
B) Yorning o‘zi emas, balki guli keldi. (Qo‘shiq)
C) Goh jahlga minsam-da sal, Ichim to‘la mehr, qizim. Goh sal qo‘pol, goh sal dag‘al Dadajoning kechir, qizim. (Yahyo Tog‘a)
D) Boyvachcha yer o‘pib, tavba qilibdi va keksa ota-onasini rozi qilish uchun o‘sha zahoti ularning huzuriga shoshilibdi. (N. Aminov)

26. Bog‘lovchi qaysi gapda qatnashmagan?


A) Quyuq saksovulzor duch kelishi bilan kiyikcha o‘zini shu panohgohga urdi-yu, arang jon saqlab qoldi. (S.Ravshanov)
B) – Tan olaman, tergovchi janoblari, mayli, jazo berishadi-yu, nima sababdan bu ishni qilganimni daftaringizga qayd qilib qo‘ysangiz. (X. To‘xtaboyev)
C) Nega endi natijaga baho berishadi-yu, sababini tekshirib ko‘rishmaydi? (X. To‘xtaboyev)
D) Bordi-yu u kelib qolsa, qayoqqa qochamiz.

27. Qaysi qatordagi gapda bog‘lovchi uyushiq boʹlaklarni bogʻlagan?


A) U seskanib tushdi, chunki chol ro‘parasiga kelib qolgan edi. (X. Sultonov)
B) Ba’zan uloqni to‘dadan olib chiquvchi ham ko‘rinib qoladi, biroq uning ketidan uloqchilar chug‘urchuqday yopirilishib, o‘n-o‘n besh qadamda tutib oladilar. (Abdulla Qodiriy)
C) Nega kerak gapning nega, negasi, Yo shoir, yo marhum shohdir buning asli egasi. (A. Oripov)
D) Qancha yo‘llar bosdim, gohida toldim, Lekin xalq nomiga yuqtirmadim gard. (Mirtemir)

28. Qaysi gapdagi nuqtalar o‘rniga zidlov bog‘lovchisi vazifasini bajaruvchi bog‘lovchini qo‘ysa bo‘ladi?


A) Bu she’r menga bag‘ishlangani uchungina emas, … unda ulug‘ shoirning buloq suvlaridek musaffo qalbi mavj urib turgani uchun ham sevaman. (Z. Saidnosirova)
B) Bir tovuqqa … don, … suv kerak. (Maqol)
C) Badia … Ma’suma beka arava tagiga kirib yashirinishdi. (Mirmuhsiri)
D) Na uyquga to‘ygan … na kulguga, Ko‘rsa ko‘z kuygundek kelinchak edim. (S.Zunnunova)

29. Qaysi qatordagi gapda qatnashgan bog‘lovchi bo‘laklarni “har ikkisidan biri” mazmunida bog‘lagan?


A) Goh u birdaniga o‘yga tolib yuragimga g‘ulg‘ula solar, goh xomush tortib qolganimni ko‘rib kular edi. (X. Sulton)
B) Usmonali militsiyaga dam telefon qilar, dam o‘zi borib kelar, yana kechasi bilan telefon oldida o‘tirib chiqardi. (S. Zunnunova)
C) Yo bir maslahatni aytib bo‘ladi, yo ro‘zg‘or ishini. (Cho‘lpon)
D) Bir kattaning gapiga kir, bir kichikning (Maqol)

30. Balki so‘zi qaysi qatordagi gapda modal so‘z bo‘lib kelgan?


A) Bo‘rondan so‘ng Olimjon brigadasidagi ishlar ozaymadi, balki yana ko‘paydi. (Sh. Rashidov)
B) Xalqni qo‘rqitgan emas, balki xalq dardiga sherik bo‘lgan odam marddir.
C) Balki, ertalab o‘ziga isitib berish uchun shunaqa deyayotgandir. (O‘. Hoshimov)
D) Sobir nafaqat o‘qishda, balki sportda ham eng faol o‘quvchi. (M. Qosimova)


3-test

1. Inkor bog‘lovchisi berilmagan javobni toping.


A) Na qo‘shiq, na kulgi, na churq etgan ovoz eshitiladi. (Ibrohim Rahim)
B) Na kampirning, na Qoratoyning yupatishlari kor qildi. (Oybek)
C) Hamid yaratmoqchi bo‘lgan yangi paxta navi haqida hozircha na institut direktoriga, na do‘sti Umidga hech narsa demadi.
D) Cho‘lquvarlarni na issiq, na suvsizlik yenga oladi, balki ular o‘z jasoratlari, mehnatlari bilan tabiatni zabt etadilar.

2. Inkor yuklamasi qaysi gapda ishtirok etgan?


A) Bepoyon dasht bag‘riga yashiringan chashmani na Qahramon, na Bahrom topa olmadi.
B) Sen na boy erursan va na kambag‘al, Yashaysan bir-biring aldab galma-gal. (A. Oripov)
C) Sharifning haqiqat ufurib turgan gaplariga qarshi na Nozima bir narsa deya oldi, na Nabijon.
D) Na sen nazar qilding holimga bir bor, Na men ayta bildim senga biror so‘z. (A. Oripov)

3. Takror qo‘llaniluvchi bog‘lovchilar teng bog‘lovchining qaysi turida uchramaydi?


A) inkor B) biriktiruv
C) ayiruv D) zidlov

4. Ajratilgan boʹlak uchun qoʹllangan ergashtiruvchi bog‘lovchi qaysi qatorda berilgan?


A) Taraqqiyot tasodif emas, balki zaruriyatdir. (V. Gyugo)
B) Abdumalik ota nevaralarini yeyishar deb, har bahorda ko‘chat ekadi. (A. Shukurov)
C) Vatanimiz poytaxtida, ya’ni Toshkentda diqqatga sazovor joylar ko‘p. («Gulxan»dan)
D) Agar yana ayb qilsam, har qanday jazoga roziman. (Ertakdan)

5. Teng va ergashtiruvchi bog‘lovchi qatnashgan gapni toping.


A) Qo‘rqoq do‘st dushmandan xavflidir, chunki dushmandan ehtiyot bo‘lasan, ammo do‘stga ishonasan. (L. Tolstoy)
B) Kun isishini kutish haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas, chunki havoga ishonish qiyin, eng muhimi, qor ustiga qor yog‘ib, dashtda qolib ketishlari ehtimoldan xoli emas. (O. Yoqubov)
C) Joʻlqunboy, ya’ni Abdulla Qodiriy o‘zbek romanchiligining asoschisidir.
D) Mabodo birovga kulib qarasa, o‘sha zahoti marhamat ko‘rgan kishining oldiga borib, dum urib qiypanglarkan. (N. Aminov)

6. Ikki oʻrinda kuchaytiruv-ta’kid yuklamasi qatnashgan gapni toping.


A) Namiqqan shuvoqlar oldin tutab yaxshi yonmasa ham, keyinroq chars-churs uchqun sochdi-da, axiyri gurillab-da ketdi
B) Biladilar-da, bu kishi. Yovlar bilan olishgan-a?! (O. Yoqubov)
C) Men-ku yolg‘iz edim, Na otam, Na onam, na oilam bor.... (E. Vohidov)
D) Dalalarda ish boshlandi oxir.

7. So‘roq-taajjub yuklamasi qatnashmagan gapni belgilang.


A) Ayt-chi go‘zal Sanobar, Qayer sening makoning? (Qo‘shiq)
B) Faqat ojiz qalamim manim, O‘zbekiston – Vatanim manim. (A. Oripov)
C) Qarshiligi ko‘rinib turibdi-ku! Bu qarshilik emasmi? (A. Qahhor)
D) – Ikkinchiga o‘t, hisobni bilmaysan. – U pakana kishiga qaradi: Shunday qilsin-a? (O‘. Hoshimov)

8. Yuklamaga oid birlik qaysi gapda ishtirok etgan?


A) U anchadan keyin o‘ziga keldi-yu, tepasida xotini turganini, qizchalari yig‘layotganini payqadi. (O‘. Hoshimov)
B) Sekin unga yaqin bordim: bu manzara bizning ko‘ngilga yaqin-da, qadrdon! (Sh. Xolmirzayev)
C) Yoshgina bir qiz keng atlas ko‘ylagini hilpiratib, sahnaning o‘rtasiga keldi-da, nimanidir e’lon qildi. (O‘. Umarbekov)
D) Na martaba, na boyligi bor edi uning. (E. Vohidov)

9. –mi, -chi, -a, -oq, -da, -gina, -yu, -dir


Berilgan qo‘shimchalarning nechtasi asosga qo‘shib yoziladi?
A) 3 ta B) 5 ta C) 2 ta D) 4 ta

10. Bizni porloq kelajakka Mustaqillik yo‘ligina eltadi.


Tagiga chizilgan so‘zga mos urg‘u qo‘ying.
A) yo‘ligina′ B) yo‘′ligina C) yo‘li′gina D) yo‘ligi′na

11. “Axir” so‘zi yuklamaning qaysi turiga oid?


A) ayiruv-chegaralov B) so‘roq-taajjub
C) gumon D) kuchaytiruv-ta’kid

12. To‘g‘ri-da, u tengi bolalar papka ko‘tarib maktabga borishadi, uni esa «kichkina» deb xafa qilishadimi? (S. Mardiyev)


Yuqoridagi gapda yuklamaning qaysi turi ishtirok etgan?
A) yuklama qatnashmagan B) so‘roq-taajjub
C) ayiruv-chegar lov D) kuchaytiruv-ta’kid, soʹroq-taajjub

13. O‘xshatish-qiyoslash yuklamasi qaysi javobda berilmagan?


A) U so‘zlar, tirilib kelarlar go‘yo, Birga qonli jangga kirgan o‘rtoqlar. (E. Vohidov)
B) Dardga darmon bo‘ladigan ham shu so‘z, turmushga og‘u soladigan ham xuddi shu so‘z. («Vatan tuyg‘usi»)
C) Hatto zeb-ziynatni yulqib ziyoda, Haykal ham qo‘yingiz bamisli xayol... (A. Oripov)
D) U ba’zan yonida men o‘tirganimni ham unutib, uzoq-uzoq xayol surib qolardi. (S. Zunnunova)

14. Gumon yuklamasi qaysi gapda qatnashgan?


A) Men aytmagan gapni aytajak kimdir.
B) Sizni bugun birgalikda kuldiramiz.
C) U bu gapni allaqachon aytgandir.
D) Hamma jimdir: gap, so‘z yo‘q.

15. Nuqtalar o‘rniga inkor yuklamasi qo‘llanishi kerak bo‘lgan gap qaysi qatorda berilgan?


A) Yurtim, senga she’r bitdim bu kun, Qiyosingni topmadim … (A. Oripov)
B) Qarshiligi ko‘rinib turibdi-..! (A. Qahhor)
C) Ikromjon yuragi shuv etib ketdi. Uni kimdir ... elektr toki bilan urgandek bo‘ldi. (Said Ahmad)
D) So‘finikiga o‘t ketibdi...? – hovlida Xolmo‘minning shang‘illagan ovozi eshitildi. (Sh. Bo‘tayev)


16 . Nega yapon yuz yil yashar-u, 0‘zbek buncha yoshga bormaydi? (E. Vohidov)
Ushbu she’riy parchada -u yuklamasi qanday vazifada qo‘llangan?
A) zidlov bog‘lovchisi B) biriktiruv bog'lovchisi
C) inkor bog‘lovchisi D) ayiruv bog‘lovchisi


17. Ayiruv bog'lovchisi sodda gap tarkibida kelgan gapni aniqlang.
A) Men kuyladim goh dilda qadar, Goh sevinib she’r to‘qiyman men.
B) Yo urug‘ aynigan, yo agrotexnika qoidalari buzilgan.
C) Polvonlar epchillikda bir- biridan o‘tadi, goh unisi, goh bunisi yutadi.
D) Har kuni oqshomda bu yo‘ldan goh paxta dalasidan qaytayotgan terimchilar o‘tib qoladi, goh paxta ortgan traktorlar u yoqdan bu yoqqa g'izillaydi.


18. 0‘tgan avlod-ajdodlarimiz bizga Vatanni meros qilibgina qoldirgan emaslar, balki bu Vatanni chin yurakdan sevishni, unga fidokorlik bilan xizmat qilishni, uning husniga husn, boyligiga boylik qo'shishni ham meros qoldirishgan.
(O. Sharafiddinov)
Gapda qo'llangan yordamchi so‘z turkumlariga xos birliklar haqidagi to‘g‘ri hukmni belgilang.
A) 1 ta bog‘lovchi, 2 ta ko‘makchi, 1 ta yuklama qo‘llangan
B) 1 ta bog‘lovchi, l ta ko‘makchi, l ta yuklama qo‘llangan
C) 1 ta bog‘lovchi, 1 ta ko'makchi, 2 ta yuklama qo'llangan
D) 2 ta bog‘lovchi, 1 ta ko'makchi, 1 ta yuklama qo'llangan


19. Lekin kun isishini kutish haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas, chunki havoga ishonish qiyin, eng muhimi, qor ustiga qor yog‘ib, dashtda qolib ketishlari-da ehtimoldan xoli emas.
Ushbu gapda ishtirok etgan yordamchi so‘zlarga mansub birliklar sonini toping.
A) 5 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 3 ta


20. Inkor bog‘lovchisi qaysi javobda qo‘shma gap qismlarini bog‘lagan?
A) Ilmsiz odam yog‘och kabidir: undan na o‘ziga, na xalqiga foyda bor.
B) Bu ishingdan na menga, na boshqalarga manfaat bor.
C) Yalqov va besabr bo‘lma, u senga na obroʻ, na baxt keltiradi.
D) Unga na bir gap yoqadi, na bir ish yoqadi.


21. Tarkibida yordamchi so‘zlardan faqat sof yuklama qatnashgan gapni toping.
A) Bu ishlar faqat menga kerak emas.
B) Faqat shundan keyingina kitob tokchamizda jimgina turadigan «Tafakkur gulshani»ning shu kungacha bilmagan sahifalarini ham ochamiz.
C) Sen-chun jonim fido, aziz Vatanim!
D) Kaltafahmlargina odamlarning kamchiligini ko‘radilar-da.

22. Qaysi gapda ikki o'rinda vazifadosh bog‘lovchi ishtirok etgan?
A) Aql va farosat quyoshga o'xshaydi, beparvolik tufayli tushish mumkin bo‘lgan dog‘larga o‘rin qoldirmaydi.
B) Siz bilan bunday natijaga erishishimiz uchun tun-u kun mehnat qilishimiz lozim.
C) Kumushbibi endi o‘n yettini qo‘yib,o‘n sakkizga qadam bosganida,bo‘yi ham onasiga yetayozgan,ammo jussasi onasidan ko‘ra to‘laroq ko‘rinar edi.
D) Mol ham davlatingiz bilan emas, balki ilm-hunaringiz, go‘zal xulq-atvoringiz bilan faxrlaning.


23. Qaysi javobda vazifadosh biriktiruv bog‘lovchilari keltirilgan?
A) -u, -yu, -da, ba’zan B) -u, -yu, -da, bilan
C) -u, -yu, -da, na ... na D) -u, -yu, -da, balki


24. Daraxtni faqat gullata bilishgina emas, balki undan mo‘l va shirin hosil olish ham san’atdir.
Yordamchi so‘zlarga oid birliklar sonini toping.
A) 4 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 2 ta


25. Quyidagi gapda ishtirok etgan yordamchi so‘zlar sonini toping.
Xuddi so‘z kabi gapning ham turi va xili, matndagi o‘rniga qarab ma’nolari ko‘p.
A) 3 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta


27. Qaysi qatorda qo'shma gapning ikkinchi qismida keladigan sof teng bog‘lovchi(lar) qo'llangan?
A) ammo, lekin, biroq
B) ammo, lekin, biroq, va, hamda
C) balki, negaki, chunki
D) ammo, lekin, biroq, balki

28. Qaysi javobda bog'lovchi, ko'makchi, yuklamalarga ikkitadan misol keltirilgan?


A) hatto, nihoyat, sayin, ya’ni, tufayli, va
B) nahotki, negaki, qadar, naq, hamda, ichra
C) nahotki, hatto, naq, ya’ni, tufayli, uzra
D) nahotki, basharti, uzra, agar, atigi, faqat

29. Mehnat bilan suyagi qotgan, mehnat tufayli izzat-u hurmat kо’rgan va qadrlangan har bir ota- ona bolasining ham mehnat bilan yashashini, mehnat bilan el-yurtda sharaf topishinigina xohlaydi.


Yordamchi soʻzlar turkumiga kiruvchi birliklar soni nechta?
A) 9 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 8 ta

30. Qaysi gapda sof va vazifadosh bog‘lovchi qatnashgan?


A) Shirmonxon jilovi bo‘sh bo‘lishiga qaramay, hamon o‘rnida qimirlamay turgan otga chaqqonlik bilan mindi-da, jadal qamchi bosdi.
B) Dilda takrorlab otin, tilab umr-u davlatin, Soyasi bo‘lib tag‘in Saida zor o‘tdimi?
C) Bolangga ham, uyingga ham qara, ham ishla, ham dam ol...
D) Keldingmi, kir, ostonada Cho‘chib turma. Bor ekan-da peshonada, Cho‘loq turna. (Muhammad Yusuf)


4-test

1. Ko‘makchi vazifasini bajara oladigan so‘z turkumlarini toping.


1) ravish; 2) ot; 3) sifat; 4) fe’l
A) 2,3,4 B) 1,2,4
C) faqat 2 D) 1,2,3,4

2. Ko‘makchi qaysi gapda ishtirok etgan?


A) Amir Temur qurdirgan hashamatli saroylardan biri Shahrisabzdagi Oqsaroy sanaladi.
B) Osh yesalar, o‘rtada sarson ilik, Xo‘ja - chiroq yog‘i-yu, Hakimjon pilik.
C) Bir kuni kechasi bir hiyla o‘ylab chiqdim-da, erta turgach, eski maktab sari jo‘nadim. (Abdulla Qodiriy)
D) Fe’l-u atvorning o‘zgarmas darajada qat’iyligi – ayol tabiatiga yotdir. (Fransua de Laroshfuko)

3. Bog‘lovchi va ko‘makchining birlashtiruvchi xususiyatini toping. (Mantiqiy savol)


A) qo‘shimcha ma’no berishi
B) so‘zlarni grammatik bog‘lashi
C) sof grammatik ma’no ifodalashi
D) alohida(oraliq) so‘z turkumi ekanligi

4. Ikki oʹrinda yordamchi soʹzi mavjud qatorni koʹrsating.


A) Hoy bolam, manavini birgina simir.
B) Jallodlar Anvar tomonga yaqinlashdilar.(A. Qodiriy)
C) Dodingda tushunarsiz figʻon-la dard bor, inim.
D) Yo‘q, bekam, men faqat biz uch ko‘z bilan hammayoqni qidiryapmiz, dedim. (Mirmuhsin)

5. Yuklama haqida toʹgʹri hukmni toping.


A) Faqat soʹz koʹrinishi bor.
B) Faqat gapga qoʹshimcha ma’no beradi.
C) Faqat ayiruv-chegaralov yuklamasida vazifadosh yuklama bor.
D) Faqat oltita ma’no turi bor.

6. Kishi o‘z fazilatlari haqida qancha kam bilsa, bizga shuncha yoqadi. (R. Emerson)


Yordamchi soʹzning ma’no turini toping.
A) shart B) fikr mavzusi
C) sabab D) sof



Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish